She'riyat olami.
329 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
Forwarded from She'riyat olami.
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo’ldum.

Labing gar bermasa bo’sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.

So’rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so’z bila ko’rungki muncha xo’rdadon bo’ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko’rsattim,
Vale oxir malomat o’qlarig’a-o’q nishon bo’ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o’q hamdoston bo’ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,
Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

#BoburDay @sheriyatuz
Yodingdami o'sha qor, do'stim?
Bultur ko'rgan edik sen bilan,
Nahot o'sha qor yana yog'ar?
#hokku @sheriyatuz
DERAZA ORTIDAGI ODAM

Qish kechasi, tinmay yog‘ayotir qor,
Borliq sukunatga, hayolga tolgan.
Maylimi darchadan qorga qarasam?
Bu deraza shaxsiy, otamdan qolgan,
Yorug‘ bilyardxona sharlar tovushi,
Mening o‘ylarimga uradi darra.
Derazamga qo‘nib erib ketdiku,
Buncha oz yashadi beg‘ubor zarra?
Mastona qiyqiriq yangrar qaydadir.
Bir odam chayqalar sarmast yalanib,
Telpagin ko‘ziga bosib yig‘lar u,
Oppoq chivinlarga talanib.
Yorug‘ bilyardxona, sharlar tovushi,
Borliqqa qo‘shilib o‘yga tolaman.
Otamdan esdalik derazamni jim,
Buklab, cho‘ntagimga solaman.

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
XOTIRJAM ODAM

Yomg‘ir shivirlaydi quloqlarimga,
Ko‘chada odamlar lavasi oqar.
Avtosuvaraklar qatnagan yo‘lga,
O’ychan yo‘lovchilar parishon boqar.
Chaqdi ko‘zlarimni achchiq tutunlar,
Qayrildim yomg‘irli, kimsasiz boqqa.
Yaldo tunlarida qoralamadan,
Sochu soqolimni ko‘chirdim oqqa.
Men ham asli jonli kiyimilgichman,
Soyabon orzusi bag‘rimni o‘ygan.
Ancha bo‘ldi yo‘llar g‘adir-budur deb,
Kiyimimda dazmol qatnamay qo‘ygan.
Takabbur emasman, uxlagim kelsa,
Ostimga bo‘yra ham to‘shayveraman.
Bu yerdan haydasa o‘gay zamona,
Xotiralarda ham yashayveraman.
O’ksinib yurmayman bo‘lmasa uyim,
Bo‘lmasa sigirim, bo‘lmasa echkim.
Xotira bo‘ysunmas boshqarmalarga,
Xotiradan meni haydolmas hech kim!

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
Zamin kutib navbahorni, muzu qorni yutadi,
Quyosh uch oy kurtaklarni siypab-siypab kutadi.
Kurtaklarga butun olam ko’z tikkandur, voajab,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Kurtaklarning ranglaridan bezanadi kamalak,
Kurtaklarning shiviridan uyg’onadi kapalak,
Kurtaklarning zikriga, oh, jo’r bo’ladi har malak,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Dunyo go’yo ulkan kurtak, kurtakda dunyo jodir,
Dunyolarni bir kurtakka joylamoqqa u qodir,
Uning hukmi bilan bo’lar dunyoda har ish sodir,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Bahorlarni tuqqan kurtak bahorga nozlanadi,
Iforlarga burkanib u jahonga yuzlanadi,
Keyin esa yuragimga kirib u yozlanadi,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Qish kelganda navbahorni siz kurtakdan izlamang,
Derazamning yonidagi gultuvakdan izlamang,
Bahor mening yuragimda, gulbargakdan izlamang,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
SOG’INIB

Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,
O’z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman...

✍️ Zulfiya

@sheriyatuz
Men sog’ingan sevinch ayyomi
Ostonada bahor — yangi yil.
Moviy osmon yana-da moviy

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8- mart bayramiga bag'ishlanadi ! 😁😁 Xazil )
Baxt kabi gulladi bog'imda bahor,
Janubdan quchog'i ilib qaytdi yel.
Hamma g'ashliklarni yengdim bu nahor,
Hamma eshiklarni ochib qo'ydim -
Kel!

Tumanni ko'tardim -
ko'chalar ravshan.
Hasan-u Husanga cho'lg'adim ko'kni...
Ko'zlarim toliqdi -
Nega kelmaysan?
Xudo xohlasa ham uchrashmoq yo'qmi?!..

Usmon Azim

@sheriyatuz
Zamin kutib navbahorni, muzu qorni yutadi,
Quyosh uch oy kurtaklarni siypab-siypab kutadi.
Kurtaklarga butun olam ko’z tikkandur, voajab,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Kurtaklarning ranglaridan bezanadi kamalak,
Kurtaklarning shiviridan uyg’onadi kapalak,
Kurtaklarning zikriga, oh, jo’r bo’ladi har malak,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Dunyo go’yo ulkan kurtak, kurtakda dunyo jodir,
Dunyolarni bir kurtakka joylamoqqa u qodir,
Uning hukmi bilan bo’lar dunyoda har ish sodir,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Bahorlarni tuqqan kurtak bahorga nozlanadi,
Iforlarga burkanib u jahonga yuzlanadi,
Keyin esa yuragimga kirib u yozlanadi,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

Qish kelganda navbahorni siz kurtakdan izlamang,
Derazamning yonidagi gultuvakdan izlamang,
Bahor mening yuragimda, gulbargakdan izlamang,
Bahor mening yuragimdan kurtaklarga o’tadi.

@sheriyatuz
Quloq tutdim yomg‘ir sasiga,
Havo giyox xidiga to‘ldi.
Bulutlarning uvadasiga,
Chaqmoqdan o‘t ketmasa bo‘ldi.

Shodliklarga to‘ladi yurak,
Yo‘lga boqar mo‘ltaygan chiroq.
Qax -qax urib kular guldurak,
Yomg‘ir yum -yum yig‘laydi biroq.

U yashnatar vohayu cho‘lni,
Novdalarga billur tizildi.
Bosib ketdi mashina yo‘lni,
Yo‘l sho‘rlikning joni uzildi.

Vaqirlaydi baqalar go‘yo,
Oynalarda titrar itbaliq.
Yomg‘ir tinib, yorishar dunyo,
Yaraqlar dil ko‘zgusi tiniq.

Boqib gullar tabassumiga,
Jilmayar bog‘ o‘ychan, sog‘ -omon.
Osilgancha xayol dumiga,
Uchib ketgim kelar sen tamon.

@sheriyatuz