Sheraliyev She'rlari
107 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Do'stlarimni boriga shukr...

🆔 @sheraliyev_sherlari

👉🏻 нажмите "Join"
Kechalari uyqumda ham halovat yo'q
Qalbga bundan ortiq azob jarohat yo'q
Sog'inchingni azobiga davolar yo'q
Sog'inaman seni yomon soginaman.

Orzularim yongingga borgim kelar
Borib yana bir bag'rimga bosgim kelar
Ishonaver seni juda ko'rgim kelar
Soginaman seni yomon soginaman.

Qaniydi bir bora ololsam quchib
Hayolan nogahon sen tomon uchib.
Alamim olyapman sharoblar ichib
Soginaman seni yomon soginaman.

Yulduzlari yo'q tunlardan bezib
Tunlarda yuripman tentirab kezib
Birga bo'lmasak ham borliging sezib
Soginaman seni yomon sog'inaman.

Xasanni dardlari ketdiku oshib
Dardlari bo'yidan oshdiku toshib
Surating har tunda bag'rimga bosib
Soginaman seni yomon soginaman...

SheRaLiYeV
@sheraliyev_sherlari

👉🏻 нажмите "Join"
Qumsayverar telba dil har kun
Sensizlikdan og'rinib ketdim
Har kungidan kuchliroq bugun
Seni juda sog'inib ketdim...

SheRaLiYeV
Yuragimga sepilgan bu sevgi
hoki
O'shal sabab so'kilganda
dilning choki
Hasta tanda jonim
omon ekan toki
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman

Bedorlikka bog'lab qo'yib tun
kechani
Telbalardek kezib chiqib har ko'chani
Qadrin bilgan qadrim
bilmas ul qizchani
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman

Bilmaydida goh sovqotib goho
yonib
Va hattoki tomrimdagi
qonga qonib
Nafratlanib o'z-o'zimdan goho tonib
Sog'inganman sog'inyapman
sog'inaman.

Kulib turgan vasli yoddan ketmas nari
Kulib kulib gaplashardik avvallari
Biz begona bo'lsak hamki borgan sari
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman.

Gado
xatto kular menga nazar qilib
Hamma meni telba deydi qarab turib
Mayli ketgan bo'lsa hamki
hazar qilib
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman...

Sheraliyev
Sog'inch yoshi,tomdiku yuzga
O'xshab qoldik hazonli kuzga
Orzuim yo'q edi hech o'zga
Ko'zlaringa to'ymoqchi edim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Sen u tomon men bu tomonda
Ikkimiz ham ikki dunyoda
Shivirlasang ham past ovozda
So'ngi so'zing tinglamoqchiydim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Oqarmoqda sochlarim bir-bir
Sen bilmaysan sensizlik og'ir
Uchrashtirsa qaniydi taqdir
Ko'zlaringa to'ymoqchi edim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Orzularimiz bo'ldi sarob
Ikki yonda ikkimiz harob
Berganingda savolga javob
So'ngi so'zing tinglamoqchiydim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Aybimmi shu boy og'limasman
Halolmanu lek og'rimasman
Sog'ingandim juda-juda man
Ko'zlaringa to'ymoqchi edim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Alishmasdim seni dunyoga
Orzuim lek chiqdi ro'yoga
Jonim berardim bu ovozga
So'zlaringni tinglamoqchiydim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Telbalargan o'xshadim biroz
Aqldan ham ozyapman oz-moz
So'ngi bora so'ngi bor holos
Ko'zlaringa to'ymoqchi edim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Bir nola bu buyuk tangrimga
Nega bizni qilmadi birga
Bosmasam ham seni bag'rimga
So'zlaringni tinglamoqchiydim
Seni baxtli qilmoqchi edim

Baxtga yet men uchun ham zora
Yuragimda shu so'ngi nola
Tunlardan ham misli qop-qora
Ko'zlaringa to'ymoqchi edim
Seni baxtli qilmoqchi edim...

SheRaLiYeV
@sheraliyev_sherlari

👉🏻 нажмите "Join"
O'zbegimda ulg'aygan
Katta kichik bolalar
Yaxshimi? Hol ahvollar
Hamma,hammaga salom

Meni o'z ukasiday
Ukajon deb yurganlar
Yo akaday ko'rganlar
Hamma,hammaga salom

Menga yaqin gul misol
Dili pok so'zlari bol
Opa singilu ayol
Hamma,hammaga salom

Charchaysan olislarda
Faqat sog'inch o'yidan.
O'rislarni joyidan
Hamma hammaga salom

Sheraliyev
Sen meni sog'inmay yasha mayliga,
Hijron girdobiga tashla mayliga,
Ortimdan har xil gap tarqat mayliga
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.

Ko'z ochib bir meni ko'rishing shartmas,
Men deya hayollar surishing shartmas,
Nafratlanib desang ham meni yaramas
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.

Kelsang gul ochilar saxro cho'limda,
Nur bo'lib uchrading taqdir yo'limda,
Qaniydi hammasi bo'lsa qo'limda...
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi........!

Sheraliyev
Sen ketgach qora asfaltdan senga oq yo'l tiladim...

Sen ketgach juda ko'p narsalar o'zgardi.
Fasllar o'zgardi, kunlar o'zgardi...o'zgardi...

Sen ketgach juda ko'p narsani tushuna boshladim. "Oldinroq" qayerda eding?

Sen ketgach men ham o'zgardim...
Sen o'zgarding...
Biz o'zgardik...
Munosabatlarimiz o'zgardi...

Oradan kunlar o'tdi...
Oylar...
Yillar...
Yaxshi yomon gap so'zlar o'tdi...

Senga bo'lgan nafratim so'na boshladi.
O'la boshladi...

Yolg'izlik! Juda ko'p narsani tushunishimga yordam berdi...

Meni xech nimam yo'q gunoxdan boshqa,
Meni eshitguvchi yo'q ALLOH dan boshqa...

Mana bu misralarni shoshilmasdan o'qigin-a:

Siz menga judayam KERAKSIZ
Men sizga judayam KERAKSIZ..


Sen ketgach meni qurshab oldilar...
Armonlar...
Gumonlar...
Yolg'onlar...
Xijronlar...
Ofatlar...
Tushunayapsanmi? Man qancha kuch bilan bularni yengib O'tganimni?
Yo'q bilmaysan O'zimdan o'tganin O'zim bilaman...

SheRaLiYeV
Do'stlar aytay sizlarga
Bugun gapning rostidan
Oqibat yo'q bopketdi
Oddiy pulning dastidan

Qil o'tmas ahil do'stlar
Yurib yo'lning pastidan
Bir-birini sotishdi
Oddiy pulning dastidan

Kimlar otasin urar
Kayf-u safo mastidan,
Yana kim chet ellarda
Oddiy pulning dastidan

Men zo'rman deb yurganlar
Xarom luqma yeganlar
Onasin xor qilganlar
Oddiy pulning dastidan

Puldorman deb kerilib
Dunyolikga berilib
Bir kun ketadi o'lib
Oddiy pulning dastidan

SheRaliYeV
@sheraliyev_sherlari

👉🏻 нажмите "Join"
Ishonasanmi? Seni tushimda ko'rgan emishman,seni sevib qolibman,xa-xa-xa, kulgiliya?!

Yana kamiga eng qiziq joyini eshit,sen meni tashlab ketgan emishsan,xa-xa-xa tog'ri,juda g'alati tush ko'ribmanda, tushga nimalar kirmaydi.

Tushimda seni unutolmas emishman,shu joyiga qotasan,seni uch yildirki sevib yurgan ekanman,uch yil-a?! Keyin sen boshqasiga turmushga chiqayotganmushsan..tushga nimalar kirmaydi...

Eng qiziq joyini aytmabman,tushimda shoir ekanman! Xa-xa, xa to'g'ri,eplab bir gapni yozolmaymanu yana shoir emishman! Xa-xa-xa bo'ldi kulaverma,o'zimni kulgidan tiyolmayabman.

Tushimda odamlar shunday maqtashardiki,uyqimdan turib "eh tush ekan" deb afsuslandim, muhlislarim bor ekan ular meni maqtashibdi,xa-xa-xa,menda muhlislar bo'lsaya,menda bir tiyn pul yo'qku muhlis nima qilsin?! Xa tushga nimalar kirmaydi..

Tushimda kollejni bitirib,xar-xil qora ishlarda ishlab yurgan emishman,xa kulgili g'irt bechora mardikor emishman... Tushga nimalar kirmaydi,nimalar kirmaydiya onasini emsin!...

#Sheraliyev
Muallif nomisiz ko'chirilmasin she'rlar!
Mana ko'rasiz Ona, 
O'z so'zimni aytaman. 
Bog'dodimga albatta- 
Mashhur bòlib qaytaman. 

Ollohim yo'lim ochdi, 
Duoyingiz nur sochdi, 
Sinovlar bir-bir qochdi, 
Mashhur bòlib qaytaman. 

Ortga boqqan ko'z uchun
Duo qilgan so'z uchun
Ona, faqat siz uchun
Mashhur bo'lib qaytaman. 

G'iybatlarni yo'q qilib
Yarim dilni to'q qilib
Gaplarimni o'q qilib
Mashhur bòlib qaytaman. 

Niyatim xolis asli
Hech kimsaga yo'q qasdim, 
Gulladi ijod faslim
Mashhur bo'lib qaytaman

Ortimdagi iz uchun
O'sha dilsiz qiz uchun
Onajonim siz uchun
Mashhur bo'lib qaytaman 

Meni eshiting Ona,
Takror-takror aytaman
Hudo hohlasa albat
Mashhur bo'lib qaytaman...

SheRaLiYeV
Nega eslayapman,kechgan bo'lsam ham
Nega kelaverding chaqirmadimku
Nega tark etmaysan
hayollarimni
Qaytarib ber menga singan qalbimni

Chiqib ket yurakdan, nega
ketmaysan
Yo urgan xanjaring
sug'rolmadingmi
Kerak emas ekan nega olgansan
Qaytarib ber menga singan qalbimni

Men ham hamma kabi oddiy yashayin
Yetar, bas qil endi azoblaringni
Tunlar seni eslab aqldan
ozdim
Qaytarib ber menga singan qalbimni

Ko'zlarim-ku mayli, qoldi xiralab,
Seni oxirgi bor qachon korgandim
Bo'lib yubormadingmi nimta-nimtalab
Qaytarib ber menga singan qalbimni

Sensiz yashaymanmi qolgan umrimni?
Javobi o'zida yashirin
savol
Mayli, yashay qolay unga ham kondim
Faqat, qaytarib ber singan qalbimni

Tunlar seni eslab aqldan ozdim...

Sheraliyev
Topolmaysiz erta yo indin
Kech bo'lmasdan dardini biling
Izlab yurmang izlarin keyin
Onangizni qadriga yeting

Ulg'aytirgan o'g'ilu qizni
Jondan ortiq ko'rganku sizni
Kutar sizdan bir shirin so'zni
Onangizni qadriga yeting

Sizni deya qo'llari qadoq
Qancha ko'rgan azobu qiynoq
Balki umri qolgandir ozroq
Onangizni qadriga yeting

Qadrdonlar azizlar do'stlar
Tugamaydi yozsam bu so'zlar
Mehrga zor bo'lmasin ular
Onangizni qadriga yeting...

SheRaLiYeV
Umr daftarini varoqlab bo'lsa
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq
Qaniydi xayotim ortiga qaytsa
Orzu qilmas edim, yashardim jo'nroq

Yoshlik davrimdan she'rim yirtardim
Imloyu so'rovi xato yozilgan
Hayronman nega qaramaganman
Tekshiruvsiz juda xunuk yozilgan

Yirtardim Bog'chaga borgan yoshlarim
Bola bo'lmay o'l degan qarindoshlarim
O'ksinib arosat ko'zda yoshlarim
Maktabda o'qimagan o'shal damlarim

Asta varoqlardim maktab chog'larim
Tirikchilik deb qalbda minglab dog'larim
Maktab yozilmabdi bir kun ham attang
Yozilgani bozorda arava tortganim!...

Chiptasi qani talabalikni?
Uning o'rniga moskovga bilet
Do'stlarning ismi hayotimda yo'q
Armonlarga to'ldi afsus barcha bet

Asta mutolaa qilardim shoshmay
Qo'limda bo'lganda umr daftarim
Yillab Rossiyadan uyimga bormay
Azobda, sovuqda ishlaganlarim

Faqat orzu yozilgan sahifalarni
Achchiqdan g'ijimlab, yulib tashlardim
Muhabbat yozilgan o'shal damlarni
"Hiyonat " degancha o'tga tashlardim

Yoqardim yoqardim, alanga qilib
Onamdan olisda yurgan xar kunni
Telbalarcha ho holab kulib
Mushtlardim olovdan chiqqan tutunni

Bozorda arava tortgan kunimni
Rossiyada sovuqda yotgan kunimni
Yoqardim hammasin bitta qo'ymasdan
Internet olamiga kirgan kunimni!..

Pul topib, odamga o'xshagan kunni
Parilar qo'ynida tunagan tunni
Yirtardim, yoqardim ayamasdim xech
Shodlik kunlarga ham qaramasdim xech

Bugun she'rlarimni insonlar ko'rib
Havas qilmoqdadir bilmagan odam
Lek qilgan yomon ishlarim ko'rib
Meni qarg'agandi sho'rlik o'z Onam...

Pul nima? Topiladi harakat qilsang
Lekin topilmaydi mehr va yoshlik
Shuncha yil Xasandan talab etildi
Faqat va faqat sabr bardoshlik

Umr daftarini varoqlab bo'lsa
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq
Mabodo istagim amalga oshsa
Sarlavha dan boshqa qolmaydi varoq...

Chiptasi qani talabalikni?
Uning o'rniga Maskovga bilet...


SheRaLiYeV