UzHackerSW
123 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Word hujjatining ishga tushirilgan holati
Endi bu oynada nimalar mavjud ekanligi bilan tanishib chiqamiz
1. Bu tezkor tugmalar bo'lib, bu yerga bir necha tezkor tugmalarni qo'shib qo'yish mumkin (masalan, saqlash tugmasi, orqaga va oldinga qaytarish tugmasi, chop etish tugmasi, yangi word hujjat yaratish tugmasi va boshqalar);
2. Bu yerda har xil funksilayalar bajaruvchi bo'limlarga bo'lingan va har bir bo'lim o'z vazifasiga tegishli bo'lgan tugmachalardan iborat;
3.1. Bu yerda hujjatni yopuvchi, kichraytiruvchi yoki kattalashtiruvchi, vazifalar paneliga tushirib qo'yuvchi tugma va yuqori qismni yashiruvchi ya'ni 4gacha bo'lgan oynachalarni yashiruvchi tugmalar mavjud;
4. Bu yerda bo'limlar ichida tashkil topgan vazifalar tugmasi mavjud;
5. Lineyka bo'lib, u yozgan matnimiz qanday ko'rinishda joylashtirish uchun kerak bo'ladi;
6. Asosiy ish maydoni. Bu yerda o'z matnimizni kiritamiz;
7. Hujjatimiz nechta varodan iborat ekanligini ko'rsatib turuvchi hisobchi;
8. Matnimizda nechta so'zdan iborat ekanligini ko'rsatuvchi;
9. Bu yerda qaysi tilni tanlab qo'ysak va shu tilda matn kiritishni boshlasak,u bizdagi mavjud xatolarni ko'rsatib boradi;
10. Bu varog'imizni qanday ko'rinishga keltirish ya'ni kitob ko'rinishida, varoq ko'rinishida yoki veb sahifa ko'rinishida belgilash tugmalari mavjud;
11. Varog'imizni yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko'rishimiz uchun bosiladigan tugmachalar joylashgan.
Ana endi biz matn bilan ishlashda kerak bo'ladigan yordamchi kombinatsiyalarni ko'rib chiqamiz.
Biz o'z matnlarimizda quyidagicha yozuvlardan foydalanmoqchi bo'lsak, bularni klavishalar orqali amalga oshiramiz. Chunki u tugmani tez-tez bosish noqulaydir va klavisha har doimgidek qulaydir
1. Standart holatdagi yozuv chap tomondan boshlab yoziladi. Agar siz yozuvni o'rta yoki o'ng tarafdan boshlab yozmoqchi bo'lib, lekin keyin uni yana chap tarafga qaytarmoqchi bo'lsangiz - " Ctrl + L " klavishalarini birgalikda bossangiz kifoya;
2. Agar siz yozuvni o'rtaga joylamoqchi bo'lsangiz unda siz - " Ctrl + E " klavishlarini bosing;
3. O'ng tarafdan yozish uchun esa - " Ctrl + R " klavishalardan foydalanasiz;
4-5. Agar siz kichik yoki katta harflarda yozmoqchi bo'lsangiz bu quyidagicha amalga oshiriladi - kichik harflar standart yozuv hisoblanadi, " Caps Lock " tugmasini bir bor bosish hamma harflarni katta harfda yozish demakdir, yana bir bor bosish esa yana kichik harflarda yozish demakdir, Agar siz - " Shift " tugmasini bosib turib harf yozsangiz ham katta harflarda yoza boshlaysiz, Agar siz matnni yoki so'zni belgilab katta yoki kichik harflarda aylantirmoqchi bo'lsangiz unda siz - " Shift + F3 " klavishasidan foydalaning;
6. Agar yozuvingiz to'qroq (полужирный) ko'rinishda yozmoqchi bo'lsangiz - " Ctrl + B " klavishalarini birgalikda bosing;
7. Agar yozuvingiz kursiv ko'rinishda yozmoqchi bo'lsangiz - " Ctrl + I " klavishalarini birgalikda bosing;
8. Agar yozuvingiz yozuvning tagiga chizilgan ko'rinishda yozmoqchi bo'lsangiz - " Ctrl + U " klavishalarini birgalikda bosing;
9. Siz yozuvni shriftini kattalashtirmoqchi bo'lsangiz - " Ctrl + Shift + 1 " klavishalarini birgalikda bosing;
10. Siz yozuvni shriftini kichraytiroqchi bo'lsangiz - " Ctrl + Shift + 9 " klavishalarini birgalikda bosing;
11. Agar siz abzas qoldirmochi bo'lsangiz - " Tab " klavishasini bosing;
#31mavzu_oxiri
31-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
32-mavzu: Qo'shimcha dasturlar va drayverlarning bir-biridan farqi
Salom Do'stlar. Sizlar bilan bugun OT dagi 2 ta asosiy tushunchalarning bir-biridan farqi nimada ekanligini o'rganib olamiz. Unda sizlarni kuttirmasdan boshladik.
Bilamizki va ko'p eshitganmizki, OT da dasturlar, drayverlar mavjud. Bular OT ning asosiy bo'lagi hisoblanadi. Biz yirik ko'rinishda 2 turga bo'ldik, aslida esa buning turlari juda ko'p va uning oxiriga yetish mushkul. Xo'sh bular qanday tuzilgan, nima uchun kerak degan savollarga to'xtalsak. Keling avval drayverlar haqida gaplashamiz.
Drayver - bu OT asosiy bo'lagi bo'lib, uni sodda qilib tushuntirsak, u OT ga bog'langan barcha fizik qurilmalarning so'zlarini OT ga tarjima qiluvchi yoki OT buyruqlarini qurilmalarga tarjima qiluvchi kichik dastur hisoblanadi. Demak drayverlar ham dastur ekaligini bilib oldik. Endi bu qurilmalarga nima kirishi mumkin deyishingiz mumkin, Kompyuteringiz ishlashi uchun nima va qanday qurilma kerak bo'lsa bularning barchasi kiradi ya'ni protsessor (ona plata ichida joylashgan miya), operativ xotira, doimiy xotira, videa grafika, kalonka, tarmoq kartasi, kuller, shinalar, blok-pitaniya, usb va h.klardir. Bundan tashqari qo'shimcha drayverlar mavjud ya'ni printer qurilmasining drayveri, mobil telefonlarni kompyuterga ulash uchun ishlatiluvchi drayverlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Drayverlar orqali OT ishi yengillashadi ya'ni OT to'g'ridan to'g'ri qurilmaga murojaat qilmasdan uning drayveriga murojaat qiladi va drayver o'zining qurilmasi bilan aloqani o'rnatib, OT yuklagan vazifalarni yetkazib beradi.
Drayverlar
Qo'shimcha dasturlar - bu OT va uning drayverlari o'rnatilgandan so'ng OT ishga tayyor bo'lgandan so'ngina o'rnatiluvchi, foydalanuvchiga yordamlashuvchi, qandaydir masala bo'yicha ko'maklashuvchi dasturlar hisoblanadi. Bunday dasturlar juda ko'p bo'lib, ularning turi ham ko'rinishi ham ko'pdir. Bular OT ga murojaat qiladi OT esa bu dastur uchun kerakli qurilmadan keraklicha joy ajratib beradi (albatta drayverlar yordami bilan) va bu dastur ishlashi uchun sharoit yaratib beradi. Agar OT dastur so'rayotgan qo'llab-quvvatlashga javob bera olmasa bu dastur ishga tushmaydi va qanday kamchilik yuzaga kelsa shuni ogohlantirish oynasi orqali ekranga chiqazadi. Bu kabi dasturlarga MS Office paketi, Google chrome brauzeri, Total Commander, WinRAR kabi dasturlarni misol qilib keltirish mumkin.
Qo'shimcha dasturlar
#32mavzu_oxiri
32-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
Sizda Wi-Fi bormi?!