Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.07K subscribers
187 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Buyurtma №643#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Dasturlash
📝 Vazifa: Web saytni booking.com bilan integratsiya qismiga yordam beradigan, yo'l yo'riq ko'rsatib turadigan tajribasi bor, mentor dasturchi kerak.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda, tezkor
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#dasturlash #bookingcom #integratsiya #mentordasturchi
Buyurtma №644#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Grafik dizayn
📝 Vazifa: Elektr shitlari ishlab chiqaruvchi tashkilot uchun logotip tayyorlash kerak.
Talablar: sodda bo'lmasligi, logotipni ko'rganda shit ishlab chiqaruvchi tashkilot ekanligini ifoda etib turishi.
🕛 Muddati: 3 kun
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#grafikdizayn #logotip
Buyurtma №645#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Dasturlash (back-end)
📝 Vazifa: php, laravel freymvorkida tayyorlangan web saytning back-end qismlaridagi kamchiliklarini va verstka bilan bog'lashdagi xatoliklarni ushbu texnik vazifar ga muvofiq to'g'rilash kerak. Taklif yuborishdan avval topshiriq bilan to'liq tanishib chiqing, portfoliongizni ko'rsating, shuncha muddat va shuncha vaqt ichida tayyorlay olaman deb to'liq taklif yuboring.
Texnik vazifalar
🕛 Muddati: 1 kun
💰 Narxi: 500000 so'm, kelishilgan holda

#dasturlash #websayt #backend #bugs
Buyurtma №646#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Dasturlash (front-end)
📝 Vazifa: Html, css va js da tayyorlangan saytning main block qismidagi videoblogini mobilga moslash kerak ya'ni hozirgi vaqtda faqat desktopda ishlayapti hamda boshqa kichik kamchiliklarini to'g'irlash kerak online zoom orqali tushuntirib beriladi.
🕛 Muddati: Tezkor
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#dasturlash #frontend #verstka
Замон тезлашмоқда, айрим янги одобларга ҳам эҳтиёж пайдо бўляпти!
* Кимдандир пластик карта орқали қарз олсангиз, қайтаришда хизмат ҳақини ҳам қўшиб ўтказинг;
* Бошқаларнинг қанча ойлик олишини сўраманг. "Левалар борми ишда?" дея иржайманг;
* Кимгадир телефон қилганингизда иккинчи линиядан тушсангиз битта чақириқдан кейин алоқани узинг. У одамга Сиз қидирганингизни англаш учун шу кифоя. Узлуксиз чақириқларингиз билан суҳбатини хира қилманг;
* Телеграмдан (ёки бошқа ижтимоий тармоқдан) ёзилган саволга телеграмдан жавоб беринг, дарҳол телефон қилманг;
* Кимгадир қўнғироқ қилсангиз ва у томон жавоб бермаса, бир секунддан кейин ҳам жавоб бермайди. Қайта-қайта қўнғироқ қилаверманг. Умуман, жавоб бериш у томоннинг ҳуқуқи, зинҳор мажбурияти деб қараманг;
* Жума намози якунланганда дарҳол туриб одамлар орасида жайнамозингизни қоқманг;
* Кимдир бирорта суратни кўрсатиш учун телефонини берса, фақат ўша суратни кўриш билан чекланинг. Бармоғингиз билан кейингиларига ўтиб кетманг. Ҳаққингиз йўқ бунга;
* Ҳаддингиз сиғмаган одамга, яна жамоат орасида иккинчи хотин, оила масалаларида қочирим қилманг;
* Чорраҳаларда тўхтаб турилганда ёнингиздаги машинадагиларга олайиб қараманг. Ҳеч ким ҳақингизни еб кетмаяпти. Нафсиламбрини айтганда буткул қарамасангиз янада яхши. Чунки улов ҳам бировнинг мулки, унинг ичи кимнингдир хонадони мақомида;
* Кимдир телефонида нимадир қидираётган бўлса тикилиб турманг, бошқаларнинг мониторига рухсатсиз ва ўта заруратсиз қараманг;
* Умумий овқатланиш масканларида агар алоҳида хонада бўлмасангиз, айниқса атрофда аёллар ва болалар бўлганда сўзларингизни ҳам, овозингизни ҳам, кулгингизни ҳам назорат қилинг;
(Буларнинг қайсиларинидир бошқалар ҳам ёзган бўлиши, мен қайта эслаганлигим эҳтимоли бор. Шу боис муаллифлик ҳуқуқига даъвоим йўқ. Шунчаки кундалик ҳаётда оддий одобга озроқ ҳисса қўшиш нияти ётибди. Кузатишларингизга кўра ўз фикрларингиз билан тўлдирсангиз фақат хурсанд бўламан)
Аброр Зоҳидов
Buyurtma №647#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: AJAX yordamida web sahifa kamchiliklarini bartaraf qilish kerak
📝 Vazifa: Web sahifadagi kamchiliklarni texnik vazifalarga ko'ra bartaraf qilish kerak. AJAX yordamida formalardagi ma'lumotlarni POST qilish , hamda LocalStorage va API bilan ishlay oladigan dasturchi kerak. Texnik vazifalarni to'liq tushungan holda , taklif qoldiring.
Texnik vazifalar
🕛 Muddati: 3 soat , tezkor
💰 Narxi: 100 000 so'm , kelishilgan holda

#dasturlash #frontend #ajax #api
Имкон бўлса, fake account, босиб юборинглар. Телеграм тармоғида кимдир мени номимдан канал очипти. Бу канал меники эмас.
Анора Содикова
Buyurtma №648#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Huquq
📝 Vazifa: Fuqarolik masalasi bo'yicha kerakli hujjatlarni tayyorlash va yo'l yo'riq ko'rsatish uchun mutaxassis kerak.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
Buyurtmani bajarish uchun bosing

#fuqarolik #hujjat #huquq
Talabalar uchun Asaxiyda yangi imkoniyat. 4 nafar studentni praktikaga olib, ular bilan shaxsan o'zim shug'ullanadigan bo'ldim.
Praktika davomida talaba ish oʻrganadi, kitob oʻqiydi, oʻz ustida ishlaydi. Talabaning oʻqib oʻrganishi, ishga kirishib olishi bilan shaxsan oʻzim, shuningdek jamoamizning top menejerlari shugʻullanishadi.
Bu talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi. Praktikadan muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi. Amaliyotdan eng yaxshi oʻtganlarni bo'lsa Asaxiy ga ishga qabul qilamiz.
Va eng muhimi amaliyot davrida har bir talabaga 1 million Soʻmdan har oy stipendiya beriladi.
Amaliyot Asaxiyning Toshkent shahri markazidagi bosh ofisida o'taladi.
Amaliyotda qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi anketani toʻldirishlari kerak:
https://forms.gle/oAqiwueMiSLry6vT7
Yaqinlarga, tanish-bilishlarga tarqatish tavsiya qilinmaydi.
PS: Boshqa praktikantlarga o'xshab choy tashimaysiz))
Firuz Allaev
Buyurtma №649#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Grafik dizayn (logotip tayyorlash)
📝 Vazifa: Volontyorlik harakati uchun quyidagi kabi yashil rangli barg va oldida Why them - degan yozuvli logotip tayyorlash kerak. Ya'ni w xarfining oldiga banan bargini qo'yib logotip tayyorlash kerak.
1. Asosiy logo oq fonda bo'lishi kerak.
2. Valantiyorlik tashkiloti uchun bayroq, maxsus kiyim (futbolka) va kepkalardagi ko'rinishini mock-uplarda taqdimot qilinishi kerak.
🕛 Muddati: 1 kun
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#grafikdizayn #logotip #mockup
Buyurtma №650#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Deploy
📝 Vazifa: Python/django da tayyorlangan web-saytni to'liq backup qilib Timeweb hostingidan Ahostga ko'chirish va o'zidek qilib to'liq ishga tushirib berish kerak. Sayt hajmi 450 mb atrofida.
🕛 Muddati: Tezkor
💰 Narxi: 250000 so'm

#deploy #deployment #django #python #hosting
Buyurtma №651#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Wordpress CMS
📝 Vazifa: Wordpress CMS da tayyorlangan web saytning boshqaruv paneliga kirish huquqlarini tiklash ya'ni hosting orqali kirib parolni o'zgartirib berish kerak
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: 100000 so'm

#wordpress #cms #hosting
Buyurtma №652#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Deploy
📝 Vazifa: Python django frameworkida tayyorlangan web saytni Centos 7 o'rnatilgan serverga python va postgre o'rnatib telegramda video chat orqali yoki zoomda deploy qilishni ko'rsatib, websaytni to'liq ishga tushirib berish kerak.
🕛 Muddati: 1-2 soat , Tezkor
💰 Narxi: 70000 so'm , kelishilgan holda
Buyurtmani bajarish uchun bosing

#Dasturlash #deploy #websayt
Янги одоблар – №2
(ижтимоий тармоқлардаги дўстлардан йиғилди)
* Телефонингиз хотирасидаги рақамларни ҳар-хил телеграм гуруҳларга рухсатсиз қўшаверманг;
* Жамоат жойида телефондаги видео ва ўйинлар овозини фақат ўзингиз эшитадиган қилиб пастлатинг ёки қулоқчин ишлатинг;
* Йўлда кетаётганда дуч келган жойга тупурманг, бурнингизни қоқманг. Сал четга ўтиб, одамлардан панада бажаринг;
* Жамоат транспортида кетаётганингизда телефондаги суҳбатингизни қисқароқ қилинг. Амма-холаларгача сўраб ўтиришингиз шарт эмас;
* Эркаклар, йигитлар! Метро, автобусда имкон қадар аёллар тепасида турманг. Иложсиз вазият бўлганда ҳам қийшайиброқ туринг;
* Ишда телефонингиз жирингласа, шахсий масалада сал четроққа чиқиб жавоб беринг. Оилавий масалаларни ҳаммани олдида гаплашишингиз дурустмас. Танишингизга бегона рақамдан телефон қилсангиз-у, у сизни танимаса, эзмаланманг. Умуман, доим кимгадир телефон қилган пайтингиз ўзингизни таништириб гап бошлаган маъқул. Ҳамма сизни танишга мажбур эмас;
* Бегона одам танишингиз рақамини сўраса, рухсатсиз берманг. Телефон рақами ҳам шахсий маълумот эканлигини унутманг;
* Светофорнинг яшил чироғи ёнганда дарров орқадан сигнал чалмасангиз ҳам ҳамманинг мақсади олдинга юриш;
* Кимгадир бирон илтимос билан мурожаат қилган бўлсангиз, ҳар куни “Бизнинг масала нима бўлди?” дея хиралик қилаверманг;
* Масжидларда пайпоғингизни кир қилмайман деб, бировни оёқ кийимини мажақламанг;
* Жамоат ҳожатхонасини ўзингиздан кейин тозалаб чиқинг. Фақат ипни тортиш билан иш битмайди. “Бежалган” унитазни махсус чўтка билан тозалаш айнан сизнинг вазифангиз. Яна... кимдир ҳожатхонага кирса, эшик ёнида туриб олманг;
* Метрода эшикнинг ёнида туриб олиб, тушаётганларнинг кўнглини хира қилманг;
* Пластик карта рақами сўралганда картани суратга олиб ташламанг, рақамларини SMS шаклида ёзиб жўнатинг.
(Олдин айтилганидек, одобларнинг янгилигига ҳам, муаллифлик ҳуқуқига ҳам даъвоим йўқ. Лекин бу ҳолатлар кундалик ҳаётда шу қадар кўп учраяптики...) Аброр Зоҳидов
Buyurtma №653#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Dasturlash va hardware
📝 Vazifa: Nutq nuqsonlarini korreksiyalashga qaratilgan kompyuter dasturi uchun programmist va logopedik trenajor yaratish uchun injener kerak. So'zlarni tog'ri yoki notog'ri talaffuz qilinayotganini analiz qilib ko'rsatish kerak. Gologramma, VR texnologiyalari va sun'iy intellekt ham qo'llanilishi mumkin.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
Buyurtmani bajarish uchun bosing

#dasturlash #injeneriya #golografiya #VR #Python
Муваффақият сири ҳар доим шу ишни бажариётган инсонлардадир. Аниқроқ айтадиган бўлсак, билим ва малака, ваколатлар, маданият, технология ва процесслар билан қуролланган инсонларда.

Секрет успеха всегда в людях. Людях, вооружённых доверием и полномочиями, знаниями и навыками, культурой, технологией и процессами.
Zafar Khashimov
Buyurtma №654#aktiv (#tolovnikafolatlash)
👨‍💻 Mavzu: Auto Sms send (php)
📝 Vazifa: php tilida web bazani shakllantirganmiz. 180 ta accaunt mavjud, bazadan ma'lumot yuborilganda, ma'lumot yuborilganligi haqida o'sha accaunt egasining qo'l telefoniga sms xabarnoma borishi kerak.
🕛 Muddati: 3 kun
💰 Narxi: Kelishilgan holda
Buyurtmani bajarish uchun bosing

#dasturlash #php #smssend #autosmssend
Buyurtma №655#aktiv (#tolovnikafolatlash)
👨‍💻 Mavzu: 3D maxda loyiha
📝 Vazifa: 3D Max dasturida tayyorlangan tayyor loyiha bor, texturagacha berilgan. Lumionda 7-8 sekunddan 10-12 ta video tayyorlash kerak
🕛 Muddati: Tezkor
💰 Narxi: Kelishilgan holda
Buyurtmani bajarish uchun bosing

#3dmax #lumion #video
Buyurtma №656#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Grafik dizayn (logotip tayyorlash)
📝 Vazifa: Biznes egalari uchun bir vaqtning o'zida sayt, mobil ilova va telegram bot tayyorlab olishlari uchun servis xizmati uchun vektor holatda logotip tayyorlash kerak.

Talablar: mavjud logotiplardan ko'chirib qo'ymaslik, 2-3 xil variantda tayyorlash, logotipning fonsiz, oq va to'q fonlardagi ko'rinishi hamda sayt va ofis ko'rinishlari mock-uplarida taqdim etish.
🕛 Muddati: 2-3 kun
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#logotip #grafikdizayn