Forwarded from Salay.uz | Personal Brand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_motivatsiyasi
#Business🧳
#Qanot_Sharq✈️
#BON☕️
#CleanAir🌬
#Sport 💪
#UFC 🥊
#Walking🚶
#Health ❤️
22.12.2025.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo`ling:👇👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | linkedin

❤3🔥2👏1
2026-yil uchun sovg’a sifatida yanvar oyida yangi ish topish chellenji ishga tushirilyapti
1 oy davomida siz:
⏺️ kuchli CV va portfolio tayyorlaysiz
⏺️ intervyu ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz
⏺️ LinkedIn profilingizni ish beruvchilar ko‘radigan darajaga olib chiqasiz
⏺️ ish topish platformalari bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rganasiz
Ishtirokchilar soni cheklangan — faqat birinchi 100 kishi qabul qilinadi.
Guruhga kirish linki: https://xn--r1a.website/+aexT9RxokAQ5ZGJi
Telegram l Veb-sayt l YouTube

Telegram
ISH TOPISH CHELLENJI
Yanvarda start beramiz. 🚀
1 oy davomida quyidagilarni oʻrganasiz:
- CV va portfolio
- Interview ko‘nikmalari
- LinkedIn profili
- Ish topish platformalari.
Eng faol 5 ishtirokchi HR mutaxassisidan BEPUL KONSULTATSIYA ga ega boʻladi.

👍2
Karyera markazi | Profi University
2026-yil uchun sovg’a sifatida yanvar oyida yangi ish topish chellenji ishga tushirilyapti 1 oy davomida siz: ⏺️ kuchli CV va portfolio tayyorlaysiz ⏺️ intervyu ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz ⏺️ LinkedIn profilingizni ish beruvchilar ko‘radigan darajaga…
Afsus, juda tez fursatda joylar to'lib qoldi
Bunday imkoniyat hadeb bo'lavermaydi. Shu sababli, kanal kuzatuvchilarini faolikka chaqirib qolamiz.
Biz mana shunday bepul imkoniyatlarni taqdim qilganimizda kanalda e'lon qilingan havolaga tezlik bilan ulanib olishingiz kerak bo'ladi.
Aks holda, bugungidek ulgurmay qolishingiz mumkin. Kelasi safargi xabarlarni o'tkazib yubormaslik uchun faolroq bo'ling!

👌2
15 mln so'mgacha oylik maoshli vakansiyalar haqida bilishni xohlaysizmi?
Siz ish qidiryapsizmi? Unda bizda aynan siz uchun ajoyib vakansiyalar mavjud.
Bu haqda bilmoqchimisiz? Unda @profikaryera kanalini kuzatib boring, tez orada vakansiyalarni e'lon qilamiz.

👍5
Forwarded from Profi University | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Master klassdan lavhalar
“O‘zgaruvchan mehnat bozorida kuchli mutaxassisga aylanish va samarali shaxsiy brend yaratish” mavzusidagi master-klass bo‘lib o‘tdi
💡 Ishtirokchilar zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, to‘g‘ri strategiya ishlab chiqish va shaxsiy brendni shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va amaliy tavsiyalar oldilar
❓ Siz master-klassda ishtirok etdingizmi?
Agar ha bo‘lsa — izohlarda eng foydali xulosangizni qoldiring, agar yo‘q bo‘lsa — videoda siz uchun eng muhim lahzalar jamlangan
@profiuniversity | Yaxshiyamborsan 🚀
---
🎓 Моменты с мастер класса
Мастер-класс на тему «Как стать сильным специалистом в условиях меняющегося рынка труда и создать эффективный личный бренд» успешно состоялся.
💡 Участники получили важные знания и практические рекомендации по успешной деятельности на современном рынке труда, разработке правильной стратегии и формированию личного бренда
❓ Вы принимали участие в мастер-классе?
Если да — поделитесь в комментариях самым полезным выводом, если нет — в видео собраны самые важные моменты для вас
@profiuniversity | хорошочтотыесть 🚀

👍2❤1
Karyera markazi | Profi University
15 mln so'mgacha oylik maoshli vakansiyalar haqida bilishni xohlaysizmi?
#vakansiya
Getwork xususiy bandlik agentligi talabalar uchun vakansiyalar e'lon qiladi
Xalqaro bo‘lim koordinatori
Maosh: 6 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;
SMM-menejer
Maosh: 5 000 000 dan 10 000 000 so‘mgacha;
Onlayn platformalarni yuritish bo‘yicha mutaxassis
Maosh: 3 000 000 dan 7 000 000 so‘mgacha;
Call-markaz operatori
Maosh: 3 000 000 dan 10 000 000 so‘mgacha;
HR-menejer / Rekruter (HoReCa sohasida)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;
HR-menejer / Rekruter (Qurilish sohasi)

HR-menejer / Rekruter (Haydovchilarni tanlash: B/C/CE/D toifalari)

HR-menejer / Rekruter (Texnik mutaxassisliklar bo‘yicha)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha.
Agar sizga ushbu vakansiyalar qiziq bo'lsa, quyidagi guruhga o'tib, qo'shimcha ma'lumotlar olishni maslahat beramiz.
Guruhga o'tish — https://xn--r1a.website/+3JdfvAbf9mxkMTgy

Talabalar karyera
Ulug'bek Po'latov invites you to join this group on Telegram.
👍1
Suhbatga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?
Nufuzli kompaniyalarga ishga kirishda suhbat jarayoni eng muhim jarayon hisoblanadi. Agar siz suhbatga tayyorgarliksiz borgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni ishga qabul qilinmaganlar ro‘yxatida ko‘rishingiz aniq.
❕ Xo‘sh, tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?
Birinchi navbatda siz kompaniya haqida yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishingiz lozim. Kompaniya tarixi, uning missiyasi va vazifalari shular jumlasidandir.
❕ Kerakli ma’lumotlarni qayerdan topishingiz mumkin?
➖ kompaniya sayti;
➖ ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi;
➖ kompaniyaning rasmiy sayti mavjudligi * (umuman olganda u mavjud yoki yo‘qligini tekshiring va agar mavjud bo‘lsa, kompaniya o‘zi haqida nimalar yozganiga e’tibor qaratishni unutmang)
➖ yangiliklar tasmalari va ixtisoslashgan portallarda kompaniya haqidagi maqolalar;
➖ kompaniyaning sobiq yoki hozirgi xodimlarining fikrlari;
➖ siz bilan bog‘langan rekruting kompaniyasining maslahatchisidan olingan ma’lumotlar.
❕ Suhbatga boradigan kompaniyangiz haqida nimalarni bilishingiz kerak?
➖ Kompaniya qanday mahsulotlar/xizmatlarni taklif qiladi?
➖ Kompaniya mahsulotlari/xizmatlarining yakuniy iste’molchisi kim?
➖ Kompaniyaning asosiy raqobatchilari kimlar?
➖ Kompaniya biron bir katta birlashma tarkibiga kiradimi?
➖ Kompaniyaning tarixi, maqsadi va vazifalari qanday?
➖ Uning kelajakdagi istiqbollari qanday?
➖ Rahbariyat tarkibi barqarormi yoki u tez-tez o‘zgarib turadimi?
➖ Ushbu kompaniyada ishchilarga munosabat qanday?
➖ Kompaniyaga ommaviy axborot vositalarining e’tibori qanchalik katta?
➖ Xodimlar nima deydilar?
Ushbu ma’lumotlar nafaqat kompaniya ish beruvchisi sifatida qiziqtirishi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi, balki rekruterning nima uchun ushbu kompaniya siz uchun qiziqarli degan savoliga ham javob beradi.
❕ Suhbat jarayonida jiddiy asoslar keltiring
Professional o‘sish uchun imkoniyatlar, foydali tajriba orttirish, yangi, qiziqarli vazifalarni hal qilish, rivojlanish istiqbollari va boshqalar shular jumlasidandir.
Rekruterga ish beruvchiga qiziqishingizni ko‘rsating va u shundagina sizning niyatlaringiz jiddiyligini tushunadi!
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Nufuzli kompaniyalarga ishga kirishda suhbat jarayoni eng muhim jarayon hisoblanadi. Agar siz suhbatga tayyorgarliksiz borgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni ishga qabul qilinmaganlar ro‘yxatida ko‘rishingiz aniq.
Birinchi navbatda siz kompaniya haqida yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishingiz lozim. Kompaniya tarixi, uning missiyasi va vazifalari shular jumlasidandir.
Ushbu ma’lumotlar nafaqat kompaniya ish beruvchisi sifatida qiziqtirishi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi, balki rekruterning nima uchun ushbu kompaniya siz uchun qiziqarli degan savoliga ham javob beradi.
Professional o‘sish uchun imkoniyatlar, foydali tajriba orttirish, yangi, qiziqarli vazifalarni hal qilish, rivojlanish istiqbollari va boshqalar shular jumlasidandir.
Rekruterga ish beruvchiga qiziqishingizni ko‘rsating va u shundagina sizning niyatlaringiz jiddiyligini tushunadi!
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
4-qism ("Ish tajribasi" bo‘limi)
Rezyumedagi kompaniya va ish beruvchilarning e'tiborini jalb qiluvchi eng asosiy bo'lim — bu "Ish tajribasi" qismidir.
Ko'pchilik, ayniqsa talabalar yoki oliygohni endigina tamomlaganlar ish tajribasi bo'limini ko'pincha bo'sh qoldiradilar. Bunga sabab qilib esa hali hech qayerda ishlamaganliklarini ko'rsatadilar.
Lekin bu ham rezyume to'ldirishdagi eng katta xatolardan biridir. Chunki ish beruvchilar tajribasizlarni ishga qabul qilmaydilar. Agar rezyumening ish tajribasi bo'limida hech nima yozilmagan bo'lsa, talabgorni hatto suhbatga chaqirmasliklari ham mumkin.
❕ Xo'sh, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?
Birinchi navbatda, (agar siz qayerdadir ishlagan bo'lsangiz) kompaniya nomi va ishlagan davringiz yozilishi, uning ketidan esa kompaniyada qanday loyihalarni amalga oshirganingiz haqida qisqacha to'xtalib o'tishingiz kerak.
Shuning uchun qayerda ishlashingizdan qat'i nazar doim (ish faoliyatingizdan tashqari) qo'shimcha loyihalarni amalga oshirishingiz lozim. Ish davringiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz.
❕ Hech qayerda ishlamay turib, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?
Misol uchun, talaba o'qish davri mobaynida diplom ishi yoki turli xil yo'nalishlarda oliygohda tashkil qilingan loyihalarda ishtirok etadi. Aslida shular ham uning ish tajribasiga misol bo'la oladi. (Bu videoni ko'ring)
Ya'ni, siz hech qayerda ishlamagan bo'lsangiz ham o'qish davrida amalga oshirgan ishlaringizni ish tajribasi bo'limiga yozishingiz mumkin. Masalan, siz qayerdadir amaliyot o'taysiz, to'g'rimi?
Mana shu amaliyot davrida qilgan ishlaringizni ham aslida ish tajribasi bo'limiga kiritishingiz mumkin.
Xulosa shuki, rezyume to'ldirishda hech qachon "Ish tajribasi" bo'limini bo'sh qoldirmang. Chunki bu sizning zararingizga ishlaydi.
Mavzuga oid postlar:
Rezyume nima?
Talabaning rezyume to'ldirishdagi xatosi
1-qism (Rezyume shabloni)
2-qism (Suratlar bo‘limi)
3-qism ("Qisqacha ma'lumotlar" bo‘limi)

Bu sizni top 1% boʻlishingizdan toʻxtatib turibdi
Profi Podcastning 2026-yildagi birinchi sonida Oʻzbekiston reklama agentliklari boʻyicha 5 yildan beri 1-oʻrinda kelayotgan "Sintez" agentligi asoschisi Farrux Sharif bilan suhbat qildik.
Suhbatda marketingda va umuman har qanday sohada eng kuchli mutaxassis boʻlish uchun nimalar qilish kerakligini gaplashdik.
Agar hozir karyerangizni tanlayotgan va sizning kelajagingizni hal qiladigan vaqtlar boʻlsa:
👉 Podkastni tomosha qiling
——————————
Вот что мешает вам войти в топ 1%
В новом выпуске Profi Podcast мы поговорили с Фаррухом Шарифом — основателем агентства Синтез, которое уже 5 лет подряд занимает 1-е место среди рекламных агентств Узбекистана.
Обсудили, что реально нужно делать, чтобы стать сильнейшим специалистом в маркетинге и в любой другой сфере — без иллюзий и теории ради теории.
Если вы сейчас выбираете карьеру и находитесь в точке, которая определяет ваше будущее:
👉 смотрите подкаст

Qog‘ozdagi qaydlar raqamli qaydlardan ko‘ra yaxshiroq ishlaydi
Tadqiqotga ko‘ra, o‘z maqsadlarini telefon yoki kompyuterga yozadiganlar ularga erishishi qiyinroq bo‘lar ekan. 41% odam qayerga va nima yozganini shunchaki unutib qo‘yadi.
Ko‘pchilik qayd va eslatmalar ularning ko‘z oldida turishini xohlaydi. O‘z rejalarini stikerga yozib qo‘yish - 50%, rejalar ro‘yxatini tuzish - 43%, kundalik yoki planerga yozib borish - 36%gacha samara berishi aniqlangan.
Siz maqsadlaringizni qayerga qayd etib borasiz?

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya
Sayohat agentligidan sotuv operatorlari uchun o‘zgacha taklif
“Sharif Mahsuloti” jamoasi faol, mas’uliyatli va talabchan sotuv operatorlariga jamoaviy birga rivojlanishni taklif qiladi.
📌 Sizning vazifalaringiz:
✅ Ehtimoliy mijozlardan tushgan qo‘ng‘iroqlarga javob berish;
✅ Xizmat turlarimiz va takliflarimiz haqida batafsil ma’lumot berish;
✅ Har bir muloqotda xushmuomala va kreativ bo‘lish.
📌 Talablarimiz:
✅ O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;
✅ Ish tajribasiga ega bo‘lsangiz, bu albatta ustunlik beradi;
✅ Yoshingiz 18-24 yosh o‘rtasida bo‘lsa, bu biz uchun ayni muddao;
✅ To‘liq ish rejimida ishlay olish, haftada 6 kun (9:00-18:00).
📌 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:
✅ Rasmiy ishga joylashish;
✅ Oylik maosh fiks + KPI bonuslar;
✅ Sotuvda yangicha metodlarni o‘rgatish;
✅ Qulay, zamonaviy va do‘stona ofis muhiti;
✅ Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyatlari.
📨 Rezyumeni telegram orqali yuboring:
👉 @Maqsudjon_HR
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Sayohat agentligidan sotuv operatorlari uchun o‘zgacha taklif
“Sharif Mahsuloti” jamoasi faol, mas’uliyatli va talabchan sotuv operatorlariga jamoaviy birga rivojlanishni taklif qiladi.
📌 Sizning vazifalaringiz:
📌 Talablarimiz:
📌 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:
📨 Rezyumeni telegram orqali yuboring:
👉 @Maqsudjon_HR
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👌1
To‘g‘ri murojaat — ish topishdagi birinchi qadam
Ko‘p hollarda ish izlovchilar kompaniya HR mutaxassisiga noto‘g‘ri murojaat qilgani sababli rad javobini oladi.
Ba’zan jarayon hatto rezyumeni ko‘rib chiqishgacha ham yetib bormaydi — murojaat darhol rad etiladi yoki umuman javobsiz qoladi.
Sababi esa oddiy, to'g'ri murojaat qilinmagan.
❌ Xato murojaat
Bunday xabar HR uchun jiddiy qabul qilinmaydi va sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.
✅ To‘g‘ri murojaat
***
Ishga kirish faqat rezyume bilan emas, balki qanday murojaat qilishingizdan boshlanadi. Birgina xabar siz haqingizda dastlabki tasavvurni shakllantiradi.

— Salom, e’lon bo‘yicha yozayotgandim. Ish bormi?
Bunday xabar HR uchun jiddiy qabul qilinmaydi va sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.
✅ To‘g‘ri murojaat
Assalomu alaykum. *** kompaniyasida menejer yordamchisi lavozimi uchun vakansiya e’lon qilinganini ko‘rib, ushbu lavozimga qiziqish bildirayotgandim.
Ilova qilinayotgan rezyumeda mening ta’limim, ish tajribam va ko‘nikmalarim haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Ushbu lavozim talablari mening tajribam va qiziqishlarimga mos keladi, deb o‘ylayman. Suhbatga taklif etiladigan bo‘lsam, mamnun bo‘lardim. E’tiboringiz uchun rahmat.
***
Ishga kirish faqat rezyume bilan emas, balki qanday murojaat qilishingizdan boshlanadi. Birgina xabar siz haqingizda dastlabki tasavvurni shakllantiradi.
Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Nega 2026-yilda maoshni oshirishning eng tez yo‘li — ish joyini o‘zgartirish?
Lekin 2026-yil mehnat bozori boshqacha ishlayapti.
1. Kompaniyalar yangi xodimga ko‘proq pul ajratadi
Ichkarida ishlayotgan xodimga yillik oshirish odatda 5–10%.
Lekin yangi xodim yollashda kompaniyalar 20–40% ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu adolatsizlik emas — bu bozor mexanizmi.
2. Tashqi bozor sizni tezroq baholaydi
Bozor sizga shunday qaraydi:
— tajriba bor
— real loyihalar qilgan
— ko‘chiriladigan (transferable) ko‘nikmalarga ega
Ichkarida esa ko‘pincha:
— “allaqachon ishlayapti”
— “keyinroq ham bo‘ladi”
3. Ko‘nikmalar juda tez eskiryapti
AI, avtomatlashtirish, data bilan ishlash —
ko‘nikmalar 1–1,5 yilda yangilanmoqda.
Yangi kompaniyalar esa hozirgi bilim uchun pul to‘laydi, 5 yil oldingi mehnat uchun emas.
4. Ichki o‘sish sekin, tashqi o‘tish tez
Ichkarida katta oshirish uchun:
— lavozim ochilishi
— byudjet
— tasdiqlar
— “to‘g‘ri vaqt” kerak
Tashqarida esa:
— yaxshi CV
— natijalarni ko‘rsata olish
— muzokara
5. “Tez-tez ish almashtiryapti” degan stigma yo‘q
2026-yilda:
— 2–3 yil bir joyda ishlash — normal
— natija muhim, muddat emas
— o‘sish ko‘rinib tursa, savol bo‘lmaydi
Muhim ogohlantirish:
Ish joyini o‘zgartirish har kimga ham ishlamaydi.
Agar:
— yangi skill bo‘lmasa
— oldingi joyda natija bo‘lmasa
— faqat pul uchun sakrash bo‘lsa
bu uzoq muddatda zarar qiladi.
© Mohinur Inomova

SMM yo'nalishidagi mutaxassislar uchun imkoniyat!
Kompaniya: OX Group
Lavozim: SMM menejer
Manzil: Toshkent, Muqimiy 1/2 (ofis)
Ish vaqti: 5/2, 10:00–19:00
Maosh: 6–8 mln so‘m (suhbat natijasiga ko‘ra)
Asosiy vazifalar:
✔️ Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarini yuritish
✔️ Tayyor kontent reja va texnik topshiriqlar asosida post joylash
✔️ Kontentni Instagram, Telegram va boshqa platformalarga moslashtirish
Nomzodlar uchun talablar:
🔹 SMM sohasida kamida 3 oy tajriba
🔹 Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini tushunish
🔹 Texnik topshiriq asosida ishlash va muddatlarga rioya qilish
🔹 Savodli yozish (rus tili, o‘zbek tili — ustunlik)
🔹 Mas’uliyat va tashabbuskorlik
Bog‘lanish va CV yuborish uchun: @d1anatsoy

Karyera bo‘yicha ekspertlar bu yil mehnat bozorida kuzatiladigan o‘zgarishlar haqida aytib berishdi
Mabodo ish qidiradigan bo‘lsangiz, quyidagilarga e’tibor qiling:
Agar yaxshi maosh yoki rahbarlik lavozimi kerak bo‘lsa, Head Hunter kabi platformalarni unuting. Barchasini shaxsiy tavsiyalar va networking hal qiladi.
O‘zingizni mehnat bozorida sotishni o‘rganing. Qanday natijalar ko‘rsata olishingiz va kompaniyaga qanday foyda olib kelishingiz haqida gapira olishingiz kerak (yaqinda o‘zimda ham shunday bo‘ldi: "bizga nima taklif qila olasiz?" deb so‘rashdi);
Mehnat bozorida firibgarlar ko‘payish ehtimoli bor. Soxta karyera konsultantlari taklif va katta maoshlarni va’da qilib, pulni cho‘ntakka urib yo‘qolib qolishi mumkin. Har kimga ishonavermang;
Eydjizm davri tugaydi. 45 yoshdan oshgan xodimlarga talab ortadi. Bu borada ish beruvchilarni mas’uliyatsizligi va kutilmaganda ishdan bo‘shab ketishi bilan bezor qilgan zumerlarga rahmat aytish kerak.
Shaxsiy ma’naviy barqarorlik samaradorlikdan ham ko‘proq qadrlana boshlaydi. Biznesdagi muammolar, o‘zgaruvchan iqtisodiy hamda siyosiy fon sharoitida o‘zini yo‘qotmaydigan va ortiqcha risklarga bormaydigan menejerlar oltinga tenglashadi.

Talabalik davrida ish topish muammomi? Lekin Jobish bilan bu osonroq va tezroq
Jobish oddiy ish topish platformasi emas. Bu — sun’iy intellektga integratsiya qilingan, networking va portfolio yaratish imkoniyatiga ega yagona ekotizim.
Jobish yordamida
✅ o‘qish bilan birga ishlaysiz;
✅ tajriba ortirib, daromad topasiz;
✅ professional muhitga moslashasiz;
✅ moliyaviy mustaqillikka erishasiz.
Hoziroq ilovani yuklab oling, do'stlar orttiring va karyerangizni boshlang!
📲 Android uchun (Google play orqali)
📲 iOS, iPhone uchun (AppStore orqali)
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Jobish oddiy ish topish platformasi emas. Bu — sun’iy intellektga integratsiya qilingan, networking va portfolio yaratish imkoniyatiga ega yagona ekotizim.
Jobish yordamida
Hoziroq ilovani yuklab oling, do'stlar orttiring va karyerangizni boshlang!
📲 Android uchun (Google play orqali)
📲 iOS, iPhone uchun (AppStore orqali)
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashing
Rivojlanish universallikdan emas, ixtisoslashuvdan boshlanadi. Chunki ish beruvchilar sizni hamma sohadan oz-ozdan biladigan xodim sifatida emas, balki ma'lum bir ishni yaxshi eplaydigan mutaxassis sifatida ko‘rishni xohlaydi. Aks holda siz ko‘pchilik ichida yo‘qolib ketasiz.
Masalan, bir loyiha yoki kontent nima uchun muntazam kuzatiladi? Chunki odamlar u yerdan nima kutishini aniq biladi. Agar yo‘nalish tarqoq bo‘lsa, natija ham tarqoq bo‘ladi. Shu qoida ta’limda ham, karyerada ham, startaplarda ham ishlaydi.
Shuning uchun o‘zingizdan bitta savolni so‘rang: men hozir qaysi sohada kuchliroq bo‘lishim mumkin? Va kamida bir necha yil shu yo‘nalishda jiddiy ishlang. O‘zingizni sinab ko‘ring, xato qiling, chuqurlashing. Aynan shu jarayon sizni boshqalardan ajratib turadi.
Universallik chiroyli eshitiladi. Ammo real natija doim aniq yo‘nalish va chuqur bilimdan chiqadi. Agar karyera haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bugunoq o‘zingiz uchun bitta sohani tanlab oling. Eng to‘g‘ri qadam ko‘pincha shundan boshlanadi.

❤1🔥1