Vohid Karimov
5.59K subscribers
390 photos
41 videos
4 files
316 links
Download Telegram
Advent of Code day 3!

Kun o'tgani sari savollar qiyinlashib borayabdi. 20 minut bo'sh vaqtim bor edi, bugungi masalalarni ishlab qo'yay desam uncha oson emas ekan 😅

Ha aytgancha men bu yil Pythonni kuchaytirish maqsadida masalalarni Pythonda yozyapman. Syntaxni rosa google qilyapman (I am too old-school for ChatGPT/Bard).

Yechishda davom etamiz 🫡

P.s. 7-kun befaollarni olib tashlayman, musobaqaga boshqalar ham qo'shilsa bo'ladi keyin.

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
🫡38👍171
Advent of Code day 8

Befaollarni leaderboarddan olib tashladim. Endi yangilar qo'shilsa bo'ladi yana:

Link: https://adventofcode.com/2023/leaderboard
Join code: 2432563-22a3a92d

Top 50 yaxshi ketyapti 😎

Men ham keyingi 5 kun ichida top 30ga ko'tarilmoqchiman, puzzlelarni tezroq yechishim kerak 💪

Lezzzz gooo!

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍27🔥10
🫡65👍10
Bugun AoC puzzleni 2-qismi qiyinlik qilyapti 😢

Number of Islands masalasiga o'xshab yechmoqchi edim. Chuchvarani xom sanadim shekili 🧐

Menimcha baribir shu uslubda yechilsa kerak, masalani to'g'ri map qilishni bilmayapman xolos 🤔

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
👍28😁5🤔5
Izzatulla Toshpulatov yaqinda VISA va Polshadagi yana bir nechta kompaniyalardan Software Engineer lavozimiga offerlar olibdilar va bu haqida qisqa artikl yozibdilar.

Shunday o'zbeklar muvaffaqiyati boshqa o'zbeklar orasida "mental barrier"ni yo'qotadi. "Meni qo'limdan kelmasa kerak" degan ruhiy to'siq "Shu o'zbekni qo'lidan kelibdi, meni ham qo'limdan keladi" degan ishonchga aylanadi.

Lezz gooo 🚀

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍97🔥2272👎1
Advent of Code day 12

Backtracking -> Memoization -> Dynamic programming 🙂

Eng sevimli turdagi masalalarimdan bo'ldi 😁

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
😁24👍11
Maqtanishmas-u, lekin men qishlog'imdagi eng zo'r dasturchi bo'lsam kerak 😎

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
😁218👍21🏆93👎1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizga bu yilgi AoC masalalari mujmal and keragidan ortiq uzun tuyilayotgan bo'lsa, siz yolg'iz emassiz.

Aytishlaricha, masalalar AI toollarni chalkashtirish uchun atayin shunday tuzilgan 💡

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
🔥47👏10👍8
Menda ham shunday bo'ldi, hali ham ishlolmay o'tiribman 🥲

Source: r/adventofcode

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
😢29😁6👍2
Advent of Code day 19!

Savollar ancha qiyinlashgan, kamida 1 soat vaqt ketyapti. Bazi kunlari 3-4 soat ham ketib qolyapti 🥲🫡

Shunga qaramay yechishda davom ettayotganlarga qoyil 👏 Shunday davom etamiz 😎

Top o'rinlar uchun sovrinlarni eslatib o'taman:

🥇 The Algorithm Design Manual kitobi (powered by @vovopapcom)
🥈 Designing Data-Intensive Applications kitobi (powered by @farrukh_atabekov)
🥉 System Design Interview kitobi (powered by @farrukh_atabekov)
4⃣ Software Engineering at Google kitobi (powered by Behzod Ikramov)

.. va top 3 o'rin uchun mendan bepul resume review 📄

Musobaqa ohirigacha atiga 6 kun qoldi va shu kunlar top o'rinlarga chiqish uchun juda muhim. Shunday ekan bo'shashmaymiz 😎

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
26👍13😢4🔥1
Google mana Toshkentda ham vanihoyat ofisini ochdi 🙃

Googlening Toshkentdagi engineering ofisiga ishga topshiring va men bilan ishlang. Hozircha o'zimman. Recruiter ham, Interviewer ham, Hiring Manager va Hiring Committee ham o'zimman.

Ofisimiz Open Space stilida qurilgan bo'lib o'zbek mahalliy hayoti bilan uyg'unlashgan (mlakoo, kifir, sut, qaatiq, qaaymooq)

Yaxshi niyat yarim mol 🫡😎

Photo credits: Sam Boboev

#Google #Googler #FAANG #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #Tashkent #WishfulThinking
😁14470👍28🤣21🔥9❤‍🔥1👌1🌚1🗿1
Bugungi Advent of Code masalasi miyam qanchalik zanglab qolganini ko'rsatib qo'ydi 🥲

Ikkita chiziq kesishuv nuqtalarini 1 soat topa olmasam bo'ladimi. Where is my box of shame? 😅

Yangi yilga maqsadlardan biri men uchun miyani charxlash bo'ladi 🧠

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
😁61👍15🆒4😐1
Advent of Code musobaqasi yakuniga yetdi 🤩

Hamma qatnashganlarni tabriklayman! Masalalar oson bo'lmadi, bitta ⭐️ olgan bo'lsangiz ham o'zingizdan mag'rur bo'lsangiz bo'ladi 🙂

Bu yilning top 10ta ishtirokchilari:
🥇 Davlatbek Mirakilov
🥈 Khujamurod Murtozakulov
🥉 Dilshodjon Xasanboyev
4️⃣ Oybek Muzropov
5️⃣ subkhiddin
6️⃣ Javohir Ismatullayev
7️⃣ Ulugbek Erkinov
8️⃣ Mirjahon Mirsaidov
9️⃣ Diyor Khasanov
🔟 Shukhrat Utaboev

Top 10talikni yana bir bor tabriklayman, what a disciple! Davlatbek Mirakilov, Khujamurod Murtozakulov, Dilshodjon Xasanboyev, va Oybek Muzropov, sovrinlaringizni olish uchun iltimos @talk2vovopap ga yozing. Qolganlar uchun bragging rights (maqtanish huquqlari) beriladi, kommentariyaga kirib bemalol maqtanishingiz mumkin 😁

Hammaga raxmat, o'zingizni ustingizda ishlashni davom ettiring 🤨

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
👍59🔥10👏62
Vohid Karimov qanday qilib Yevropaga borib qolgan?

Amerikaga va Kanadaga o’qish (Plan A va B) uchun visa ololmaganimda keyin Plan C, Yevropaga non-FAANG kompaniyaga topshirib keyin FAANGga o’tib ketishni niyat qildim.

Baxtimga Linkedindan bir recruiting agentligi chiqib meni interviewga taklif qilishdi. Ular uchun meni backgroundim 100% match bo’ldi — backend uchun Spring, frontend uchun Angular tajribasi bo’lgan Fullstack dasturchisi. Interviewlardan muvaffaqiyatli o’tib Swisscom kompaniyasidan job offer oldim. Interviewlardan yaxshi o’tganimni sababi undan oldin boshqa kompaniyalar (EPAM, Toptal, va hokazo) bilan interview qilib yaxshigina mashq qilib olganim bo’lgan.

Pandemiya va yopiq chegaralar tufayli men bilan vaqtincha remote contract tuzishdi. Yevropa oyligi yevropa soliqlarisiz bu albatta zo'r taklif edi. Lekin ish boshlashimga 2-3 hafta qolganda chegaralar ochilib relokatsiya uchun imkoniyat ochildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men ikki o'ylamay visaga topshirish jarayonini boshlab yubordim.

Istanbulda Gollandiya ishchi visasi uchun interviewga kirdim. Interviewda mendan bitta savol so'rashdi — Why are you going to Netherlands? Men esa bitta so'z bilan javob berdim — Work. Bir haftadan keyin visa berishdi. Amerika visa interviewlarida o'zingizni jinoyatchi va qallobdek his qilib chiqganingizdan keyin bu albatta sizi hursand qilar ekan.

Shunday qilib 2020 yilda Rotterdam shaxriga bir taraflama bilet olib uchib keldim...

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
👍106😁11🔥761
AoC sovg'alarini egalariga topshirdik 🎉

Sovg'a berish bir baxona edi. Meni asl niyatim shu aqlli, mehnatkash, va o’z ishini sevadigan profesionallar bilan suxbat qilib yaqindan tanishish edi. 2 soat gaplashibmiz: dasturlash, karyera, sport dasturlash, relokatsiya, maqsadlar, o’zaro munosabatlar, va hokazo. Qiziq suxbat uchun hammaga raxmat 👌

Bu yilgi sponsorlar, Farrukh Atabekov va Behzod Ikramovga katta raxmat!

Keyingi yil AoC musobaqasida ko’rishguncha 👋

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #AdventOfCode
👍87🔥145
Vohid Karimov qanday qilib Googlega kirib qolgan?

Swisscom kompaniyasi o’z ishchilarini qo’llab-quvatlaydigan yaxshi kompaniya bo’lib chiqdi. Visa, kvartira topish, va Gollandiyaga joylashish jarayonlarida ko’p yordam berdi. Amsterdam Schiphol airportida meni kutib olib yangi uyimgacha oborib qo’ygani taxi ham tashkil qilishdi. Hozirgacha eslayman taxist “Omading bor ekan, bugun kechga airportni yopib katta karantin e’lon qilinadi, vaqtida kelibsan” degan edi.

Rostdan ham tom ma’noda hamma yoq usha kuni yopildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men yana online ishlashni boshladim 😅 Bu safar kvartiraga 1000 yevro va Yevropa soliqlarini to’lagan xolda, O’zbekistonda ko’proq moash olayotgandim. Ha mayli, gap pulda emas, gap karyerada (va kattaroq pulda 😜)

Karantin hamma qatori menga ham juda kooooo’p bo’sh vaqt berdi. Kimdir bu vaqtni netflix & chill, kimdir sport, va kimdir sport eating bilan sarflagan bo’lsa, men 300ta leetcode masala va 60ta mock interview qildim va 5-6 FAANG kompaniyalariga topshirdim. Natija esa:

Uber, Netherlands
Amazon, Netherlands
Google, Germany
Facebook, UK

Roppa-rosa Swisscom bilan 1 yil ishlagach managerimga va komandamga Googlega ketayotganimni aytim. Hafa bo’lishdi, lekin tushunishdi 🫡

Shunday qilib 2022-yilni Fevralida mit Karte bitte deb Munichga ko’chib o’tdim va Googledagi karyeramni boshladim 🙂

P.s. Interviewga tayyorlanish jarayoni va foydali resurslar haqida bu blog postimda batafsil yozganman.

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #Google #FAANG #Interviews
👍63🔥107🫡2