UzHackerSW
122 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
33-mavzu: IP manzil tushunchasi
Hozirgi vaqtda IP (Internet Protocol) haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. Chunki internetga chiqadigan inson borki, IP haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz. IPv6 hali keng qamrovga ega emas. Lekin yaqin kelajakda uning qamrovi ancha keng bo'ladi. Biz hozirda IPv4 dan foydalanamiz. IPv4 uzunligi 32 bit. IPv4 manzillar soni 4 294 967 296 ga teng. Ya'ni shuncha qurilmaga IP manzil berish mumkin degani. IPv4 ning 5ta klaslari mavjud. IPv4 manzillarning klaslari 1969 yilda AQSH da yaratilgan. Ular quyidagilar:
Hozirgi kunda bu sinflar real hayotda ishlatilmaydi. Sababi bunday sinfga ehtiyoj mavjud emas.
Hozirda lokal tarmoq uchun quyidagi manzillar ishlatiladi.
1. 10.0.0.010.255.255.255 /8
2. 172.16.0.0172.31.255.255 /16
3. 192.168.0.0192.168.255.255 /24
4. 169.254.0.0169.254.255.255 /16 - DHCP mavjud bo’lmagan vaqtda va static ip berish berilmagan vaqtda tarmoq ishlashi uchun beriladigan IP.
Bu IP lar ichki tarmoq uchun ishlatiladi (ya’ni kompyuter o’zining tarmoq kartasi ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun)
5. 127.0.0.0127.255.255.255 - loopback, localhost
Ma'lumot: /8, /16, /24 kabilar bular maska hisoblanib chegarani anglatadi. Bu haqda chuqurroq keyingi mavzularimizda yoritib boramiz.
#33mavzu_oxiri
33-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
⛔️ 🛑 🚫 ESLATMA ! ! ! Kanaldan ma'lumot ko'chirganingizda kanal linki ko'rsatilishi lozim ⛔️ 🛑 🚫
34-mavzu: Sizda Wi-Fi bormi. Wi-Fi bor degani - internet ishlaydi degani emas!
Salom kanalimizdagi barchaga. Bir necha kun oldim qulog‘imga ayrim yurtdoshlarimizning suhbati eshitilib qoldi, bir qiz bir ayoldan so‘rardi: “sizda wi-fi bormi? Biz o‘tgan oy ulattik, zo‘r ekan! Telegramda bemalol o‘tiribman!”
Hurmatli kanal a’zolari va barcha yurtdoshlar, shuni unitmang-ki, Wi-Fi – bu aslida signalning bir turi, xolos (Wi-Fi ingliz tilida - Wireless Fidelity ya’ni, “simzis sifat/aniqlik” degan ma’noni anglatadi. Wi-Fi ni hatto qo‘lingizdagi telefon ham tarqata oladi, lekin Wi-Fi tarqagani bilan internetga kirolmaysiz!
90% Wi-Fi tarqatuvchi qurilmalar internetga ulanishi uchun ularning orqa qismiga internet kabel ulanishi kerak. Bu kabel telefon simi yoki simmetrik (lokal) kabel bo‘lishi mumkin. Hatto beelinening 4G Wi-Fi routeri ham sim kartadagi internet trafigisiz internetga kirmaydi.
Boshqacha aytganda, sizda eng so‘nggi Wi-Fi qurilmasi bo‘lsa ham, siz internetga o‘z-o‘zidan kirib qolmaysiz. Avvalo sizning uyingizga biror bir internet operatori tomonidan (uzonline, sarkor, sharq telekom, istv, netco va h.k.) internet kelgan (kabel ko‘rinishida) bo‘lishi kerak. Shu kabel Wi-Fi signali tarqatuvchi qurilmaga ulanadi. Bu qurilma esa internetga Wi-Fi signalini tarqatadi. Lekin, shuni unitmangki, qurilma kabelsiz ham Wi-Fi signalini tarqatadi. Faqat bitta muammo, agarda Wi-Fi qurilmangiz internet kabelga ulanmagan bo‘lsa, siz ulangan Wi-Fi signali sizni internetga ulab bermaydi!
Avval internetga ulaning, Wi-Fi ni keying qo‘ydirsangiz ham bo‘ladi!