Biz egoist bo'lishimiz shart
Mashinam elektrga yuradi.
Menga yoqadigan eng yaxshi jihati - yotishdan oldin tokka ulab qo'yasiz. Tongda zaryadi to'lgan bo'ladi. Chiqaman, ishga ketaman.
Bizni inson qiladigan a'zo bu miya.
U bizni bu hayotda ham, u hayotda ham qutqaradi.
Uyqudan keyin miya huddi mashinaga o'xshab quvvatga to'lib uyg'onadi.
Bu quvvat shu qadar kuchliki, katta ishlarga qodir.
Biz bu quvvatni o'z hayotimizni yaxshi tomonga burish uchun ishlatimiz mumkin edi aslida.
Ammo, biz o'sha kuchli quvvatni behuda sarflaymiz. Har kuni.
Tongda birinchi qiladigan ishimiz telefon olish.
Kechasi bilan nima shovqin bo'lgan bo'lsa, qimmatli energiyani mana shularga sarflaymiz.
Miya energiyasi yarim soatga bormay tugaydi, stres oshadi, asablar tarang. Shu bilan kimdir o'qishga, kimdir ishga ketadi. Farzandlarga baqiriladi. Rulda so'kiniladi. Ishda mijozlarga, xodimlarga qo'pol gapiriladi.
Biz miyamiz quvvatini o'zimiz foydamizga emas, begonalar pulini ko'paytirishga sarflamoqdamiz.
Boshqalar miyamizni sotib pul qilmoqda. Biz o'z qo'limiz bilan rozi bo'lib beryapmiz. Tekinga.
Bu borada egoist bo'lishimiz shart.
Bek Olimjon
23.01.26
Norvegiya

Erkinlik
hech kim sizni ishda kutmasa
hech qanday uchrashuvlar bo’lmasa
sizni bezovta qilib telefon qilishmasa
kun bo’yi hech kim sizni bezovta qilmasa
sevgan ishingizni maza qilib yolg'iz qilsangiz
ertaman xohlagan vaqtda tursangiz
kechasi xohlaganda yotsangiz
ertaman sizni hech kim uyg’otmasa
kechasi sizni hech kim uyg’otmasa
bolalar xarxasha qilmasa
STOP!
bu erkinlikmi yoki yolg’izlik?
Xohishlarimizda ehtiyot bo'lishimiz kerak!
Bek Olimjon
24.01.26

Erta pensiya
Men 40 yoshda pensiyaga chiqaman deganimni ko'pchilik tushunmaydi.
Ularni eng birinchi beradigan savoli.
Pensiyaga chiqqandan keyin nima ish qilasiz? Odam zerikib, depressiyaga tushib qoladiku...
Baraka topgur,
bir chekka qishloqdan chiqib, shuncha yo'l bosib o'tib, Yevropaga kelib, mutaxassis shifokor bo'lib, yetarlicha pul topib, investitsiya qilib, undan keladigan passiv daromadga yashashni reja qila olgan bo'lsa...
Yana hali natijaga erishmay turib qo'rqmasdan ommaga baralla aytayotgan bo'lsa...
Nahotki bunday odam, pensiyaga chiqqandan keyin nima qilishini bilmay zerikib, depressiyaga tushib o'tiradi deb o'ylaysiz?
Undan ko'ra yaxshiroq savol:
Nega men umrimni, ham aqlan, ham jismonan eng baquvvat bo'lgan qismini faqat pul topish uchun bir ishda sarflashim kerak?
Nahotki bundan ko'ra muhimroq, qiziqroq, zavqliroq, foydaliroq, barakaliroq ishlar bo'lmasa hayotda?
Nega bir dona umrni bir xil ish bilan o'tkazish kerak?
Bek Olimjon
25.01.26

Eng yaxshi boshliq
Men xodimlarim butun karyerasidagi eng yaxshi boshliq bo'lishga qaror qilganman.
Ko'pchilik o'ylaydi, xodimga ko'p oylik bersang sen yaxshisan deb.
Aslo unday emas.
Malakali xodim uchun oylik o'zi yetarli emas.
Sizdan yaxshiroq oylik beradiganlar doim topiladi.
Shuning uchun ham FAANG kompaniyalari orasida doim janjal. Amazon ishchisini Google yaxshiroq oylik taklif etib o'g'irlab oladi, Googlenikini Facebook.
Oylikdan muhimroq narsalar bor.
Shulardan biri xodim muammosini o'rganish va imkon qadar yechim berish.
Oddiy bir misol keltiraman.
Bir xodimim tushlik suhbatda Marokash sayohati katta orzusi ekanligini aytdi. Butun oilasi bilan borishni bolalari kichikligidan orzu qilishini aytdi.
Eng katta farzandi 18 yoshda, yaqinda chetga o'qishga ketadi. Bu xodim uchun farzandi bilan bola sifatida birga sayohat qilishga so'ngi imkoniyat bo'lishi mumkin.
Oy o'rtasida 1 haftaga ta'til berdim.
Bu qaror biznesim uchun minus ekanligi tabiiy. Kamida 10 ming kirim bo'lmaydi.
Ammo bu qarorga kelishga qiynalmadim.
Sababi men ancha oldin kelgan mana bu xulosa: "biznesimning umri qisqa"
Bu xulosani biznesdan tashqarida qo'llasakchi?
"mening umrim qisqa"
Shunda balki eng yaxshi o'zimiz bo'lishga harakat qilarmiz...
Bek Olimjon
26.01.26

Zavq va qoniqish hissi
Hayotda insonga zavq va qoniqish hissi beradigan ishlardan biri:
Bir mavzuga qiziqib,
o'rganishni maqsad qilib,
noldan boshlab,
ich-ichiga kirib,
mukkasidan ketib o'rganib,
oxiri yaxshi natijaga erisha olishga ishonib va
shu ish bilan har kuni mashg'ul bo'lish.
Bu jarayon bir necha yil davom etishi mumkin.
Ko'z-ko'z uchun qilish qiyin buni.
Soxta qilib ko'rsatish qiyin bu jarayonni.
Bek Olimjon
27.01.26

Mashina ≠ boylik
Eng zo'r mashina haydash boylik ramzi deb qaraladi.
Asl boylik mashinani qanchalik zo'rligida emas,
balki mashinaga ehtiyoj yo'qligida.
Bek Olimjon
28.01.26

Gapirma, na'muna bo'l
Atrofda gaplar ko’p. Maslahat ko'p. Shovqin ko’p.
Ushbu post ham ana shundaylaridan biri.
Hamma nimadir qilishimiz kerakligini aytadi.
Ammo ishini amalda ko’rsatadiganlar ko’p emas.
Shuning uchun na’muna bo’lish muhim.
Harakat ta’siri, quruq gapdan ko’ra kuchliroq.
Faqat gapiradiganlarni emas, gapiga o'zi amal qiladigan insonlardan o'rganish samaraliroq.
Bek Olimjon
29.01.26

Kunni yopamiz!
Har bir narsan ibtidosi bo'lgani kabi intihosi ham bo'lishi zarur.
Kunimizni ham.
Men o'rgangan foydali odat:
Bugun kompyuterni yopayotganda barcha tabs ni (vkladki) yopish.
Bu bizga ertangi kunni yana yangidan boshlash imkonini beradi.
Internetda sizga kerakli narsani topa olmay qolmaysiz.
O'sha tab sizga juda muhim bo'lsa, keyinroq topish uchun uni bookmarkka tiqing
Eng muhimi kun oxirida barcha tabsni yopishni odat qiling.
Aks holda bugun ham huddi "kechadagidek" yashab o'tasiz.
Bek Olimjon
30.01.26

Nega sher sichqon ovlamaydi
Sher asosan katta hayvonlar ovlaydi. Sichqon ovlamaydi.
Aytishlaricha kiyik ovlash uchun ham sichqon ovlash uchun ham bir xil energiya sarf etar ekan.
Sher uchun kiyik ovlash qilgan harakatiga nisbatan yaxshi rag'bat (ko'proq ovqat) bo'ladi. Shuncha harakat qilgani bilan sichqonga to'ymaydi.
Biz huddi sichqon ovlashga harakat qilayotgan sherlardek harakat qilamiz ba'zan.
Energiyamizni bizga foydasi bo'lmagan ishlarga juda ko'p sarflaymiz.
Har qanday natija energiya talab etadi.
Uni to'g'ri boshqarishni o'rganishimiz muhim.
Energiyani so'rib oladigan oladigan amallar
- ijtimoiy tarmoqlar
- shovqinli joylar
- behuda tortishuvlar
- asabiylashish
- doimiy havotirlanish
- monoton ishlar va hok
Energiyani saqlashga yordam beradigan amallar
- Yaxshi uyqu. Buni eng katta dushmani telefon.
- Yurish yoki yugurish
- Odamlarni boricha qabul qilish
- Chalg’ituvchilardan xalos bo’lish
Ko'pchiligimiz har kuni sichqon ortidan quvib yuraveramiz.
Umr esa o'tib ketaveradi...
Bek Olimjon
31.01.26

Agar menda 1500$ bo'lganida
Tasavvur qilaylik
- yoshim 23 da
- O'zbekistondaman
- uylanmaganman
- ishim bor
- oyiga 200-300$ oshira olaman
- amallab 1500$ to'play olaman
Nima qilar edim?
Hozirgi kungacha tajriba va bilganlarimga asoslanib shuni 150% ishonch bilan ayta olamanki, eng yaxshi qaror bu sayohat bo'lar edi.
Sayohat bo'lganda ham arzon sayohat.
Puli kam yoshlar qiladigan sayohat.
Buni nomi backpacking deyiladi.
Ishoning, yoshingiz kattaroq bo'lganda yoki pulingiz ko'proq bo'lganda bunday sayohat turlaridan maza qila olmaysiz. Ko'p bilim va tajriba olish mumkin.
Bunday sayohat davomida qanday yo'l tutgan bo'lar edim deb, 10 xil maslahat bergan post ham yozgan ekanman. Qoyilmisiz? 😁
Bek Olimjon
01.02.26

Kapalaklar
Kapalaklar ortidan quvlasangiz, barchasi uchib ketadi.
Uni o’rniga gulzor yarating.
Kapalakar o’zi keladi.
Agar ular kelmasachi…?
Gulzorga kapalak har doim keladi.
+ + + + + + + + + + + + + +
Kapalak bu biz ortidan quvadigan hissiyotlar.
Ular to’planmasini baxt deymiz.
Gulzor esa oila.
Gulzorni yaratish oson emas.
Yaratish uchun vaqt kerak.
Keyin esa parvarish zarur.
Aks holda, kapalaklar kelmaydi.
Bek Olimjon
Norvegiya
02.02.26

Piyoda yurish
Men biror muammoga yechim topishga qiynalganimda
piyoda yurishga chiqaman.
Telefonsiz, quloqchinsiz, tabiat qo'yniga, o'rmonga, 2-3-4 soatga.
Shunchaki piyoda yurishga.
O'ylashni talab etadigan masalalar aksari mana shunday yurishlar bilan o'z yechimini topadi.
Tarixda mashhur ixtirochilar piyoda yurish orqali muammolarni yechganligi ma'lum. Ro'yhatda Aristoteldan tortib Steve Jobs kabi insonlar bor.
Piyoda yurish davomida tiniqroq fikrlashimga amin bo'laman.
Biror masalaga yechim topmoqchimisiz?
Piyoda yurishga chiqing. Telefonsiz!
Bek Olimjon
03.02.26

Ertangi kun uchun eng muhim ish
Ko'pchilikda tongda turganda kun uchun eng muhim ishi rejalashtirilmagan bo'ladi.
Natijada qo'lga telefon olinadi, miya energiyasi yarim soat o'tmasdan ishlatib bo'linadi, stres baland, fikrlar tarqoq, asablar tarang.
Mana shunday energiya bilan kimdir o'qishga, kimdir ishga ketadi. Bu kayfiyat butun kunga ta'sir qiladi. Kun davomida baraka bo'lmaydi.
Kech kiradi, kun davomidagi shovqin yetmaganidek, yotishdan oldin yana telefon.
Uxlash, ertaga yana huddi shu "sug'ur kuni".
+ + + + + + + + + + + + + + + +
Yechim nima?
Uyqudan oldin ertaga qilinishi kerak bo'lgan eng muhim BIR DONA ishni bugundan tanlab qo'yish.
Tongda turganda kunni mana shu ishdan boshlash.
Bir dona ish - oddiygina 10 bet kitob o'qish, 10 daqiqa maqsadli yurish, fikrlarni yozish kabi kichkina ishlar bo'lishi mumkin. Uni o'zingiz tanlaysiz.
Bitta mana shuni o'ziyoq, kunimizni yaxshigina tartibga soladi.
Bek Olimjon
04.02.26

Bolaga qo'yib bering
6+ yoshli farzandlar o'zi uchun o'zi qila oladigan yumushni qilishiga qo'yib berish kerak ekan.
O'zi kiyimini kiya oladimi?
Poyafzal ipini o'zi bog'lay oladimi?
Kiyimlarini kirga tashlay oladimi?
Maktab sumkasini o'zi tayyorlay oladimi?
Nega qo'yib berish kerak?
Poyafzal ipini bog'lashga harakat qilayotgan bolani o'rniga ota yoki ona bog'lashi bolada "men qila olmayman" degan ishonchsizlikka sabab bo'ladi.
O'ziga bo'lgan ishonchsizlik past bo'lishi mana shunday kichik narsalardan boshlanadi.
Bek Olimjon
05.02.26

Mashhurlik
Ko'pchilik mashhur bo'lish zo'r deb o'yalydi.
Aslida esa bu kata qopqon ekanligiga har kuni guvoh bo'lamiz.
Mashhurlar depressiyaga uchrash bo'yicha yuqori o'rinda turishi avvaldan ma'lum.
O'tgan hafta chiqqan Epstein fayllari esa bunga yana bir yaqqol misol.
Mashhur bo'lishni xohlamaslik o'zi katta ne'mat.
Bek Olimjon
06.02.26

Samaradorlik
Ko'pchilikka tanish holat.
Samaradorlikni (productivity) oshirishga undov juda ko'p.
Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish kerakligini aytiladi.
Ko'pchilik shunday ham qiladi.
Telefonlarni o'chiradi. Ona yoki aka telefon qilganda javob bermaydi. Nega? Band edim.
Youtubedan foydali bilimlar olish mumkin deyiladi.
Ko'pchilik "foydali" videolar ko'radi. Kitoblar o'qiydi. Qandaydir ko'nikmalar o'rganishga harakat qiladi.
Ko'p holatlarda bu samaradorlik niqobi ostiga yashiringan dangasalikni bir ko'rinishi.
Samaradorlikni ko'rsatib beruvchi yagona belgi bu natija.
"O'tgan hafta nima qilding?" - degan savol berar ekan Elon Musk
Bu savolni o'zimizga bersak ham bo'ladi.
- o'tgan hafta nima qildim?
- maqsadlarimga yaqinlashtiradigan nima qildim?
- oila va farzandlar bilan necha soat birga o'tkazdim?
- o'tgan hafta qancha pul topdim?
- necha soat trnopka qildim? necha km yugurdim? va hok
Youtubeda yugurish haqida video ko'rgan bilan ko'chaga chiqib yugurish orasida ozgina farq bor.
Buni farqiga ko'pchilik bormasdan, video orqali bilim olyapman, ko'nikma o'rganyapman deb o'ylaydi.
Haqiqiy ko'nikma amalda qilib ko'rish orqali bo'ladi.
Samaradorlik deb zamonaviy dangasalik niqobini kiyib olmayapmizmi degan savolni berishimiz muhim.
Bek Olimjon
07.02.26

Yolg'izlik azobi
Yanvar kunlaridan biri. Norvegiya. Qahraton qish. Tashqarida minus 16. Bugun ish ko'p. Qabulimga 30 ta bemor yozilgan. Hamma band.
Eshikdan usti yupqa bir inson kirib keladi. Kiyimi bir ahvolda. Sovuq yegani yaqqol bilinar edi....
https://telegra.ph/Yolgizlik-azobi-02-04

Telegraph
Yolg'izlik azobi
Yanvar kunlaridan biri. Norvegiya. Qahraton qish. Tashqarida minus 16. Bugun ish ko'p. Qabulimga 30 ta bemor yozilgan. Hamma band. Eshikdan usti yupqa bir inson kirib keladi. Kiyimi bir ahvolda. Sovuq yegani yaqqol bilinar edi. Tanish chehra. U bir necha…
kecha - bugun - ertaga
bugun qanday kun?
bugun biz kecha ertaga deb havotirga tushgan kun
bugun esa ertani o’ylab havotirdamiz
ammo bugunni yashab o’tmoqdamiz
bir muddat to’xtab o’ylash kerak bo’lgan holat
ertani juda ko’p o’ylaymiz,
bugunni unutamiz
bilmaymizki,
ertagacha nafasimiz bormi hali…
Bek Olimjon
09.02.26

Kamtarlik
"Kamtar bo'lishga harakat qilish bu kibr belgisi" degan gap eshitib qolib hayron bo'ldim.
Muallif tushuntirdi keyin.
"Kamtar bo'lishimiz kerak deymiz. Bu yaxshi xislat deymiz. Ammo kamtar bo'lishga harakat qilish aslida nima degani?
Misol qilib bilimli bo'lishni olaylik. Kamtar bo'lishlik degani sen zo'r bilsang ham, buni ko'rsatmagin, bu borada kamtar bo'lgin degani.
Bu insonni "men ko'p bilaman, bilimliman" degan xulosaga kelgani uchun "men endi kamtar bo'lishim kerak" deb o'zini nazorat qilishga undash. Aslida esa "men bilimliman" degan xulosani o'zi kibr.
Agar o'sha inson "meni bilganim bir tomchi bo'lsa, bilmaganim okean" degan xulosaga kelsa, kamtar bo'lishga harakat qilishga sabab qolmaydi.
Odam o'zini qanchalik kuchsiz ekanligini his qilishi orqali, taslim bo'lish imkoniyatlari yanada ko'payadi.
Bek Olimjon
10.02.26

Tanlanma ilmsizlik
Biz ko'p narsani o'rganishni xohlaymiz.
Muammo shuki, o'rganadigan bilim juda ko'p.
Ma'lumot juda ko'p.
Bularni 99,9999% qismini o'rganish imkoniyatimiz yo'q.
Umr juda qisqa, yetmaydi.
Shuning uchun "tanlanma ilmsizlik" yo'li bir yechim.
Tanlanma ilmsizlik nima?
U o'zimiz uchun keraksiz bo'lgan bilimlarni olmaslikkka faol harakat qilishimiz.
Muhim savol: "qaysi bilimlar keraksiz?"
Men uchun o'z maqsadimga yaqinlashtirmaydiganlari.
Bek Olimjon
Norvegiya
11.02.26