Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.03K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Buyurtma №1036#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: 𝐊𝐇𝐀𝐌𝐒𝐀 HOTEL учун логотип ясаш керак.
📝 Vazifa: Фантазияси, хаёл кучини билим ва тафаккур, адабиёт ва санъат билан боғлай оладиган дизайнерлар борми? Телеграмдан боғланиб, ўз вариантларингизни юборсангиз.
Телеграмнинг қидирув қисмига шуни ёзсангиз мени топасиз.
🕛 Muddati: 30.01.2024
💰 Narxi: Танланган логотип муаллифига 200 доллар мукофот берилади.
#grafikdizayn #logo #brending
@teamwork_uz
Oʻzbekiston “IT hub” deymiz-ku, lekin toʻgʻrisi Oʻzbek IT marketini holati uncha yaxshimas.
Boʻlayotgan export asosan BPO (koʻproq logistika). U ham kam sonlik katta kompaniyalarni hissasiga toʻgʻri keladi.
Global bozorda “Uzbek IT Outsourcing” ga siz oʻylanganchalik hype yoʻq.
Bozor holati ham juda zoʻr emas. Developerlarga boʻlayotgan talab oshayotgani yoʻq. Oʻzingizni aldamang.
IT Outsourcing, yaʼni B2B IT xizmatini scale qilish qiyin ish, bundan keyin ham qiyin bo'ladi. Umrimni uchdan biri shu sohada oʻtdi.
Scale qilish nisbatan osonroq bo'lgan yoʻllarga oʻtish kerak. Product, startup development masalan.
Investor boʻlmasa davlat oʻzi investorlik qilish kerak boshiga.
Startup schoollarimiz ham yoʻq. Faqat ishga kirib ishchi boʻladigan dasturchilarni oʻqitavermasdan toʻnnalab (aksari ishsiz), sal biznes tarafini, product development, startup degan narsalarni ham bollarga oʻrgatish kerak markazlarda.
Zafar Ibrohimov Tech Jobs Founder & CEO at TechCells

@teamwork_uz
Hammaga omad

- Qanday qilib o'zingizni omadli qilishingiz mumkin? – deb so‘radi tadbirkor
- Harakat qiling, kuzating va o'rganing

Neyrobiolog va nevrolog Jeyms Ostin 45 yil oldin omadning to'rt turi borligini taklif qilgan:

1) Ko'r ya'ni tasoddifiy omad. To'g'ri oilada, joy va vaqtda tug'ilgan. Sizga bog'liq emas va 20 yilgacha amal qiladi.

2) harakatdagi odamning omadi. Bu to'htovsiz harakatdan kelib chiqadi. Siz loyihalarga moslashasiz, turli odamlar bilan tanishasiz, harakat qilasiz. Shu tarzda siz imkoniyatlar maydonini kengaytirasiz. Rey Krok musiqa asboblari, ko'chmas mulk, qog'oz stakanlar va mikserlarni sotgan. Va u aka-uka Makdonaldlar bilan uchrashish "omadli" edi.

3) Kuzatuvchi odamning omadi. Muayyan sohani chuqur anglash natijasi. Sem Altman 5 yil davomida Y Combinator direktori bo‘lgan – u Airbnb, Dropbox, Zenefits, Stripe va boshqa yuzlab startaplarni ko‘rib chiqdi va rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Va keyin u OpenAI fenomenini yaratdi.

4) O'ziga xoslikning omadi. To'satdan keng tarqalib ketgan yonayotgan qiziqishingiz. Mening bir do'stim blokcheyn va kriptovalyutalarga mavzu kokteyl kechalarida moda bo'lishidan ancha oldin shug'ullangan. Hatto kichik nashrda kitob ham nashr ettirdi. 2 yildan so'ng uni Sberbank bosh direktori bo'lgan German Gref shaxsiy uchrashuvga chaqirdi.

Ma'lum bo'lishicha, omadli bo'lishning to'rtta yo'li bor - ko'proq urinib ko'ring, ko'proq o'rganing, qiziqish uyg'oting. Xo'sh, yoki lotereyani yutib oling.

Sizchi nimaga pul tikyapsiz?
Forwarded from Kumush Baxtiyorzoda
Triggerlar.pdf
4.7 MB
📌 Marhamat, va'da qilinganidek, kontent tayyorlashda asqatadigan Triggerli "tema"lar va g'oyalardan iborat cheklist.

Bemalol bitta kontent plan qivorsa bo'ladi)) Rahmat shart 😎 ))

@content_wk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'sir doira

"Yoshing kattalashgan sari risk qilishga qo'rqib qolar ekansan" degan gap bo'lar edi. Tushunmas edim. Tushundim. Tushuntiraman.

Insonni ta'sir doirasi qancha kattalashgan sari qabul qiladigan qarorlari ham shunchalik qiyinlashib boradi.

Misol uchun:

1. Bilimni oshirgani safarga chiqmoqchisan, uylanmagan bo'lsang, jamoang bo'lmasa, hech kimni sen orqalik rizq topayotgan bo'lmasa deyarli safarga chiqib ketishingni hech kimga ta'siri yo'q.

2. Mavjud ishingni tashlab boshqa ishga o'tmoqchisan. Oilamni ta'minoti qiyinlashib qoladi deysanda orqaga suraverasan.

3. Biznesingizni yopib boshqa biznes boshqamoqchisan, xodimlar, oila yana bir qancha omillar hisobga olib qaror qabul qilasan.

Shuning uchun hozir o'qib olish, aniq maqsad tanlash va mutaxassislikka intilib olish vaqti ukalar.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Forwarded from Farukh Samarkandi
Ассалому алайкум!

Танловни тугатдик. Сиз эълон берган канал орқали алоқага чиққан бир йигит юборган иш маъқул деб топилди ва у билан алоқага чиқиб, бу ҳақда ўзига ҳам айтдик.

Энди сиздан бир илтимос, эълон берилган каналга бу ҳақда қисқа бир хабар қолдирсангиз
Forwarded from Farukh Samarkandi
Фарғоналик Ислом Юсупов йўллаган логотип танловда ғолиб бўлди ва қабул қилинди.
Forwarded from Farukh Samarkandi
Forwarded from Farukh Samarkandi
У бизга мана шундай вариантлар ва презентацияни тақдим қилган ҳолда танловда қатнашди ва ғолиб бўлди.
Forwarded from Foydali Moliya
Bambuk falsafasi

Xitoyda bir turdagi bambuk daraxti bor. Bu bambuk daraxti ekilganidan keyin 5 yil davomida hech qanaqa o'sishsiz, bir xil saqlanib turadi. Ko'pchilik tashqaridan qaraganda o'sish bo'lmayapti deb o'ylaydi. Lekin aslida shu 5 yil davomida pastga qarab ildiz otayotgan bo'ladi va 5 yildan keyin shunaqa darajada tez o'sib ketadi-ki, 60 kunda 50-60 metrgacha o'sib ketadigan holatlar bo'ladi.

Insondayam shunaqa birorta ishni qilishga kirishganda boshlanishida hech qanaqa natija ko'rmaydi. Bu degani inson o'smayapti degani emas. O'syapti, faqatgina o'ziga shu davrda fundament qurayotgan bo'ladi. Shu fundament yaxshi qurib olinsa, keyin o'sish tezlashib ketadi.

Shunday ekan, fundamentni qurishdan to'xtatmang, bir kun kelib albatta balandga ko'tarilasiz.

©Shohboz Dolimov

🔝 @foydali_moliya
👍1
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum do`stlar!

Kecha Asror va Smart Software mavzusi ko`tarilgan edi.
Asror men bilan bog`landi. Rosa ko`p ma'lumotlarni tashlab berdi.

Shu bilan birga bu [1], bu [2], bu [3], bu [4] va bu [5] postlarni ham o`qib/eshitib chiqdim. Boshqa AT kanallarida ham unga ishonmaslik haqida ko`p postlarni ko`rdim.

💰 Hozir taklif bermoqchi bo`lgan narsam, agar Asror bilan ishlab, ziyon ko`rgan bo`lsangiz yoki pulingizni bermagan bo`lsa, ayni vaqti, isbot bilan kelib, pulini olib ketsin demoqda. Zarar yetkazgani uchun ustiga $500 qo`shib beraman demoqda.

Agar kim ziyon ko`rgan bo`lsa, manga (@SaidolimBot) habarini bering, yordam berishga harakat qilaman.

Shu o`rinda tavsiyalarim:
1. Shartnomani imzolashdan avval shartlarini o`qib chiqing.

2. Naqt pul bilan ishlaydigan odamdan qoching. Ertaga haqqingizni yeganda qarshilik qila olmay qolasiz.

3. Barha narsalarni video va audioga yozib olinyaptimi, demak nimadur muammoni yopishga harakat qilinmoqda.

4. "Amaliyotchi" va "Ish o`rganishga borish", "O`quv material sotib olish" - barchasi bir biridan farqli narsalar. Amaliyotga bormoqchimisiz, sizga dars o`tadigan odamni va rejasini aniq bilib oling. Loyiha qilamiz va shuni ustuda o`rganasan desa, kirmaganingiz ma'qul.

5. "Amaliyot tekin bo`lishi kerakmi?", - deyilsa, bu mavzuda man 3 ta xolatni ham aytib o`tgan edim.

6. Davlatdan shartnomani 100 so`mga olib, dasturchiga 10 so`mga qildirsa, nima bo`ladi? - Hammaning biznes modeli har xil. Shu sababli ham rahbaringiz bilan ochiq gaplashing.

7. Bitta joyda ishlab turib, boshqasiga o`tib ketsa adolatdanmi? - Menda ishlab turib, ertasiga, uzr ketdim deganlar ko`p bo`lgan. Hammasi sizning ish yuritishingizga va kelishuvga bog`liq.

8. Loyihani tugatib, keyin pulini olasan deyilgan bo`lsa. Loyihani 80% ini qilib, ketib qolsa, pulini oladimi? - Mening fikrim, haqqini olishi kerak. Lekin kelishuvda loyihani topshirdangan deyin olasan deyilsa, demak kuyadi. Agar baholash uchun shartlar (o`lchovlar) kelishilmagan bo`lsa, unda aldanadi.

9. Ishga kirishda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? - Ko`p katta dasturchilarga aloqaga chiqish mumkin, ularning 2-3 tasi bilan maslahat qiling.

10. Senior deb kimni aytsa bo`ladi? - O`zidan katta darajada ishlagan odam unga baho berganida.

11. Agar 1 yil tex xizmat (support) qilib berasan, - desa. Ishonmang. Ertaga nima muammo (bug) chiqadi, nima qo`shimcha bo`ladi, bilmaysiz. Aniq bo`lmagan narsaga rozi bo`lmang.

Tavsiyalar ko`p. Nasib qilsa hali aytib boramiz.

Hozir esa, sizda bo`lgan muammo va dallillarni yuboring. Yordam berishga harakat qilaman.
Asror so`zida tursa, ziyon ko`rganlarni pulini qaytaradi. Shundan boshlaylik.

👉 Telegram orqali yoza olmasangiz: https://forms.gle/z4nco5jWW4qSPYFVA shu forma orqali yozsangiz ham bo`ladi. Ma'lumotlaringizni begonalarga chiqarmayman.

Katta rahmat!

P.S. Vaqt tafovuti tufayli kechroq yozishim mumkin. Lekin albatta javob beraman.

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Rustamov
Экспат олиб келиш масаласидаги суҳбатларга аралашиб қоляпман оҳирги ойларда. Биздаги мутахассисларга ишонч тушиб кетган. Ўзимни ҳам подводить қилиб қўйган, ўртада турганимда. Сабаблари оддий:

1) Кичик фикрлайди, катта суратни кўриш ўрнига
2) Масъулияти ўта паст, эга сифатида ёндашмайди лойиҳага
3) Таҳлилий иш бажаради, лекин бизнес эгасига тушинарли тилда етказиб беролмайди
4) Бизнес эгасида ўзи иш кўп, олинган мутахассис эса яна бир тонна вазифа ва талаблар юклаб ташлайди
5) Лойиҳа қийинлашадиган жойига келганда, ишни ташлаб кетади.

Экспатларнинг нима фарқи бор:
1) Катта-катта нарсаларни гапиради ва сонларда орзуга эришиш мумкинлигини ишончли тушинтириб беради
2) Фақат кенгайиш ва ўсиш ҳақида кўп гапиради
3) Ётволиб ишлайди, ишга олади, ишдан бўшатади, вазифалар бажарилиши устида туради, ҳуллас, тўлиқ жавобгарликни зиммасига олади.
4) Рисклар тўғрисида кам гапиради, кўпроқ имконият тилида сўзлашади
5) Фойдага шерик бўлишга тайёр, шунга яраша эгалик ёндашуви бор.

Иккала вариантда ҳам кутилган натижа бўлмаслиги эҳтимоли бор, аммо биринчисида у кўпроқ. Бизнес эгалари катта пул тўлашга тайёр, агар елкама-елка ишлайдиган одам чиқса. Бизда кўпчилик кам ишлаб кам топишга рози, кам ишлаб кўп топишга интилади. Любой лойиҳанинг биринчи ярмида ўта кўп иш бўлади, психологик жихатдан юртдошларимизнинг кўпчилиги “маминкин сыночек”. Ҳаммаси эмас. Катта компаниядан одам олиб келасиз, аммо у одам ўша компаниянинг раҳбари қилган очколарни ўз ҳисобига ёзиб қўйган бўлади. Шунинг учун сизда унақа натижалар бўлмайди.

Тадбиркорлардаги муаммо бу маркетинг, савдо, мерчендайзинг, HR эмас. Муаммо бу ёлғизлик ҳисси, ўшанга ечим берган мутахассис катта пулга ишлаши мумкин. 5-10 минг ҳам беришяпти. 43 мингдан 90 мингача берилган мутахассисларни кўрдим. Ўзбекистонликлар атиги 9-10 дона. 100-200 таси яқин қўшнилардан.

Катта пул олинг, лекин тўлиқ масъулиятни ҳам ўзингизга юкланг. Зўр пул топасиз.

Экспатларни зўр демоқчимасман. Улар ўзга юртда, ортга йўл йўқ. Вилоятдан келган оддий сотувчи ҳам махаллий сотувчидан тиришқоқроқ бўлади. Махаллий йигитда мотивация пастлиги сабаби бу ота-онаси боқиши эҳтимоли борлиги. МШФ.

@alisher_rustamov
Forwarded from Akmal Tuychiev|Ta'limda alamim bor (Akmal Tuychiev)
Асл ҳақиқат шуки, сиз ҳаётда учратган ҳар битта инсон ўзининг қайсидир жиҳатини сиздан устунроқ, деб ишонади. Мана шу ишончини сақлаб қолсангиз, сиз унинг қалбидан жой оласиз.

Бугун эрталабда телеграмни очсам, укам Дейл Карнеги айтган шу гапларни жўнатиб юборибди. Тасодифми, билмадим, лекин кечаги куни айнан шу мавзуда хамкасбим билан гаплашаётган эдик. Бахс шундан иборат бўлдики, рахбар ва ходим ўртасидаги муносабатларда, юқорида келтирилган иқтибос жуда катта роль ўйнайди. Рахбар одам ўзининг қайсидир жиҳатини сиздан устунроқ, деб ишонади, қайтариб ўтаман - қайсидир жиҳатини. Чунки рахбар ҳам одам, барча илм ва билимларни қамраб ололмайди-Аллоҳ барчамиздан билимлироқдир, барча илм Аллоҳники.

Шундай экан, нафақат рахбар, балки бошқалар билан ҳам муносабат ва мулоқот ўрнатаётганда, ҳар битта инсон ўзининг қайсидир жиҳатини сиздан устунроқ, деган ишончини сақлаб қолишга ҳаракат қилинг. Бу маддоҳлик эмас, балки қалбидан жой олишингиздир. Агар аксига олиб, ўзингизни ақллироқ деб кўрсатсангиз, бунда аҳмоқ одам сиз бўласиз ва ишонинг, рўпарангизда турган одам билан муносабатингиз ёмонлашса, ёмонлашадики, лекин акси ҳеч қачон бўлмайди.

Ҳақиқатан, қайсидир жиҳатингиз ундан устунроқ бўлса, гапларингиздан, муомалангиздан ва аҳлоқингиздан у барибир сезади, гарчи озгина бўлса ҳам ўша одам эсли ва фаросатли бўлса...

@globaltalim
Buyurtma №1037#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Web dizayn
📝 Vazifa: Ko'p sahifali bo'lgan Universitet web sahifasini texnik shartlar asosida chizish kerak. Dizayn zamonaviy minimalistic stilda, individual icon va patternlardan iborat bo'lishi kerak.
Ingliz tilini bilsangiz va ravon taqdimot qila olsangiz afzal hisoblanadi.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda (Home page va Faculties sahilalarini tayyorlash uchun 2-3 kun)
💰 Narxi: Kelishilgan holda
🤝 Taklif yuborish uchun: @muhammadmamasoliev

#websayt #dizayn
Buyurtma №1038#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Play console akkauntizga ilova bor
📝 Vazifa: Play marketga ilovamiz bor shuni chiqarib berish kerak tajribali 10taga yaqin ilova chiqargan akkauntingiz bo'lsa yozing @xurshid_meliziyayev publish bo'lgach Play console akkauntizda turgani uchun oyiga 5$dan to'lab boriladi.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Androidilovalar
Forwarded from Mardon Mo'minjon | Blog
Qiymatli boʻling, qimmatli emas

Oʻz ishini qimmat sotishni koʻpchilik oʻrgatadi, lekin ishini qimmat sotishdan koʻra, birinchi navbatda biznesga qiymat berish va berolishni kamchilik gapiradi.

Natija muvaffaqiyatli keysga emas, pulga qaratilgan.

Qimmat sotishni oʻrgatadiganlardan bittasini bilaman, ishini koʻp bora qimmat sotgan. Lekin oʻsha qimmat sotgan hamkorlari u bilan boshqa ishlamagan. Sababi uning qimmat ishi hamkorga foyda olib kelmagan.

Hamkorlar ham uni endi bir umr yaxshi eslamaydi.

Shuning uchun qimmatli emas, qiymatli mutaxassis boʻling. Oʻz-oʻzidan narxingiz oshaveradi.

Qarashlaringizni yangilang 🫡

@mardon_muminjon
Forwarded from Mardon Mo'minjon | Blog
Rabbit r1 AI taqdimotini kim koʻrdi?

Toʻgʻrisi, shokdaman. Agar taqdimotda aytilgan gaplarni rostdan ham qilolsa, super. Zoʻr yordamchi instrument boʻla oladi.

Tez kunda Najot Ta’limda bu haqda kontent tayyorlaymiz

Hozircha buni sotib olishni rejalayapmiz.