Vohid Karimov qanday qilib Yevropaga borib qolgan?
Amerikaga va Kanadaga o’qish (Plan A va B) uchun visa ololmaganimda keyin Plan C, Yevropaga non-FAANG kompaniyaga topshirib keyin FAANGga o’tib ketishni niyat qildim.
Baxtimga Linkedindan bir recruiting agentligi chiqib meni interviewga taklif qilishdi. Ular uchun meni backgroundim 100% match bo’ldi — backend uchun Spring, frontend uchun Angular tajribasi bo’lgan Fullstack dasturchisi. Interviewlardan muvaffaqiyatli o’tib Swisscom kompaniyasidan job offer oldim. Interviewlardan yaxshi o’tganimni sababi undan oldin boshqa kompaniyalar (EPAM, Toptal, va hokazo) bilan interview qilib yaxshigina mashq qilib olganim bo’lgan.
Pandemiya va yopiq chegaralar tufayli men bilan vaqtincha remote contract tuzishdi. Yevropa oyligi yevropa soliqlarisiz bu albatta zo'r taklif edi. Lekin ish boshlashimga 2-3 hafta qolganda chegaralar ochilib relokatsiya uchun imkoniyat ochildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men ikki o'ylamay visaga topshirish jarayonini boshlab yubordim.
Istanbulda Gollandiya ishchi visasi uchun interviewga kirdim. Interviewda mendan bitta savol so'rashdi — Why are you going to Netherlands? Men esa bitta so'z bilan javob berdim — Work. Bir haftadan keyin visa berishdi. Amerika visa interviewlarida o'zingizni jinoyatchi va qallobdek his qilib chiqganingizdan keyin bu albatta sizi hursand qilar ekan.
Shunday qilib 2020 yilda Rotterdam shaxriga bir taraflama bilet olib uchib keldim...
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT

👍106😁11🔥7❤6⚡1
AoC sovg'alarini egalariga topshirdik 🎉
Sovg'a berish bir baxona edi. Meni asl niyatim shu aqlli, mehnatkash, va o’z ishini sevadigan profesionallar bilan suxbat qilib yaqindan tanishish edi. 2 soat gaplashibmiz: dasturlash, karyera, sport dasturlash, relokatsiya, maqsadlar, o’zaro munosabatlar, va hokazo. Qiziq suxbat uchun hammaga raxmat 👌
Bu yilgi sponsorlar, Farrukh Atabekov va Behzod Ikramovga katta raxmat!
Keyingi yil AoC musobaqasida ko’rishguncha 👋
#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode

👍87🔥14❤5
Vohid Karimov qanday qilib Googlega kirib qolgan?
Swisscom kompaniyasi o’z ishchilarini qo’llab-quvatlaydigan yaxshi kompaniya bo’lib chiqdi. Visa, kvartira topish, va Gollandiyaga joylashish jarayonlarida ko’p yordam berdi. Amsterdam Schiphol airportida meni kutib olib yangi uyimgacha oborib qo’ygani taxi ham tashkil qilishdi. Hozirgacha eslayman taxist “Omading bor ekan, bugun kechga airportni yopib katta karantin e’lon qilinadi, vaqtida kelibsan” degan edi.
Rostdan ham tom ma’noda hamma yoq usha kuni yopildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men yana online ishlashni boshladim 😅 Bu safar kvartiraga 1000 yevro va Yevropa soliqlarini to’lagan xolda, O’zbekistonda ko’proq moash olayotgandim. Ha mayli, gap pulda emas, gap karyerada (va kattaroq pulda 😜)
Karantin hamma qatori menga ham juda kooooo’p bo’sh vaqt berdi. Kimdir bu vaqtni netflix & chill, kimdir sport, va kimdir sport eating bilan sarflagan bo’lsa, men 300ta leetcode masala va 60ta mock interview qildim va 5-6 FAANG kompaniyalariga topshirdim. Natija esa:
Uber, Netherlands ✅
Amazon, Netherlands ✅
Google, Germany ✅
Facebook, UK ✅
Roppa-rosa Swisscom bilan 1 yil ishlagach managerimga va komandamga Googlega ketayotganimni aytim. Hafa bo’lishdi, lekin tushunishdi 🫡
Shunday qilib 2022-yilni Fevralida mit Karte bitte deb Munichga ko’chib o’tdim va Googledagi karyeramni boshladim 🙂
P.s. Interviewga tayyorlanish jarayoni va foydali resurslar haqida bu blog postimda batafsil yozganman.
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #Google #FAANG #Interviews

👍63🔥10❤7🫡2
“Vohid Karimov qanday qilib” post seriyalari yakuniga yetdi:
Vohid Karimov qanday qilib…
1. … dasturlash soxasiga kirib qolgan?
2. … dasturlashni o’rgangan?
3. … birinchi ishini topgan?
4. … frilansga yorib kirgan?
5. … magistraturaga harakat qilgan, lekin qovun quchoqlagan?
6. … yevropaga borib qolgan?
7. … Googlega kirib qolgan?
Achchiq choy ustida obdon o’qib chiqsa bo’ladigan foydali kontent bo’ldi degan umiddaman 🙂
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Vohid Karimov qanday qilib…
1. … dasturlash soxasiga kirib qolgan?
2. … dasturlashni o’rgangan?
3. … birinchi ishini topgan?
4. … frilansga yorib kirgan?
5. … magistraturaga harakat qilgan, lekin qovun quchoqlagan?
6. … yevropaga borib qolgan?
7. … Googlega kirib qolgan?
Achchiq choy ustida obdon o’qib chiqsa bo’ladigan foydali kontent bo’ldi degan umiddaman 🙂
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍70🔥12❤4☃4🍾4🫡1
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun foydali?
Tez-tez: 2-3 yilda bir
Karyera o’sishi. Agar komandangizda allaqachon senior yoki lead odamlar bo’lsa siz uchun imkoniyatlar cheklangan bo’lishi mumkin. Sizga kattaroq challengelar va masuliyatlar bera oladigan komandaga o’tishni tavsiya qilaman.
Oylik o’sishi. Bizga yoqadimi yo’qmi, oylikni oshirishni eng samarali yo’llaridan biri bu boshqa kompaniyaga o’tish. FAANG kompaniyalarida ham oyligingiz yildan-yilga sezilarli miqdorda o’smaydi (ko’proq kompaniya aksiyalaridan berishi mumkin).
Kuchliroq mentorlar. “You are an average of your close five friends” deyishadi. Agar siz har doim o’zingiz ustingizda ishlayotgan bo’lsangiz sizga mentorlik qila oladiganlar 2-3 yilda qolmaydi, ularni darajasiga yetib olasiz. Yanada kuchli yoki boshqa soha mutahassislari bilan ishlash foydali bo’ladi.
Maroqli ish. 2-3 yil oralig’ida ko’pchilik loyihalar yetiladi va sekin-sekin maintenance rejimiga tushadi. Shu sababli vaqt o’tishi bilan sizga boshida juda qiziq bo’lgan proyekt endi uncha qiziq bo’lmay qoladi chunki undagi ko’p muammolarni yechib bo’ldingiz. Sizga yangi proyektlar va yangi muammolar kerak.

👍103🔥20❤1
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun zarar?
Tez-tez: 6-12 oyda bir
Loyiha bilimi. Har bir loyihaning o'zini bilimi bo’ladi: domain knowledge, codebase, project architecture, CI/CD, va hkz. Bu narsalarni o'rgangani vaqt/energiya ketadi. Ayniqsa ishning birinchi 6 oyida. Siz ishingizni tez o'zgartiraversangiz, ko’p vaqtingiz loyiha bilimini o’rganishga ketib qoladi.
Rezume. 12 oydan kam davom etgan o'tmish ishlaringiz rezumeingizda hunuk ko'rinadi va sizni qarorsiz/ishonchsiz deb ko'rsatadi.
Portfolio. Proyektni tez o'zgartirganingiz uchun sizda baquvvat loyihalar portfoliosi hosil bo'lmaydi.
Network. Odamlar bilan kuchli munosabatlar qurishga 6 oydan ko'proq vaqt kerak. Sizda shunday odamlar bo'lmaydi.
Referral. Tez sakrayversangiz odamlar sizni ishlarga tavsiya qilishmaydi.

👍77😢10🫡3❤1🥴1💯1
Vohid Karimov
Siz ishingizni tez o'zgartiraversangiz, ko’p vaqtingiz loyiha bilimini o’rganishga ketib qoladi.
Aynan shu narsa Toptal, Upwork, va shunga uxshash qisqa-muddatli ish beradigan platformalarda ishlashning minuslaridan biri.
Shunday platformada ishlaydigan yaqin do’stim “1.5x moash beradigan qisqa-muddatli ishlardan ko’ra 1x moash beradigan uzoq-muddatli/standart ishlarni avzal ko’raman, jonga tegdi loyiha/context almashtiraverish” degan edi.
Albatta uzoq-muddatli ishlayotganlar ham bor, ammo ular sanoqli.
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Shunday platformada ishlaydigan yaqin do’stim “1.5x moash beradigan qisqa-muddatli ishlardan ko’ra 1x moash beradigan uzoq-muddatli/standart ishlarni avzal ko’raman, jonga tegdi loyiha/context almashtiraverish” degan edi.
Albatta uzoq-muddatli ishlayotganlar ham bor, ammo ular sanoqli.
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍72🔥6❤1🍌1
Vohid Karimov pinned «“Vohid Karimov qanday qilib” post seriyalari yakuniga yetdi: Vohid Karimov qanday qilib… 1. … dasturlash soxasiga kirib qolgan? 2. … dasturlashni o’rgangan? 3. … birinchi ishini topgan? 4. … frilansga yorib kirgan? 5. … magistraturaga harakat qilgan, lekin…»
Yaqinda bir qiziq artiklga ko’zim tushdi — Ten Principles for Growth as an Engineer (by Dan Heller)
Googleda men havas/hurmat qilgan hamkasblarimda ham tepadagi xislatlar mavjud. 2024-yilda shu 10ta sifatni o’zimda rivojlantirish niyatim bor. Kelayotgan kunlarda har biri haqida o’zimni nuqtai nazarimdan yozmoqchiman.
O’zingiz uchun shu prinsiplarni o’qib chiqing, keyin muhokama qilamiz. Kettik 😎
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Googleda men havas/hurmat qilgan hamkasblarimda ham tepadagi xislatlar mavjud. 2024-yilda shu 10ta sifatni o’zimda rivojlantirish niyatim bor. Kelayotgan kunlarda har biri haqida o’zimni nuqtai nazarimdan yozmoqchiman.
O’zingiz uchun shu prinsiplarni o’qib chiqing, keyin muhokama qilamiz. Kettik 😎
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍58❤🔥2🔥1
Principle #1: CEO kabi fikrlang.
Dasturchi sifatida vaqtimizning ko’p qismi kod yozish bilan o’tadi. Karyeramizning boshida shuni o’zi yetarli — berilgan TZga mos ishlaydigan kod yozsak hamma hursand. Lekin dasturchi sifatida o’sishni davom ettirishimiz uchun buni o’zi yetarli emas.
Biz CEO kabi o’ylashni o’rganishimiz kerak. CEO har kuni o’ylaydi: hozirgi vaqtda kompaniya rivoji uchun nimaga focus berish, qanday featurelar ustida ishlash, va nimani optimize qilish kerak? Katta kompaniyalarda bu savollarga javoblar OKRlar deb ataladi. Sizning kunlik qilayotgan ishingiz shu OKRlarga tayangan bo’lishi kerak. Shundagina sizni mehnatlaringiz kompaniya manfaatiga ishlaydi, shundagina (yaxshi) kompaniya sizni rag’batlantiradi.
Albatta bu sizga uncha yoqmagan ishlarni qilish degani: texnik chuqur research, testing, dokumentatsiya, juniorlarni mentor qilish, va hkz unchalik mazza/oson lekin muhim bo’lgan ishlar. Men uchun eng foydasiz dasturchi bu muhim bo’lmagan feature (qanchalik cool/scalable/complex bo’lmasin) ustida ishlayotgan dasturchidir. Siz o’sha dasturchi bo’lmang!
CEO kabi o’ylashni o’rgansak, keyinchalik albatta oramizdan buyuk CEOlar (yoki CTOlar) chiqadi 😎

👍90⚡10🔥7❤5❤🔥1👏1🗿1
Principle #2: To’siqlarga rozi bo’lmang.
Kunlik ish jarayonida juda ko’p to’siqlarga duch kelamiz: frontend uchun backend tayyor emas, backend uchun frontend tayyor emas, biror applicationni ochsangiz update so’raydi, hamkasblar/mijozlar bilan har xil timezoneda ishlasangiz siz savol yozganingizda ular uxlayotga ular javob yozganda siz uxlayotgan, proyektni build bo’lishini ko’p vaqt oladi, PR submit qilgani approval kerak, va hkz. Shunday kunlik to’siqlarga rozi bo’lsangiz ishingiz jilmaydi.
Yo’lingizni ochishni o’rganishingiz kerak:
— Backend tayyor emas? Datani mock qiling
— Frontend tayyor emas? Postman ishlating
— Update so’rayaptimi? Bermang, kun ohirida qiling
— Timezone farqi? Savollarni oldinroq so’rang
— Build qilish kuttiryaptimi? Tezlatish yo’llarini toping
— PR approval kutyapsizmi? Kutmang, boshqa taskga o’ting
— va hkz
Shundagina bir ishingiz ikki bo’ladi, kunning ohirida o’zingizdan mamnun bo’lasiz, va karyerangiz oldinlaydi 🚀

👍103🔥13❤5😁5😨3⚡1👨💻1
Principle #3: Tashabbus ko’rsating
Ko’p dasturchilar orasida noto’g’ri tushuncha bor: proyektda “kattalar” bor va ular bizga nima qilishni aytishadi chunki hamma narsani bilishadi. Bir sirni aytaman, hech kim nima qilayotganini 100% bilmaydi. Siz kabi o’sha “kattalar" ham ularda bor malumotga tayanib qaror qilishadi.
Shunday ekan, sizga nima qilishni aytishlarini kutmang. Kompaniyangiz va komandangiz maqsadlariga ko’zingizni kattaroq oching, so’rang/surushtiring, va tashabbus ko’rsating. Menejer va team leadlarga bu juda yoqadi chunki siz ularni ishini yengil qilyapsiz va ko’proq masuliyat olyapsiz.
Googleda shunday gap bor: Keyingi level promotionini olish uchun, keyingli levelda ijro etish kerak. Yani, sizga senior lavozimi berilishi uchun siz mid-level lavozimida seniordek ishlashingiz kerak. Tashabbus ko'rsatib mustaqil ish oborish esa keyingi levelda ishlash degani.
Albatta tashabbus ko’rsatish bu quruq gap emas. Uni qilaylik buni qilaylik bilan ish bitmaydi. Bu qattiq mehnat — ko’tti qo’yib o’sha ishni qilish kerak! 🍑🪑🚀

👍89😁41⚡9🔥5❤2🕊1🐳1
Principle #4: Yaxshi yozishni o’rganing.
Karyeramiz davomida savol so’raymiz, javob beramiz, code comment yozamiz, dokumentatsiya ustida ishlaymiz, code reviewda qatnashamiz, rezume tayyorlaymiz, design doc yozamiz, bloglar yozamiz, va hkz. Ko’rib turganimizdek juda ko’p yozamiz. Yozish qobilyati karyeramiz o’sishi uchun juda muhim bo’lgan elementlaridan biri xisoblanadi.
Googleda yozgan birinchi design docimni eslayman. Review uchun komandaga jo’natganimda bir qancha comment berishgan. Commentlarni hammasi hurmat bilan konstruktiv yozilgan bo'lsada men ularni o’qib yozish qobilyatim juda pastligini tushunib yetganman. Bunday emotional damagedan keyin yozish ustida ancha ishladim.
Googleda har yil ohirida hamkasblaringizdan peer feedback olsangiz bo’ladi. Men ham yaqinda bir hamkasbdan feedback oldim:
— Vohid, barakalla! Yaxshi design doclar yozyapsan.
— Rostan-a?
— Ha, albatta. Birinchi yozgan design docingni eslaysanmi?
Ravon, aniq, va qisqa yozishni o’rganing — siz yutasiz 🏆😎

👍89❤5❤🔥4🏆2🐳1
Principle #5: O'z ishingizni boshqaring.
Android Autoda ish boshlaganimda meetinglar men uchun juda qiyin bo'lgan. Ayniqsa daily standuplar. Hamma bir kun oldin qilgan ishini pistaletdek aytib tashlardi. Paw-paw-paw! Men esa kecha nima ovqat yeganimni eslolmasdim va bekor yurganga uxshab ko’rinib qolardim [imposter syndrome intensifies].
Keyin 1-2 hamkasbimdan so'rasam ular har kunlik qilgan ishlarini yozib yurar ekan 😮 Nafaqat kunlik ishlarini balki:
— current work items
— potential work items
— 1:1 meeting notes
— feature progress notes
— va hkzlarni ham yozib yurishar ekan 🤯
Nega bunday qilishadi? Context offloading! Kompyuterdan faqrli o’laroq bizning miyyamiz kuchi cheklangan va bir paytda ko'p malumotni ushlab turolmaymiz. Bir task haqida malumotni dokumentga yuklab miyyamizni boshqa tasklar uchun bo’shatamiz.
Kerak bo’lganda shu dokumentlardan foydalanib ishimizni davom ettiramiz, ishimiz haqida hisobot beramiz, kelajakka planlar tuzamiz, meetinglarni paw-paw-paw qilamiz va eng muhimi bo’sh kalla bilan kechqurun yaxshiroq uxlaymiz. Shu orqali dasturchi sifatida unumdorligimiz oshadi va karyeramiz oldinlaydi 🚀
Tepada aytganlarim project managementga juda o'xshab ketadi chunki bu rostdan ham project management. Aniqrog’i — shaxsiy project management 😎

👍78💯7🔥5❤4
#storytime
Bir kuni hamkasblar bilan Google kafeteriyasida tushlik qilib o'tirgandik.
Hamma ovqatini yeb bo'ldi. Men ham deyarli bo'lgandim, ozgina non va choyim qolgandi. Shu non uvol bo'lmasinmi deb yoki vatanni sog'inganimdanmi bilmadim, nonni choyga botirib yegim kepqoldi. Yeb o'tirsam hamkasblardan biri "What the hell are you doing?" deydi. Umrida choyga non botirib yegan odamni ko'rmagan ekan 😅
"It is the uzbek way" dedim 😁
#StoryTime #DasturchiHikoyalari #Germany #Uzbekistan #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT

😁160👍19🔥8🫡7❤6🤣3
Principle #6: O’z o’qishingizni boshqaring.
Meni hayotimga katta ta’sir qilgan joy bu mening ingliz tili kursim bo'lgan (a.k.a. dombit). 1.5 yil davomida men u yerda quyidagi tushunchalarni o’rgandim: (a) vaqtni bekorga sarflamaslik kerak (b) hech kim mendan qarzdor emas va (c) o’rganish bu tugalmas jarayon. Jahongir Rahmonov (Amazon), Farruh Habibullayev (Google), va Sherali Obidov (Google) akalar ham o'sha yerda o'qib chiqishgan.
Baxtimga boshqa kasblardan farqli o'laroq dasturlash bu muntazam o'rganish jarayoni bo’lib chiqdi va tepadagi mindset ancha yordam berdi. Karyeramiz o’sishi uchun biz har doim o’z ustimizda ishlayotgan bo’lishimiz kerak. O’rganishni (kuniga 5 minut bo’lsada) kunlik hayotingizni bir qismiga aylantiring:
— sohangiz bo’yicha texnik kitoblar o’qing
— sizga qiziq bo’lgan yangi texnologiyalarni o’rganing
— pet projectlar qiling
— open sourcega hissa qo’shing
— study grouplarga a’zo bo’ling
— seminar/webinarlarga qatnashing
— mentor toping / mentorlik qiling
— va hkz
Eng asosiysi maqsad bilan o’rganing va siz yutasiz 🙂

⚡64👍16🔥11❤🔥6❤3👨💻1
Principle #7: Qurollaringizni chuqur biling.
Dasturchi sifatida bizning unumdorligimiz qurollarimiz unumdorligiga bog’liq. Qurollarimiz unumdorligi esa biz ularni qanchalik yaxshi bilishimizga bog’liq.
Qanday qurollar haqida gap ketyapti? Kunlik ishimiz uchun kerak bo’ladigan har qanday narsa bu bizning qurolimiz: dasturlash tili, library/framework, operating system, VCS, debugger, editor/IDE, browser, va hkz.
Masalan, unix commandalarni chuqur o’rganing, git commit/pull/push komandalari bilan chegaralanmang, frontend uchun Chrome DevToolsni uyog’idan kirib buyog’idan chiqadigan bo’ling, database uchun ‘explain’ query ishlatishni biling, va sevimli editoringiz shortcutlarini aktiv ishlating.
Tepadagi qobilyatlar sizni 10x dasturchisiga aylantiradi 🥷

🔥74👍18❤6⚡3🐳1
Birinchi supporter! Ko’zlarimga yosh keldi 🥲
Ulugbek, odatda kofe uchun rezume ko’rib bermayman, lekin siz birinchi supporter bo’lganingiz uchun istisno qilaman 🙂
@talk2vovopap’ga rezumeingizni junating.
#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT

👍83❤17🔥11😁5😭4