UzHackerSW
122 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
#34mavzu_oxiri
34-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
35-mavzu: Wi-Fi ning imkoniyatlaridan foydalanamiz
Wi-Fi shunchaki signalning bir turi ekanligi haqida tushunchaga ega bo’lganimizdan so’ng uni imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz. Avvalo shuni aytish kerakki, Wi-Fi ni istalgan noutbuk va zamonaviy smartfonlar tarqatishi mumkin.
Noutbuki bor odamga ma’lum-ki, ekranning chap (sizdan o’ng) tomoni pastida W-Fi belgisi bor. Windows turiga qarab u turlicha ko’rinishdagi belgi bo’lishi mumkin:
Windows 7 da
Windows 8/8.1 da
Windows 10 da
Agarda kimdur sizdan “telefoningda wi-fi yo’q” desa dovdiramang. Smartfoni bor odamlarning bariga wi-Fi belgisi tanish:
wi-fi signalining ko'rinishi
Lekin shu narsani biling-ki, siz bu bilan Wi-Fi tarqatmaysiz, aksincha, siz faqat mavjud Wi-Fi ga ulanasiz, xolos. Wi-Fi tarqatish va Wi-Fi ga ulanish ikki xil narsa. Bu ikki jarayonni bir vaqtda amalga oshirish uchun maxsus dastur zarur (Noutbuklarga nisbatan mavjud, smartfonga nisbatan ma'lum qismiga tegishli).
Telefondan Wi-Fi tarqatish qiyin emas. Buning uchun ekranning tepadagi menyusidan yoki sozlamalar qismidan «Точка доступа» degan joyini topasiz va uni ishga tushirasiz. Shu orqali siz boshqalarga Wi-Fi tarqatasiz. Agarda bir vaqtning o’zida «Мобильные данные» va «Точка доступа»ni yoqsangiz sizni Wi-Fi ingizga ulangan kishi bemalol internetga kira oladi, sizni hisobingizdan.
“Share it” dasturi aynan Wi-Fi ga ulanish (ma’lumot yuborish) va «Точка доступа»ni yoqish (ma’lumot yuklash) orqali ishlaydi.
Noutbukdan Wi-Fi tarqatish telefondan Wi-Fi tarqatishdan ko’ra biroz qiyinroq. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalangan ma'qul.
#35mavzu_oxiri
35-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
Aytaylik siz do’stlaringiz bilan noutbukingizda o’yin o’ynamoqchisiz. Lekin guruh bo’lib qanday o’ynashni bilmaysiz. Ko’pchilik chorasizlikdan kompyuter klublariga boradi. Biz sizga osonroq va tejamliroq yo’lini o’rgatamiz. Buning uchun faqat noutbuklar va oddiy smartfon kerak. Smartfoningizdan «Точка доступа»ni yoqing, yaratilgan Wi-Fi ga noutbuklar orqali ulaning. Antivirusni va uning “Firewall” himoya qismini vaqtinchalik o’chirib qo’ying. Barcha noutbuklar Wi-Fi ga ulanganidan keyin va antivirus himoya tizimi o’chirilgandan keyin o’sha o’yinga kiring va lokal tizim orqali ulaning. Endi sizga sim kerak emas.
36-mavzu: Simli lokal tarmoq hosil qilish
Salom bizning Do'stlarimiz. Sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. O'tgan mavzularda simsiz aloqa orqali lokal tarmoq hosil qilishni ko'rib chiqqan edik. Bugun esa biz simli aloqa tarmog'ini quramiz. Simli aloqa bilan simsiz aloqaning bir-biridan farqi shundaki, Simli aloqada xavfsizlik darajasi va ma'lumot uzatish tezligi yuqori hisoblanadi. Simli lokla tarmoq qurish uchun biz UTP kabelidan foydalanamiz chunki u Ethernet texnologiyasini qo'llab quvvatlaydi. Ethernet texnologiyasi esa hozirgi kunda lokal tarmoq uchun keng ko'lamda qo'llaniladi. UTP kabelining ham bir necha kategoriyalari ya'ni 1-dan boshlab 8.2 kategoriyalari mavjud. Ularning farqi shundaki, o'tkazish qobilyati yuqoriligi, sifat darajasi, xavfsizlik kabi ko'rinishlar o'sib borgan.
UTP kabelining ko'rinishi
Ekranlashtirilgan (ya'ni himoyalangan) UTP kabeli