Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.08K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
999 links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
🎉 15-iyul - Yoshlar ko‘nikmalari kuni!
Bugungi sana butun dunyo yoshlariga zamonaviy ko‘nikmalarni berish va ularni kuchli kelajak quruvchilari sifatida qo‘llab-quvvatlash zaruratini eslatadi. Bu yilgi mavzu: “Sun’iy intellekt va raqamli ko‘nikmalar orqali yoshlarni qo'llab-quvvatlash”.
🌍 Texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir davrda, yoshlarning sun’iy intellekt va raqamli sohalardagi bilim hamda ko‘nikmalari nafaqat bandlik, balki barqaror taraqqiyot va inklyuziv jamiyatni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 O‘zbekistonda ham yoshlar o‘z imkoniyatlarini kashf etmoqda:
• Ozodaxon Muminova qanday qilib amaliyotdan IT sohasida karyeraga erishganini bilib oling: https://go.undp.org/wk5
• Qishloq maktabi qanday raqamli kelajak sari qadam qo‘ymoqda: https://go.undp.org/wkT
• Yosh ixtirochining taqdir alximiyasi: https://go.undp.org/wkc
• Fan sohasidagi ayollar iqlim muammolariga qanday yechim topmoqda: https://go.undp.org/wkG
💡 Yoshlarga imkon bering - ular kelajakni o‘zgartiradi!
Buyurtma №1112#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Platformaga exceldan qo'lda ma'lumotlar kiritish kerak
📝 Vazifa: Платформага экзелда таёрланган малумотларни киритиш керак доналаб киритилади.
Нархи келишамиз.

🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Matnlarbilanishlash #Postmatnlari
😁92
Forwarded from Marketing bo'limi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ChatGPT agent funksiyasi e’lon qilindi

OpenAi agent funksiyasi e’lon qilindi. Endi ChatGPT faqat savollarga javob bermay, real vazifalarni bajara oladi.

Siz topshiriq yoki loyihani yuklasangiz, SI uni bosqichma-bosqich bajaradi: kerakli fayllarni tahlil qiladi, internetdan axborot topadi, hisobot tuzadi va hokazk.

ChatGPT agent nimalar qila oladi:
1. Kompyuterda mustaqil harakat qilish.
Agent brauzer, terminal, fayl tizimi kabi vositalardan foydalanadi: vebsaytlarga kiradi, formalarni to‘ldiradi, fayllarni yuklab oladi, kod yozadi va ishlatadi.

2. Ko‘p bosqichli vazifalarni bajaradi:
• Google Calendar’da uchrashuvlarni belgilaydi;
• OpenTable (va keyin boshqa xizmatlar) orqali restoran bron qiladi;
• Raqobatchilarni tahlil qilib, PowerPoint tayyorlaydi.

3. Kontaktlar va hisobotlar bilan ishlaydi.
Gmail, GitHub, Google Drive va boshqa ilovalarga ulanadi, fayllardan ma’lumot olib, hisobot shaklida chiqaradi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
👍7🔥32😱1
Bizda milliy mahsulotlarimizni jahon bozori uyoqda tursin, ichki bozorga olib chiqish ham samarali yo‘lga qo‘yilmagan deb o‘ylayman.
Misol uchun, xonatlasni olaylik, ming yildan beri bordir balki, lekin O‘zbekistondagi eng yaxshi, sifatli xonatlasni kim tayyorlaydi — buni bilmaymiz.
Bozor aylanib, do‘kon kezib, surishtirib, solishtirib olishimiz kerak bo‘ladi.
Namanganda ellikdan oshgan odamning hammasi Chust do‘ppi kiyadi. “Falon yuz dollarlik Chust do‘ppilar bor” deyishadi. Lekin men buni farqiga bormayman. Mobodo men qimmatbaho Chust do‘ppi sotib olmoqchi bo‘lib bozorga borsam, aldanib qolish ehtimolim juda yuqori.
O‘zim ma’lum vaqt bozorda ishlab, do‘ppifurushlarni ahvolidan xabardor bo‘lganim uchun bilamanki, eng ko‘p firibgar do‘ppi bozorida bo‘ladi ))
Hammasi “haqiqiy satin, qo‘l ishi, toza ish” deb, o‘n-yigirma barobar narx aytadi. Teng yarmini so‘rasangiz ham, yaxshigina qimmat olgan bo‘lasiz.
Alam qiladigani — qiynalib mehnat qilgan, ya’ni maydalab do‘ppi tikkan yoki bir tolani bir tolaga qo‘shib atlas to‘qigan hunarmand qolib, eng katta foydani olib sotarlar qiladi.
3–4 avloddan beri do‘ppi tikuvchilik, atlas to‘quvchilik qilayotgan oilalar bor. Qani endi shular o‘z brendlariga asos solishsa.
Korxonalari peshtoqiga, eng katta bobolari ish boshlagan paytga asoslanib, “1850 yildan beri” degan yozuvlarni yozib qo‘yishsa.
Litsenziyalar olib, o‘z mahsulotlariga mahsus yorliqlar qo‘yib, qalbakilashtirishga yo‘l qo‘ymasdan, o‘zlari chiqargan mahsulotlar modellarini raqamlab yoki nomlab, narxlarini tayin qilib xalqqa taqdim qilishsa.
Bizda ham “Baxriniso aya”ni “Injiq 25” do‘ppilaridan olibsiz-da, undan 100 dona tikilgan xolos. Hozir sotaman desangiz, kiyilgan bo‘lsa ham 3–4 barobar foydasiga sotasiz” degan gaplar yursa…)
Ovro‘podagi mashhur brendlar hammasi xuddi shu tartibda ishlaydi.
Dunyoga mashhur, bitta futbolkasi yoki tuflisi hozir falon ming dollar turadigan brendlarga oddiy bir chevar yoki kosiblar tomonidan asos solingan.
Ovro‘po hozir tayyorlashdan ko‘ra, sotishda, ya’ni marketingda o‘zib ketdi.
Ular insondagi his-tuyg‘ularni o‘rganib, shulardan foydalanib pul qilishyapti.
Ular kiyim emas — status sotishadi.
1000 dollarga futbolka olib kiygan odamga uning uzoq muddatga yarashi, yirtilmasligi muhimmi ?
Yirtilguncha kiyarmidi u? Keyingi model chiqquncha kiyadi xolos.
Uni ko‘rganlar egnidagi libos ipakdan yoki Misr paxtasidan tikilgan ekan deb o‘tirishmaydi, “falon brendning falon modelini kiyib olibdi” deyishadi, bo’ldi. Odamlarga shu kerak.
Ular mahsulotlarini sifat va hashamat belgisi qilib tanitishgan. Endi u qanday matodan to‘qilsa ham, o‘sha brend tomonidan, o‘sha brend logosi bilan chiqsa bo‘ldi.
Hozir Namanganda kostyum-shimlarni tindirib yuborishyapti. Sifat — Yevropaniki bilan bemalol tenglashadi. Lekin, loaqal ichki bozorga ham qoyillatib reklama qilishmayapti.
O‘z brendlarini shakllantirishdan ko‘ra, mashhur brendlar bilan shartnoma qilib o‘shalarga tikib berishyapti. Mayli, boshlanishida shuni ham qilish kerakdir — lekin shu bilan birga o‘z brendlarini ham tanitib borsalar, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Buyurtmachilar ertaga arzonroq, yaxshiroq tikuvchi topsa — o‘sha tomonga o‘tib ketaverishadi.
Biz o‘z mijozlarimizni, bozorimizni yaratishimiz kerak.

Keyin, brend nomlariga ham e’tiborli bo’lish kerak. Original nomlar tanlash kerak.
Mayli, bu yerga yozmayman-u, ba’zi ishlab chiqaruvchilar siyqasi chiqib ketgan inglizcha so‘zlarni qo‘’yib olishgan. U nom bilan jahon bozorida hech qachon o’rin topib bo’lmaydi.

Ibrohim Muhammad

@Teamwork_uz
33👍1🔥1
Қирқ ёшга чиқмаган йигитларга, укаларга тавсия: шу вақтгача асосий ишларни тез-тез қилиб қолиш керак. Масалан, китоб таржима қилиш ва ёзишда оладиган бўлсак, кейинчалик ишлар кўпайиб, қўлингиз китоб ёзишга тегмай қолиши, ижодингиз секинлашиб кетиши мумкин. Ўзимдан мисол қиладиган бўлсам, 2018-йилгача китоб ёзишдан бўлак ишим бўлмасди ҳисоб. Лекин 2018-йилда Ўзбекистон халқаро ислом академиясига ўқишга кирдим. Унда ҳам ҳарқалай китобларга вақтим бўларди. 2020-йилда магистратурани битирдим, бироқ ўша вақтда тарбия дарслари бошланди. 2021-йилда курсларим сони ошди. 2022-йилдан хусусий мактабда ҳам тарбия фанидан дарс беришни бошладим. 2023-2024-йилларда дарслар сони янада ошди.
Бу ҳолат ҳаммада турлича бўлиши мумкин. Аммо барибир ёшликда илм олиш ва илм тарқатиш, каръера қилиш, маълум поғонага чиқишда қаттиқ жидду жаҳд қилинса, 35-40 ёшдан кейин меҳнатингизнинг илк самараларини кўрасиз (Зиёвуддин Раҳим).
👍18
Buyurtma №1113#aktiv
👨‍💻 Mavzu: iOs tizimidagi mobil ilovani testlash kerak
📝 Vazifa: Ushbu mobil ilovani app store dan yuklab olib, ro'yxatdan o'tib main ya'ni eng asosiy qismini Iphone 13 pro/max qurilmalarida 17.6.1 versiyalarida testlab berish, dastur o'zini qanday tutayotganini video skrin qilib olish kerak.
Murojaat: @Mehrgoadmin
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Mobililova #iOs
Buyurtma №1114#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Ijtimoiy tarmoqda sahifa yuritish, reklama joylash
📝 Vazifa: Biz Ipar kompaniyasida biologik faol qôshimchalarni sotamiz. Sotuvni yoyish uchun instagram va telegramda sahifa yuritib, mahsulotlarimiz haqida ma'lumotlar joylamoqchimiz. Shu sahifalarni yuritib, reklama joylaydigan odam kerak.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Reklamavamarketing #SMM(ijtimoiytarmoqlarmarketingi)
👎4
Buyurtma №1115#aktiv
Onlayn magazin uchun tayyor dastur kerak (Admin Panel+Andoid APK Mijozlar uchun+Kuryerlar uchun APK+POS apparat bilan integratsiya bo'lishi kerak) batafsil Telegram: @rashidbek_polvonboyev

#Dasturlash #Mobililova #iOs#Androidilovalar
👍5👎5🔥21👏1