Samarkand & Самаркандцы (18+)
18K subscribers
88.4K photos
44.5K videos
105 files
89.7K links
Samarkand & Самаркандцы (18+) – не официальный Telegram канал Самаркандцев.

Admin: @SKDfeedback_bot

Моб.репортёр: @SamMobileReportbot

Реклама: @SamReklambot

Чат: https://tttttt.me/+GxIz0ZVW2wJiYjQy

Инфо о канале
https://telegra.ph/pravila-02-23-58
Download Telegram
Forwarded from Samarqand viloyati transport boshqarmasi (Sherzod Xalilov)
#Yo‘lovchilar_diqqatiga!

Jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshiring. Hozirda “ATTO” yagona transport kartasi, Humo, Uzcard (yangisi), Viza, Mastercard hamda smartfonlar orqali (Play Marketdan “ATTO” ilovasini yuklab olib) to‘lovni amalga imkoniyati yaratilgan.

Hurmatli samarqandliklar! Avtobuslarda yo‘l kira haqini elektron to‘lov tizimi orqali to‘lang hamda jamoat transportining rivojlanishi uchun o‘z hissangizni qo‘shing!

Eslatma: Bir kartadan birinchi va ikkinchi to‘lovni amalga oshirish vaqti xavfsizlik nuqtai nazaridan 6 daqiqa qilib belgilangan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
👍12🥴1
Forwarded from Samarqand viloyati transport boshqarmasi (Sherzod Xalilov)
#Yo‘lovchilar diqqatiga!

Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasining “Buyuk ipak yo‘li”dan Turkiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l infratuzilmasi hamda ichimlik suvi tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotganligi sababli 4, 64, 70, 74-sonli yo‘nalishlar harakat chizmasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, 4 va 70-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar Ali Qushchi, Ro‘ziboyev (S.Buxoriy) va Amir Temur ko‘chalari orqali Turkiston (qaytish: Turkiston, Amir Temur, Ro‘ziboyev (S.Buxoriy), Ali Qushchi, Buyuk ipak yo‘li) ko‘chasida o‘z yo‘nalishiga qaytadi. 64, 74-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar Turkiston, Mahmudov, Firdavsiy, Cho‘lpon ko‘chalari orqali Amir Temur ko‘chasida (qaytish:Cho‘lpon, Firdavsiy, Mahmudov, Turkiston) o‘z yo‘nalishida harakatni davom ettiradi.


Eslatib o‘tamiz, mazkur hududda yo‘l infratuzilmasi hamda ichimlik suvi tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetgach, avtobuslar o‘z yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
👍71
Forwarded from Samarqand viloyati transport boshqarmasi (Sherzod Xalilov)
#Yo‘lovchilar diqqatiga!

70-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar Afrosiyob ko‘chasidan harakatlanadi

Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini tubdan isloh qilish borasida ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar tarmog‘iga asosan 70-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar bugun, 8-avgustdan boshlab yangi chizma asosida harakatni boshladi.

Tender tanlovi natijasiga ko‘ra, brutto shartnomasi imzolangan 70-sonli yo‘nalish endilikda Sartepa maskanidan boshlanib Turkiston, Amir Temur, Buyuk ipak yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Gagarin (Aziz bozor), Navoiy shoh, Chuqur yo‘l, Rudakiy, Imom al Buxoriy, Ibn Sino, Afrosiyob (Ehtiyot qismlar bozori), Samarqand halqa yo‘li orqali O‘rmon xo‘jaligida yo‘nalishni yakunlaydi.

Hurmatli samarqandliklar! Jamoat transportini isloh qilishda olib borilayotgan ishlar unda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.

Jamoat transportida elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali uning rivojlanishiga hissa qo‘shing!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube
👍8🤔21💯1
#Yo‘lovchilar_diqqatiga!

Samarqand shahrida yo‘lovchilarga avtobuslarda transport xizmatini ko‘rsatuvchi, siqilgan gazda ishlovchi transport vositalari bugun, 11-fevral sanasida yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar sabab yo‘nalishlarga chiqmasdan qoldi.

Hozirda siqilgan gazda ishlovchi avtobuslarni yoqilg‘i bilan ta’minlash hamda aholi xizmatiga chiqarish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Barcha
yo‘lovchilarga aksariyat yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi, elektrda harakatlanuvchi transport vositalaridan almashib o‘tish orqali foydalanishni tavsiya etamiz.

Viloyat transport boshqarmasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzating:
| telegram | facebook | instagram|
👎11👍71
#Yo'lovchilar_diqatiga

Tramvay harakati vaqtincha to‘xtatildi


Samarqand shahar 🚊1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi elektr ta’minoti tizimida ta’mirlash ishlari olib borilyotganligi sababli bugun, 20-avgust sanasida tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Ishlar yakuni bilan mazkur yo‘nalishdagi tramvay harakati qayta tiklanadi.

🚌Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.
🤬2