Karyera markazi | Profi University
868 subscribers
197 photos
62 videos
10 files
271 links
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
Download Telegram
Forwarded from Bektosh Khatamov
Иш йўқми ёки сиз топа олмаяпсизми?

Жуда кўпчиликдан эшитаман, иш йўқ, иш топа олмаяпман, таниш бўлмаса, ишга кира олмайсан деб нолишади, лекин аслида йил сайин Ўзбекистонда янгидан янги компаниялар ташкил қилинмоқда, тадбиркорлик субъектларининг сони борган сари ошиб бормоқда.

Бу эса янги, янги иш ўринлари дегани. Айнан Россияга бориб мардикор бўлиш шарт эмас, Ўзбекистоннинг ўзида ҳам иш жойлари жуда кўп. Масалан, ўзимнинг корхоналаримга ҳам доимий равишда бошқарувга, хизмат кўрсатишга ва бошқа лавозимларга одамлар қидирамиз.

Муаммо нимада?

Муаммо шундаки, кўпчилик ёшлар ўзларини сота олишмайди, ишга суҳбат жараёнида ўзларини қандай тутишни, қандай жавоб беришни билишмайди. Кўпчилик суҳбатга кириши билан ойлик қанчадан бошлайди.

Шунчаки софт скиллар етишмайди, бу эса иш топишда асосий кўрсаткичлар турига киради. Дунёдаги энг зўр жарроҳ бўлсангиз ҳам, ўзингизнинг ишингизни устаси бўлсангиз ҳам ўзингизни сота олмасангиз, ҳаммаси бир тийин.

Айнан шу муаммони ҳал қиладиган, ёшлар учун ҳам, катталар учун ҳам бир хилда фойдали бўладиган бир катта лойиҳамиз битиш арафасида турибди, тез орада катта тақдимот бўлади. Бизни кузатишда давом этинг, бу умуман ўзбекистонликлар жуда катта қадам бўлади.

@bektoshkhatamov
👍31
Master klass

📅 22.12.2025 | 12:00
📍 Manzil: Beruniy kampusi
🎤 Spiker: Salay Matkarimov
🎯 Mavzu: “O‘zgaruvchan mehnat bozorida kuchli mutaxassisga aylanish va samarali shaxsiy brend yaratish omillari”

Master-klass davomida zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, to‘g‘ri strategiya ishlab chiqish va shaxsiy brendni samarali shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va amaliy tavsiyalar beriladi

"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi


Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_motivatsiyasi

#Business🧳
#Qanot_Sharq✈️
#BON☕️
#CleanAir🌬
#Sport 💪
#UFC 🥊
#Walking🚶
#Health ❤️

22.12.2025.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo`ling:👇👇

Telegram |  Instagram  | Facebook | YouTube | linkedin
3🔥2👏1
2026-yil uchun sovg’a sifatida yanvar oyida yangi ish topish chellenji ishga tushirilyapti

1 oy davomida siz:

⏺️ kuchli CV va portfolio tayyorlaysiz
⏺️ intervyu ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz
⏺️ LinkedIn profilingizni ish beruvchilar ko‘radigan darajaga olib chiqasiz
⏺️ ish topish platformalari bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rganasiz

Ishtirokchilar soni cheklangan — faqat birinchi 100 kishi qabul qilinadi.

Guruhga kirish linki: https://xn--r1a.website/+aexT9RxokAQ5ZGJi

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍2
Karyera markazi | Profi University
2026-yil uchun sovg’a sifatida yanvar oyida yangi ish topish chellenji ishga tushirilyapti 1 oy davomida siz: ⏺️ kuchli CV va portfolio tayyorlaysiz ⏺️ intervyu ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz ⏺️ LinkedIn profilingizni ish beruvchilar ko‘radigan darajaga…
Afsus, juda tez fursatda joylar to'lib qoldi

Bunday imkoniyat hadeb bo'lavermaydi. Shu sababli, kanal kuzatuvchilarini faolikka chaqirib qolamiz.

Biz mana shunday bepul imkoniyatlarni taqdim qilganimizda kanalda e'lon qilingan havolaga tezlik bilan ulanib olishingiz kerak bo'ladi.

Aks holda, bugungidek ulgurmay qolishingiz mumkin. Kelasi safargi xabarlarni o'tkazib yubormaslik uchun faolroq bo'ling!

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👌2
15 mln so'mgacha oylik maoshli vakansiyalar haqida bilishni xohlaysizmi?

Siz ish qidiryapsizmi? Unda bizda aynan siz uchun ajoyib vakansiyalar mavjud.

Bu haqda bilmoqchimisiz? Unda @profikaryera kanalini kuzatib boring, tez orada vakansiyalarni e'lon qilamiz.

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Master klassdan lavhalar

“O‘zgaruvchan mehnat bozorida kuchli mutaxassisga aylanish va samarali shaxsiy brend yaratish” mavzusidagi master-klass bo‘lib o‘tdi

💡 Ishtirokchilar zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, to‘g‘ri strategiya ishlab chiqish va shaxsiy brendni shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va amaliy tavsiyalar oldilar

Siz master-klassda ishtirok etdingizmi?

Agar ha bo‘lsa — izohlarda eng foydali xulosangizni qoldiring, agar yo‘q bo‘lsa — videoda siz uchun eng muhim lahzalar jamlangan

@profiuniversity | Yaxshiyamborsan 🚀

---
🎓 Моменты с мастер класса

Мастер-класс на тему «Как стать сильным специалистом в условиях меняющегося рынка труда и создать эффективный личный бренд» успешно состоялся.

💡 Участники получили важные знания и практические рекомендации по успешной деятельности на современном рынке труда, разработке правильной стратегии и формированию личного бренда

Вы принимали участие в мастер-классе?

Если да — поделитесь в комментариях самым полезным выводом, если нет — в видео собраны самые важные моменты для вас

@profiuniversity | хорошочтотыесть 🚀
👍21
Karyera markazi | Profi University
15 mln so'mgacha oylik maoshli vakansiyalar haqida bilishni xohlaysizmi?
#vakansiya

Getwork xususiy bandlik agentligi talabalar uchun vakansiyalar e'lon qiladi


Xalqaro bo‘lim koordinatori
Maosh: 6 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;

SMM-menejer
Maosh: 5 000 000 dan 10 000 000 so‘mgacha;

Onlayn platformalarni yuritish bo‘yicha mutaxassis
Maosh: 3 000 000 dan 7 000 000 so‘mgacha;

Call-markaz operatori
Maosh: 3 000 000 dan 10 000 000 so‘mgacha;

HR-menejer / Rekruter (HoReCa sohasida)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;

HR-menejer / Rekruter (Qurilish sohasi)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;

HR-menejer / Rekruter (Haydovchilarni tanlash: B/C/CE/D toifalari)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha;

HR-menejer / Rekruter (Texnik mutaxassisliklar bo‘yicha)
Maosh: 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha.

Agar sizga ushbu vakansiyalar qiziq bo'lsa, quyidagi guruhga o'tib, qo'shimcha ma'lumotlar olishni maslahat beramiz.

Guruhga o'tishhttps://xn--r1a.website/+3JdfvAbf9mxkMTgy

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Suhbatga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?

Nufuzli kompaniyalarga ishga kirishda suhbat jarayoni eng muhim jarayon hisoblanadi. Agar siz suhbatga tayyorgarliksiz borgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni ishga qabul qilinmaganlar ro‘yxatida ko‘rishingiz aniq.

Xo‘sh, tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?

Birinchi navbatda siz kompaniya haqida yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishingiz lozim. Kompaniya tarixi, uning missiyasi va vazifalari shular jumlasidandir.

Kerakli ma’lumotlarni qayerdan topishingiz mumkin?

kompaniya sayti;

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi;

kompaniyaning rasmiy sayti mavjudligi * (umuman olganda u mavjud yoki yo‘qligini tekshiring va agar mavjud bo‘lsa, kompaniya o‘zi haqida nimalar yozganiga e’tibor qaratishni unutmang)

yangiliklar tasmalari va ixtisoslashgan portallarda kompaniya haqidagi maqolalar;

kompaniyaning sobiq yoki hozirgi xodimlarining fikrlari;

siz bilan bog‘langan rekruting kompaniyasining maslahatchisidan olingan ma’lumotlar.

Suhbatga boradigan kompaniyangiz haqida nimalarni bilishingiz kerak?

Kompaniya qanday mahsulotlar/xizmatlarni taklif qiladi?

Kompaniya mahsulotlari/xizmatlarining yakuniy iste’molchisi kim?

Kompaniyaning asosiy raqobatchilari kimlar?

Kompaniya biron bir katta birlashma tarkibiga kiradimi?

Kompaniyaning tarixi, maqsadi va vazifalari qanday?

Uning kelajakdagi istiqbollari qanday?

Rahbariyat tarkibi barqarormi yoki u tez-tez o‘zgarib turadimi?

Ushbu kompaniyada ishchilarga munosabat qanday?

Kompaniyaga ommaviy axborot vositalarining e’tibori qanchalik katta?

Xodimlar nima deydilar?

Ushbu ma’lumotlar nafaqat kompaniya ish beruvchisi sifatida qiziqtirishi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi, balki rekruterning nima uchun ushbu kompaniya siz uchun qiziqarli degan savoliga ham javob beradi.

Suhbat jarayonida jiddiy asoslar keltiring

Professional o‘sish uchun imkoniyatlar, foydali tajriba orttirish, yangi, qiziqarli vazifalarni hal qilish, rivojlanish istiqbollari va boshqalar shular jumlasidandir.

Rekruterga ish beruvchiga qiziqishingizni ko‘rsating va u shundagina sizning niyatlaringiz jiddiyligini tushunadi!

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz

4-qism ("Ish tajribasi" bo‘limi)


Rezyumedagi kompaniya va ish beruvchilarning e'tiborini jalb qiluvchi eng asosiy bo'lim — bu "Ish tajribasi" qismidir.

Ko'pchilik, ayniqsa talabalar yoki oliygohni endigina tamomlaganlar ish tajribasi bo'limini ko'pincha bo'sh qoldiradilar. Bunga sabab qilib esa hali hech qayerda ishlamaganliklarini ko'rsatadilar.

Lekin bu ham rezyume to'ldirishdagi eng katta xatolardan biridir. Chunki ish beruvchilar tajribasizlarni ishga qabul qilmaydilar. Agar rezyumening ish tajribasi bo'limida hech nima yozilmagan bo'lsa, talabgorni hatto suhbatga chaqirmasliklari ham mumkin.

Xo'sh, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?

Birinchi navbatda, (agar siz qayerdadir ishlagan bo'lsangiz) kompaniya nomi va ishlagan davringiz yozilishi, uning ketidan esa kompaniyada qanday loyihalarni amalga oshirganingiz haqida qisqacha to'xtalib o'tishingiz kerak.

Shuning uchun qayerda ishlashingizdan qat'i nazar doim (ish faoliyatingizdan tashqari) qo'shimcha loyihalarni amalga oshirishingiz lozim. Ish davringiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz.

Hech qayerda ishlamay turib, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?

Misol uchun, talaba o'qish davri mobaynida diplom ishi yoki turli xil yo'nalishlarda oliygohda tashkil qilingan loyihalarda ishtirok etadi. Aslida shular ham uning ish tajribasiga misol bo'la oladi. (Bu videoni ko'ring)

Ya'ni, siz hech qayerda ishlamagan bo'lsangiz ham o'qish davrida amalga oshirgan ishlaringizni ish tajribasi bo'limiga yozishingiz mumkin. Masalan, siz qayerdadir amaliyot o'taysiz, to'g'rimi?

Mana shu amaliyot davrida qilgan ishlaringizni ham aslida ish tajribasi bo'limiga kiritishingiz mumkin.

Xulosa shuki, rezyume to'ldirishda hech qachon "Ish tajribasi" bo'limini bo'sh qoldirmang. Chunki bu sizning zararingizga ishlaydi.

Mavzuga oid postlar:

Rezyume nima?

Talabaning rezyume to'ldirishdagi xatosi

1-qism (Rezyume shabloni)

2-qism (Suratlar bo‘limi)

3-qism ("Qisqacha ma'lumotlar" bo‘limi)

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bu sizni top 1% boʻlishingizdan toʻxtatib turibdi

Profi Podcastning 2026-yildagi birinchi sonida Oʻzbekiston reklama agentliklari boʻyicha 5 yildan beri 1-oʻrinda kelayotgan "Sintez" agentligi asoschisi Farrux Sharif bilan suhbat qildik.

Suhbatda marketingda va umuman har qanday sohada eng kuchli mutaxassis boʻlish uchun nimalar qilish kerakligini gaplashdik.

Agar hozir karyerangizni tanlayotgan va sizning kelajagingizni hal qiladigan vaqtlar boʻlsa:
👉 Podkastni tomosha qiling

——————————
Вот что мешает вам войти в топ 1%

В новом выпуске Profi Podcast мы поговорили с Фаррухом Шарифом — основателем агентства Синтез, которое уже 5 лет подряд занимает 1-е место среди рекламных агентств Узбекистана.

Обсудили, что реально нужно делать, чтобы стать сильнейшим специалистом в маркетинге и в любой другой сфере — без иллюзий и теории ради теории.

Если вы сейчас выбираете карьеру и находитесь в точке, которая определяет ваше будущее:
👉 смотрите подкаст
👌2
Qog‘ozdagi qaydlar raqamli qaydlardan ko‘ra yaxshiroq ishlaydi

Tadqiqotga ko‘ra, o‘z maqsadlarini telefon yoki kompyuterga yozadiganlar ularga erishishi qiyinroq bo‘lar ekan. 41% odam qayerga va nima yozganini shunchaki unutib qo‘yadi.

Ko‘pchilik qayd va eslatmalar ularning ko‘z oldida turishini xohlaydi. O‘z rejalarini stikerga yozib qo‘yish - 50%, rejalar ro‘yxatini tuzish - 43%, kundalik yoki planerga yozib borish - 36%gacha samara berishi aniqlangan.

Siz maqsadlaringizni qayerga qayd etib borasiz?

Telegram l Veb-sayt l YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

Sayohat agentligidan sotuv operatorlari uchun o‘zgacha taklif


“Sharif Mahsuloti” jamoasi faol, mas’uliyatli va talabchan sotuv operatorlariga jamoaviy birga rivojlanishni taklif qiladi.

📌 Sizning vazifalaringiz:

Ehtimoliy mijozlardan tushgan qo‘ng‘iroqlarga javob berish;

Xizmat turlarimiz va takliflarimiz haqida batafsil ma’lumot berish;

Har bir muloqotda xushmuomala va kreativ bo‘lish.

📌 Talablarimiz:


O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;

Ish tajribasiga ega bo‘lsangiz, bu albatta ustunlik beradi;

Yoshingiz 18-24 yosh o‘rtasida bo‘lsa, bu biz uchun ayni muddao;

To‘liq ish rejimida ishlay olish, haftada 6 kun (9:00-18:00).

📌 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:

Rasmiy ishga joylashish;

Oylik maosh fiks + KPI bonuslar;

Sotuvda yangicha metodlarni o‘rgatish;

Qulay, zamonaviy va do‘stona ofis muhiti;

Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyatlari.

📨 Rezyumeni telegram orqali yuboring:

👉 @Maqsudjon_HR

Telegram l Veb-sayt l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌1
To‘g‘ri murojaat — ish topishdagi birinchi qadam

Ko‘p hollarda ish izlovchilar kompaniya HR mutaxassisiga noto‘g‘ri murojaat qilgani sababli rad javobini oladi.

Ba’zan jarayon hatto rezyumeni ko‘rib chiqishgacha ham yetib bormaydi — murojaat darhol rad etiladi yoki umuman javobsiz qoladi.

Sababi esa oddiy, to'g'ri murojaat qilinmagan.

Xato murojaat

— Salom, e’lon bo‘yicha yozayotgandim. Ish bormi?


Bunday xabar HR uchun jiddiy qabul qilinmaydi va sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.

To‘g‘ri murojaat

Assalomu alaykum. *** kompaniyasida menejer yordamchisi lavozimi uchun vakansiya e’lon qilinganini ko‘rib, ushbu lavozimga qiziqish bildirayotgandim.

Ilova qilinayotgan rezyumeda mening ta’limim, ish tajribam va ko‘nikmalarim haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ushbu lavozim talablari mening tajribam va qiziqishlarimga mos keladi, deb o‘ylayman. Suhbatga taklif etiladigan bo‘lsam, mamnun bo‘lardim. E’tiboringiz uchun rahmat.


***

Ishga kirish faqat rezyume bilan emas, balki qanday murojaat qilishingizdan boshlanadi. Birgina xabar siz haqingizda dastlabki tasavvurni shakllantiradi.

Telegram l Veb-sayt l YouTube
👍1
Nega 2026-yilda maoshni oshirishning eng tez yo‘li — ish joyini o‘zgartirish?

Lekin 2026-yil mehnat bozori boshqacha ishlayapti.

1. Kompaniyalar yangi xodimga ko‘proq pul ajratadi
Ichkarida ishlayotgan xodimga yillik oshirish odatda 5–10%.

Lekin yangi xodim yollashda kompaniyalar 20–40% ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu adolatsizlik emas — bu bozor mexanizmi.

2. Tashqi bozor sizni tezroq baholaydi
Bozor sizga shunday qaraydi:
— tajriba bor
— real loyihalar qilgan
— ko‘chiriladigan (transferable) ko‘nikmalarga ega

Ichkarida esa ko‘pincha:
— “allaqachon ishlayapti”
— “keyinroq ham bo‘ladi”

3. Ko‘nikmalar juda tez eskiryapti
AI, avtomatlashtirish, data bilan ishlash —
ko‘nikmalar 1–1,5 yilda yangilanmoqda.
Yangi kompaniyalar esa hozirgi bilim uchun pul to‘laydi, 5 yil oldingi mehnat uchun emas.

4. Ichki o‘sish sekin, tashqi o‘tish tez
Ichkarida katta oshirish uchun:
— lavozim ochilishi
— byudjet
— tasdiqlar
— “to‘g‘ri vaqt” kerak

Tashqarida esa:
— yaxshi CV
— natijalarni ko‘rsata olish
— muzokara

5. “Tez-tez ish almashtiryapti” degan stigma yo‘q
2026-yilda:
— 2–3 yil bir joyda ishlash — normal
— natija muhim, muddat emas
— o‘sish ko‘rinib tursa, savol bo‘lmaydi

Muhim ogohlantirish:
Ish joyini o‘zgartirish har kimga ham ishlamaydi.
Agar:
— yangi skill bo‘lmasa
— oldingi joyda natija bo‘lmasa
— faqat pul uchun sakrash bo‘lsa

bu uzoq muddatda zarar qiladi.

© Mohinur Inomova

Telegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya

SMM yo'nalishidagi mutaxassislar uchun imkoniyat!


Kompaniya: OX Group
Lavozim: SMM menejer
Manzil: Toshkent, Muqimiy 1/2 (ofis)
Ish vaqti: 5/2, 10:00–19:00
Maosh: 6–8 mln so‘m (suhbat natijasiga ko‘ra)

Asosiy vazifalar:

✔️ Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarini yuritish
✔️ Tayyor kontent reja va texnik topshiriqlar asosida post joylash
✔️ Kontentni Instagram, Telegram va boshqa platformalarga moslashtirish

Nomzodlar uchun talablar:

🔹 SMM sohasida kamida 3 oy tajriba
🔹 Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarini tushunish
🔹 Texnik topshiriq asosida ishlash va muddatlarga rioya qilish
🔹 Savodli yozish (rus tili, o‘zbek tili — ustunlik)
🔹 Mas’uliyat va tashabbuskorlik

Bog‘lanish va CV yuborish uchun: @d1anatsoy

Telegram l Veb-sayt l YouTube