Sheraliyev She'rlari
102 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Tun... Rus xalqi uyquda
Faqat vokzal eshigi ochiq
Paravozlar kelib to'xtab qolmoqda
Do'stim tushdi poezddan shoshib

Yuragimga qadalganday cho'g'
So'rolmadim hol-ahvolini
Ming sog'inchdan aytdim bitta so'z
Obkeldingmi O'zbek nonini...

Sheraliyev
Pul bo'lsa bas sizga bir dasta
Siznikidek butun olamlar
So'zlarimni boshlayman asta
Besh ketmadim sizga odamlar

Do'stingizga qilasiz alam
Bunchalaram nokassiz biram
Toshdan qattiq yuragingiz ham
Besh ketmadim sizga odamlar

Charm qilib bezrayib yuzni
Qoralaysiz yaxshi bir qizni
Odam ham deb bo'lmaydi sizni
Besh ketmadim sizga odamlar

Ko'pingiz siz noshud nokassiz
Yaxshiga siz qasdmayu qasdsiz
Shuncha iflos shunchalar pastsiz
Besh ketmadim sizga odamlar..

SheRaLiYeV
Qiynalsang sog'inchdan cho'zilsa kunlar,
Hijronlar zarbidan og'ringan bo'lsang.
Qush bo'lib,yo bo'lib kapalak, tunlar
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang

Sevgilim meni deb yutma sog'inch g'am
Sendanda ortiqroq sog'indim men ham
Chaqirsang yoninga borolmasam ham
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang

Oramiz ko'p yiroq olis masofa
Ko'nglimiz lek yaqin bir o'ylab ko'rsang
Jonginam sen mendan bo'lmagin hafa
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang

Ko'rasan bu kunlar o'tar bir pasta
Yuraging qiynama bo'lmagin hasta
Oroming buzmayin sezdirmay asta
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang...

Sheraliyev
Men kulishni unutib qo'ydim
Unutdimu qanchalar kuydim
Xumorimdan chiqmadim kulib
Men kulgimni o'ldirib qo'ydim

Men kulishni unutib qo'ydim
Kular edim qanchalar shodon
Afsus uni yo'qotib qo'ydim
Men qadrsiz notovon nodon

Men kulishni unutib qo'ydim
Xasanni u unutdi ketdi
Bilmadim u mensiz qay tomon
Yo'l oldiyu qaylarga yetdi

Men kulishni unutib qo'ydim
Kulgularim dardga almashib
Taqdir yo'lim tark etdim bir bor
Men yo'limdan afsus adashib

Men kulishni unutib qo'ydim...!!!

Sheraliyev
Har qadamda razolat gunoh
Hatto do'stlar qilmadi panoh
O'zing menga yordam ber Olloh
Yashashga joy topolmayapman

Qayga bormay haydaldim pulsiz
Yuripmanku ba'zan non tuzsiz
Dunyo buncha bo'lmasang yuzsiz
Yashashga joy topolmayapman

To'yib ketdim bari-baridan
Farqim qolmay ketdi qaridan
Sodda ahmoqligim dastidan
Yashashga joy topolmayapman

Qayga bormay ko'rdim men tuzoq
Ortimdan ko'p urishdi pichoq
Olslarda yurtimdan uzoq
Yashashga joy topolmayapman...

SheRaLiYeV

Eski she'rlardan))
Yiroqlashib mendan bugun
Yo'qotdingiz o'zligingiz
Yurganmidiz boylik uchun
Do'stim qani do'stligingiz?

SheRaLiYeV
Garchi mast etsa ham shirin so'zlari
Yuzi ko'kda oyga bo'lsa teng
So'rashsa ming go'zal,go'zalmanmi deb
Dunyoda eng go'zal mening Onam deng

Do'stlarim qadrdon aziz erkaklar
Aytmayman men sizga yolg'on ertaklar
Kimda-kim sizlardan so'rab qolsalar
Dunyoda eng go'zal mening Onam deng

Duosi har qanday mo'jizaga bas
Shularning bori-chun baxt ham tugamas
Ortingizdan yurgan qora sochlarmas
Dunyoga eng go'zal mening Onam deng

Ne ne shoirlar ham bitishgan g'azal
O'zidan ko'radi farzandin afzal
Menmanmi eng go'zal desa bir go'zal
Dunyoda eng go'zal mening Onam deng

SheRaLiYeV
Koʻklarga koʻtarsam iltifot qilsam
Onajonimdek suysam dildan kuyunsam
Hurmatingiz oqlasam mexribon boʻlsam
Yetarmikan bergan mexrizga ustoz
Loyiqmikinman bergan mexrizga ustoz.

Erkalatsam ozgina erkalik qilsam
Koʻz qoramdek asrasam yonizda yursam
Oq atir gullarga men qiyoslasam
Gullar oldida gulsiz mexribon ustoz
Siz dunyoda bittasiz men uchun ustoz.

Tarifingiz oldida ojizdir qalam
Siz haqizda olamga jar solgim kelar
Bizga, ayniqsa menga mexribonginam
Doimo qalbizda bor boʻlgim kelar.
_Dafna_
Oldin qanchalik sevgan boʻlsam
Hozir shunchalik nafratdaman
Oldin qancha sogʻingan boʻlsam
Hozir shunchalik jirkanarman.
Oldin qanchalik kutkan boʻlsam
Hozir sizni eslamayman ham
Oldin qancha hurmat qilardim
Hozir ular oʻrnida alam.....
Oldin qancha koʻzlaringizga
Qarolsamda toʻyolmasdim xech
Endi boʻlsa soʻzlaringizga
Istasamda ishonchim yoʻq xech
Oldin qoʻlimga surat olib
Toʻyib yigʻlab qumsardim sizni
Hozir yurakka dardim solib
Nobut qilyapman sevgimizni.
Oldin aytolardim sevgim deb
Hozir esa kecholarman ham
Men ollohning suygan bandasi
U qalbimga bolurdir malham.
_Dafna_
Mening qalbim og'rir xamon
Kimlar deydi meni nodon
Mayli do'stlar bo'ling omon
Sizlar yaxshi menman yomon!

Bermas menga mexirlarin
Berdi faqat ko'p dardlarin
Tili birdir ular barin
Sizlar yaxshi menman yomon!

Mening dardim bilmaysizlar
Yomonsan deb tergaysizlar
O'zingizni oqlaysizlar
Sizlar yaxshi menman yomon!

Qastim yo'qdir qastlashmayman
Va bo'ldi gap talashmayman
Men yomonman do'stlashmayman
Sizlar yaxshi menman yomon!

SheRaliYeV
Kechagi mag'lubiyatdan keyin Barsa muhlislari nomidan)))

Eh Romaga yutkazib qo'ydi
Sharmandali yirik hisobga
Muhlislarin pichoqsiz so'ydi
Nima bo'ldi Barselonaga?

Chempionlar kubogi sarob
Afsus endi shunday jamoaga
Xoli bo'lib ketdiku xarob
Nima bo'ldi Barselonaga?

Ayb kimda trenerdami
O'rgatmagan futbolchilarga
Yoki ayb tekis yerdami)))?
Nima bo'ldi Barselonaga?

O'ynashdimi yoki kekkayib)
Ishonishib to'rtta goliga.
Muhlislari qoldi mung'ayib
Nima bo'ldi Barselonaga?

SheRaLiYeV
Bu ko'hna dard bu azaliy dard
Kim sinovdan qo'rqmasa u mard
Bir umrga birga bo'lish chun
Biz o'qishga kirishimiz shart

Qurib qolsa dilning madori
Ilm erur eng yaxshi dori
Hamma kirsin shular qatori 
Biz o'qishga kirishimiz shart

Hozir bizga shudir eng kerak
Ikkimizga ilm teng kerak 
Senga menu, menga sen kerak
Biz o'qishga kirishimiz shart

Boshqa yo'l yo'q iltimos tushun
Diling qiynab bo'laverma xun
Jonim birga bo'lishimiz chun
Biz o'qishga kirishimiz shart

Nelar kelmas sevsang gar chindan
Taqdirga sen berib qo'yma tan
O'z iroda kuchimiz bilan
Biz o'qishga kirishim shart

Foyda yo'qdir to'kma jiqqa yosh
Menga bir sen sen menga dildosh
Zo'rg'a yozdim ko'zim jiqqa yosh
Biz o'qishga kirishimiz shart...

Sheraliyev
Yurakka o't yoqar bebosh tuyg'ular
Sevishingni kutib sarg'ayar somon
Yaxshilar ustimdan yaxshilab kular
Sen o'sha yaxshisan men o'sha yomon

Seni topay desam kuymas tumanlar
Nimadir o'rtada to'siqdir hamon
Yomonam yomonlar meni yomonlar
Sen o'sha yaxshisan men o'sha yomon

Osmonga suv tashib berar bulutlar
Tomchilab ko'zimga sepadi osmon
Tunlarga ergashib kunlarim o'tar
Sen o'sha yaxshisan men o'sha yomon

Yaxshiga kun yo'qdir yomonga o'lim
Kun bermay seni tinch qo'ymayman har on
Men yomonni bir kun sevarsan gulim
Sen o'sha yaxshisan men o'sha yomon...

SheRaLiYeV
Bu dunyo so'qmog'ida
Narvoning bo'lsin ekan
Darding bo'lsa bo'lsinu
Qarzing bo'lmasin ekan

Kambag'al-u boyidan
Biznesmen hamkoridan
Hatto do'st o'rtog'ingdan
Qarzing bo'lmasin ekan

Ojizlikni bildirar
Ne ishlarni qildirar
Tik boshingni egdirar
Qarzing bo'lmasin ekan

Bu dunyo shunday asli
Hammadan bordur qasdi
Meni ham kulfat bosdi
Qarzing bo'lmasin ekan

Og'zingdan kelsa so'lak
Bo'lma aslo jonsarak
Bitta Hudodan bo'lak
Qarzing bo'lmasin ekan

Bu dunyo so'qmog'ida
Narvoning bo'lsin ekan
Darding bo'lsa bo'lsinu
Qarzing bo'lmasin ekan...

SheRaLiYeV