She'riyat olami.
329 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Nomardlar;

Ne tongki allalar ruhimni sabo, Bedor tun uygʻoqman kunduzim behol,
Mahzun taraladi maʼyus bir sado,
Qalbimga zahrini sochar bemalol.

Jondan aziz bilib mehru vafoni,
Mening topganimdir ikki ogʻiz soʻz.
Hayhot hayronu lol izlab davoni,
Dilimda dogʻ tilda afsuslar hanuz.

Haqiqatni hasta qilmoq istarlar,
Nedir maqsadlari nedir oʻylari.
Oʻzganing soʻnmogʻin tinmay qistarlar,
Birovning azasi boʻldi toʻylari.

Ne tongki allalar ruhimni sabo,
Bedorman tunlari ne erur bu hol.
Tun kun farqsizdir qalblari qaro,
Nomardlar mardlikni olarlar malol....

Saidabdulazizxon

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Audio
✍️ Malika Salimova
🎤 Sarvinoz Sarvarovna

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Malikangman SHAĢZODAM.

Qòshiqda bayotdagi
Vafo sadoqatdagi
Ertakmas hayotdagi
MALIKANGMAN SHAĢZODAM

Bu tosh yòllar yòl emas
Bizga yarashmas araz
Sen vafoli bòlsang bas
MALIKANGMAN SHAĢZODAM

Baxtga sòrab dunyoni
Gulga chulģab sahroni
Rad etdim ming shaydoni
MALIKANGMAN SHAĢZODAM

Ortda suyanch toģim sen
Kòzlarim qaroģim sen
Hamfikir òrtoģim sen
MALIKANGMAN SHAĢZODAM

Kelyapdi baxtning sasi
Muhabbatning nafasi
OLLOH bergan tuxfasi
MALIKANGMAN SHAĢZODAM

Dòst-u dushman kulmasin
Iģvo qilib yurmasin
Uyat bòlar bilmasin
MALIKANGMAN SHAĢZODAM.

UBAYDULLAYEVA BAXTINISO

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Tun...
Tun o'yga cho'mgan yolg'izim oyim,
Olislarga ketgan sog'indim jonim.
Qalbimda otilgan vulqon misoli,
Sevaman jonim sizni sevaman!
Yulduzlar keltirsa yorim izhorin,
Visol istab kutgan sizni men o'sha.
Oq yuzli dilbar axir men o'sha,
Sevaman jonim sizni sevaman!
Ishqim ado bo'lmas dardim bo'lishgan,
Hayotim mazmuni tog'dek suyanchim.
Men uchun qadrli qadri balandim,
Sevaman jonim chindan sevaman!
✍️ Kumush

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
«СИЗГА ТАЪЗИМ ДЕЙМАН ЭЙ УСТОЗЛАРИМ»

Мактаб остонасин илк бор қаршилаб, Бошимда гир эди кўп саволларим,
Нур сочган қалбимга қуёшга ўхшаб, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Ёзишни ўқишни ўргатган инсон, Буюк келажакка бўлдингиз нарвон, Қўлларим кўксимда сиз учун хар он, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Бирор иш ўзидан ўзи бўлмайди, Устоз кўрмай бирор зафар бўлмайди, Бугун сизни қутламай кўнглим тўлмайди, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Қанча ёш авлодга бердингиз сабоқ, Илм излаганга бўлдингиз чироқ, Саводим чиқарган миннатдан йироқ, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Ватан нелигини англадим сиз деб, Равнақига хиссам қўшяпман сиз деб,
Бўлсам қани мен хам Устозим сиздек, Сига таъзим дейман эй Устозларим!

Ўз йўлимни топишимда ўрни бўлак, Таълим бериб бизлар учун жони сарак, Устозларим барчасини қадри бўлак, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Машаққат йўлида толманг сира хам, Кулиб туринг тўқсон хатто юзда хам, Бирингиз Отам сиз бирингиз Онам, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Насиб этсин тангрим сиздек бўлмоқлик, Юксак андозани сиздан олмоқлик, Менга шараф сизга шогирд бўлмоқлик, Сизга таъзим дейман эй Устозларим!

Абдумуталиб Эргашалиев

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Navoiy

Besh asrdan oshdi chamamda,
Yurtda o‘tgan shunday fidoiy.
Davron surgan nazmiy chamanda,
Tani yerlik, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

,,Orazin yopg‘och "deya so‘zlab,
Lutfda ojiz qildi Lutfiyni.
Yashab o‘tdi haq yo‘lin izlab,
Har nochorning olib ko‘nglini.

Dunyo hali ko‘rganicha yo‘q,
Hech millatda bunday daxoni.
Unga baxo berganicha yo‘q,
Berolmaydi unga baxoni.

Beshta doston besh buyuk tog‘dir,
Yuksaklikka cho‘zgan qo‘lini.
Bizga qolgan bir nazmiy bog‘dir,
Ekib ketgan ming-ming gulini.

U o‘zbekning millat quyoshi,
Ziyo sochmish yurtga fidoiy.
Besh asrdan o‘tsa ham yoshi,
Hamon yashar, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

✍️ Hamza Eshmurodov.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
AZIZ SINFDOSHLARIM

Eslab yoshlik choĝlarim,
Kõzdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz? Bormisiz?
Aziz! Sinfdoshlarim!

Kõz oldimda kõzingiz,
Quloĝimda sõzingiz,
Kõrgim kelar õzingiz,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Shõxligimiz bir osmon,
Õynar edik shodumon,
Esingizdami? hamon,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy gõzal yuzlar,
Xali ham õshasizlar,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Har kun yõlingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz! Sinfdoshlarim!

Kõngli quchoĝidan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz! Sinfdoshlarim!

G'animatmiz õylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bõlaylik,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Abdumutalib Ergashaliyev

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
O'tib ketgan o'quvchilik payti kelsa,
Yoshligimning sho'x qo'shig'in aytsa edi.
Bor-u yog'im berar edim shu bir kunga,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Chopar edim quvonch bilan maktab tomon,
Sinfdoshlar ayriliqning dardi yomon.
Diydorlashib o'tirardik, shirinzabon,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Tinglar edim ustozlarim saboqlarin,
Yechar edim yecholmagan jumboqlarim.
Partadoshim, jondan aziz o'rtoqlarim,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Ilk sevgimdan bugun ayro bo'lmas edim,
Hijronlarning quchog'ida qolmas edim.
Sinfdosh qiz, armonginam, ox sevgilim,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Partalarda o'tirmoqning gashti bo'lak,
Shaxti bo'lak, yurakdagi axti bo'lak.
Quvonchi-yu, qayg'usi-yu baxti bo'lak,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

So'ngi onda qo'ng'iroqlar berdi sado,
Ko'zlarda yosh, qiyqiriqda yer-u samo.
Vaqt degani hech ham ortga qaytmas, ammo,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Hamza Eshmurodov.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
#sensiz...

***
Nigohim nigohing aksiga tashna,
Bóshliqqa uchadi ruhim qushlari.
Kónikish, armondan ayt ne foyda, dil!
Qalbim qitiqlaydi qismat ishlari.
Kel...

Kel...
Dardim quchoqlab birga yig‘laylik,
Sónggi sabrlarni tortqilaydi yel...
Gullarga o‘raymiz, gullarga o‘rab,
Daryoga sabrni chóktiramiz kel!
Kel...

Sabr arazladi, faqat qolding sen!

Feruza

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Sen tomonlar boshqadir balkim
Sezayapman, samoviy tal’at
Borligingga ishonchim komil
Lek ko‘rinish bermashing g‘alat

Balki mushkul bo‘lgani uchun
Kelmayapsan o‘zga olamdan
Yoki kelib qaytib ketdingmi
Ko‘ngling sovib bani odamdan

Ha, biz taraf anchayin chatoq
Urushamiz zarradek joyga
Bularni hal qilmasdan burun
Uy qurmoqchi bo‘lamiz Oyga

Bir tomonda otash -- tilsiz yov
O‘rmonlarni yoqib, qilar kul
Bizchi Marsda suv bormi deya
Sarflaymiz milyard-milyard pul

Qora qit’a ocharchilikdan
Azob chekar tekindan-tekin
Biz janoblar o‘rganayapmiz
Quyosh necha gradusligin

Ha aytgancha qidirayapmiz
Makoningni va aynan seni
Yerliklarda qolmadi mantiq
Olamingga olib ket meni...

Suvonqulov Bekzodbek

#muxlisminbari
@sheriyatuz
😔😔😔OJIZA AYOL😔😔😔
Tashvishdan yuzlari ketar sarg‘ayib
Bazida be majol qolsa mo‘ng‘ayib
Faqat sen Allohim o‘zing beayib
Ojiza ayolni panohinga ol

Qovirg‘a yaralgan sinib ketguvchi
Madori kuchi yo‘q toqqa yetguvchi
Lek tog‘ni mexridan zafar etguvchi
Ojiza ayolni panohinga ol

O‘ksinsa bulutlar yuborsa  yig‘lab
Osmon xam bag‘rini yevorsa tig‘lab
Nadomat dilini olsa gar dog‘lab
Ojiza ayolni panohiga ol

Dard cheksa dardini demangiz egov
Ichiga xasratlar yoqadi olov
Qismatga bosilgan sizga bu  sinov
Ojiza ayolni panohiga ol

FOTIMA NUR IJODI 28.01.2023 soat 06:00 da

#muxlisminbari
@sheriyatuz
ХАСАДГЎЙИМ...🔥

Соямга ҳам етолмай сан! Хасадгўйим.
Сан эмассан! дарду-фикрим, фақат ўйим.
Ғамим кўрма! кўргин мудом бахт-у тўйим.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Сенинг каби арзон-паскаш бўлолмайман!
Айбинг излаб сендек нокас бўлолмайман!
Савобларим узр сенга беролмайман.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Ахмоқмидим!? гунохларинг текин олар.
Ғийбат қилсам менда қандай савоб қолар?
Ғийбатчининг қалбин мараз, моғор олар!
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Мараз қалбдан айтчи, бир наф бўлармиди?
Бутун олам ундан кўнгли тўлармиди?
Яхши бўлса, ёки ғийбат қилармиди?
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Сенга мавзу, келгин ўзим топиб берай.
Зерикмагин. майда-чуйда, хато қилай.
Омадсиз сан! ғийбатчама, омад тилай.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Соямга ҳам етолмай сан! Хасадгўйим.
Сан эмассан! дарду-фикрим, фақат ўйим.
Ғамим кўрма! кўргин мудом бахт-у тўйим.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Муҳаммадрасул

Наманган 2023.01.27 11:30

#muxlisminbari
@sheriyatuz
ОЛИС УТМИШ.

Сукутдамиз иккимиз хам,
Сузлашгали сузимиз йукми.
Вакт утади утиб борар дам,
Нигохинг кадайди юракка укни.
Хаётни атадим сен ила гузал,
Сенсиз яшамок менга душвордир.
Чидадимку сен кетган махал,
Сенсиз хам танамда жоним омондир.
Бахорлар кайтмокда узгача эмас,
Фасллар алмашар уша-ушадир.
Ёнимдан утасан эгиб бошингни,
Кулингда тиллолар куша-кушадир.
Билдим.
Ёринг сени жуда хам севмиш,
Хатто кизгонармиш дайди еллардан.
Юрагим буткил сендан воз кечмиш,
Вафодор ахтарар узга эллардан.
Куп дамларни бирга утказдик,
Хотира эмасми энди барчаси.
Мухаббат кушини нега бузлатдик,
Хамон очик турар уйим дарчаси.
Хаёлларим кулгили бари,
Илож булса ортга бир кайтмок.
Ушал жойда бир бор сен билан,
Егим келар яна музкаймок.

Сукутдамиз иккимиз хам...

Рахматулло Хужаев (Ошик Рахмат)

#muxlisminbari


@sheriyatuz

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAAD5sz0pDjeFn_IXLJg
Forwarded from She'riyat olami.
Navoiy

Besh asrdan oshdi chamamda,
Yurtda o‘tgan shunday fidoiy.
Davron surgan nazmiy chamanda,
Tani yerlik, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

,,Orazin yopg‘och "deya so‘zlab,
Lutfda ojiz qildi Lutfiyni.
Yashab o‘tdi haq yo‘lin izlab,
Har nochorning olib ko‘nglini.

Dunyo hali ko‘rganicha yo‘q,
Hech millatda bunday daxoni.
Unga baxo berganicha yo‘q,
Berolmaydi unga baxoni.

Beshta doston besh buyuk tog‘dir,
Yuksaklikka cho‘zgan qo‘lini.
Bizga qolgan bir nazmiy bog‘dir,
Ekib ketgan ming-ming gulini.

U o‘zbekning millat quyoshi,
Ziyo sochmish yurtga fidoiy.
Besh asrdan o‘tsa ham yoshi,
Hamon yashar, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

✍️ Hamza Eshmurodov.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.


Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
"Ózimdan òzgacha taqdir istadim"

Daryo misol oqmoqda lahzadek qonim
Bu ojiz tanamda qolmadi jonim
Falakka gardish urdi ohu fig'onm
Qalbingga yuraginga kirgan zahotim

Ismingdan o'zgasin aytmas so'zlarim
Ko'nglimda porlaydi ajib hislarm
Ko'zlaringa tushganda ohu ko'zlarm
Ózimdan òzgacha taqdir istadim.

Ravshonovna Madina

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Sevgimni osmonlar sezdilar
Sevgimni yomonlar sezdilar
Armonlar bag'rimni ezdilar
Xali xam sezmading bilmading

Andisha og'ritar jonimni
Xijronlar ichmoqda qonimni
Sen uchun baxsh etdim borimni
Xali xam bilmading sezmading

Ro'ziyeva Nilufar.

#muxlisminbari

@sheriyatuz
ОЛИС УТМИШ.

Сукутдамиз иккимиз хам,
Сузлашгали сузимиз йукми.
Вакт утади утиб борар дам,
Нигохинг кадайди юракка укни.
Хаётни атадим сен ила гузал,
Сенсиз яшамок менга душвордир.
Чидадимку сен кетган махал,
Сенсиз хам танамда жоним омондир.
Бахорлар кайтмокда узгача эмас,
Фасллар алмашар уша-ушадир.
Ёнимдан утасан эгиб бошингни,
Кулингда тиллолар куша-кушадир.
Билдим.
Ёринг сени жуда хам севмиш,
Хатто кизгонармиш дайди еллардан.
Юрагим буткил сендан воз кечмиш,
Вафодор ахтарар узга эллардан.
Куп дамларни бирга утказдик,
Хотира эмасми энди барчаси.
Мухаббат кушини нега бузлатдик,
Хамон очик турар уйим дарчаси.
Хаёлларим кулгили бари,
Илож булса ортга бир кайтмок.
Ушал жойда бир бор сен билан,
Егим келар яна музкаймок.

Сукутдамиз иккимиз хам...

Рахматулло Хужаев (Ошик Рахмат)

#muxlisminbari


@sheriyatuz

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAAD5sz0pDjeFn_IXLJg
SEVGI VA NAFRAT

Bahor zumda qishga aylanib,
Yoqqan qorni ne foydasi bor,
Sevmay soxta yorga aylanib,
Sevgan yorni ne foydasi bor.

Kunduzlaring tunga õxshaydi,
Tunlaringchi kunga õxshaydi,
Yoningdagi eng yaqin inson,
Begonadek bõlib yashaydi.

Shuda azob shu achchiq qismat,
Armon bõlib qolsa muxabbat,
Kõzlar kõzga tushgan joĝida,
Tõqnashadi sevgi va nafrat.

Bõlaklarga bõlingan sur'at,
Qachonlardir kõzim oldida,
Arzimagan xato tufayli,
Ayro bõldik hayot oldida.

Afsuslardan kõzlar tõla yosh,
Eslab meni yuraging tõlar,
Tugaganda toĝdayin bardosh,
Ovunchoĝing farzanding bõlar.

Qaytsa deysan yillar ortiga,
Xatolarim tuzatsam deysan,
Qaytmas endi yillar ortiga,
Tishni tishga qõyib yashaysan.

Ey birinchi muxabbatginam.
Xazonlarga burkanib bõlding,
Meni sevib yasharsan biroq,
Begonaga õrganib bõlding.

Abdumutalib Ergashaliyev
#muxlisminbari
@sheriyatuz
#sensiz...

***
Nigohim nigohing aksiga tashna,
Bóshliqqa uchadi ruhim qushlari.
Kónikish, armondan ayt ne foyda, dil!
Qalbim qitiqlaydi qismat ishlari.
Kel...

Kel...
Dardim quchoqlab birga yig‘laylik,
Sónggi sabrlarni tortqilaydi yel...
Gullarga o‘raymiz, gullarga o‘rab,
Daryoga sabrni chóktiramiz kel!
Kel...

Sabr arazladi, faqat qolding sen!

Feruza

#muxlisminbari
@sheriyatuz