Karyera markazi | Profi University
868 subscribers
197 photos
62 videos
10 files
271 links
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
Download Telegram
Qog‘ozdagi qaydlar raqamli qaydlardan ko‘ra yaxshiroq ishlaydi

Tadqiqotga ko‘ra, o‘z maqsadlarini telefon yoki kompyuterga yozadiganlar ularga erishishi qiyinroq bo‘lar ekan. 41% odam qayerga va nima yozganini shunchaki unutib qo‘yadi.

Ko‘pchilik qayd va eslatmalar ularning ko‘z oldida turishini xohlaydi. O‘z rejalarini stikerga yozib qo‘yish - 50%, rejalar ro‘yxatini tuzish - 43%, kundalik yoki planerga yozib borish - 36%gacha samara berishi aniqlangan.

Siz maqsadlaringizni qayerga qayd etib borasiz?

Telegram l Veb-sayt l YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

Sayohat agentligidan sotuv operatorlari uchun o‘zgacha taklif


“Sharif Mahsuloti” jamoasi faol, mas’uliyatli va talabchan sotuv operatorlariga jamoaviy birga rivojlanishni taklif qiladi.

📌 Sizning vazifalaringiz:

Ehtimoliy mijozlardan tushgan qo‘ng‘iroqlarga javob berish;

Xizmat turlarimiz va takliflarimiz haqida batafsil ma’lumot berish;

Har bir muloqotda xushmuomala va kreativ bo‘lish.

📌 Talablarimiz:


O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;

Ish tajribasiga ega bo‘lsangiz, bu albatta ustunlik beradi;

Yoshingiz 18-24 yosh o‘rtasida bo‘lsa, bu biz uchun ayni muddao;

To‘liq ish rejimida ishlay olish, haftada 6 kun (9:00-18:00).

📌 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:

Rasmiy ishga joylashish;

Oylik maosh fiks + KPI bonuslar;

Sotuvda yangicha metodlarni o‘rgatish;

Qulay, zamonaviy va do‘stona ofis muhiti;

Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyatlari.

📨 Rezyumeni telegram orqali yuboring:

👉 @Maqsudjon_HR

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌1
To‘g‘ri murojaat — ish topishdagi birinchi qadam

Ko‘p hollarda ish izlovchilar kompaniya HR mutaxassisiga noto‘g‘ri murojaat qilgani sababli rad javobini oladi.

Ba’zan jarayon hatto rezyumeni ko‘rib chiqishgacha ham yetib bormaydi — murojaat darhol rad etiladi yoki umuman javobsiz qoladi.

Sababi esa oddiy, to'g'ri murojaat qilinmagan.

Xato murojaat

— Salom, e’lon bo‘yicha yozayotgandim. Ish bormi?


Bunday xabar HR uchun jiddiy qabul qilinmaydi va sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.

To‘g‘ri murojaat

Assalomu alaykum. *** kompaniyasida menejer yordamchisi lavozimi uchun vakansiya e’lon qilinganini ko‘rib, ushbu lavozimga qiziqish bildirayotgandim.

Ilova qilinayotgan rezyumeda mening ta’limim, ish tajribam va ko‘nikmalarim haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ushbu lavozim talablari mening tajribam va qiziqishlarimga mos keladi, deb o‘ylayman. Suhbatga taklif etiladigan bo‘lsam, mamnun bo‘lardim. E’tiboringiz uchun rahmat.


***

Ishga kirish faqat rezyume bilan emas, balki qanday murojaat qilishingizdan boshlanadi. Birgina xabar siz haqingizda dastlabki tasavvurni shakllantiradi.

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Nega 2026-yilda maoshni oshirishning eng tez yo‘li — ish joyini o‘zgartirish?

Lekin 2026-yil mehnat bozori boshqacha ishlayapti.

1. Kompaniyalar yangi xodimga ko‘proq pul ajratadi
Ichkarida ishlayotgan xodimga yillik oshirish odatda 5–10%.

Lekin yangi xodim yollashda kompaniyalar 20–40% ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu adolatsizlik emas — bu bozor mexanizmi.

2. Tashqi bozor sizni tezroq baholaydi
Bozor sizga shunday qaraydi:
— tajriba bor
— real loyihalar qilgan
— ko‘chiriladigan (transferable) ko‘nikmalarga ega

Ichkarida esa ko‘pincha:
— “allaqachon ishlayapti”
— “keyinroq ham bo‘ladi”

3. Ko‘nikmalar juda tez eskiryapti
AI, avtomatlashtirish, data bilan ishlash —
ko‘nikmalar 1–1,5 yilda yangilanmoqda.
Yangi kompaniyalar esa hozirgi bilim uchun pul to‘laydi, 5 yil oldingi mehnat uchun emas.

4. Ichki o‘sish sekin, tashqi o‘tish tez
Ichkarida katta oshirish uchun:
— lavozim ochilishi
— byudjet
— tasdiqlar
— “to‘g‘ri vaqt” kerak

Tashqarida esa:
— yaxshi CV
— natijalarni ko‘rsata olish
— muzokara

5. “Tez-tez ish almashtiryapti” degan stigma yo‘q
2026-yilda:
— 2–3 yil bir joyda ishlash — normal
— natija muhim, muddat emas
— o‘sish ko‘rinib tursa, savol bo‘lmaydi

Muhim ogohlantirish:
Ish joyini o‘zgartirish har kimga ham ishlamaydi.
Agar:
— yangi skill bo‘lmasa
— oldingi joyda natija bo‘lmasa
— faqat pul uchun sakrash bo‘lsa

bu uzoq muddatda zarar qiladi.

© Mohinur Inomova

Telegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya

SMM yo'nalishidagi mutaxassislar uchun imkoniyat!


Kompaniya: OX Group
Lavozim: SMM menejer
Manzil: Toshkent, Muqimiy 1/2 (ofis)
Ish vaqti: 5/2, 10:00–19:00
Maosh: 6–8 mln so‘m (suhbat natijasiga ko‘ra)

Asosiy vazifalar:

✔️ Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarini yuritish
✔️ Tayyor kontent reja va texnik topshiriqlar asosida post joylash
✔️ Kontentni Instagram, Telegram va boshqa platformalarga moslashtirish

Nomzodlar uchun talablar:

🔹 SMM sohasida kamida 3 oy tajriba
🔹 Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini tushunish
🔹 Texnik topshiriq asosida ishlash va muddatlarga rioya qilish
🔹 Savodli yozish (rus tili, o‘zbek tili — ustunlik)
🔹 Mas’uliyat va tashabbuskorlik

Bog‘lanish va CV yuborish uchun: @d1anatsoy

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Karyera bo‘yicha ekspertlar bu yil mehnat bozorida kuzatiladigan o‘zgarishlar haqida aytib berishdi

Mabodo ish qidiradigan bo‘lsangiz, quyidagilarga e’tibor qiling:

Agar yaxshi maosh yoki rahbarlik lavozimi kerak bo‘lsa, Head Hunter kabi platformalarni unuting. Barchasini shaxsiy tavsiyalar va networking hal qiladi.

O‘zingizni mehnat bozorida sotishni o‘rganing. Qanday natijalar ko‘rsata olishingiz va kompaniyaga qanday foyda olib kelishingiz haqida gapira olishingiz kerak (yaqinda o‘zimda ham shunday bo‘ldi: "bizga nima taklif qila olasiz?" deb so‘rashdi);

Mehnat bozorida firibgarlar ko‘payish ehtimoli bor. Soxta karyera konsultantlari taklif va katta maoshlarni va’da qilib, pulni cho‘ntakka urib yo‘qolib qolishi mumkin. Har kimga ishonavermang;

Eydjizm davri tugaydi. 45 yoshdan oshgan xodimlarga talab ortadi. Bu borada ish beruvchilarni mas’uliyatsizligi va kutilmaganda ishdan bo‘shab ketishi bilan bezor qilgan zumerlarga rahmat aytish kerak.

Shaxsiy ma’naviy barqarorlik samaradorlikdan ham ko‘proq qadrlana boshlaydi. Biznesdagi muammolar, o‘zgaruvchan iqtisodiy hamda siyosiy fon sharoitida o‘zini yo‘qotmaydigan va ortiqcha risklarga bormaydigan menejerlar oltinga tenglashadi.

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Talabalik davrida ish topish muammomi? Lekin Jobish bilan bu osonroq va tezroq

Jobish oddiy ish topish platformasi emas. Bu — sun’iy intellektga integratsiya qilingan, networking va portfolio yaratish imkoniyatiga ega yagona ekotizim.

Jobish yordamida

o‘qish bilan birga ishlaysiz;
tajriba ortirib, daromad topasiz;
professional muhitga moslashasiz;
moliyaviy mustaqillikka erishasiz.

Hoziroq ilovani yuklab oling, do'stlar orttiring va karyerangizni boshlang!

📲 Android uchun (Google play orqali)

📲 iOS, iPhone uchun (AppStore orqali)

"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi


Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashing

Rivojlanish universallikdan emas, ixtisoslashuvdan boshlanadi. Chunki ish beruvchilar sizni hamma sohadan oz-ozdan biladigan xodim sifatida emas, balki ma'lum bir ishni yaxshi eplaydigan mutaxassis sifatida ko‘rishni xohlaydi. Aks holda siz ko‘pchilik ichida yo‘qolib ketasiz.

Masalan, bir loyiha yoki kontent nima uchun muntazam kuzatiladi? Chunki odamlar u yerdan nima kutishini aniq biladi. Agar yo‘nalish tarqoq bo‘lsa, natija ham tarqoq bo‘ladi. Shu qoida ta’limda ham, karyerada ham, startaplarda ham ishlaydi.

Shuning uchun o‘zingizdan bitta savolni so‘rang: men hozir qaysi sohada kuchliroq bo‘lishim mumkin? Va kamida bir necha yil shu yo‘nalishda jiddiy ishlang. O‘zingizni sinab ko‘ring, xato qiling, chuqurlashing. Aynan shu jarayon sizni boshqalardan ajratib turadi.

Universallik chiroyli eshitiladi. Ammo real natija doim aniq yo‘nalish va chuqur bilimdan chiqadi. Agar karyera haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bugunoq o‘zingiz uchun bitta sohani tanlab oling. Eng to‘g‘ri qadam ko‘pincha shundan boshlanadi.

Telegram l Veb-sayt l YouTube
1🔥1
Hozirgi yoshlar karyera kelajagiga nisbatan optimistik kayfiyatda

Dunyodagi yetakchi ish qidirish platformalaridan biri Indeed Z avlod vakillari hamda ish beruvchilar o'rtasida so‘rovnoma o‘tkazgandi.

So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, bugungi mehnat bozorida ish o‘rinlari kamayib borayotganiga qaramay, Z avlod vakillari o‘z karyera kelajagiga nisbatan ijobiy fikrda.

Shuningdek, ekspertlar sun’iy intellekt bilan bog‘liq loyihalarda Z avlod vakillariga tayangan ma’qul deb hisoblamoqda.

Sababi, yoshlar texnologiyani tez o‘zlashtiradi va undan qo‘rqmaydi. Ular AI’ni o‘zining o‘rnini egallab oluvchi xavf sifatida emas, balki o‘z ishini samaraliroq qilish vositasi sifatida qabul qilmoqda.

Batafsilhttps://profikaryera.uz/public/meeting/19

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Rezyumengiz doim tayyor tursin

Ba’zan eng yaxshi ish takliflari kutilmaganda chiqib qoladi. Shu onda siz tayyor bo'lasizmi? Asosiy masala shunda.

Ko‘pincha bunday vaziyatda ish beruvchi sizdan tezkorlik bilan rezyume so‘raydi. Agar sizda yangilangan rezyume bo‘lsa, unda marra sizniki bo'ladi.

Ammo rezyume yo‘q, eski yoki aynan o‘sha kompaniyaga moslab tayyorlanmagan bo‘lsa, imkoniyat qo'ldan boy beriladi. Vaqt ketdimi — taklif ham ketadi.

Shuni unutmang: ish topishda faqat bilim emas, tezkorlik va tayyorgarlik ham hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Bugunoq rezyumengizni ko‘zdan kechiring. Yangilang. Kerak bo‘lsa, bir nechta yo‘nalish uchun alohida variant tayyorlab qo‘ying.

Agar rezyumeni word orqali qo'lda to'ldirib chiqishga erinsangiz “Karyera platformasi”dan yoki Jobish'dan foydalaning.

Imkoniyat kelganda emas, undan oldinroq tayyor bo‘ling.

"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi


Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Sun’iy intellekt davrida hikoya qila olish san’ati million dollarlik kasbmi?

Ko‘pchilik sun’iy intellekt kasblarni “yo‘q qilyapti” deb bong uryapti. Ammo mehnat bozoridagi real manzara mutlaqo boshqacha: bugun eng ko‘p yetishmayotgan mutaxassislar — diqqatni jalb qila oladigan darajada hikoya yoza oladiganlar bo‘lib qolyapti.

AI cheksiz hajmda matn yozib bera olyapti. Lekin bir xil ohang, bir xil usul, bir xil “vibe” odamlarni tezda zeriktirib qo‘yyapti. Natijada kompaniyalar ta’sirli hikoya yoza olish san’atiga ega bo‘lgan kopirayterlarni izlayapti.

Shu sababli Netflix, OpenAI, Anthropic kabi gigant kompaniyalar diqqatni torta oladigan kontent yaratuvchilarga yiliga 200 ming dollardan 775 ming dollargacha haq to‘lashga tayyor.

Qiziq tomoni, quyi darajadagi, faqat texnik ishlarni bajaruvchilar shtati qisqarayotgan bir paytda, tajribali kopirayter va "storyteller"larga mehnat bozorida misli ko‘rilmagan darajada talab ortib boryapti.

Bugungi maqolada shular haqida so‘z boradi. Agar kelajakda o‘z o‘rningizni AI’ga bo‘shatib berishni istamasangiz, ushbu maqolani o‘qib chiqishni maslahat beramiz.

Batafsilhttps://profikaryera.uz/meeting/20

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍2