"O‘zatom" agentligi
1.7K subscribers
2.35K photos
291 videos
46 files
1.04K links
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining rasmiy kanali

71 202 09 17
info@uzatom.uz
www.gov.uz/oz/uzatom

Sahifalarimiz:
facebook.com/uzatom/
instagram.com/uzatominfo/
linkedin.com/company/uzatom
Download Telegram
KATTA ILM-FANGA ILK QADAMLAR VA "O‘ZATOM" AGENTLIGI BILAN TANISHUV

"O‘zatom" agentligining Atom texnologiyalari axborot markazida ilm-fanni ommalashtirish hamda yosh avlodda STEM-kasblarga qiziqishni shakllantirish dasturi doirasida 6-7 yoshli bolalar uchun navbatdagi ma’rifiy ekskursiya bo‘lib o‘tdi.

Ekskursiya davomida yosh ishtirokchilar atom energiyasi asoslari bilan yaqindan tanishib, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojlanishi uchun ahamiyati haqida tushunarli va ko‘rgazmali shaklda ma’lumot oldilar. Agentlik mutaxassislari murakkab ilmiy jarayonlarni eng kichik mehmonlar ham tushunishi uchun sodda tilda so‘zlab berishdi.

Ekskursiyaning muhim qismi atom texnologiyalarining amaliyotda qo‘llanilishi bilan tanishish bo‘ldi. Bolalarga atom elektr stansiyasining maketi namoyish etildi, shuningdek, yadro texnologiyalarining qishloq xo‘jaligi va tibbiyotdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish "O‘zatom" agentligining bolalar va yoshlar o‘rtasida ilmiy tafakkurni rivojlantirish, ularni erta kasbga yo‘naltirish hamda STEM-yo‘nalishlarini ommalashtirishga qaratilgan tizimli ishlarining uzviy qismidir.
~~~
ПЕРВЫЕ ШАГИ В БОЛЬШУЮ НАУКУ И ЗНАКОМСТВО С АГЕНТСТВОМ «УЗАТОМ»

В Информационном центре по атомным технологиям Агентства «Узатом» состоялась очередная познавательная экскурсия для детей 6-7 лет, организованная в рамках программы агентства по популяризации науки и формированию интереса к STEM-профессиям у подрастающего поколения.

В ходе экскурсии юные участники в доступной и наглядной форме познакомились с основами атомной энергии и узнали о её значении для развития современной цивилизации. Специалисты агентства простым языком рассказали о сложных научных процессах, сделав их понятными даже для самых маленьких гостей.

Важной частью экскурсии стало знакомство с практическим применением атомных технологий. Детям продемонстрировали макет атомной электростанции, а также рассказали о роли ядерных технологий в сельском хозяйстве и медицине.

Проведение подобных мероприятий является частью системной работы Агентства «Узатом», направленной на развитие научного мышления, раннюю профориентацию и популяризацию STEM-направлений среди детей и молодежи.

O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ТФ НИЯУ МИФИ
📢 Diqqat! Qishki maktabga tanlov e’lon qilinadi

Toshkent shahridagi "Moskva muhandislik fizikasi instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti filiali 10–11-sinf o‘quvchilari uchun Qishki maktab tashkil etmoqda va unda ishtirok etish uchun iqtidorli o‘quvchilarni taklif qiladi.

🏫 O‘zbekistonning barcha hududlaridan bilimga chanqoq, maqsadli va faol o‘quvchilar MMFI MTYU Toshkent filialida bo‘lib o‘tadigan Qishki maktabda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

📆 O'tkazish sanasi: 2026-yil 23–28-mart
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xuroson ko‘chasi, 1-uy

Qishki maktab Atom energiyasi agentligi (O'zatom) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida tashkil etiladi.

🔬 Qishki maktab nima uchun?
Bu loyiha fizika, matematika, informatika, muhandislik va yuqori texnologiyalarga qiziqadigan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning bilimini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajak kasbini ongli tanlashiga yordam beradi.

📚 Dasturda:
• fizika, matematika va informatika bo‘yicha qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlar;
• atom energetikasi va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishuv;
• tajribalar, viktorinalar va jamoaviy loyihalar.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• maktab, litsey va texnikumlarning 10–11-sinf o‘quvchilari;
• fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha o‘rtacha bahosi — 85–90% va undan yuqori;
• texnika va ilm-fanga chinakam qiziqishi bor o‘quvchilar.

📄 Ishtirok etish uchun:
onlayn arizani to‘ldirish;
• qisqa motivatsion xat;
• so‘nggi chorak baholari ko‘rsatilgan maktabdan ma’lumotnoma.

📩 Hujjatlar Telegram orqali qabul qilinadi:
💬 @Shovdirova_Saodat

📌 Hujjatlarni qabul qilish muddati — 2026 yil 1 mart.

💡 Ishtirok etish bepul!
Tashkilotchilar tomonidan:
• hududlardan kelish va qaytish;
• yotoqxonada yashash;
• kuniga uch mahal ovqatlanish;
• madaniy va ilmiy dasturlar;
• ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

❗️ Qishki maktab doirasida MMFI MTYU Xalqaro muhandislik-fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar MMFI MTYU Toshkent filialiga kirishda qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

🚀 Ta’tilni foydali va mazmunli o‘tkazing!
Bilimingizni mustahkamlang, yangi tajriba orttiring va atom energetikasi, an’anaviy va qayta tiklanuvchi energetika, yadro tibbiyoti, materialshunoslik, ilm-fan va innovatsiyalar olamiga yaqinlashing.

📞 Bog‘lanish uchun:
+998 71 231 91 80
+998 93 672 16 06
+998 99 477 74 59

💬Telegram 📹Instagram
📹YouTube 🕸Вебсайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ТФ НИЯУ МИФИ
📢 Внимание! Конкурсный отбор открыт

Ташкентский филиал НИЯУ МИФИ объявляет конкурсный отбор в «Зимнюю школу» для учащихся 10–11 классов.

🏫 Приглашаем талантливых и мотивированных школьников со всей Республики Узбекистан принять участие в Зимней школе Ташкентского филиала НИЯУ МИФИ.

📆 Сроки проведения: 23–28 марта 2026 года
📍 Место: г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Хуросон, 1

Зимняя школа проводится при поддержке Агентства по атомной энергии при Кабинете Министров Республики Узбекистан (Узатом) и Министерства дошкольного и школьного образования.

🔬 Цель Зимней школы — выявление и развитие одарённых школьников, проявляющих интерес к физике, математике, информатике, инженерии, атомной энергетике и высоким технологиям.

📚 В программе:
• интерактивные занятия по физике, математике и информатике;
• вводные лекции по атомной энергетике и современным технологиям;
• практические работы, квизы и командные проекты.

К участию приглашаются:
• учащиеся 10–11 классов школ, лицеев и техникумов;
• средний балл по физике, математике и информатике — 85–90% и выше;
• выраженный интерес к инженерно-техническим и научным направлениям.

📄 Для участия необходимо:
• заполнить заявку по ссылке;
• подготовить мотивационное письмо;
• предоставить справку из школы с оценками за последнюю четверть.

📩 Все документы направляются в Telegram:
💬 @Shovdirova_Saodat

📌 Срок приёма документов — до 1 марта 2026 года (включительно).

💡 Участие — полностью бесплатное!
Организаторы обеспечивают:
• проезд участников из регионов и обратно;
• проживание в общежитии;
• трёхразовое питание;
• культурно-развлекательную программу;
• сертификаты участникам.

❗️ В рамках Зимней школы планируется проведение Международной инженерно-физической олимпиады НИЯУ МИФИ. Победители смогут зачесть полученные баллы при поступлении в Ташкентский филиал НИЯУ МИФИ.

🚀 Проведи каникулы с пользой!
Развивай навыки, находи единомышленников и сделай шаг к карьере в высокотехнологичных сферах: атомной и возобновляемой энергетике, ядерной медицине, материаловедении, науке и инновациях.

📞 Контакты для справок:
+998 71 231 91 80
+998 93 672 16 06
+998 99 477 74 59

💬Telegram 📹Instagram
📹YouTube 🕸Вебсайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yadro tibbiyoti bo‘yicha qo‘shma loyiha start oldi

10-fevral kuni "O‘zatom" agentligida O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston va Rossiyaning ushbu strategik muhim sohadagi faol ikki tomonlama hamkorligi muhitida o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi" Loyiha ofisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti, "Radiopreparat" davlat korxonasi, mamlakatning yetakchi tibbiyot markazlari rahbariyati va vakillari, shuningdek, "Rosatom Qurilish Texnologiyalari" divizioni ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Rossiya tomoni yadro tibbiyotning zamonaviy infratuzilmasini yaratish, jumladan, siklotron komplekslari, radiofarmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va PET/KT diagnostika markazlari bo‘yicha tajribalari, shuningdek, muvaffaqiyatli xalqaro "tayyor holda topshiriladigan" loyihalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi va strategiyani birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar. Bu hujjatlar texnologiyalar transferi, mutaxassislar tayyorlash va sog‘liqni saqlash sifatini oshirishga asos bo‘ladi. Loyiha yadro texnologiyalariga asoslangan erta tashxis qo‘yish va zamonaviy davolash usullari orqali onkologik kasalliklar darajasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Bunday tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda: uning rahbarligida Toshkentda Yadro tibbiyoti markazi loyihasi boshlandi (2026 y. PET/KT, siklotron, radiofarmlaboratoriya, gamma-pichoq va kiber-pichoq bilan jihozlash ko‘zda tutilgan), onkologik yordam, saraton kasalligini erta tashxislash va xalqaro standartlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash rivojlantirmoqda, Rossiya va "Rosatom" bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda - bularning barchasi yuqori texnologiyali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish va og‘ir kasalliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

"O‘zatom" agentligi, o‘z navbatida, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, onkologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash imkoniyatlarini oshirish orqali O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»
Совместный проект ядерной медицины стартовал

10 февраля в Агентстве «Узатом» состоялось рабочее совещание, посвящённое перспективам развития ядерной медицины в Узбекистане. Встреча прошла в духе активного двустороннего сотрудничества между Узбекистаном и Россией в этой стратегически важной сфере.

В совещании приняли участие руководство и представители Министерства здравоохранения Республики Узбекистан, Проектного офиса «Центра проектов здравоохранения», Комитета по промышленной, радиационной и ядерной безопасности при Кабинете Министров, Института ядерной физики Академии наук, Государственного предприятия «Радиопрепарат», ведущих медицинских центров страны, а также эксперты дивизиона «Росатом Технологии Сооружения».

Во время встречи Российская сторона поделилась опытом создания современной инфраструктуры ядерной медицины, включая циклотронные комплексы, производство радиофармпрепаратов и центры ПЭТ/КТ-диагностики, а также успешными международными проектами «под ключ».

По итогам совещания стороны договорились совместно разработать дорожную карту и стратегию развития ядерной медицины в Узбекистане. Эти документы станут основой для передачи технологий, подготовки специалистов и повышения качества здравоохранения. Проект позволит существенно снизить уровень онкологических заболеваний благодаря ранней диагностике и современным методам лечения на основе ядерных технологий.

Такие инициативы активно поддерживаются Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым: под его руководством стартовал проект Центра ядерной медицины в Ташкенте (на 2026 г. предусмотрено оснащение ПЭТ/КТ, циклотроном, радиофармлабораторией, гамма-ножом и кибер-ножом), развивается онкологическая помощь, ранняя диагностика рака и подготовка кадров по международным стандартам, укрепляется партнёрство с Россией и «Росатомом» — всё для повышения доступности высокотехнологичной медицинской помощи и профилактики тяжёлых заболеваний.

Агентство «Узатом» в свою очередь активно поддерживает развитие ядерной медицины в Узбекистане, способствуя внедрению передовых технологий и повышению доступности современной диагностики и лечения онкологических заболеваний.

O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»