UzSTI|DM
983 subscribers
6.94K photos
466 videos
1 file
3.58K links
🇺🇿 "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Matbuot xizmati

📍Murojaat uchun:

☎️ +998-97-442-44-19

✅ Sifat — eng yaxshi natija!
Download Telegram
🏢 LIFTLARNI TEXNIK KÖRIKDAN ÖTKAZIŞ BÖYIÇA MALAKA OŞIRIŞ ÖQUV MASHĞULOTLARI
Joriy yilning 3–5-noyabr kunlari Özbekiston Standartlar Instituti inspeksiya xodimlari uçun Turkiyadan jalb etilgan malakali mutaxassis Altunkaynak Musab iştirokida EN 81-20 xalqaro standarti talablariga muvofiq liftlarni texnik körikdan ötkaziş böyiça nazariy va amaliy öquv maşğulotlari ötkazilmoqda.
Öquv maşğulotlarining asosiy maqsadi — inspeksiya xodimlarining liftlar tuzilişi va asosiy qismlari böyiça bilimlarini mustahkamlaş, texnik körik jarayonida «Çeck-list» asosida sinovlarni amalga oşiriş, ölçov asboblaridan to‘ğri foydalanish hamda aniqlangan holatlarni baholaş böyiça amaliy könikmalarini rivojlantirişdan iborat.
Mazkur öquv maşğulotlari xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş, xalqaro standartlar talablari asosida texnik körik sifatini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.

📌 Foydali ma’lumotlarni ötkazib yubormaslik uçun kanalimizga obuna böling!

🔵 Facebook | 📷 Instagram | 🎬 YouTube | 🚀 Telegram | 🌐 Sayt | ✅ Links
🇺🇿🤝🇦🇫ÖZBEKISTON VA AFĞONISTON ÖRTASIDA STANDARTLAŞTIRIŞ VA SERTIFIKATLAŞTIRIŞ SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 4–5-noyabr kunlari Termiz şahridagi «Ayritom» erkin iqtisodiy zonasida BMTning Afğonistonga kömaklaşiş missiyasi rahbari vazifasini bajaruvçi J. Ganyon hamda Afğoniston hukumati vakillari iştirokida qişloq xöjaligi mahsulotlarini standartlaşti­riş va sertifikatlaşti­riş siyosati masalalariga bag‘işlangan uçraşuv bölib ötdi.
Mazkur uçraşuvda «Özbekiston Standartlar instituti»dan Sifat nazorati va ilmiy-tadqiqotlar markaziy laboratoriyasi bölim boşliği Tolibov Abdubosit Orifjon ög‘li iştirok etdi.
Uçraşuv qişloq xöjaligi mahsulotlari sifatini ta’minlaş, ularni standartlaşti­riş va sertifikatlaşti­riş masalalari yuzasidan fikr almashiş, şuningdek, uşbu yöna­lışda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilişga qaratildi.
Mazkur muloqot standartlaşti­riş va sertifikatlaşti­riş sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş hamda özaro tajriba almaşiş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bölishni unutmang!
🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬YouTube | 🚀Telegram | 🌐Sayt | ✅Links
#UzSTI #Standartlaşti­riş #Sertifikatlaşti­riş #XalqaroHamkorlik #QişloqXojaligi #Ayritom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👏2
📢 AKKREDITATSIYA TÖĞRISIDAGI GUVOHNOMANING AMAL QILIŞI QAYTA TIKLANDI!

«Özbekiston Standartlar Instituti» davlat muassasasining sinov laboratoriyasi (majmuasi) nomiga Öz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida 2023-yil 8-iyunda rasmiylaştirilgan ÖZAK.SL.0309-son akkreditatsiya töğrisidagi guvohnomaning amal qilişi qayta tiklandi.

Mazkur qaror laboratoriya faoliyatida belgilangan akkreditatsiya talablari asosida işlarni davom ettiriş imkonini beradi.

✅ Bu — laboratoriya faoliyatining barqarorligini ta’minlaş hamda sinov xizmatlari sifatini rivojlantiriş yölidagi muhim qadam.

UzSTI | Sinov laboratoriyalari markazi

Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bölishni unutmang!
🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬YouTube | 🚀Telegram | 🌐Sayt | ✅Links

#UzSTI #Akkreditatsiya #ISOIEC17025 #SinovLaboratoriyasi #Sifat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Aziz yurtdoşlar, hurmatli soha xodimlari va qadrli hamkasblar!

Barçangizni davlatimiz mustaqilligi va suverenitetining muqaddas ramzi — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!
1991-yil 18-noyabr — xalqimiz tarixida ğurur va iftixor sahifasini oçgan, milliy davlatçiligimizning eng muhim timsollaridan biri dunyoga kelgan qutluğ sanadir. Moviy osmon, tinçlik va totuvlik, yaşariş va yangilaniş ramzi bölgan bayroğimiz bugun nafaqat yurtimiz sarhadlarida, balki nufuzli xalqaro maydonlar, sport arenalari va ilm-fan minbarlarida ham baland hilpirab, Yangi Özbekistonning şon-şuhratini dunyoga tanitmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyoti va iqtisodiy barqarorligini ta’minlaşda standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş sohasi xodimlarining ham munosib hissasi bor. Zero, milliy mahsulotlarimiz sifatini xalqaro meyorlar darajasiga olib çiqiş va «Özbekistonda işlab çiqarilgan» belgisi ostida jahon bozorlariga çiqiş — Davlat bayroğimizning xalqaro maydondagi obrö-e’tiborini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.
Uşbu qutluğ ayyomda barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va Vatanimiz ravnaqi yölidagi şarafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Mustaqil Özbekistonimiz bayroği hamişa baland hilpirayversin!

Hurmat bilan, Özbekiston standartlar instituti jamoasi


Bizni kuzatib boring👇
Özbekiston standartlar instituti matbuot xizmati
🌍 https://uzsti.uz|📝Facebook|💻Instagram|😀Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊 BOLALAR O‘YINCHOQLARINING SHOVQIN DARAJASINI ANIQLASH SINOVI

Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligini ta’minlashda ularning shovqin darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

🔬 Sinov jarayonida amaldagi 451-son texnik reglament hamda EN 71 xalqaro standarti talablari asosida o‘yinchoqlardan chiqadigan shovqin darajasi maxsus o‘lchov uskunalari yordamida aniqlanadi.

📊 Olingan natijalar mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎥 Videoda bolalar o‘yinchoqlarining shovqin darajasini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinov jarayoni bilan tanishing!

UzSTI | Sinov laboratoriyalari markazi

🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬YouTube | 🚀Telegram | 🌐Sayt | ✅Links

#UzSTI #SinovLaboratoriyasi #BolalarOyinchoqlari #EN71 #TexnikReglament #ShovqinSinovi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥3
ÇIRÇIQ FILIALI SINOV LABORATORIYASINI RIVOJLANTIRIŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

«Özbekiston Standartlar instituti» davlat muassasasi direktori Muzaffarxon Amiroviç Xamzayev muassasa qoşidagi Sinov laboratoriyalari markazining Çirçiq filialiga taşrif buyurdi.

Taşrifdan asosiy maqsad filial sinov laboratoriyasining faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişişdan iborat bölib, taşrif davomida laboratoriyada mavjud sinov uskunalari va amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi.

Şuningdek, laboratoriya faoliyatini yanada rivojlantiriş va imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida quyidagi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi:
✅ Akkreditatsiya doirasini kengaytiriş;
✅ Sinov turlari va yönalişlarini köpaytiriş;
✅ Mutaxassislarning kasbiy malakasini oşiriş.

Mazkur taşrif Çirçiq filiali sinov laboratoriyasining moddiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlaş, faoliyat yönalişlarini kengaytiriş hamda sinov xizmatlari sifatini yanada oşirişga qaratilgan muhim qadam böldi.


Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bölishni unutmang!
🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬YouTube | 🚀Telegram | 🌐Sayt | ✅Links

#UzSTI #ÇirçiqFiliali #SinovLaboratoriyasi #Akkreditatsiya #LaboratoriyaRivoji #SinovXizmatlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3👍1