Sheraliyev She'rlari
107 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Sodiq do'stim jarga itardi
Sevganlarim tashlab ketardi
Shuncha xiyonatni ko'tardi
Yuragimga raxmim keladi!

Oxu ko'zli ul dildoralar
Yolgon so'zlab dilim poralar
Ado qildi ichi qoralar
Yuragimga raxmim keladi!

Toptab ketdi bir nomardu past
Muhabbatdan ko'rdi ko'p shikast
Bechorani hech kimsa sevmas
Yuragimga raxmim keladi!

Ishonganim shu yurak edi
Xiyonatlar qaddini egdi
Rosti yashash joniga tegdi!
Yuragimga raxmim keladi...

Sheraliyev
Nur yog'ilar ko'zlaridan nur
Topgay dilim bag'rida huzur
Ey ajaljon biroz nari yur
Men Onamni rozi qilguncha

Yuzda ajin sochlarida oqa
Bizni deya qo'llari qadoq
Keksalik yur Onamdan yiroq
Men Onamni rozi qilguncha

G'avg'olarni solib boshiga
Sababchiman ko'zda yoshiga
Dard yo'lama Onam qoshiga
Men Onamni rozi qilguncha

Qalbda og'riq qoldirgan o'zing
Zahardan ham achchiqdir so'zing
G'am Onamdan burib tur yuzing
Men Onamni rozi qilguncha

Sen sababli yo'lin topgan ko'p
Sen sababli meva soldi cho'p
Bardosh Onam qo'llarini o'p
Men Onamni rozi qilguncha

Qo'yvor tashvish senga o'tinchim
Shovqin solmang g'avg'olarim jim
Tugab qolma iltimos kuchim
Men Onamni rozi qilguncha...

SheRaLiYeV
Boshida ro'moli sipo sarishta
Dunyo tiz cho'kadi tabassum qilsa
Su'ratda jilmayib turgan farishta
Nahotki shu go'zal meniki bo'lsa?

Tong sahar qalbimda uyg'ondi titroq
Tuyg'ularim balki tongdan ko'ra oq
Menga eng yaxshisin beribsan Alloh
Nahotki shu go'zal meniki bo'lsa?

Chiroyning shu qizda bo'lganov qasdi
Yoki farishtadur bu qizning nasli
Ko'zlarim o'ziga ishonmas rosti
Nahotki shu go'zal meniki bo'lsa?

Sheraliyev
Ayoz qish o'tib ketdi
Esdi shamol yellari
Yurtimga kirib keldi
Bahorni ilk kunlari

Bahor keldi o'tdi qish
Endi ko'payar yumish
Dalada boshlanar ish
Bahorni ilk kunlari

Issiq kelar jon halak
Kimlar bo'lar jonsarak
Pishirilar sumalak
Bahorni ilk kunlari

Qalin kiyimlar bo'lmas
Asab endi buzilmas
Svetlar ham ko'p o'chmas
Bahorni ilk kunlari...

SheRaLiYeV
 Dard kelsa bir og'iz chiqarmay sado
Tunlari tinch o'tsin, degan bolamn
Duoyim shu kunga yetkazgin Xudo
Hajga olib borsam Ota - Onamni

Kech kelsam xavotir olgan insonim
Hayotta ishongan ikki qalqonim
Bu yo'lda baxshida bo'lsa ham jonim
Hajga olib borsam Ota - Onamni

Onamdur oilamning asl gultoji
Otamning duosi ishim rivoji
Vaqti kelib agar bo'lsa iloji
Hajga olib borsam Ota - Onamni...

Sheraliyev
Eh Moskva, Moskva..
Qanday go'zal shaharsan
Lekin Sen Bag'dodimga
Chiroyda teng kelmaysan!

Eh Moskva,Moskva 
Senda oqibat tanqis
Mening Bag'dodimdachi
Pullardan Odam Aziz!

Xasan biroz qarasa 
Suvinga zang bosibdi
Lekin bizni Bag'dodda
Sof suv oqib yotibdi!

Keldim ko'rdim Moskovni
Sira afsus qilmayman
Ammo Ona Bag'dodim
Moskovga alishmayman..!

SheRaliYeV
 Dog'da qoldi Parij ham
Ronaldodek yigitga
Eshit qilsa ham alam
Tan ber Real Madridga

Dema ko'p edi bir kishi
Baribir o'tmasdi tishi
Tan olish mardning ishi
Tan ber Real Madridga

Ko'rdingmi a ey golni
Ronaldo ochdi no'lni
Tushunsang sal Futbolni
Tan ber Real Madridga

Bo'lmaganda Benzema
Ko'p Gol bo'lardi yana
Do'st boshimni og'ritma
Tan ber Real Madridga

Bahslashma qo'y bu futbol
Unda bo'lar doim gol
Qirol baribir QIROL
Tan ber Real Madridga..!!!

Sheraliyev
Ish tashvishga bugun bermay zeb
Yumushlarni bir chetga suring
Mehribonim ayyom bilan deb
Onangizni tabriklab qo'ying!

Imkon bo'lsa bozorga borib
U yerdan bir dasta gul olib
Onajon deb bag'rga bosib
Onanggizni tabriklab qo‘ying!

Duolari tushmay so‘zidan
Baxt charaqlab tursin ko‘zidan
O‘pib ikki munis yuzidan
Onanggizni tabriklab qo‘ying!

Bu hayotda bir chin do'stingiz
Ayamang hech shirin so'zingiz
Ko'rsatib bir farzandligingiz
Onangizni tabriklab qo'ying...

SheRaLiYeV
8 mart bayram muborak ayollar qizlar onajonlar va bo'lajak hurmatli aziz Onalar, barcha ezgu niyatlarim sizga bu kun 8 mart uchun she'rlar yozishni boshladik 🙂💐
Bu dunyoda hammadan
Menga aziz yagona
Tabriklayman chin dildan
Bayram muborak Ona

Siz bor baxtliman har on
Menga yo'lamas yomon
Hammadan ham mehribon
Bayram muborak Ona

Bu dunyo farishtasi
Otamning siz erkasi
Uyimizning bekasi
Bayram muborak Ona

Kulsin doim yuzingiz
Uzoq bo'lsin umringiz
Tabriklaydi og'lingiz
Bayram muborak Ona

SheRaLiYeV
Kirib keldi yana bahorlar
Bugun yana go'zal ayyomlar
Tabriklayman qutlayman sizni
Bayramingiz bilan ayollar

Ardoqlaymiz doim asraymiz
Namlanmasin sizdagi ko'zlar
Boringizga ming shukr deymiz
Bayramingiz bilan ayollar

G'amlar kelsa bo'lar arzimas
Yonimizda siz bo'lsangiz bas
Har nedan ham aziz muqaddas
Bayramingiz bilan ayollar.

Ba'zan yig'lab ba'zida kulgan
Ming mashaqqat zaxmini bilgan
Musofir yurt bag'rida yurgan
Bayramingiz bilan ayollar

SheRaLiYeV
Sizni ko'rib quvonar ko'zlar
Bir biridan chiroyli yuzlar
Baxtingizni toping hayotda
Bayramingiz muborak qizlar

Husniga oy havasda qolgan
Chin muslima nomini olgan
Bir-biridan chiroyli bo'lgan
Bayramingiz muborak qizlar

Qilmang sira o'kinch nolalar
Hech o'chmasin sochdan qoralar
Siz bo'lajak Aziz Onalar
Bayramingiz muborak qizlar

Ayrilmagan nomus oridan
Tabrik sizga bugun baridan
Barcha og'il bola nomidan
Bayramingiz muborak qizlar...

Sheraliyev
Sen mehr chashmasi tuganmas yakun
Chidaysan har nega ko'rsang ham zavol
Jamiyki erkaklar baxtlari uchun
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol

Payg'ambardek zotlar sendan yaralgan
Sendan hur jannatning isi taralgan
Yerdagi farishta nomini olgan
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

Kimgadir Onasan, Kimga ayoli
Bir zum ham qolmaysan yumushdan holi
Hayotda baxt degan nomning timsoli
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

Berkitib ba'zida ayrim kamlarni
Baxtdan shod qilasan doim ko'zlarni
Takroran aytaman ushbu so'zlarni
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

SheRaLiYeV
O'zga yurtda shoh bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'l,do'stim.
So'zlarimni unutmagin sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim.

Yosh umringni hazon qiladi,
O'n sakkiz yoshingda qari qiladi
Ruslar seni pastga uradi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.

She'rim kimdir safsatada der
Yolg'on gapi kim bu o'zi der
Yolg'on bo'lsa meni yutsin yer
Rossiyaga kelmagin do'stim.

Odamlar ko'p tulkidan o'tar,
Yo'ldan urar, shaytondan battar.
O'zbek xatto bir-birin sotar,
Rossiyaga kelmagin do'stim.

Kelding ishga ko'mib tashlaydi,
Hatto suv sho'r ichib bo'lmaydi
O'qigin o'qishga bari yetmaydi
Rossiyaga kelmagin do'stim

Pul deb ko'plar tomdan ham tashlar,
O'zbek tojik bir birin mushtlar
Yosh boshinga solma tashvishlar
Rossiyaga kelmagin do'stim.

Yomon kunda chiqar nomardlar,
Sog'inchlardan o'tmas muddatlar.
Mehr ol topilmas Ota-Onalar
Rossiyaga kelmagin do'stim.

Yaxshini ham yomon qiladi
Pul deb inson nelar qiladi
Xasan senga shuni aytadi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.

Gaplarim haqiqat ko'z yumib yurma,
Kech bo'lganda pushaymon bo'lma.
Yosh boshinga g'avg'olar solma
Rossiyaga kelmagin, do'stim.

O'z yurtingda ozod yurgin sen,
Tinchliginga shukr qilgin sen.
Bu yerlarni havas qilma sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim...

SheRaliYeV
Yig'lamagin lablari g'uncha
Nimta qalbim qiynama meni
Qo'y siqilma siqilma, buncha
O'zim seni olib ketaman seni

Yagonamsan o'zingsan erkam
Chiroylisan, chiroyli biram
Boshqalarga bermayman hech ham
O'zim olib ketaman seni

Bilmam sensiz yashashim gumon
Sensizlik bu o'limdan yomon
Kelin qilib Farg'ona tomon
O'zim olib ketaman seni

To'y qilamiz,to'ylar qilamiz
Shirin-shirin o'ylar suramiz
Ishon jonim birga bo'lamiz
O'zim olib ketaman seni...

SheRaLiYeV
Alamdan ko'zlari bo'lar to'la yosh
O'sha kun ketadi eng yaqin sirdosh
Ruhi tinch bo'lsin deb, elga berar osh
Ota-Onasini berib qo'yganlar

Dardini kimgadir aytgisi kelar
Bolalik chog'iga qaytgisi kelar
Ba'zan ortlaridan ketgisi kelar
Ota-Onasini berib qo'yganlar

Har kuni soatlab o'yga toladi
Sog'inib mozorga tez-tez boradi
Ozgina mexrga zor bo'pqoladi
Ota-Onasini berib qo'yganlar

O'zingiz bunchalar qiynamang axir
Bu axvolda yashash juda ham og'ir
Xasanjon tilaydi sizlarga sabr
Ota-Onasini berib qo'yganlar...

Sheraliyev
Go'zallarga shaydo bo'libman
Ishq deb yonib ado bo'libman
Lek o'ylasam Ota-Onamga
Bola emas balo bo'libman

Unutdimmi ularning mehrin
Ko'r qilganda gullarning sehri
Nahot toshga aylangan qalbim
Bola emas balo bo'libman

Qachon xabar oldim, yo'qladim
Ota-onam kutdi kelmadim
Yot chorlasa hech yo'q demadim
Bola emas balo bo'libman

Gunohlarim o'zimga ayon
She'rlarimda qildim ming bayon
Zo'r shoir lek odamman yomon
Bola emas balo bo'libman

Gar yiqilsam kuyunadi kim
Porlasamchi suyunadi kim
Men shularning qadrin bilmadim, 
Bola emas balo bo'libman

Bas qishloqqa qaytaman bugun, 
Xasanga kim intizor bu kun
Shuni avval sezmadim nechun, 
Bola emas balo bo'libman

Bilib-bilmay xato qilibman
Sarsonlikda nima topibman
O'ylab ko'rsam Ota - Onamga
Bola emas balo bo'libman...

SheRaliYeV
Mo'min Oripov Xotirasiga o'g'li Bilolho'jaga bag'ishlov

To'yib-to'yib osmonga qara
Sening hali aqling to'lmagan
Bilib bilmay togri qilasan
Bilol ukam dadang o'lmagan!

Sen o'ynagin o'yinchoqqa to'y
Dadangdek bo'l taratginda bo'y
Onangdan ham so'rayverma qo'y
Bilol ukam dadang o'lmagan!

Xasandan Sen bo'lmagin hayron
Dadangni sog'indik bo'ldi dil vayron
O'rtog'ingni gaplari yolg'on 
Bilol ukam dadang o'lmagan!

Bo'ylaringdan aylanib ketay
Men Ham yomon ezildim netay
Boshimni qay devorga uray 
Bilol ukam dadang o'lmagan!

Mo'min akam o'lmagan yashar 
O'g'li Bilol fe'lida yashar
Barcha muhlis qalbida yashar 
Bilol ukam dadang o'lmagan!!!

SheRaliYeV
Deydilar mehr ko'zda
Yurakdan chiqqan so'zda
Do'stlar sizni tabriklay
Ulug' ayyom Navro'zda

Yilingiz qutlug' bo'lsin
Rizqingiz ulug' bo'lsin
Yor do'stlar davrasida
Doim yuz yorug' bo'lsin

Uyingizdan baraka
Arimasin hech qachon
Orzu tilak ushalsin
Bo'lmasin zinhor armon

Robbim tutkazding qalam
Ilhom berib qalb toriga.
To jonim chiqqunicha
Yaray xalqim koriga...

SheRaLiYeV