БЭСМ-6
Keling avval BESM-6 nima ekanini aytib bersam. (va’da qildim-ku)
BESM-6 kompyuteri
1965 yildan ishlab chiqarish boshlagan. S.A. Lebedev nomidagi Aniq mexanika va kompyuter muhandisligi institutida aynan S.A. Lebedev jamoasi rahbarligida ishlab chiqarilgan. 1987 yilgacha 355 ta kompyuter ishlab chiqarilgan.
BESM-6 haqida qiziq ma’lumotlar:
* Asosi Tranzistorlardan tashkil topgan.
* 1,000,000 amal 1 sekundda bajara olgan.
* 9MHz takt chastotali bo‘lgan.
* 60,000 ta tranzistor va 170,000 ta diod ishlatilgan.
* 192 KB xotirani adreslash imkoniyati.
* 48 bit mashina adreslash tizimi. (2007 yilgacha sizning kompyuteringiz 32 bitlik bo‘lgan, hozir 64 bitlik, lekin 48 bit adres ishlatiladi)
* Kesh xotirasi 16 ta registr 48-bitdan (4-ta so‘z o‘qishga, 4 ta yozishga, 8 ta buferda saqlash) - Bu ixtiro, hozirgi kompyuterlarning kesh xotirasi borligiga sabab bo‘lgan. Lebedevning: Ko‘p qaytariladigan ma’lumotlarni yaqinroq saqlash kerak, - degan fikri, hozirgi zamonaviy kompyuterlarda ham ishlatib kelinadi.
* Narxi 530,000 so‘m. Hozirgi pulda $25-$30 mln USD yoki 365,000,000,000 so‘m. Bu narx sun’iy kamaytirilganida hisoblaganda. Chunki u vaqtlari AQShda CDC 6600 $7-8 mln USD turgan. Hozirgi pulda $70-80 mln USD degani.
Arxitektura
Bilamiz-ki, kompyuterlar rivojlanishi 4 ta bosqichdan o‘tgan:
1-avlod mashinalari - Lampa asosida bo‘lgan.
2-avlod mashinalari - Tranzistorlar.
3-avlod mashinalari - Integral sxema (mikrosxema).
4-avlod mashinalari - Mikroprotsessor.
Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hozirgi kuchingizni va imkoniyatlaringizni bobolar bilan solishtirsa bo‘ladimi?
Muzey tajribasi
Muzeyga borishning gashti bor. Ammo borib, quruq tomosha qilib kelish yaramaydi. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, odamlar biror buyum oldida soatlar qotib turishadi. Chunki ko‘z ko‘rib turgani bilan miya (CPU) fikrlash bilan band.
Farzandingizni olib borib, mana ko‘rila, bu kompyuter desangiz, yetarli emas. Uni nima uchun aynan shu yerda turganini asoslab bera olishingiz kerak. Savollariga tayyor turishingiz kerak. Bu esa mas’uliyat.
Agar har bir jihoz (eksponat) uchun internetni kovlab, 1-2 soat tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak bo‘lsa, tasavvur qiling, muzeyning har bir qavatida necha ming eksponat bor. 🤯
Shaxsiy tavsiyam
Dam olish kunlari maroqli o‘tsin.
Endi nima qilishni bilmasangiz, sizga mavzu tashlab qo‘ydim. Aytishlaricha Toshkentdagi Geologiya muzeyi, Planetariy, Aloqa muzeyi va Politexnika muzeyi ancha o‘zgarib ketibdi. Katta o‘zgarishlar bor.
Rasmlarni muzeyda suratga olganman.
#AT #qurilma
29.12.2025 London
@DrAlgorithm
Dam olish kuni Londonning Fan Muzeyi (Science museum)ga farzandlarimni olib borishni yaxshi ko‘raman. Har safar 1-qavatni aylanganimda Crey, BESM kabi "chol"larni ko‘rsam, ilm fan rivojini his etib kelaman.
Keling avval BESM-6 nima ekanini aytib bersam. (va’da qildim-ku)
BESM-6 kompyuteri
1965 yildan ishlab chiqarish boshlagan. S.A. Lebedev nomidagi Aniq mexanika va kompyuter muhandisligi institutida aynan S.A. Lebedev jamoasi rahbarligida ishlab chiqarilgan. 1987 yilgacha 355 ta kompyuter ishlab chiqarilgan.
BESM-6 haqida qiziq ma’lumotlar:
* Asosi Tranzistorlardan tashkil topgan.
* 1,000,000 amal 1 sekundda bajara olgan.
* 9MHz takt chastotali bo‘lgan.
* 60,000 ta tranzistor va 170,000 ta diod ishlatilgan.
* 192 KB xotirani adreslash imkoniyati.
* 48 bit mashina adreslash tizimi. (2007 yilgacha sizning kompyuteringiz 32 bitlik bo‘lgan, hozir 64 bitlik, lekin 48 bit adres ishlatiladi)
* Kesh xotirasi 16 ta registr 48-bitdan (4-ta so‘z o‘qishga, 4 ta yozishga, 8 ta buferda saqlash) - Bu ixtiro, hozirgi kompyuterlarning kesh xotirasi borligiga sabab bo‘lgan. Lebedevning: Ko‘p qaytariladigan ma’lumotlarni yaqinroq saqlash kerak, - degan fikri, hozirgi zamonaviy kompyuterlarda ham ishlatib kelinadi.
* Narxi 530,000 so‘m. Hozirgi pulda $25-$30 mln USD yoki 365,000,000,000 so‘m. Bu narx sun’iy kamaytirilganida hisoblaganda. Chunki u vaqtlari AQShda CDC 6600 $7-8 mln USD turgan. Hozirgi pulda $70-80 mln USD degani.
$30 million AQSh dollari, Karl!
Arxitektura
Bilamiz-ki, kompyuterlar rivojlanishi 4 ta bosqichdan o‘tgan:
1-avlod mashinalari - Lampa asosida bo‘lgan.
2-avlod mashinalari - Tranzistorlar.
3-avlod mashinalari - Integral sxema (mikrosxema).
4-avlod mashinalari - Mikroprotsessor.
BESM-6 shunda 2-avlod kompyuteri hisoblanadi.
Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hozirgi kuchingizni va imkoniyatlaringizni bobolar bilan solishtirsa bo‘ladimi?
BESM-6 uning davrida ishlab chiqarilgan boshqa kompyuterlardan 10-15 yil oldinda bo‘lgan.
Muzey tajribasi
Muzeyga borishning gashti bor. Ammo borib, quruq tomosha qilib kelish yaramaydi. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, odamlar biror buyum oldida soatlar qotib turishadi. Chunki ko‘z ko‘rib turgani bilan miya (CPU) fikrlash bilan band.
Farzandingizni olib borib, mana ko‘rila, bu kompyuter desangiz, yetarli emas. Uni nima uchun aynan shu yerda turganini asoslab bera olishingiz kerak. Savollariga tayyor turishingiz kerak. Bu esa mas’uliyat.
Agar har bir jihoz (eksponat) uchun internetni kovlab, 1-2 soat tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak bo‘lsa, tasavvur qiling, muzeyning har bir qavatida necha ming eksponat bor. 🤯
Shaxsiy tavsiyam
1. Bilmasangiz ham muzeyga olib boring.
2. Bilmasangiz, farzandingizdan o‘rganib borishni iltimos qiling.
3. Muzey kitoblarida tushuntirishlar bo‘ladi, xodimlari bo‘ladi - foydalaning.
4. Oyda bir borishni rejaga kiritib qo‘ying.
Dam olish kunlari maroqli o‘tsin.
Endi nima qilishni bilmasangiz, sizga mavzu tashlab qo‘ydim. Aytishlaricha Toshkentdagi Geologiya muzeyi, Planetariy, Aloqa muzeyi va Politexnika muzeyi ancha o‘zgarib ketibdi. Katta o‘zgarishlar bor.
Rasmlarni muzeyda suratga olganman.
#AT #qurilma
29.12.2025 London
@DrAlgorithm
👍30🔥6⚡2
Dasturchining odatlari
Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.
1. Daraja.
O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.
Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.
Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.
2. Soft skill
Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...
1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish.
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.
3. Jamoada ishlash.
Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.
Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.
Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.
Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish
+ Hashar
+ Ehson
Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.
~~~
Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani.
Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan?
bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?
Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda.
Yechim
Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak.
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz.
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.
#dasturlash #odatlar
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?
1. Daraja.
O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.
Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?
Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.
Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?
Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.
2. Soft skill
Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...
Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.
1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish.
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.
3. Jamoada ishlash.
Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.
Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.
"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?
Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.
Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish
+ Hashar
+ Ehson
Manimcha, biz nimanidir xato qildik.
Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.
~~~
Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?
Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani.
Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan?
+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi.
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak.
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi.
bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?
Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda.
Yechim
Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak.
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz.
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.
#dasturlash #odatlar
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
4🤝55👍35🔥16
Telegram
Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari
O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!
Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.…

Yuqoridagi "Dasturchining odatlari" maqolam ko‘proq salbiy maqolaga o‘xshab qoldi. Lekin ba’zida ma’lumotni boricha berish kerak. Achchiq bo‘lsa, yaxshi ta’sir qiladi.
Yangi loyiha o‘ylayotgan edim. Yosh dasturchilarga jamoada ishlashni o‘rgatish va intizomni rivojlantirish bo‘yicha.
Sizdan bir iltimos bo‘ladi:
Izohlarda yozib qoldirsangiz, loyihaga qo‘shishga harakat qilar edim. Agar loyihamiz o‘xshasa, hammamizga foydali bo‘lar edi.
Uzun maqolamni o‘qiganingiz uchun katta rahmat!
#dasturlash #odatlar #izoh
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
Kelasi yil uchun reja qilayotganlar uchun turtki bo‘lsa, ajab emas.
Yangi loyiha o‘ylayotgan edim. Yosh dasturchilarga jamoada ishlashni o‘rgatish va intizomni rivojlantirish bo‘yicha.
Sizdan bir iltimos bo‘ladi:
⁉️ Dasturchilarimizda bo‘lishini xohlayotgan qaysi sifatlarni bilasiz?
Izohlarda yozib qoldirsangiz, loyihaga qo‘shishga harakat qilar edim. Agar loyihamiz o‘xshasa, hammamizga foydali bo‘lar edi.
Uzun maqolamni o‘qiganingiz uchun katta rahmat!
#dasturlash #odatlar #izoh
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39👏10🤝1
Yil_2025++
Ko‘pchilik yangi rejalar tuzish bilan band.
Yana kimdir bayramni nishonlash uchun dasturxon atrofida tomosha qilish uchun video izlamoqda.
Yana kimdir boshlagan kitobini tugatib qo‘ymoqchi.
Shu munosabat bilan siz uchun men qatnashgan podkastlarimni bitta maqolaga yig‘ib chiqdim.
Agar vaqt o‘tkazishga nima eshitishni bilmay turgan bo‘lsangiz, foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.
Rejalaringiz to‘kis va barakali bo‘lsin!
1. Ma’lumotlarni deb pul ishlash ham, yo‘qotish ham mumkin (Mohirdev)
2. "IT va Olam” kelajakka yo‘l (Qudrat Abdurahimov)
3. Teamleader #5 - GIT bilan to‘g‘ri ishlash (Coffee Time)
4.UzGeeks November-2025 (UzGeeks)
5. Dasturchi butun umr kod yozadimi? Tech Gurung (Khumoyun Codes)
31.12.2025 London
@DrAlgorithm
Navbatdagi yil tugadi va hayot davom etmoqda.
Ko‘pchilik yangi rejalar tuzish bilan band.
Yana kimdir bayramni nishonlash uchun dasturxon atrofida tomosha qilish uchun video izlamoqda.
Yana kimdir boshlagan kitobini tugatib qo‘ymoqchi.
O‘ylab qarasam, kanal yuritishni boshlaganimga ham 4 yil bo‘libdi.
Shu munosabat bilan siz uchun men qatnashgan podkastlarimni bitta maqolaga yig‘ib chiqdim.
Agar vaqt o‘tkazishga nima eshitishni bilmay turgan bo‘lsangiz, foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.
Rejalaringiz to‘kis va barakali bo‘lsin!
1. Ma’lumotlarni deb pul ishlash ham, yo‘qotish ham mumkin (Mohirdev)
2. "IT va Olam” kelajakka yo‘l (Qudrat Abdurahimov)
3. Teamleader #5 - GIT bilan to‘g‘ri ishlash (Coffee Time)
4.UzGeeks November-2025 (UzGeeks)
5. Dasturchi butun umr kod yozadimi? Tech Gurung (Khumoyun Codes)
va boshqalar👇
6. "Telefon raqamingizni ehtiyot qiling” (Unicon Soft)
7. Kimga “eski” Java, kimga “yosh” C#: bahs qanday tugadi? (Unicon Soft)
8.Telegram o‘chadimi? (Unicon Soft)
9."10 ta antiqa savol" (Mohirdev)
10. Kriptovalyutalar: Notcoin o‘zi nima? (Unicon Soft)
11. "Junior" ham dasturchimi? (Unicon Soft)
12. Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar (GITA Akademiyasi)
13. "Coffee break" №1. Dasturchilar bilan suhbat
14. “Postgres: Partitioning" (UzGeeks Meetup)
15. IT haqida “0”dan gaplashamiz (Avlo Podcast)
31.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥8🕊2🤣1😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshisi bo‘l
Kitob o‘qiyotgan edim, Douglas Mallochning "Be the Best of Whatever You Are" asari misol keltirilgan ekan.
Mandan ko‘p so‘rashadi, backend o‘rganaymi, frontend o‘rganaymi yoki nima tavsiya qilasiz deb. Manga qolsa, QA bo‘ling, lekin o‘zingizga yoqsin, - der edim.
Endi yana bir hislat qo‘shildi:
Aslida ham o‘ylab ko‘ring, hammamiz ham oshpaz, novvoy, sartarosh, hisobchi, huquqshunos, uchuvchi, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘la olmaymiz. Har bir kasbning o‘rni bor. Har bir kasbning egasi bo‘lishi kerak. Mukammal egasi - ustasi.
Bizga berilgan his bor, unga ko‘ra bizga nimadir yoqadi, nimanidir xohlamaymiz. Shunda qarab ilm olishga intilamiz. O‘zimizga yoqadigan ilmni bilimga aylantiramiz.
Asosiysi, menga yoqmadi deb ilm olishdan to‘xtab qolmaslik. Ilm olish sizning iqtidoringizni ochadi, mehnat esa sizni kasbingiz ustasi qiladi.
Asarning aslini va SI yordamidagi tarjimasini yozib qoldiraman.
~~~
Be the Best of Whatever You Are
~ Douglas Malloch
~~~
Kim Bo'lsang Ham, Eng Yaxshisi Bo'l
~ Douglas Malloch
~~~
Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!
03.01.2026 London
@DrAlgorithm
Kitob o‘qiyotgan edim, Douglas Mallochning "Be the Best of Whatever You Are" asari misol keltirilgan ekan.
Nima kasb tanlasang ham uning eng mukammal ustasi bo‘l, - degan mazmun bor unda.
Mandan ko‘p so‘rashadi, backend o‘rganaymi, frontend o‘rganaymi yoki nima tavsiya qilasiz deb. Manga qolsa, QA bo‘ling, lekin o‘zingizga yoqsin, - der edim.
Endi yana bir hislat qo‘shildi:
Qaysi kasb egasi bo‘lgansiz ham kasbingiz sizga yoqsin va shu kasbning eng zo‘r ustasi bo‘ling.
Aslida ham o‘ylab ko‘ring, hammamiz ham oshpaz, novvoy, sartarosh, hisobchi, huquqshunos, uchuvchi, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘la olmaymiz. Har bir kasbning o‘rni bor. Har bir kasbning egasi bo‘lishi kerak. Mukammal egasi - ustasi.
Bizga berilgan his bor, unga ko‘ra bizga nimadir yoqadi, nimanidir xohlamaymiz. Shunda qarab ilm olishga intilamiz. O‘zimizga yoqadigan ilmni bilimga aylantiramiz.
Asosiysi, menga yoqmadi deb ilm olishdan to‘xtab qolmaslik. Ilm olish sizning iqtidoringizni ochadi, mehnat esa sizni kasbingiz ustasi qiladi.
Shunda ekan, harakatda to‘xtamang va birovga o‘zingizni solishtirmang. Siz bizga keraksiz, kasbingiz bilan yanada ko‘proq....
Asarning aslini va SI yordamidagi tarjimasini yozib qoldiraman.
~~~
Be the Best of Whatever You Are
~ Douglas Malloch
If you can’t be a pine on the top of the hill,
Be a scrub in the valley — but be
The best little scrub by the side of the rill;
Be a bush if you can’t be a tree.
If you can’t be a bush be a bit of the grass,
And some highway happier make;
If you can’t be a muskie then just be a bass —
But the liveliest bass in the lake!
We can’t all be captains, we’ve got to be crew,
There’s something for all of us here,
There’s big work to do, and there’s lesser to do,
And the task you must do is the near.
If you can’t be a highway then just be a trail,
If you can’t be the sun be a star;
It isn’t by size that you win or you fail —
Be the best of whatever you are!
~~~
Kim Bo'lsang Ham, Eng Yaxshisi Bo'l
~ Douglas Malloch
Cho‘qqida qarag‘ay bo‘lolmasang gar,
Vodiyda kichik bir buta bo‘la qol.
Jilg‘a bo‘yidagi eng ko‘rkam, dilbar —
Daraxt bo‘lolmasang, buta bo‘lib qol.
Buta bo‘lolmasang, mayli, maysa bo‘l,
Yo‘lovchi ko‘zini quvnatib yasha.
Katta baliq emas, oddiy baliq bo‘l,
Lekin eng chaqqoni bo‘l albat o‘sha!
Barchamiz kapitan bo‘la olmaymiz,
Oddiy dengizchi ham bo‘lmog‘imiz shart.
Bajarish kerakdir katta-kichik ish,
Qarshingdagi ishga ko‘rsatgil g‘ayrat.
Katta yo‘l bo‘lmasang, so‘qmoq bo‘la qol,
Quyosh bo‘lolmasang, yulduz kabi yon.
Yutuq o‘lchanmaydi kattalik bilan,
Kim bo‘lsang ham, bo‘lgil eng yaxshi inson!
~~~
Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!
03.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍30🔥7👏4⚡2
Hunarmandlar Shahri - boshqotirma
To‘rt nafar do‘st: Anvar, Botir, Kamola va Malika ta’tilda tarixiy shaharlarga borib, milliy hunarmandchilik sirlarini o‘rganishga kelishib oldilar. Ular bittadan shahar: Buxoro, Samarqand, Xiva va Qo‘qon va bittadan hunar: Tikuvchilik, Duradgorlik, Zargarlik va Naqqoshlikni tanlashdi. Har biri biror shaharga borib, bitta hunar o‘rganib kelishi kerak.
Quyidagi ishoralardan foydalanib, kim qayerga borishini va qanday hunar o‘rganishini aniqlang:
* Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
* Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
* Anvar Buxoroga borishni tanladi.
* Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q.
* Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.
Rasmdagi yechim jadvali fikrlarni yozib turishga va javobni shakllantirishga yordam beradi. Xohlasangiz o‘zingiz usiz ham urinib ko‘rsangiz bo‘ladi?
#boshqotirma
04.01.2026 London

Dam olish kunida biroz boshingizni qotiradigan savol bergim keldi. To‘g‘ri javobni ertaga chop etaman. Bugun yechimni topishga urinib ko‘ring.
Rasmdagi yechim jadvali fikrlarni yozib turishga va javobni shakllantirishga yordam beradi. Xohlasangiz o‘zingiz usiz ham urinib ko‘rsangiz bo‘ladi?
#boshqotirma
04.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍13🆒2🤔1
Hunarmandlar Shahri - boshqotirma javobi
Boshqotirmaning asli: 👉 https://xn--r1a.website/DrAlgorithm/1051
Rasmlarga yechish ketma-ketligi berilgan.
Tasdiqlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarni yozib chiqaman. Har bir tasdiq va holat raqamlangan. Rasmdagi raqamlar shunga mos keladi.
1. Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
2. Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
3. Anvar Buxoroga borishni tanladi.
4. Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shu sababli Malika Qo‘qonga boradi, 1 -shartning bittasi bajarilishi kerak. Naqqoshlik esa Xivada, bitta shu shahar bo‘sh.
5. Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.
6. Demak, Anvar Buxoroda duradgorlik o‘rganmoqchi. Shu sababli Duradgorlik kasbi Buxoroda.
7. Demak Buxoroda Zargarlik emas. Zargarlik Samarqandda. (2->7)
8. Zargarlikni tanlagan odam yo Buxoro yoki Samarqandda edi (2-ishora). Buxoroda Anvar bo‘lgani uchun, u Samarqandga boradi. Samarqand faqat Kamola uchun bo‘sh.
9. Botir Xivaga boradi (5-ishora). Unga qolgan yagona hunar — Naqqoshlik.
10. Malikaga qolgan yagona shahar Qo‘qon va yagona hunar Tikuvchilik qoladi. (Bu 1-ishoradagi "Yo Qo‘qon Malikaniki, yoki Naqqoshlik Qo‘qonda" shartiga mos keladi, chunki Malika Qo‘qonda, lekin Naqqoshlik Xivada).
Natija:
Haftani yaxshi boshlab oling.
05.01.2026 London
@DrAlgorithm
Boshqotirmaning asli: 👉 https://xn--r1a.website/DrAlgorithm/1051
Rasmlarga yechish ketma-ketligi berilgan.
Yashil - agar tasdiq to‘g‘ri bo‘lsa.
Qizil - agar tasdiq inkor bo‘lsa.
Sariq - agar tasdiq shartli bo‘lsa.
Tasdiqlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarni yozib chiqaman. Har bir tasdiq va holat raqamlangan. Rasmdagi raqamlar shunga mos keladi.
1. Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
2. Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
3. Anvar Buxoroga borishni tanladi.
4. Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shu sababli Malika Qo‘qonga boradi, 1 -shartning bittasi bajarilishi kerak. Naqqoshlik esa Xivada, bitta shu shahar bo‘sh.
5. Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.
6. Demak, Anvar Buxoroda duradgorlik o‘rganmoqchi. Shu sababli Duradgorlik kasbi Buxoroda.
7. Demak Buxoroda Zargarlik emas. Zargarlik Samarqandda. (2->7)
8. Zargarlikni tanlagan odam yo Buxoro yoki Samarqandda edi (2-ishora). Buxoroda Anvar bo‘lgani uchun, u Samarqandga boradi. Samarqand faqat Kamola uchun bo‘sh.
9. Botir Xivaga boradi (5-ishora). Unga qolgan yagona hunar — Naqqoshlik.
10. Malikaga qolgan yagona shahar Qo‘qon va yagona hunar Tikuvchilik qoladi. (Bu 1-ishoradagi "Yo Qo‘qon Malikaniki, yoki Naqqoshlik Qo‘qonda" shartiga mos keladi, chunki Malika Qo‘qonda, lekin Naqqoshlik Xivada).
Natija:
Ism Shahar Hunar
Anvar Buxoro Duradgorlik
Botir Xiva Naqqoshlik
Kamola Samarqand Zargarlik
Malika Qo‘qon Tikuvchilik
Haftani yaxshi boshlab oling.
05.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍17
Forwarded from Ikboljon Sobirov
Yangilik!
Mohirdev jamoasi bilan hamkorlik qilib, "Deep Learning" modulini butunlayin yangilab yozib berdim.
Endi siz to‘liq Data Science va Sun’iy intellekt 2.0 kursiga qo‘shilib, uch kunlik intensiv live darslar bilan start berishingiz mumkin. 5, 6, 7-Yanvar kunlari onlayn uchrashuvlar tashkil etiladi. Men ertaga 6-Yanvar olib boraman.
Qo‘shimcha barcha ma’lumot bu havolada.

👍28🔥11
Forwarded from Adkham Zokhirov
"Xarita.ai" loyihasi...
Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.
Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun
Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!
Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇
Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU
Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!
(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)
@adkham_zokhirov

YouTube
Sun'iy Intellektni Qayerdan O'rganish Kerak? | Bepul Xarita.ai Platformasi
Sun'iy intellekt (AI) rivojlanib bormoqda, lekin uni qayerdan va qanday o'rganishni bilmayapsizmi? 🤔
Bugungi videoda biz sizga Xarita.ai platformasini taqdim etamiz — bu AI dunyosiga kirib borish uchun mukammal yo'l xaritasi!
Platformaga kirish: https://xarita.ai…

👍16⚡2🏆2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang — Saidolim Jo‘rayev
✅ UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi.
⚜️ Mutaxassisning ta’kidlashicha, junior mutaxassislar kuch va o‘sish istagiga boy bo‘lsa-da, nozik tizimlarni “to‘liq topshirib qo‘yish” xavfli. Chunki arxitektura, xavfsizlik, monitoring va barqarorlik kabi masalalar tajriba talab qiladi.
⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin

🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣16🔥13
EDU.DIGITAL
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang
Assalomu alaykum do‘stlar,
Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi juda ajoyib video chiqaribdi.
To`liq videosini avvalgi postimda tashlagan edim. https://xn--r1a.website/DrAlgorithm/996
Youtubeda ko`rish uchun:📱 https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c
Kuningiz barakotli o‘tsin!
07.01.2026 London
@DrAlgorithm
Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi juda ajoyib video chiqaribdi.
Juniorlar xafa bo‘lmaysiz. Sizni o‘ylab aytgan edim...
To`liq videosini avvalgi postimda tashlagan edim. https://xn--r1a.website/DrAlgorithm/996
Youtubeda ko`rish uchun:
Kuningiz barakotli o‘tsin!
07.01.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Rahbar ishni bajaruvchi emas
Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.
- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u.
- Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi?
- Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.
Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy.
Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan.
Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor:
1. Foyda berish o‘lchovlari.
2. AT tizimlarga hissasi.
3. ATga aloqador biznes xavf.
4. AT nazorat usullari.
Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga:
- Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing)
- Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan)
- Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi.
Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.
Demak
Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.
Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz.
08.01.2026 London
@DrAlgorithm
Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.
Bitta aytgan gapi qiziq tuyuldi.
- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u.
- Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi?
- Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.
Bugun bilan emas, kelajak bilan yashashing kerak.
Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy.
Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan.
Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor:
1. Foyda berish o‘lchovlari.
2. AT tizimlarga hissasi.
3. ATga aloqador biznes xavf.
4. AT nazorat usullari.
Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga:
- Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing)
- Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan)
- Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi.
Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.
Demak "AT sababli biznesga ta’sir qiladigan xavf" emas ekan bu ham "Biznes xavfi" ekan deb.
Demak
Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.
Moshina poygasida ham haydovni qanday haydashni biladi, yonidagi odam qayerga haydashni etib turadi.
Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz.
08.01.2026 London
@DrAlgorithm
🔥27👍9
Telegram
Ўзбекистон Математиклари
https://xn--r1a.website/milliymatematikauz/6715
Milliy universitet men uchun katta maktab bo‘lgan. O‘qib yurganimizda Mirsaid aka Aripov kafedra mudiri edilar. Bizga dars bermagan bo‘lsalar ham ham talabalik davrida ham dars berganimda ko‘p hamkorlik qilganmiz.
1 kurs vaqtimizda elektron lug‘at qilingan edi. 2GB lik katta kutubxonalari bor edi. Hozirgi o‘lchamda 2GB katta bo‘lmasligi mumkin, lekin matn shaklidagi kitob 30-40KB atrofida bo‘ladi. Kitoblarni internetdan topish va yuklab olish uchun 2 yildan ko‘p vaqtlari ketgan edi.
Domla juda ko‘p kitob chiqarganlar. AT atamalar lug‘atidan tortib, yangi chiqqan texnologiyalarning kitoblarini tarjima qilishgacha. Ularning kitoblaridan o‘rganib, AT sohalariga kirib kelganlar juda ko‘p.
Madaniyat va ma’rifat kanali juda yaxshi intervyu tayyorlashibdi. Eshitib eski vaqtlarga sayohat qilgandek bo‘ldim.
Domla yoshlari katta bo‘lsa ham (umrlari uzun bo‘lsin) zamondan ancha oldinda yurishga harakat qiladilar. SIdan foydalanib kod yozishni o‘ylab o‘tirilgan bir vaqtda, SI yordamida yangi yechimlar qilayotganlarini ko‘rib hayron qoldim.
Vaqtingiz bo‘lsa, bir suhbatlarini eshitib ko‘ring.
P.S. Videoda yana ko‘p domlalar bor. Balki sizga ustozlik qilgan domlalarni ham ko‘rib qolasiz.

👍13🔥6🏆3
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda nimalar majburiy bo‘lmasligi kerak?
✅ UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi.
⚜️ Mutaxassisning ta’kidlashicha, veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda, ro‘yxatdan o‘tayotgan inson foydalanuvchi shartnomasiga ongli ravishda rozilik bildirishi va uning ma’lumotlari qanday tartibda qayta ishlanishi haqida xabardor bo‘lishi zarur.
⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
EDU.DIGITAL
Veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda nimalar majburiy bo‘lmasligi kerak? ✅ UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi. …
Assalomu alaykum doʻstlar,
Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash juda nozik masala. Buni juddiy olmasak boʻlmaydi.
Taqdimotga tayyorlanish vaqtida ajoyib hodisa yuz berdi:
Namuna uchun roʻyxatdan oʻtish uchun .UZ domendagi saytlarga kirib koʻrdim. Menga "Tasdiqlash tugmasi" (checkbox) kerak edi. Qaysi saytda oldindan belgilab qoʻyilgani (✅ checked) qiziq edi.
Ne koʻz bilan qaray-ki, tugmani tanlangani (✅) u yoqda tursin, tugmani oʻzi yoʻq.
Yana bir necha saytni tekshirdim. Bir xil xolat. Tugma yoʻq.
Toʻgʻri - dangasamiz, toʻgʻri - oʻqimaymiz, lekin odamlarga kerak emas deb qonunni buzish kerak emas-de.
Diqqat qilaylik. Qonunni ishlataylik. Foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari bilash ishlash madaniyatini shakllantiraylik.
Dam olish kuni hayrli oʻtsin. Kelasi hafta boshlanadigan ish/oʻqish haftasi barakali boʻlsin!
11.01.2026 London
@DrAlgorithm
Edu.Digital.uz baraka topsin, ajoyib videolar chop etmoqda.
Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash juda nozik masala. Buni juddiy olmasak boʻlmaydi.
Taqdimotga tayyorlanish vaqtida ajoyib hodisa yuz berdi:
Namuna uchun roʻyxatdan oʻtish uchun .UZ domendagi saytlarga kirib koʻrdim. Menga "Tasdiqlash tugmasi" (checkbox) kerak edi. Qaysi saytda oldindan belgilab qoʻyilgani (✅ checked) qiziq edi.
Ne koʻz bilan qaray-ki, tugmani tanlangani (✅) u yoqda tursin, tugmani oʻzi yoʻq.
Koʻzlarimga ishonmadim.
Yana bir necha saytni tekshirdim. Bir xil xolat. Tugma yoʻq.
Toʻgʻri - dangasamiz, toʻgʻri - oʻqimaymiz, lekin odamlarga kerak emas deb qonunni buzish kerak emas-de.
Xullas doʻstlar, oʻzimiz toʻgʻrilamasak - birov toʻgʻrilab bermaydi.
Diqqat qilaylik. Qonunni ishlataylik. Foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari bilash ishlash madaniyatini shakllantiraylik.
Dam olish kuni hayrli oʻtsin. Kelasi hafta boshlanadigan ish/oʻqish haftasi barakali boʻlsin!
11.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍21🆒2
Naxalov | AI Blog 🔥
Geminiga o‘tdim, 2 TB joyli bo‘ldim.
Telegram
Naxalov | AI Blog 🔥
Google Photos-dan 'Joyingiz to‘ldi, rasm o‘chiring' degan xabarlarni o‘qiyverib charchaganlar bormi? 🙋♂️
Geminiga o‘tdim, 2 TB joyli bo‘ldim. Endi skrinshotlarni ham o‘chirmayman, xira chiqqan rasmlarni ham. Hatto ko‘chadagi mushuklarni videoga olib, 2…

Google Workspace va Gemini Pro
Man Gemini Pro ni o‘zini sotib olmaganman. Biroz boshqa yo‘l tutaganman.
Photosda menda ham joy qolmagan edi. Keyin 2 ta yo‘lim bor edi.
* Google One sotib olish 200MB’lik
* Google Workspace sotib olish 2TB’lik
Man Google Workspace sotib oldim. Shunda menda:
1. Telefondagi rasmlarni avtomat GWga saqlab qo‘yadi.
2. Gemini Pro
3. Google Drive (Shared Drive yasash imkoniyati)
4. O‘zimga tegishli yordam.uz domenida shaxsiy email. (saidolim@yordam.uz)
5. Google Meets 150 kishiga 24 soatlik. (Zoom kerak emas endi)
Har doim turli usul bilan SIni ishlatsa bo‘ladi. Hamma o‘ziga mos variantini tanlab olgani yaxshi.
12.01.2026 London
@DrAlgorithm
Naxalov aka AI Bloglarida yaxshi mavzuni aytib o‘tibdilar.

Postdan maqsad, bunday usul bilan ham Gemini Pro ishlatish mumkin ekanini aytib o‘tish.
12.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍11