Umar shares
650 subscribers
220 photos
5 videos
49 links
Dasturchi Umar Sadullayev(@JoshDeveloper)ning shaxsiy blogi. Buyerda istalgan mavzuda post joylanadi.
Download Telegram
Inflyatsiyaga eng bardoshli boylik bu — bilim.

#thoughts

@umar_shares
🔥163👍3
Shu yerlarni turistik shaxar qilib yuborsa bo'ladi.

Nega shunday ishlar qilinmaydi hayronman.

Bu oygi oyligimga boshqa rejalarim bor edi, keyingi oyligimda qilsammikan o'zim?
😁13🔥6🤣3
Mana nega Toshkentda odam ko'p.

Eng yoqmaydigan joyi ham shunda, hamma narsa Toshkentda.

Rasm x.com platformasidan olindi.

#pizzastan

@umar_shares
💯15😁4🎉42
Haydovchilik imtihonidaman.

Nazariydan Xudoga shukur o’tdim. Amaliyni kutyapmiz.

Duo qilib turaslar…
34👏15👍6❤‍🔥1🔥1
Prava uchun imtihonga tayyorlanish haqida post qilsam, sizga qiziqmi?
Anonymous Poll
79%
Ha
21%
Yo'q
👍1
Haydovchilik guvohnomasi imtihonlariga tayyorgarlik

Muvaffaqiyatli imtihonlardan o'tganim sabab, uyda o'zim qanday tayyorlanganimni o'rgatmoqchiman.

O'zim 2-3 yil oldin o'qib qo'ygan edim. Hamma narsa esimdan chiqqan edi, haydash ham. Topshirish uchun kerakli hujjatlar: Pasport, 083 va o'qiganligingiz haqida guvohnoma.

Nimalar qildim?

1. "Yo'l harakati qoidalari" kitobini bir qator ko'z yugurtirib chiqdim. Yo'l belgilarini barchasini o'rgandim.

2. Amaliy darsga qatnadim. Tahminan 7-8 soat. Bir marta imtihon maydoniga ham bordik. (Bandanko'l degan joyda ekan). Har bir soati 250.000 so'm, sizda mashina bo'lsa balki tekinga ham tayyorlana olarsiz...

3. Endi nazariy testlar qolgan edi. Bir kun tayyorlov kursiga borib ko'rdim. Dabdala ekan. Savolga tayinli javob bermaydi. Tag'in 1.500.000 so'm ekan. O'zim tayyorlanaman dedim va eng to'g'risi shu bo'ldi.
Qanday tayyorlandim?
https://yolharakatiqoidalari.uz/ sayti orqali biletlarni yechishni boshladim. Sayt pullik, istasangiz dasturi ham bor. Bepul. Test yechish jarayonida savollar tonnalab paydo bo'ladi. Shu sabab quyidagi Youtube kanalda har bir testni yechib ko'rsatgan aka bor ekan. Bepulga. Shuni ochib ko'rdim tushunmagan testlarimga.
Pullik kurslardan ming marta yaxshi. Kanal linki: https://www.youtube.com/@BobonorovFarrux

Ha aytgancha, akani test markazida ko'rib qoldim, rahmatlarimni aytdim. Odamlar millionlar ishlayotganda, bepulga joylagani uchun. (Donat qilishni unutmang)

4. Imtihon kuni. Nazariy savollar 20 ta. Umuman shoshilmang. Savol tushunarsizmi? O'tkazib turing. Tushunganlaringizni yechib oling.

5. Amaliy imtihondan cho'chisangiz "Test drive" sotib oling. Man shunday qildim. Osonroq kechdi. Lekin usiz ham o'tsa bo'lar ekan bemalol. Shunchaki chiziqlarga ehtiyot bo'lib, to'g'ri yursangiz bo'ldi.

6. Hammasidan o'tsangiz, sertifikat berishadi. "Yagona darcha"ga borib, pravangizni olasiz. Soqol bilan mumkin emas ekan, mobodo.

Hammaga omad, postni tayyorlanayotganlarga jo'natib qo'ying.

#prava

@umar_shares
👍4398🔥2
Barchaga toza havo tilayman.
1😭24😁4
834, 601, 551, Karl?...

"Zahar yutish" degani shu bo'lsa kerak.

#wantedTozaHavo

@umar_shares
💯15😢7😭41
Avtomashinada bir qo’lda videoga olib, “istoriya” qo’yishni kayfini hech tushunmasam kerak. (yaxshiyam-ki)

P.s: Rasmdagi man emasman

#rostande

@umar_shares
😁18💯85
Bu yil birinchi marta grippga qarshi vaksina olgan edim. Oktabr oyida. (Infyulak Tetra edi nomi)

2 kun oldin kasal bo’ldim, hozir tarqagan grippga o’xshash, har 4-5 soatda istmalayman, butun tanam og’riydi. 2 kunda o’tib ketdi Xudoga shukur.

Avval ko’pincha 1 haftaga cho’zilardi bunday kasal menda.

Demak vaksinani ham foydasi bor ekanda rostan ham (Allohni izni bilan), deb qo’ydim. Keyingi yil butun oilamni qildirmoqchiman, inshaaAlloh agar rostan yaxshi chora bo’lsa.

Sizda tajriba qanday bu borada?

#vaksina

@umar_shares
🔥10💯2
IQAir'da Urganchda 2 ta qurilmasi bor edi. Hozir qarasam yo'q.

UPD: Qurilmalar qayta ko'rindi. Bu haqida Xorazm Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Saytda texnik muommolar bo'lgan ko'rinadi.
😁132
Avvalgi rasm 👆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢73
Qurilmalar qayta ko'rindi. Bu haqida Xorazm Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Saytda texnik muommolar bo'lgan ko'rinadi.
5😁5🔥4👏4
Ishing kompyuterda bo'lsa ham zo'rda. Bir joyda kutib o'tirishga to'g'ri kelgandi uzoqroq, ancha ishimni bitirib qo'ydim.

Xudoga shukur 🙂
19🔥14👍1😁1
Toshkentdagi uyimizni sotmoqchiman. 1 xona, 2 xona qilingan.

E’lonni yaqin kunlarda yuboraman inshaaAlloh.

Xiva shahriga ketmoqchiman, uy sotilsa Xudo xohlasa. Bir necha yil shu viloyatimda yashashni rejalashtiryapman.

Sabablari ko’p. Eng kattasi ota-onam shu tomonda yashashni ma’qul ko’rishyapti. O’zimizga ham Toshkent unchalik yoqmayapti.
22🫡9😭7❤‍🔥6💯5👍1
Oila yoki talabalarga ijaraga ham beriladi.

350$
👍14🔥4
Umar shares
Oila yoki talabalarga ijaraga ham beriladi. 350$
Ijaraga odam topildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥11🤝1
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
@chiroylimoliya sekin xavflar kutilmaganda halok qiladi…
👍1
MM "MUFEED MOLIYA"
Voice message
Xondamir aka yaxshi ma'lumotlar beribdi.
Endi uylanmoqchilarga tavsiya.

Agar qila olsangiz birinchi kechani mehmonxonada yoki umuman hech kim yo'q uyda o'tkazing. Birgalikda ibodat qilishingiz, suhbatlashishingiz ham oson bo'ladi.

Ko'pincha birinchi kecha uyda odam juda ko'p bo'ladi. Hamma sizni bir "vazifa" uchungina kirib ketdi deb o'ylaydi.

Aslida esa u "vazifa" oxirgisi va eng darajasi pasti.

Qaniydi shuni "katta"lar tushunsa.

#thoughts #family

@umar_shares
42🔥18👍5🤓3🎉2😁1
Toshkentdan Xorazmga ketishim kerak. Mashinam bilan.

Yangi haydovchiman. Sekin, aylanib borsammikan yoki biror mashina eltish xizmati bormikan? (Birisi bilan gaplashdim, bitta mashinani olib ketishmas ekan)

Kim nima maslahat beradi?)
3