She'riyat olami.
327 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Bugun yana yurakda sog'inch
Mehringizni sog'indim ona
Qalbim ezar armonli o'kinch
So'zingizni sog'indim ona
Mehr ila kulib yurardiz
Ko'zingizni sog'indim ona
Erkalatib quchib qo'yardiz
Bag'ringizni sog'indim ona
Tushlarimga kiring onajon
Sizla bir zum suhbat qurayin
Sog'inchlardan yurakkinam qon
Diydorizga bir bor to'yayin
Bag'ringizga boshimni qo'yib
Dartlarimdan forig' bo'layin
Uyg'onganda tongda onajon
Bolalikka qaytib qolayin
Atrofizda bo'lib parvona
Ne desangiz yelib qilardim
Yoningizdan bir jum jilmadsan
Sizga sodiq farzand bo'lardim.

Abduhakimova Nafisa.
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Ilimsizga ilim na kerak!!!


Ilimsizga ilim na kerak...
Choʻlni sugʻoribsiz zilol suv bilan...
Tashnalikda yongan, niholga qarang...
Sargʻayib qolibdi, turibdi arang..
Suvlarni koʻrmagan shudiringga zor...

Ilimni bering siz koʻkarsin bogʻlar...
Bir biriga teng kelmas turadi togʻlar...
Qutqarib qoldi bir kuni gʻorlar...
Ilimni ichiga yutgan insonlar...


Qoʻying siz qiynamang ilimsizlarni...
Kimsasiz adashgan bilimsizlarni ...
Chopmang siz ortidan chiqmaydi sado...
Koʻzlari ijizdur qancha insonlar...
Shohista iy jahon
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Hasratlarim yuvoldimi ayt...
Tigʻ urmasdan boʻlgansan yara..
Olib ketgin yuraging mana...
Sensizlikka koʻnoldimku qara...

Eslamayin aytgan soʻzlaring..
Vafosi yoʻq jodu koʻzlaring...
Qaro boʻlar bir kun yuzlaring...
Sogʻichlarda yashadi, bir kun qalblaring...

Istirobda bir kun oʻlibsan...
Yonginangda turadi sarob ..
Sen barchaga kerak boʻlganda...
Mensizlikda bu holing xarob...
Shohista iy jahon
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Onam
Boshimda tik Turib
Tunni o'tkazgan
Bu mening onamdir
Yagona onam
Menga tikan kirsa
Unga sanchilgan
Bu mening onamdir
Yagona onam
Qalbimga mehr
Urug'in ekkan
Men uchun hatto
Jonidan kechgan
G'amgin yursam
Alamlar chekkan
Bu mening onamdir
Yagona onam
Ba'zida urishib
Tanbehlar bergan
Yutuqlarga erishsam ko'ksini kergan
Mening taqdirimda
Baxtini ko'rgan
Bu mening onamdir
Yagona onam

Imomova Navbahor
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Alqissa kimgadir beribsiz taʼlim...
Oʻzingiz uchunmi kimga mualim
Yosh bir niholga chang zolsa zolim...
Sizlar bor boʻlingiz ustoz muallim ...


Qoʻlimiz kaftiga kitob tutqazib ...
Tafakkur qulufin qalbga ochirib
Mashʼala olovin, baralla yoqib
Ertangi hayotga kuzatasiz siz..
Sizlar bor boʻlingiz ustoz muallim...

Hayotda yiqilsam turgizgan ilim...
Saboqdir yoʻlimda, siz bergan bilim...
Alqissa yaralur, siz ila tilim...
Sizlar bor boʻlingiz ustoz muallim.....

Shohista iy jahon
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Men sevildim, sevdim quvondim.
Men sevgingga qattiq ishondim.
Ming hayratla boqdim dunyoga,
Ayriliqda vo ajab yondim.

Ezozlagan sevgimiz uchun,
Kurashmadik, yengildik qara.
Ko‘rsatmadik muhabbat kuchin,
Shum taqdirga bo‘dik masxara.

Bizlar ishqning asli qurboni,
Oshiqlardek ko‘rmadik visol.
Har ko‘ngilda sevgi armoni,
Har ko‘ngilda ming bitta savol.

SHu ishq deya ko‘zlarim basir,
Nolalarim ko‘tarar faryod.
Xiyla qildi bizlarga taqdir,
Xiyla qildi bizlarga hayot....

Asal Saidova.
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Bu vatanning gulzorlari, bog‘lari bor.
Bu vatanning yuragida dog‘lari bor.
Xalq dushmani,hoyin deya shahid ketgan,
Fitratdayin, Usmondayin tog‘lari bor.


Bu vatanning tuzlig‘ini totganlarni,
O‘zligini, o‘z elini sotganlarni.
Kechirmagil, keschirmagil ona yurtim,
Oyoqlari xiyonat ga botganlarni.

Vatan qadrin bilmas kishi asli xordir.
Vatan, mehring bilan qizing qaddi dordir.
SHu tuproqqda unib o‘sgan har insonning,
BAXTI BORDIR, BAXTI BORDIR, BAXTI BORDIR.
Asal Saidova
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Sizning olamingiz bunchalar yorug'
mening olamimda mudom tobelik.
Mening olamimdan etolgan forig'
sizni olamingiz bezaydi hurlik.

Sizning olamingiz bunchalar masrur
mening olamimni tole qarg'agan.
Mening olamimdan ketolgan g'urur
sizning olamingiz ko'shkka joylagan.

Sizning olamingiz buncha faraxbaxsh
mening olamimda qayg'u shoh, farrosh.
Mening olamimni tark etgan yashash
sizni olamingiz etgan ko'rkam, yosh.

Sizning olamingiz bamisli jannat..

Tamara Rashidova
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Кўникиш

Ўтиб кетти, эххе елдай қанча вақт,
Дилдан оғир тошлар кетдилар эриб.
Сезмагандим недур бу дунёда баҳт,
Беш йил аввал сизга қалбимни бериб.

Суймасангиз нетай, суйкалиб сизга?
Яна тўлдирмайин дилга дарду-ғам,
Кўринмасдан, кетдим кўзларингизга,
Уч йил бўлди, бир бор учрашмадик хам.

Шунчаки ёд олдим эски хисларим,
Ва сизга атадим ушбу битикни.
Юрак хам барига кўниб кетди жим,
Ўрганиб­-ла олдим соғинмасликни.

Ўргандим, севгини мушкулдир топмоқ ,
Ва уни йўқ жойдан изламасликни.
Хар замонда ёдингиз қийнайди бироқ ...
Ўрганиб олсам бас эсламасликни.

Фирдавс Муҳаммад

#tanlov uchun
@sheriyatuz
Qiynaldim pand yedim jonim ayamadim,
Dòst dedim yor dedim òzim òylamadim.
Bitta bòlib bir kunimda zor bòldim,
intizor bòldim,
Qaytmadi.
Ozorlar ichim tirnar,
Odamlar sabrim sinar,
Tegmasam turtishar
Ajishar alam,
Qaytarmadim.
Ketsa baxt qaytmas ekan,
Kelsa dart aytmas ekan,
Keksa vaqt sekin-sekin òtmas ekan, òtmas ekan
Qaytarolmadim.
Har sababda bir hikmat,
Zulmat,zulmat va zulmat,
Yo kòzim ojiz yashashdan ne maqsad,
Anglolmadim.
Sevdimu sevilmadim,
Ezildim egilmadim,
Bitta dilim oldirib men yana yengilmadim,
Dardim qabrim.
Aytolmadim.
Mana kuz mana xazon birma bir tòkilar,
Olis quyosh tafti yòq tikilar kòp tikilar,
Arzon umrim ich-ichidan sòkilar xòp sòkilar,
Tutolmadim...
Xolmurod òģli
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Boshqacha...

Biri Layli,
Birlari Shirin,
Bir-biriga
Aytishib sirin,
Qiqir-qiqir kulib
Bir-birin,
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Bilmam, qanday hayol
O'yida,
Kulsa ko'ngil kuyar
Ko'yida,
Sirlashib jim,
Ariq bo'yida,
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Ular,
Atlas
Ko'ylagin kiyib,
Bir bor boqsa,
Yuragim kuyib,
Qoshlariga
O'smalar qo'yib,
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Bag'ri - dilim
O'tlarga solgan,
Yo'lim kutib
Ko'zlari tolgan,
Tushlarimda
Qo'l qoqib qolgan,
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Ko'ngillari
Tor bo'lgan o'sha,
Armonlarga
Yor bo'lgan o'sha,
O, bo'ynimga
Dor bo'lgan o'sha -
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Beor yillar
Olib ketgan gul,
Qismatidan
Nolib ketgan gul,
EKRAN larda qolib ketgan gul -
Sochin o'rgan qizlar
Boshqacha...

Samanda
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Qishlog‘im
O‘tmoqda bu yillar yugurik,
Bir ochib yumguncha ko‘zimni.
Yillarning bag‘ridan izlayman,
Topay deb o‘zimdan, o‘zimni.

O‘zgardi jajji qiz bo‘ylari,
O‘zgardi sodda qiz o‘ylari.
Olisda bo‘lsamda gar sendan,
Bir faqat o‘zingni o‘yladim.

Qo‘limda chuchmoma, qizg‘aldoq,
Qiringda yugurdim, yeldim men.
Yo‘limga ey mushtoq qishlog‘im,
Olisda qadringni bildim men.

Yulduzlar sanardim tunlari,
Ertaklar aytardi ko‘kda oy.
Mehribon bobomdan yodgorim,
Bobomdek suyugim Yo‘llisoy.

Toleim tilaysan qishlog‘im,
Sen uchun haliyam bolaman.
Yel kabi uchaman yoninga,
Men seni sog‘inib boraman.
Bag‘ringa talpinib boraman.

Asal Saidova.
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Yomg'ir.

Yuvib ketgin,yomg'ir,dardimni,
Senga ochganman bu ko'nglimni,
Aytganman ilk muhabbatimni,
Yuvib ketgin,yomĝir,dardimni.

Tomchilaring shiddatla tushar,
Zarrang tilkalasin tanimni.
Yurak,balki,yorni unutar,
Yuvib ketgin,yomg'ir,dardimni.

Men bilan o'shal bevafo yor,
Bizlar birdek sevardik seni.
U ketdi,ishonganim sen bor,
Yuvib ketgin,yomg'ir,dardimni.

Mayli,og'risin,men chidayman,
Parcha-parcha qil yuragimni.
Endi yorsiz qanday yashayman?
Yuvib ketgin,yomg'ir,dardimni.
G'olibjon Sirojov
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Virtual olam

Bu olamda yolg’onlar bisyor,
So‘zi shirin aldovchilar bor,
bitta so‘zni aytaman takror,
O‘zingizni qutqaring do‘stim.

Ko'ksingizga sig'mas puch yong'oq,
tilingizda gumon, safsata.
Nuqta qo'ying axir bariga,
O'zingizni qutqaring do'stim.

Xayollarda qolib ketmang siz,
hayotiga kirgizmas ular,
ular ro'yo, ular sur chalar,
O'zingizni qutqaring do'stim.

Axir hayot tamoman bo'lak,
iboratmas shirin aldovdan,
yosh umringiz yanchuvchi ovdan,
O'zingizni qutqaring do'stim.

Zeriksangiz mutolaa qiling,
mehr bering yerga, samoga,
lek o'zini aldovchilardan, O'zingizni qutqaring do'stim.

Tamara Rashidova
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Umr charxpalakmas, aylanmas birdek,
Yolg'ondir taqdirning mo'jizalari.
Kimlarnidir bugun so'ngi bor ko'rdik,
Kimnidir hech qachon ko'rmadik hali.
Yaxshilik qilganmiz iddao qilmay,
Yomonliklarni ham chunon qilganmiz.
Aslida yuramiz o'zimiz bilmay,
Qaygadir so'ngi bor borib bo'lganmiz.
Unutib qo'yamiz xudoni ba'zan,
Go'yo hayot birdek bardavom, so'lim.
Balki bizni izlab uzun ro'yxatdan,
Eshikning ortida turgandir o'lim. Alibek Eshnazarov
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Yillarning qayg‘usi ko‘ksimda,
Seningsiz hijronda o‘rtandim.
Sochlarim siladi hijronlar,
Sevgingsiz yashashni o‘rgandim.

Hayotga egmadim qaddimni,
Xotirang bir shirin ertakdur.
O‘rgatding SUYISHNI, KUYISHNI,
SEVISHNI o‘rgatding tashakkur.

H.Olimjon va Zulfiyaxonimga atab.
Asal Saidova
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Qorli kechalarda uchdi qarg'alar,
Sokin ufqlarda xiralangan oy.
Jimjitlik hukmron bo'lgan lahzalar,
Sen ham uxlayolmay bedor xoynahoy.
Mendaku qog'oz va qalam bor, yaxshi,
Ovunchoq bo'ladi biror satr she'r.
Sening orominga ne bo'ldi qarshi,
Sening uyquyingni qay hissiyot yer.
Qay tuyg'u ezadi seni azizim,
Nechun ko'zlaringda toliqqan kiprik.
Bo'ldi bas yig'lama, qora qoshligim,
Bo'ldi yetarlicha ko'z yoshlar to'kdik.
Nima yig'latmoqda seni iznsiz,
Labingni titratgan ismim emasmi?
Nega hayollaring turfa tizimsiz,
Yana esladingmi ishqingdan mastni?
Taqdirning tuxfasi bo'lgan ayriliq,
Odamni ezarkan, odam o'lmaskan.
Yasholmayman derdim jilmayib siniq,
Ishon sensiz rostdan yashab bo'lmaskan...
Qishning soching kabi uzun tunlari,
Meni ham hayolga etganida g'arq.
Mendan ketganingdek ko'nglim dilbari,
Seni osongina etolmadim tark.
Qarg'alar uchadi qorong'u osmon,
Bulutlar ortidan oyni izlayman.
Sovuq qish kunlari kelganda hamon,
Qor yog'ganda hamon seni eslayman...

Alibek Eshnazarov.
#tanlov uchun
@sheriyatuz
"Izlaysiz"

Men sevsam mendayin sevolmaganlar,
Sevsam-chi sevgimni soxta deganlar.
Sevgimni ezg'ilab ezib yanchganlar,
Ko'rasiz bir kuni meni izlaysiz.

Bo'lar-bo'lmas gapni g'iybat qilganlar,
Yiqilsam ustimdan rosa kulganlar.
Yiqilishimga ham sabab bo'lganlar,
Ko'rasiz bir kuni meni izlaysiz.

Umrim-ku o'tdi-da birov g'amin yeb,
Birov-chi ustimdan kuldi ahmoq deb.
Qani o'shal bizning shoir yigit deb,
Ko'rasiz bir kuni meni izlaysiz.

Izlamang u payti ketgan bo'laman,
Arshi a'lo taraf yetgan bo'laman.
She'rlarim meros deb ketgan bo'laman,
She'rimga termulib meni eslaysiz.

Bozorov Sardor

#tanlov uchun
@sheriyatuz
YONIB TURGAN KOZLARINDAN
TOPDIM HAYOTNI
KULIB TURGAN YUZLARINGDAN
TOPDIM HAYOTNI

YONIMDASAN JONIMDASAN
KOKSIM QALQONDUR SENGA
YOLLARIMDA OYLARIMDA
JONIM BOLAJON

ETAY SENGA DUNYOLARNI TORTIQ
KOZ OCHIB SEN KORGANIMSAN
JONIMDANDA ORTIQ
JONIM BOLAJON

KELAR SENI HIDLARINGDAN
JANNAT ISI
JAJJI QOLING YUZLARIMDAN
SILAB QOYSA ORTAT MENDA
OTALIKNING MAG'RUR HISI

OYNA KULGIN JONIM BOLAM
KATTA BOLGIN
GODAKLIKDAN YIGITLIKKA
QADAM QOYGIN

QARISAM GAR XASSAGAMAS
YELKANGGA SEN SUYAB QOYGIN
JONIM BOLAM TOG'IM BOLAM
BORIM BOLAM

Sultanov.Sardor
#tanlov uchun
@sheriyatuz
Учлик
Шаббодалар секин юзинг силаса
Кукатлар хидидан айланса бошинг
Бу--бахордан дарак

Багрингни ёндирса афсонавий хис
Сузсиз илтижоли бокаётган куз
Бу--севгидан дарак

Унинг мехри билан оламан нафас
Усиз дунё менга мисоли кафас
Бу--дустликдан дарак

Рузанова Мастура отинойи
1990
#tanlov uchun
@sheriyatuz