Hayrli kech Do'stlar!!! Sizlar bilan yana "UzHackerSW" jamoasi. Bugun eng qiziqarli va muhim mavzu bilan tanishib chiqamiz. Qanday deysizmi? Bizning kuzatib boring, unda boshladik.
Bilamizki, Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o'rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta'rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta'minotni bir biriga bog'lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog'lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft - Disk Operating System) bo'lgan.
Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug'iladi? xo'sh u nima ? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so'zi inglizcha so'z bo'lib, "oynalar" degan ma'noni beradi. Ya'ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo'lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o'yin o'ynaganda ham oynada ochilgan o'yinni o'ynayotgan bo'lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo'lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud:
Windows1-3.1 — ya'ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo'lib faqat ba'zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo'llanilgan, birinchi o'yinni o'z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo'llanilgan.
Windows 95 — 1995 - yilning avgust oyida ishlab chiqilgan. Uning afzalliklari shundan iborat ediki, u birinchi "pusk" (start) tugmali OT im, "plug and play" yangilanish qo'shilgan ("plug and play" - bu biror qurilmani kompyuterga ulaganingizda u qurilmaning driverini OT imning o'zi o'z bazasidan izlab topib OT ga o'rnatadi) va bizga ma'lum va mashhur Windows ning internet brauzer ya'ni "Internet Explorer" ham birinchi ko'rinishi shu OT dan joy olgan.
Windows 98 — 1998 - yilning iyun oyida taqdim etilgan. U o'zida birinchi Windows Media Player 6.2 ni o'z ichiga olgan. Yana bir afzalligi Windosw Explorer ya'ni papkalar bilan ishlovchi oynada orqaga va oldinga tugmalar bilan boyitilgan va bir necha oldingi OT dagi kamchiliklar yangilangan.
Windows ME - 2000-yilning sentyabr oyida taqdim etigan. Bu Windows versiyasida tizimni qayta tiklash, Windows Media Player yangilangan versiyasi va biz sevib ishlagan birinchi Windows Movie Maker dasturi joy olgan.
Windows XP — o'z davrida eng mashhur va tezkor OT bo'lgan bu OT ni haligacha ham eslashadi va hali hanuz ham ishlatib kelinmoqda. Bu OT ning tezkorligi, qulayligi, yengilligi, qulay interfeysga va chiroyli dizaynga ega ekanligi uning nomdor bo'lishiga olib kelgan. Bu OT 2001-yilning oktyabr oyida taqdim etilgan bo'lishiga qaramay, 2014- yilning aprel oyigacha Microsoft tomonidan dasturiy ta'minoti qo'llab quvvatlab kelingan. Bu Microsoft tarixidagi eng uzoq muddatli qo'llab quvvatlashga erishgan OT hisoblanadi. Bu OT da asosan oldingi versiyalardagi kamchiliklar va dasturlar yangilangan. Buning yagona kamchiligi mavjud bo'lib, u ham xavfsizlik masalada edi. Ya'ni biz firewall (himoyalovchi "olovli devor" ma'nosini beradi) sozlasak, u o'z-o'zidan ma'lum vaqtdan so'ng o'zining oldingi holatiga qaytadi.