Vohid Karimov
5.59K subscribers
390 photos
41 videos
4 files
316 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizga bu yilgi AoC masalalari mujmal and keragidan ortiq uzun tuyilayotgan bo'lsa, siz yolg'iz emassiz.

Aytishlaricha, masalalar AI toollarni chalkashtirish uchun atayin shunday tuzilgan 💡

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
🔥47👏10👍8
Menda ham shunday bo'ldi, hali ham ishlolmay o'tiribman 🥲

Source: r/adventofcode

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
😢29😁6👍2
Advent of Code day 19!

Savollar ancha qiyinlashgan, kamida 1 soat vaqt ketyapti. Bazi kunlari 3-4 soat ham ketib qolyapti 🥲🫡

Shunga qaramay yechishda davom ettayotganlarga qoyil 👏 Shunday davom etamiz 😎

Top o'rinlar uchun sovrinlarni eslatib o'taman:

🥇 The Algorithm Design Manual kitobi (powered by @vovopapcom)
🥈 Designing Data-Intensive Applications kitobi (powered by @farrukh_atabekov)
🥉 System Design Interview kitobi (powered by @farrukh_atabekov)
4⃣ Software Engineering at Google kitobi (powered by Behzod Ikramov)

.. va top 3 o'rin uchun mendan bepul resume review 📄

Musobaqa ohirigacha atiga 6 kun qoldi va shu kunlar top o'rinlarga chiqish uchun juda muhim. Shunday ekan bo'shashmaymiz 😎

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
26👍13😢4🔥1
Google mana Toshkentda ham vanihoyat ofisini ochdi 🙃

Googlening Toshkentdagi engineering ofisiga ishga topshiring va men bilan ishlang. Hozircha o'zimman. Recruiter ham, Interviewer ham, Hiring Manager va Hiring Committee ham o'zimman.

Ofisimiz Open Space stilida qurilgan bo'lib o'zbek mahalliy hayoti bilan uyg'unlashgan (mlakoo, kifir, sut, qaatiq, qaaymooq)

Yaxshi niyat yarim mol 🫡😎

Photo credits: Sam Boboev

#Google #Googler #FAANG #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #Tashkent #WishfulThinking
😁14470👍28🤣21🔥9❤‍🔥1👌1🌚1🗿1
Bugungi Advent of Code masalasi miyam qanchalik zanglab qolganini ko'rsatib qo'ydi 🥲

Ikkita chiziq kesishuv nuqtalarini 1 soat topa olmasam bo'ladimi. Where is my box of shame? 😅

Yangi yilga maqsadlardan biri men uchun miyani charxlash bo'ladi 🧠

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
😁61👍15🆒4😐1
Advent of Code musobaqasi yakuniga yetdi 🤩

Hamma qatnashganlarni tabriklayman! Masalalar oson bo'lmadi, bitta ⭐️ olgan bo'lsangiz ham o'zingizdan mag'rur bo'lsangiz bo'ladi 🙂

Bu yilning top 10ta ishtirokchilari:
🥇 Davlatbek Mirakilov
🥈 Khujamurod Murtozakulov
🥉 Dilshodjon Xasanboyev
4️⃣ Oybek Muzropov
5️⃣ subkhiddin
6️⃣ Javohir Ismatullayev
7️⃣ Ulugbek Erkinov
8️⃣ Mirjahon Mirsaidov
9️⃣ Diyor Khasanov
🔟 Shukhrat Utaboev

Top 10talikni yana bir bor tabriklayman, what a disciple! Davlatbek Mirakilov, Khujamurod Murtozakulov, Dilshodjon Xasanboyev, va Oybek Muzropov, sovrinlaringizni olish uchun iltimos @talk2vovopap ga yozing. Qolganlar uchun bragging rights (maqtanish huquqlari) beriladi, kommentariyaga kirib bemalol maqtanishingiz mumkin 😁

Hammaga raxmat, o'zingizni ustingizda ishlashni davom ettiring 🤨

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
👍59🔥10👏62
Vohid Karimov qanday qilib Yevropaga borib qolgan?

Amerikaga va Kanadaga o’qish (Plan A va B) uchun visa ololmaganimda keyin Plan C, Yevropaga non-FAANG kompaniyaga topshirib keyin FAANGga o’tib ketishni niyat qildim.

Baxtimga Linkedindan bir recruiting agentligi chiqib meni interviewga taklif qilishdi. Ular uchun meni backgroundim 100% match bo’ldi — backend uchun Spring, frontend uchun Angular tajribasi bo’lgan Fullstack dasturchisi. Interviewlardan muvaffaqiyatli o’tib Swisscom kompaniyasidan job offer oldim. Interviewlardan yaxshi o’tganimni sababi undan oldin boshqa kompaniyalar (EPAM, Toptal, va hokazo) bilan interview qilib yaxshigina mashq qilib olganim bo’lgan.

Pandemiya va yopiq chegaralar tufayli men bilan vaqtincha remote contract tuzishdi. Yevropa oyligi yevropa soliqlarisiz bu albatta zo'r taklif edi. Lekin ish boshlashimga 2-3 hafta qolganda chegaralar ochilib relokatsiya uchun imkoniyat ochildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men ikki o'ylamay visaga topshirish jarayonini boshlab yubordim.

Istanbulda Gollandiya ishchi visasi uchun interviewga kirdim. Interviewda mendan bitta savol so'rashdi — Why are you going to Netherlands? Men esa bitta so'z bilan javob berdim — Work. Bir haftadan keyin visa berishdi. Amerika visa interviewlarida o'zingizni jinoyatchi va qallobdek his qilib chiqganingizdan keyin bu albatta sizi hursand qilar ekan.

Shunday qilib 2020 yilda Rotterdam shaxriga bir taraflama bilet olib uchib keldim...

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍106😁11🔥761
AoC sovg'alarini egalariga topshirdik 🎉

Sovg'a berish bir baxona edi. Meni asl niyatim shu aqlli, mehnatkash, va o’z ishini sevadigan profesionallar bilan suxbat qilib yaqindan tanishish edi. 2 soat gaplashibmiz: dasturlash, karyera, sport dasturlash, relokatsiya, maqsadlar, o’zaro munosabatlar, va hokazo. Qiziq suxbat uchun hammaga raxmat 👌

Bu yilgi sponsorlar, Farrukh Atabekov va Behzod Ikramovga katta raxmat!

Keyingi yil AoC musobaqasida ko’rishguncha 👋

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
👍87🔥145
Vohid Karimov qanday qilib Googlega kirib qolgan?

Swisscom kompaniyasi o’z ishchilarini qo’llab-quvatlaydigan yaxshi kompaniya bo’lib chiqdi. Visa, kvartira topish, va Gollandiyaga joylashish jarayonlarida ko’p yordam berdi. Amsterdam Schiphol airportida meni kutib olib yangi uyimgacha oborib qo’ygani taxi ham tashkil qilishdi. Hozirgacha eslayman taxist “Omading bor ekan, bugun kechga airportni yopib katta karantin e’lon qilinadi, vaqtida kelibsan” degan edi.

Rostdan ham tom ma’noda hamma yoq usha kuni yopildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men yana online ishlashni boshladim 😅 Bu safar kvartiraga 1000 yevro va Yevropa soliqlarini to’lagan xolda, O’zbekistonda ko’proq moash olayotgandim. Ha mayli, gap pulda emas, gap karyerada (va kattaroq pulda 😜)

Karantin hamma qatori menga ham juda kooooo’p bo’sh vaqt berdi. Kimdir bu vaqtni netflix & chill, kimdir sport, va kimdir sport eating bilan sarflagan bo’lsa, men 300ta leetcode masala va 60ta mock interview qildim va 5-6 FAANG kompaniyalariga topshirdim. Natija esa:

Uber, Netherlands
Amazon, Netherlands
Google, Germany
Facebook, UK

Roppa-rosa Swisscom bilan 1 yil ishlagach managerimga va komandamga Googlega ketayotganimni aytim. Hafa bo’lishdi, lekin tushunishdi 🫡

Shunday qilib 2022-yilni Fevralida mit Karte bitte deb Munichga ko’chib o’tdim va Googledagi karyeramni boshladim 🙂

P.s. Interviewga tayyorlanish jarayoni va foydali resurslar haqida bu blog postimda batafsil yozganman.

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #Google #FAANG #Interviews
👍63🔥107🫡2
“Vohid Karimov qanday qilib” post seriyalari yakuniga yetdi:

Vohid Karimov qanday qilib
1. … dasturlash soxasiga kirib qolgan?
2. … dasturlashni o’rgangan?
3. … birinchi ishini topgan?
4. … frilansga yorib kirgan?
5. … magistraturaga harakat qilgan, lekin qovun quchoqlagan?
6. … yevropaga borib qolgan?
7. … Googlega kirib qolgan?

Achchiq choy ustida obdon o’qib chiqsa bo’ladigan foydali kontent bo’ldi degan umiddaman 🙂

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍70🔥1244🍾4🫡1
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun foydali?

Tez-tez: 2-3 yilda bir

Karyera o’sishi. Agar komandangizda allaqachon senior yoki lead odamlar bo’lsa siz uchun imkoniyatlar cheklangan bo’lishi mumkin. Sizga kattaroq challengelar va masuliyatlar bera oladigan komandaga o’tishni tavsiya qilaman.

Oylik o’sishi. Bizga yoqadimi yo’qmi, oylikni oshirishni eng samarali yo’llaridan biri bu boshqa kompaniyaga o’tish. FAANG kompaniyalarida ham oyligingiz yildan-yilga sezilarli miqdorda o’smaydi (ko’proq kompaniya aksiyalaridan berishi mumkin).

Kuchliroq mentorlar. “You are an average of your close five friends” deyishadi. Agar siz har doim o’zingiz ustingizda ishlayotgan bo’lsangiz sizga mentorlik qila oladiganlar 2-3 yilda qolmaydi, ularni darajasiga yetib olasiz. Yanada kuchli yoki boshqa soha mutahassislari bilan ishlash foydali bo’ladi.

Maroqli ish. 2-3 yil oralig’ida ko’pchilik loyihalar yetiladi va sekin-sekin maintenance rejimiga tushadi. Shu sababli vaqt o’tishi bilan sizga boshida juda qiziq bo’lgan proyekt endi uncha qiziq bo’lmay qoladi chunki undagi ko’p muammolarni yechib bo’ldingiz. Sizga yangi proyektlar va yangi muammolar kerak.

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍103🔥201
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun zarar?

Tez-tez: 6-12 oyda bir

Loyiha bilimi. Har bir loyihaning o'zini bilimi bo’ladi: domain knowledge, codebase, project architecture, CI/CD, va hkz. Bu narsalarni o'rgangani vaqt/energiya ketadi. Ayniqsa ishning birinchi 6 oyida. Siz ishingizni tez o'zgartiraversangiz, ko’p vaqtingiz loyiha bilimini o’rganishga ketib qoladi.

Rezume. 12 oydan kam davom etgan o'tmish ishlaringiz rezumeingizda hunuk ko'rinadi va sizni qarorsiz/ishonchsiz deb ko'rsatadi.

Portfolio. Proyektni tez o'zgartirganingiz uchun sizda baquvvat loyihalar portfoliosi hosil bo'lmaydi.

Network. Odamlar bilan kuchli munosabatlar qurishga 6 oydan ko'proq vaqt kerak. Sizda shunday odamlar bo'lmaydi.

Referral. Tez sakrayversangiz odamlar sizni ishlarga tavsiya qilishmaydi.

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍77😢10🫡31🥴1💯1
😁87🤣11
Vohid Karimov
Siz ishingizni tez o'zgartiraversangiz, ko’p vaqtingiz loyiha bilimini o’rganishga ketib qoladi.
Aynan shu narsa Toptal, Upwork, va shunga uxshash qisqa-muddatli ish beradigan platformalarda ishlashning minuslaridan biri.

Shunday platformada ishlaydigan yaqin do’stim “1.5x moash beradigan qisqa-muddatli ishlardan ko’ra 1x moash beradigan uzoq-muddatli/standart ishlarni avzal ko’raman, jonga tegdi loyiha/context almashtiraverish” degan edi.

Albatta uzoq-muddatli ishlayotganlar ham bor, ammo ular sanoqli.

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍72🔥61🍌1
Vohid Karimov pinned «“Vohid Karimov qanday qilib” post seriyalari yakuniga yetdi: Vohid Karimov qanday qilib… 1. … dasturlash soxasiga kirib qolgan? 2. … dasturlashni o’rgangan? 3. … birinchi ishini topgan? 4. … frilansga yorib kirgan? 5. … magistraturaga harakat qilgan, lekin…»
Yaqinda bir qiziq artiklga ko’zim tushdi — Ten Principles for Growth as an Engineer (by Dan Heller)

Googleda men havas/hurmat qilgan hamkasblarimda ham tepadagi xislatlar mavjud. 2024-yilda shu 10ta sifatni o’zimda rivojlantirish niyatim bor. Kelayotgan kunlarda har biri haqida o’zimni nuqtai nazarimdan yozmoqchiman.

O’zingiz uchun shu prinsiplarni o’qib chiqing, keyin muhokama qilamiz. Kettik 😎

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍58❤‍🔥2🔥1
Principle #1: CEO kabi fikrlang.

Dasturchi sifatida vaqtimizning ko’p qismi kod yozish bilan o’tadi. Karyeramizning boshida shuni o’zi yetarli — berilgan TZga mos ishlaydigan kod yozsak hamma hursand. Lekin dasturchi sifatida o’sishni davom ettirishimiz uchun buni o’zi yetarli emas.

Biz CEO kabi o’ylashni o’rganishimiz kerak. CEO har kuni o’ylaydi: hozirgi vaqtda kompaniya rivoji uchun nimaga focus berish, qanday featurelar ustida ishlash, va nimani optimize qilish kerak? Katta kompaniyalarda bu savollarga javoblar OKRlar deb ataladi. Sizning kunlik qilayotgan ishingiz shu OKRlarga tayangan bo’lishi kerak. Shundagina sizni mehnatlaringiz kompaniya manfaatiga ishlaydi, shundagina (yaxshi) kompaniya sizni rag’batlantiradi.

Albatta bu sizga uncha yoqmagan ishlarni qilish degani: texnik chuqur research, testing, dokumentatsiya, juniorlarni mentor qilish, va hkz unchalik mazza/oson lekin muhim bo’lgan ishlar. Men uchun eng foydasiz dasturchi bu muhim bo’lmagan feature (qanchalik cool/scalable/complex bo’lmasin) ustida ishlayotgan dasturchidir. Siz o’sha dasturchi bo’lmang!

CEO kabi o’ylashni o’rgansak, keyinchalik albatta oramizdan buyuk CEOlar (yoki CTOlar) chiqadi 😎

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍9010🔥75❤‍🔥1👏1🗿1
Principle #2: To’siqlarga rozi bo’lmang.

Kunlik ish jarayonida juda ko’p to’siqlarga duch kelamiz: frontend uchun backend tayyor emas, backend uchun frontend tayyor emas, biror applicationni ochsangiz update so’raydi, hamkasblar/mijozlar bilan har xil timezoneda ishlasangiz siz savol yozganingizda ular uxlayotga ular javob yozganda siz uxlayotgan, proyektni build bo’lishini ko’p vaqt oladi, PR submit qilgani approval kerak, va hkz. Shunday kunlik to’siqlarga rozi bo’lsangiz ishingiz jilmaydi.

Yo’lingizni ochishni o’rganishingiz kerak:
— Backend tayyor emas? Datani mock qiling
— Frontend tayyor emas? Postman ishlating
— Update so’rayaptimi? Bermang, kun ohirida qiling
— Timezone farqi? Savollarni oldinroq so’rang
— Build qilish kuttiryaptimi? Tezlatish yo’llarini toping
— PR approval kutyapsizmi? Kutmang, boshqa taskga o’ting
— va hkz

Shundagina bir ishingiz ikki bo’ladi, kunning ohirida o’zingizdan mamnun bo’lasiz, va karyerangiz oldinlaydi 🚀

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍103🔥135😁5😨31👨‍💻1
Principle #3: Tashabbus ko’rsating

Ko’p dasturchilar orasida noto’g’ri tushuncha bor: proyektda “kattalar” bor va ular bizga nima qilishni aytishadi chunki hamma narsani bilishadi. Bir sirni aytaman, hech kim nima qilayotganini 100% bilmaydi. Siz kabi o’sha “kattalar" ham ularda bor malumotga tayanib qaror qilishadi.

Shunday ekan, sizga nima qilishni aytishlarini kutmang. Kompaniyangiz va komandangiz maqsadlariga ko’zingizni kattaroq oching, so’rang/surushtiring, va tashabbus ko’rsating. Menejer va team leadlarga bu juda yoqadi chunki siz ularni ishini yengil qilyapsiz va ko’proq masuliyat olyapsiz.

Googleda shunday gap bor: Keyingi level promotionini olish uchun, keyingli levelda ijro etish kerak. Yani, sizga senior lavozimi berilishi uchun siz mid-level lavozimida seniordek ishlashingiz kerak. Tashabbus ko'rsatib mustaqil ish oborish esa keyingi levelda ishlash degani.

Albatta tashabbus ko’rsatish bu quruq gap emas. Uni qilaylik buni qilaylik bilan ish bitmaydi. Bu qattiq mehnat — ko’tti qo’yib o’sha ishni qilish kerak! 🍑🪑🚀

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍89😁419🔥52🕊1🐳1