She'riyat olami.
331 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M) via @like
Qanday yakun topishidan qatiy nazar kimnidir yoqtirish dunyodagi eng shirin tashvish
bo'lib qolaveradi...

@Maftun_boldim
Ko'mak


Chag'alaylar faryodi tutgan havoni,
Daryo to'lqinlari qirg'oqni yuvgan.
Baliqchi hayqirib, deydi: - xaloyiq!
Cho'kkan ko'rinadi baliqlar suvga!

Nega anqayasan, qo'lingda chelak?
Yugirsangchi tezroq, odamlarni chaqir!
Baliqlarni tezroq qutqarmoq kerak,
Do'stlik og'ir kunda bilinar axir!

Boshqa baliqchi der, boshini qashib,
Baliqlarni o'ylab, g'amgin yuvinib:
- Xashar yo'li bilan, chelaklab tashib,
Quritsakchi daryo suvini?..

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
ХАЁЛ ХИЁНАТИ
Висол эҳтиросни эрмаклаб қайтар,
Шамоллар анор ранг юзимни силар.
Орзу юрагимга эртаклар айтар,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Сархуш-сархуш дийдор они чулғайди,
Қўлимдан тутмоқчи бўлди ўзга ёр.
Ўткинчи туйғулар қачон улғайди,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Дил ўйинин кимдан сўроқлаб чиққум,
Баҳор ташрифидан нималар тилар.
Армоннинг юрагин пичоқлаб чиққум,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Кўзимни очаман, борлиқ қоронғу,
Шошаётган умрим саробни элар.
Настарин гулларин етаклар оғу,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Керилиб туради беқарор дунё,
Меҳрим ўчоғида эрийди қорлар.
Ўзганинг сандиғин титкилаб гўё,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Тантиқ эркаликлар елкамдан тушди,
Ҳаёт кимдан нима сўрашни билар.
Тонгдаги шудринглар бўйнимдан қучди,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.

@sheriyatuz
Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

Usmon Azim
@sheriyatuz
SEVGI VA NAFRAT

Bahor zumda qishga aylanib,
Yoqqan qorni ne foydasi bor,
Sevmay soxta yorga aylanib,
Sevgan yorni ne foydasi bor.

Kunduzlaring tunga õxshaydi,
Tunlaringchi kunga õxshaydi,
Yoningdagi eng yaqin inson,
Begonadek bõlib yashaydi.

Shuda azob shu achchiq qismat,
Armon bõlib qolsa muxabbat,
Kõzlar kõzga tushgan joĝida,
Tõqnashadi sevgi va nafrat.

Bõlaklarga bõlingan sur'at,
Qachonlardir kõzim oldida,
Arzimagan xato tufayli,
Ayro bõldik hayot oldida.

Afsuslardan kõzlar tõla yosh,
Eslab meni yuraging tõlar,
Tugaganda toĝdayin bardosh,
Ovunchoĝing farzanding bõlar.

Qaytsa deysan yillar ortiga,
Xatolarim tuzatsam deysan,
Qaytmas endi yillar ortiga,
Tishni tishga qõyib yashaysan.

Ey birinchi muxabbatginam.
Xazonlarga burkanib bõlding,
Meni sevib yasharsan biroq,
Begonaga õrganib bõlding.

Abdumutalib Ergashaliyev
#muxlisminbari
@sheriyatuz
Ўз ўрнига тушди ҳаммаси,
Сокинлашди юрак зарблари.
Бунча аччиқ соғинчнинг таъми,
Бунча ширин севги дардлари...

Чиқиб, тушдим осмонга,
Кейин,
Яна ерни ўпди изларим.
Оқаётган кўз ёши эмас,
Оқаётган менинг кўзларим!

Мен учишни ўргандим,
Аммо,
Қуш бўлишни уддалолмадим.
Сен омади юришган овчи,
Бароридан келган ов эдим.

Йиллар,кунлар...
Карвонлар ўтди,
Тош боғлади ҳар жуфт киприклар.
Ҳаётингни ёритсин энди,
Мен ўт қўйган барча кўприклар!

Малика Салимова

@Sheriyatuz
Ko'mak


Chag'alaylar faryodi tutgan havoni,
Daryo to'lqinlari qirg'oqni yuvgan.
Baliqchi hayqirib, deydi: - xaloyiq!
Cho'kkan ko'rinadi baliqlar suvga!

Nega anqayasan, qo'lingda chelak?
Yugirsangchi tezroq, odamlarni chaqir!
Baliqlarni tezroq qutqarmoq kerak,
Do'stlik og'ir kunda bilinar axir!

Boshqa baliqchi der, boshini qashib,
Baliqlarni o'ylab, g'amgin yuvinib:
- Xashar yo'li bilan, chelaklab tashib,
Quritsakchi daryo suvini?..

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
Атрофимда дунё ваҳшат солар,
Юрагимда эса аждарҳо – оҳанг...
Азизим, энди фақат фожеа қолар –
Сен ҳам кетсанг.

Дунёни “ёлғончи” де – тонмайди
Унда қалбим топган ёруғ чин – ўзинг.
Сен ҳам кетсанг, ҳеч нарса қолмайди –
Фақат сўзим!.. Беомон сўзим.

Жонимдан айирган ҳақиқатсан айни,
Сенсан – Момо Ҳаводан қолган гуноҳ.
Сен ҳам кетсанг, ҳеч нима қолмайди –
Фақат арзимас бир дунё!..

Усмон Азим
“Юрак” китобидан

@sheriyatuz
Kitobning oxirgi varog'ini yopayotib, o'zingizni go'yoki yaqin do'stidan ayrilgan kishidek xis qilsangiz - bu siz yaxshi kitob o'qiganingizdan dalolat beradi.

@sheriyatuz
Umr
qisqa...
Armon bepoyon...Qaydan
keldi?! ketarkan qayon?!.Faqat
bitta haqiqat
ayon...Qachonlardir
uchrashamiz, biz!!!Sog'inaman
sizni-nafasda... Og'riyverar bu
yurak-hasta...Yashasak ham
ayro, olisda...Qachonlardir
uchrashamiz biz!!!Ba'zan ayon,
ba'zida gumon...Qiynar dilni,
o'rtaydi yomon... Omon
bo'lsam, bo'lsangiz
omon...Qachonlardir
uchrashamiz, biz!!!

@sheriyatuz
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Yulduzlar menga shu qadar yaqin tuyuladiki, ulardan birini otashkurak bilan qimchib olib sigaret tutashtirsa bo'ladiganday.

@sheriyatuz
Ular unut gulxanning so'nggi cho'g'lari singari yallig'lanadi. Naqadar go'zal va sirli osmon!

@sheriyatuz
Sening nigoxing nurlari ham million yil burun yo'lga chiqqanday, bugungi nigoxing nurlari menga million yildan keyin yetib keladiganday tuyuladi, sevgilim!

@sheriyatuz
Ajoyib havo ! Hamrohlar chiqdi yo`lga. Men va Hayolim . . .
#hokku @sheriyatuz
Sukunat

Yolg'iz kezinasan o'tloq tomonda,
Ko'rinmaydi kuzgi yo'llarda birov.
Sigiring izlaysan kuzgi tumanda,
Qoshu kipriginga qo'nadi qirov.

Bog'lar sukunatga, xayolga botgan,
Yostiq qilib yotar jimlik kovushin.
Tinglash uchun asta uchib tushayotgan,
Yaproqlarning mungli tovushin.

✍️ X.Vulqon
@sheriyatuz
УНВОН

Эринмасдан ёзасан секин,
Битта сен зўр, қолганлар ёмон.
Фан доктори бўлдингу, лекин
Инсонликка номзодсан ҳамон.

© Иқбол МИРЗО

@Sheriyatuz
SOFDIL
Sokin tunning sayriga
Taklif etdim qaytmading
Qaytmading o'zgani
Sevishingni aytmading.
Sen ketding, qalbingning
Izi qoldi yodimda,
Sutday oydin kechaning
Òzi qoldi yonimda.....

Abdulla Oripov

@sheriyatuz