Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.06K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Time management aslida nima uchun kerak?

8 yil oldin kommersant.uz tahririyatida part-time jurnalist bo‘lib ishlaganimda time management haqida maqola yozganman. Bir qancha muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularga time management mavzusida savollar berganman.

Maqola ustida ishlash o’zimga juda qiziqarli bo’lgan. Ayniqsa tadbirkorlardan biri uchrashuvga 1,5 soat kechikkanida))) (kimligi sir bo’la qolsin)

O’sha inson suhbat davomida vaqtdan qanday foydalanishidan ko‘ra, o‘zi uchun nima muhim ekanini ko‘proq gapirgan. U har doim oilasini birinchi o‘ringa qo‘yishini, sport va o‘ziga vaqt ajratishni unutmasligini bir necha marta ta’kidlagan.

Shunda men bir narsani tushunganman:

Time management - hamma narsaga ulgurish emas, balki hayotdagi eng muhim narsalar/odamlar uchun vaqt topa olish ekan. Qanchalik band odam bo’lsang ham.

@latipovasamira
👍102
Buyurtma №1005#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Lugat dasturi uchun exel faylni DB faylga otkazib chiqish kerak.
📝 Vazifa: Exel faylda arabcha va Krilcha malumotlari bor bunga lotinchani ham qoshib ketish kerak. Shablon beriladi tayyor.
🕛 Muddati: 05.12.2024
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Компьютерныеуслуги #Компьютерныепрограммы
👍8🔥1
Forwarded from Farkhod Kamilov
[⚡️] Post loyihalar bilan ishlayotgan yoki biznesida o‘zgarishlarni amalga oshirayotganlar uchun

Men va jamoam yillar davomida tizimli biznesni joriy qilish va rivojlantirish hamda motivatsiyalangan jamoani yaratish ustida ishlaymiz. Bu jarayon daromad va foydaning muntazam natijalariga olib keladi.

Bugun siz bilan bo‘lishmoqchiman: bir necha oydan buyon O‘zbekistonda tizimli biznes va jamoa qurish haqida kitob yozmoqdaman. U real voqealar va amaliy keystarga asoslangan. Kitobimdan kichik bir bo‘lim.

Bosqich: Loyihani boshlash (Bu birinchi bosqich emas).

Bu bosqichda loyihani amalga oshirish guruhi va tuzilmasini aniqlash, manfaatdor tomonlarning kutishlarini qayta ishlash, vazifalarni taqsimlash, dastlabki ishlarni belgilash va loyiha boshlang‘ich arxitekturasidan foydalanish usullarini aniqlash kerak.

Men 9 muhim qadamni ishlab chiqdim va siz bilan bir vositani bo‘lishaman.

1-qadam: Ma’lumot almashish
Loyiha ishtirokchilarining hammasini o‘z vaqtida va shaffof ma’lumot bilan ta’minlash orqali tushunishni va ishtirokni ta’minlash.

Bosqichning maqsadi:

Yagona axborot maydonini yaratish, bunda barcha loyiha ishtirokchilari:
1. Loyihaning maqsadi, vazifalari va ularning ishiga ta’sirini tushunadi.
2. O‘z rollari va ulardan kutilayotgan xatti-harakatlar haqida xabardor bo‘ladi.
3. Loyihaning borishi haqida o‘z vaqtida, tushunarli va shaffof ma’lumotga ega bo‘ladi.
4. Savollar berishi, xavotirlarini bildirishlari va yaxshilash takliflarini kiritishlari mumkin.

Bosqichning asosiy vazifalari:

1. Qarshilikka sabab bo‘ladigan noaniqliklarni bartaraf etish.
2. Loyihada barcha ishtirokchilar harakatlarini muvofiqlashtirish.
3. Xodimlar va manfaatdor tomonlarning ishtirokini oshirish.
4. Muntazam va ochiq ma’lumot almashish orqali ishonchni saqlab qolish.

Amalga oshirish bosqichlari:
- Yagona axborot manbai yarating: masalan, ichki portal, umumiy chat yoki bulutli saqlash joyi;
- Loyihaning asosiy materiallarini tayyorlang: loyihaning maqsadlari, asosiy bosqichlari, kutilayotgan o‘zgarishlar va ular xodimlarga ta’siri;
- Axborot tadbirlari jadvalini ishlab chiqing, xodimlar yangilanishlarni qachon va qaerdan olishini bilishi uchun;
- Kommunikatsiya uchun mas’ul shaxsni tayinlang: barcha aloqa kanallarini boshqarish, ma’lumotlarni muntazam yangilashni tashkil qilish, loyiha ishtirokchilaridan fikr-mulohazalarni yig‘ish.
- Loyihaning boshlang‘ich taqdimotini o‘tkazing: loyihaning umumiy maqsadi va kompaniya uchun ahamiyati, kutilayotgan natijalar va muddatlar, loyihaning har bir ishtirokchisining roli, fikr-mulohaza olish mexanizmi.
- Yangilanishlarning format va chastotasini belgilang (masalan, haftalik hisobotlar, ikki haftada bir guruh uchrashuvlari, oylik yig‘ilishlar).
- Turli kanallardan foydalaning: odatda bu messenjer chatlari, oflayn uchrashuvlar.
- Yangilanishlarda faqat yutuqlarni emas, balki dolzarb muammolarni ham kiritib, shaffoflikni saqlang.
- Savollar va takliflar uchun qulay kanallar yarating: masalan, "G‘oyalar qutisi", xodimlar jarayonni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritishi uchun.

Keys:
Bir ishlab chiqarish kompaniyasida marketing va savdoni avtomatlashtirish loyihasi boshlanishi oldidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Korporativ messenjerda loyiha bosqichlari bo‘yicha qisqa videolar har hafta e’lon qilinadigan chat yaratildi.
2. Birinchi oyda loyiha ishtirokchilari bilan "savol-javob" formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, qo‘rquvlar bartaraf etildi va maqsadlar tushuntirildi.
3. Komunikatsiyalar bo‘yicha tayinlangan menejer har dushanba loyihaning borishi va yaqin rejalari haqida qisqa hisobotlar yubordi.

Insayt:
Muntazamlik va rostgo‘ylik kommunikatsiyalarda ishonchni hosil qiladi va o‘zgarishlarga qarshilikni kamaytiradi. Hattoki salbiy yangiliklar ham, agar to‘g‘ri taqdim etilsa, ma’lumot yo‘qligidan yaxshiroq qabul qilinadi.
👍5👎4🔥1👌1
Buyurtma №1006#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Интеграция 1с с bplanner
📝 Vazifa: bplanner это онлайн конструктор кухни и его надо интегрировать с 1с УНФ
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Программирование #Back-endпрограммирование
👍5
Buyurtma №1007#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Targetolog kerak
📝 Vazifa: Talab va takliflar bu yerda yozilgan:
https://telegra.ph/Targetolog-kerak-12-05-3
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Reklamavamarketing #Targetreklama
👍7👎7😁2
Buyurtma №1008#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Sayt qilish kerak Python django orqali
📝 Vazifa: Nasiya savdo doʻkoni uchun sayt qilish kerak mukkammal
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Sayttayyorlash #Sayt0dan
👎22👍4👌1
Buyurtma №1010#aktiv
👨‍💻 Mavzu: MenuBuilderBotga o'xshagan konstruktor bot yaratishda yordam kerak
📝 Vazifa: Murojaat: @alifcoder

Konstruktor bot yaratish konseptsiyasiga mukammal tushunadigan dasturchi kerak. O'zim ham dasturchiman, lekin botni scable qilib yaratishda yordam bera oladigan odam izlayapman.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: 300 000 so'm

#Dasturlash #Back-enddasturlash
😁32👎20👍5😱32
Ассалому алайкум, ҳурматли обуначилар!

Бир киши YouTube'да инглиз тилида мотивацион видеолар яратишга ҳаракат қиляптилар. Уларга лайк ва изоҳлар орқали қўллаб-қувватлашни унутмайлик!

https://youtu.be/9mI4ksMnUNc?si=GWWq4JBB2QO4kFwG
👍18👎3🔥1🙏1
Teamwork.uz (фриланс площадка)
Ассалому алайкум, ҳурматли обуначилар! Бир киши YouTube'да инглиз тилида мотивацион видеолар яратишга ҳаракат қиляптилар. Уларга лайк ва изоҳлар орқали қўллаб-қувватлашни унутмайлик! https://youtu.be/9mI4ksMnUNc?si=GWWq4JBB2QO4kFwG
Аслида бу инсонни шахсан танимайман. Бироқ, контент яратиш қанчалик қийинлигини ва дастлабки қадамларда инсонга ташқи далда қанчалик зарур ва муҳим эканлигини инобатга олиб, самимий ёрдам беришни истадим. Балки, бу контент шахсан менга ёки аудиториямизга қизиқ бўлмаслиги мумкин, аммо қўллаб-қувватлаш ва ёрдам бериш руҳи бизни тарк қилмаслигини истадим...
🔥202👍2👏2💯2
Forwarded from Islombek.dev
Ingliz tilingizni judayam yaxshilab, next levelga olib chiqish uchun 4 ta judayam foydali videolar topib keldim:

- How to speak like the 1% elite

- How to brilliantly articulate your opinions

- How I Became Articulate With My Speaking (5 Secrets)

- I learned a system for speaking articulately

Bular faqatgina ingliz tili uchun emas, sarlavhadan ko'rib turganingizdek umumiy judayam ko'p foydalar olsangiz bo'ladi.

@islombekdev
👍2
Buyurtma №1011#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Sotuv and Marketing Business Intelligence
📝 Vazifa: B2B Sotuv va Marketing metrikalarini kuzatish uchun BI Dastur yaratish
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Desktopdasturlar
Buyurtma №1012#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Start-Up uchun Co-Founder izlayapman
📝 Vazifa: Sotuv va Marketing boʻlimiga analitika dasturi yaratish kerak. 2+ yillik tajribamdan kelib chiqib, bozorga yetishmayotgan yechim taklif qilmoqchiman.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Desktopdasturlar
👏7👍1
Forwarded from Alisher Tojiyev
Assalomu alaykum azizlar, anchadan buyon aloqada yo‘q edim, chunki xudoga shukur loyihalar juda ko‘payib ketdi.

Ushbu postni ertangi kunda yoki hozir o‘zini loyihasini ishlab chiqayotgan har bir dasturchi diqqat bilan o‘qishini iltimos qilaman!

Sizlar bilan bir loyihamiz ustida ketayotgan mushohadalar ustida gaplashsak va manga maslahat beringizlar. Xullas, noyabr oyining birinchi haftasida Avto24 loyihamizni ishga tushirdik, loyiha faqatgina "Avto24:Shoxobchalar" modulini ishga tushirganmiz qolgan modullari ham tayyor lekin Energetika vazirligiga taklif bilan chiqqandik: "Bizda yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarini o‘zimiz ishlab chiqqan xaritada ko‘rsatib undagi qulayliklar, ishlash vaqtlari, sotilayotgan yoqilg‘i turlari va ularning mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot beradigan superilovamizning bir moduli bor shuni ishga tushirsak sizlardan faqatgina xalq orasidagi muammolarni aytsangizlar bo‘ldi agar imkoni bo‘lsa PR’ga yordam beringlar" degandik. Ularga bu taklifimiz ma’qul keldi va biz noyabr oyining boshida ilovamizni ishga tushirdik. 

Ilovani ishlash mexanizmi quyidagicha, undagi barcha ma’lumotlar Shoxobcha egalari uchun ishlab chiqilgan maxsus biznes paneldan keladi, agar ular ishlamayotgan bo‘lsa-yu lekin yopiq bo‘lsa ham ilovada ochiq ko‘rsatadi, bundan ko‘rinib turibdiki ilovada Shoxobcha egalari tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ko‘rsatamiz.

Hozirda qilgan mehnatimizga qo‘pol qilib aytganda tupurib qo‘yishmoqda!!! Ishlab chiqqan ilovamizni ma’lumotlarining aktual emasligiga biz sababchi bo‘lib qolmoqdamiz. Bloger tanishlaringiz bo‘lsa iltimosimni yetkazinglar, shoxobcha egalari ma’lumotni kiritmasa bizni ilova hech qanday aktual ma’lumotni olib kela olmaydi.

Lekin, quvvatlash stansiyalari bo‘yicha to‘liq integratsiya mavjudligi uchun ulardagi ma’lumotlar aktual hisoblanadi. Loyiha qanday ishlashini bilmasdan bakiro va boshqa blogerlar tomonidan boplab bo‘hton qilishmoqda, loyihani ishlab chiqishda ishtirok etayotgan istalgan dasturchidan so‘rashsin, bir amallab oylikka pul topib bu startapni qilganmiz hozir ham yangi modullar ustida ishlayapmiz. Tuhmat qilayotganlarga biz oddiy dasturchi bo‘lsak ham jazo borligini va qonun oldida javob berishlarini bilamiz. 

Jim turganligimiz bu "ilova tufta yoki chala" degani emas, o‘zlaridan bilib tushunishadi deb o‘ylagandim, afsus unaqaga o‘xshamadi. Hurmatli dasturchilar, mani taniydiganlar bilishadi man qanaqa insonligimni va 1000dan ortiq o‘zimga o‘xshagan oddiy oilalar farzandlarini o‘qishi-o‘sishi uchun harakatlarimni va ular bilan qanday qilib rivojlanib kelayotganimizni. (meni kechiringlar bu minnat yoki riyo emas) > Xullas, yordamingiz kerak.

Ilovani yuklamaganlar uchun: go.avto24.app
👍10👎41
Forwarded from Nazira Inoyatova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu inson bilan suhbat qurishimizni so'raganlar aslida bisyor bo'ldi.

Marhamat, 102 TV "Muvaffaqiyat kalitlari" podkasti qahramoni - "Yuksalish" maktablari asoschisi Muhammadali Eshonqulov.

@avtoradio102tv
@Muhammadali_Eshonqulov

To'liq video 👇

https://youtu.be/0QJDJpMVYyE
🔥2
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Nomaqbul fikrimni aytib qochaman👀

Instagramda shunaqa trend hozir, shunga TGda ham qilgim keldi


1. Agar tadbirkor Product manager-ni ishga olib, unga mahsulot bilan nima qilishni aytib o’tirsa, demak u aslida Project managerga Product degan pozitsiya berib sal ko‘proq maosh to‘layapti.

2. Ba’zi mutaxassislar faqat band ekanligini ko‘rsatib (имитация бурной деятельности), meeting-larda kun bo’yi o’tirishadi. Uchrashuvlar ishda hech narsani hal qilmaydi, biroq ularga lavozim yoki maosh bo‘yicha ko‘tarilish olib keladi.

3. Aksariyat tadbirkorlarda «нарцисстическое расстройство» bor, shuning uchun ularni qo’lida ishlaydiganlar laganbardorligi (paxtakorligi) ularga yoqadi. Ular yo o‘z o‘rniga yaxshiroq CEO-ni ishga olishadi yoki o‘z biznesini barbod qilishadi.

4. Sizdan zo‘r Product manager qiladigan bironta magic kurs yo‘q. Ko’p kurslardagi nazariy bilimlar, amalda kamdan-kam qo‘llaniladi. Xuddi shu narsa biznes kitoblarga ham tegishli. Tajribasiz nikak.

5. Konferensiyalardagi zo‘r spikerlar har doim ham yaxshi mutaxassis yoki qiziqarli suhbatdosh bo‘lavermaydi. Ba’zilari shunchaki IT-konferensiyalarda effektno chiqish qilishni bilishadi.

6. Ko‘p yirik blogerlar boshqa blogerlar ularni postlarda belgilashi uchungina do‘stlashishadi. Ko‘pincha bu do‘stlik va yaxshi munosabatlarning illyuziyasidir. PRda ishlaganimda ayniqsa Instagramdagi blogerlarning 70 foizidan ko‘nglim qolgan.

@latipovasamira
👍13👏1😁1
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yangilikni e'lon qilsam!

Bachkana, qaynona, qaynota hamda kelin mavsuzidan nari o'ta olmaydigan kino va seriallardan charchagan bo'lsangiz, yosh ijodkorlar Sizlar uchun oila davrasida ko'rish mumkin bo'lgan yangi veb-serialni taqdim etishadi. Veb-serial yoshlarni qiynayotgan aktual muammolarni yuzaga olib chiqish bilan birga, ularning asl sabablari nimada ekanligiga ham e'tibor qaratadi.

Ochig'i bir nafasda ko'rib tugatdim, yosh va ko'pchiligi havaskor ijodkorlar e'tiborni bunday darajada ushlab tura olishadi deb o'ylamagan edim. Sizlar uchun qattiq tavsiya qilaman, ayniqsa har bir yetakchi va rahbarlar ko'rishi kerak bo'lgan veb-serial. Ota-onalar uchun haqiqiy ko'zgu. Yosh ijodkorlarga gap bo'lishi mumkin emas, kichik xatolar ham hatto serialni bezab turibdi. Serial uchun bastalangan maxsus musiqa va yangi yuzlar odamga haqiqiy yoshlikni qaytarib beradi. Omad va faqat omad!

P.S. YouTubedagi serialning birinchi qismida yozib qoldirilgan eng mazmunli izoh egalariga ijodkorlar tomonidan maxsus sovg'alar taqdim etilar ekan.

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/T4swCbMEz7Y?feature=shared
👍131🔥1
Buyurtma №1013 — #aktiv
👨‍💻 Mavzu: нужно создать сайт для фонда и брендбук
📝 Vazifa: нужно создать сайт для фонда и брендбук контакт: @harmakh_is

🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Desktopdasturlar
👍2🔥21
Forwarded from Aziz Rahimov
Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.

Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.

Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.

Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.

Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.

Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…
🔥50👍15💯53👎2
Qo'llab quvvatlash jamoalarini bot yoki odam ekanligini biladigan CAPTCHA test ekan

@teamwork_uz
😁40👍4🔥1
Buyurtma №1013#aktiv
👨‍💻 Mavzu: UX/UI Dizayner kerak
📝 Vazifa:
Yangi startup loyiha dizayni uchun UX/UI dizayner kerak. Iltimos, portfolio jo'natgan holatda murojaat qiling!
🕛 Muddati: 27.12.2024
💰 Narxi: 1 000 000 so'm

#Dizayn #UI/UXdizayn
👎9👍6🙏2🔥1👏1