Karyera markazi | Profi University
Profi University talabalari "UZCARD" kompaniyasida stajirovka o'tashi mumkin Kecha, 15-may kuni Profi University Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Z.Narzikulov hamda Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi U.Po'latov "UZCARD" kompaniyasi "Karyera"…
Qo'shimcha ma'lumot:
Stajirovka davri - 3 oy (iyun-iyul-avgust oylari) ni tashkil etib, amaliyot o'taydigan talabalarga kompaniya tomonidan har oyda 1 mln 350 ming so'm oylik beriladi.
👉@profikaryera

👍5
Forwarded from Profi University | Rasmiy kanal
📌 Diqqat, KASTING!
"Profi University" talabalari diqqatiga!
Siz bizga keraksiz!
📺 Universitet Media bo‘limi "Profi" haqidagi videroliklarga suratga tushish uchun talabalarni izlayapti. Sizdan asosiy talab qilinadigan vazifa "Profi University" talabasi bo‘lishingiz va o‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni biz bilan bo‘lishishdir.
Darvoqe, bizda umumiy yutuq midori 4 million so'm, omadingizni sinab ko'rishni unutmang!
✅ Murojaat uchun: @forprofiuniversity
"Profi University"ga yordam berasiz, degan umiddamiz!
@profiuniversity

👍5❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'z karyerangizni bosh qahramoniga aylaning!
Osnova – bu O'zbekiston yoshlari uchun karyera platformasi. Uzum, Payme, Korzinka, Beeline kabi yetakchi xalqaro va O'zbekiston kompaniyalari ekspertlari sizga o'z karyerangizni boshlashda yordam beradi.
Saytda allaqachon blogerlar Texnoplov va Teacher Azam ishtirokidagi «Karyeraga birinchi qadam» bepul kursi mavjud: osnovaedu.uz
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

#Rezyume
Rezyume nima?
Rezyume — o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot. Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat.
Rezyumeda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering.
Davlat idoralari haqida bilmadik-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar qiziq emas.
Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering.

👍4🔥2😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z ishingizni ko‘rsatishni o‘rganing yoki oylikka ishlaydigan oddiy xodim bo‘lib qolavering
Siz videoda ko‘rib turgan bu qiz Mfaktor loyihasining sotuv bo‘yicha menejeri Durdona.
U Mfaktorning shunchaki bir oddiy ishchisi emas, balki o‘z ishini yaxshi ko‘radigan jamoaning bir bo‘lagiga aylangan xodimdir.
U boshqalarga nimadir o'rgatish uchun shunchaki blog yuritadi va ish jarayonidagi qiziq lavhalarni ham ulashib turadi.
Bu orqali u sotuv menejerlari qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligini boshqalarga ko‘rsatishga harakat qiladi.
To‘g‘ri, bu sizga juda oddiy ishdek ko‘rinishi mumkin. Lekin aynan shunday xodimlarni kompaniyalar hech qachon qo‘yib yubormaydi. Boshqa kompaniyalardan ish takliflari tushib turishi esa uning mavqeyi va maoshi ortib borishiga sababchi bo‘ladi.
"Call-centre"da shunchaki ishlab kun o‘tkazish ham mumkin. Bunda ham siz oylik olaverasiz. Lekin o‘zingizni boshqalarga ko‘rsatolmasangiz yillar o‘tib ham oddiy xodim bo‘lib qolaverasiz.
Shunday ekan, hech bir ishga vaqtinchalik ish sifatida qarashni to‘xtating va shu sohaning professionaliga aylanishga harakat qiling.

👍17🔥2😇1
#Rezyume
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
1-qism
Rezyume — bu ish beruvchida siz haqingizdagi ilk taassurotni qoldiruvchi vositadir. Agar mana shu birinchi qadam noto‘g‘ri tashlangan bo‘lsa, siz katta ehtimol bilan rad javobini olasiz.
Endilikda sizlarga to‘g‘ri rezyume tayyorlash bo‘yicha kichik tavsiyalarimizni berib borishga harakat qilamiz.
Yaxshi rezyume tayyorlash uchun birinchi navbatda biz namuna uchun rezyume shabloni tanlab olishimiz kerak bo‘ladi. Rezyume dizayni qanchalik chiroyli bo‘lsa, sizning ma’lumotlaringiz shuncha yaxshi joylashadi.
📄 Xo‘sh, rezyume namunalarini qayerdan topish mumkin?
Bu unchalik qiyin ish emas, chunki Google qidiruv tizimiga "rezyume" deb qidiruv berilsa, juda ko‘plab namunalar topiladi. Undan tashqari rezyume shablonlari Microsoft Word dasturida, canva.com va hh.uz saytlarida ham mavjud.
To‘g‘ri, rezyume shablonlari ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo siz qiladigan ish ular orasidan eng sifatli, nozik did bilan tayyorlanganini tanlab olishdir. Shuning uchun eng yaxshi rezyume namunasini tanlab, hoziroq o'z rezyumengizni yarating!
P.S: Ha aytgancha, Profi University talabalari uchun "Karyera" platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, u yerda dizaynerlarimiz tomonidan tayyorlangan maxsus rezyume namunasi ham mavjud.
Hozirgi kunda bir qancha talabalarimiz bizning platformada o‘z rezyumelarini tayyorlashga ham ulgurishdi.
Mavzular:
1. Rezyume nima?

🔥2❤1👍1💯1
Yaqin kelajakdagi mehnat bozori
Profi University doimo zamonga hamohang bo'lishga intiladi. Hozir mehnat bozori tez sur'atlarda rivojlanib, o'zgarib boryapti. Bu o'zgarishlarga tayyor va raqobatbardosh bo'lish uchun biz allaqachon harakatni boshlaganmiz.
Shu sababli, biz “Karyera xizmati” loyihasi doirasida “Karyera platformasi” faoliyatini yo’lga qo’ydik. Bu orqali talabalarimiz elektron portfoliolarini yaratish va ish beruvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Bizning karyera platformamiz orqali talabalar nafaqat o‘zlarining rezyume namunalarini tayyorlashi, balki u yerda turli xil kompaniyalardan ish takliflari ham olishi mumkin.
Bunda talabalar o'qish va amaliyot davomida barcha erishgan yutuqlarini platformaga joylab borishadi. Platformada "Yutuqlar", "Mahorat darslari" (videolar), "Ilmiy maqolalar", "Bloglar" hamda "Fotogalereya" bo‘limlari mavjud.
U yerda layk va izohlar ham qoldirish mumkin. Bu platforma yaqin kelajakda juda katta onlayn mehnat bozoriga aylanadi.
Tez orada bizning mazkur platformamizda talabalarimizni zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash uchun mo'ljallangan "Shaxsiy rivojlanish" kurslari ham yo'lga qo'yiladi.
Mazkur onlayn kurslarda esa talabalarimiz rezyume tayyorlashdan tortib, vakant saytlar bilan ishlash, ish intervyusi ko'nikmalari, networking va shunga o'xshash bir qancha muhim bo'lgan narsalarni o'rganadilar.
Biz esa “Karyera platformasi”ni zamonga hamohang ravishda takomillashtirib borishda davom etamiz.

🔥2👏2👍1🥰1
Banklarda amaliyot o’tashni istaysizmi?
Kapitalbank, Aloqabank va Garant bank iqtisodiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni ish o‘rganishi uchun stajyorlikka ishga taklif qilmoqda.
🏦 Kapitalbank – Batafsil
🏦 Aloqabank – Batafsil
🏦 Garant bank – Batafsil
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Kapitalbank, Aloqabank va Garant bank iqtisodiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni ish o‘rganishi uchun stajyorlikka ishga taklif qilmoqda.
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rezyume
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
2-qism (suratlar bo‘limi)
Rezyume qanchalik sifatli to‘ldirilgan bo‘lsa, siz haqingizda kompaniya va ish beruvchida eng boshidanoq yaxshi tasavvur hosil bo‘ladi.
Ish beruvchi dastlab sizni ko‘rmaydi, shu sababli u sizning rezyumengizga qarab birinchi xulosalarni chiqaradi. Rezyume shunchalik yaxshi bo‘lishi kerakki, u sizni boshqa nomzodlardan ajralib turishingizga xizmat qilmog‘i lozim.
📸 Rezyumening eng asosiy bo‘limlaridan biri — bu suratdir
Rezyumega joylanayotgan suratga alohida ahamiyat berish lozim. Fotosurat sifatli, eng muhimi vaqtga mos bo‘lishi ahamiyatli. Ya’ni, rezyumega 5-10 yil avval tushilgan fotoni joylash katta xatodir.
Rezyumega joylashtirilgan surat belgilangan joyga aniq o‘lchamlar asosida joylashtirilishi kerak. Ya’ni, surat belgilangan chegaralardan chiqib ketmasligi lozim.
Ba’zilar rezyumega o‘ta rasmiy ko‘rinishdagi suratlarni joylashadi. Suratda qanchalik samimiy ko‘rinsangiz, siz haqingizda shuncha iliq taassurot qoldirishi mumkin. (Albatta, bu har kimning shaxsiy masalasi)
Imkoni bo‘lsa, rezyume uchun alohida suratga tushing. Qaysidir tadbir, tug‘ilgan kun, bayramlar, dam olish maskani yoki bog‘da tushilgan "selfi" suratlarni shunchaki joylab qo‘yish yaramaydi.
Mavzular:
1. Rezyume nima?
2. 1-qism

👍5❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#karyera
Talaba karyerasi
Profi University Navoiy filiali Pedagogika-psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi Rustamova Nargiza O'lmasovna amaliyot jarayonlarida ko'rsatgan bir qancha yutuqlari yuzasidan Samarqand viloyati "Mahorat maktabi", Profi University ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
Jumladan Nargiza O'lmasovnaning bir qancha gazeta, jurnallarda maqola va ijodiy namunalari chop etib kelinmoqda. Ayniqsa, "Nutqida kamchiligi bor bolalarni davolash" yuzasidan olib borgan mahorat darslari Samarqand viloyati "Mahorat maktabi" da namuna sifatida olib borilmoqda.
Nargiza O'lmasovna 3-boqish talabasi bo'lishiga qaramasdan namunali faoliyati uchun 26-DMTTda "Psixolog" sifatida o'z ish faoliyatini boshladi.

👍6❤2🔥1🥰1
#Rezyume
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
3-qism ("Qisqacha ma'lumotlar" bo‘limi)
"Qisqacha ma'lumotlar" bo'limi rezyumening kirish qismi bo'lib, u yerda siz o'zingizni qanchalik yaxshi kadr ekanligingizni isbotlab, bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishingiz kerak bo'ladi.
Ko'pchilik rezyumening mana shu qismiga "Men juda tirishqoq, talabchan, intiluvchan, zukkoman. Har qanday ishga mas'uliyat bilan yondashaman va h/k" deb o'zini orticha maqtab ketadi.
Lekin bu xato. Rezyume to'ldirishda hech qachon "quruq gaplar" bilan o'zingizni maqtamang. Yaxshisi bu bo'limda siz amalga oshirgan ishlaringiz, loyihalaringiz haqida gapirganingiz foydaliroq bo'ladi.
To'g'ri, rezyume to'ldirishda ozroq maqtanchoqlik qilish zarar qilmaydi. Lekin siz buni to'g'ridan-to'g'ri emas, so'z o'yini orqali isbotlashga harakat qiling.
Hozir sizga misol keltirib berishga harakat qilamiz
❌ Men o'z ustimda juda ko'p ishlaydigan, talabchan, kreativ fikrlaydigan kadrman. Barcha ishlarga o'ta mas'uliyat bilan yondashaman. Ko'plab loyihalarni amalga oshirganman. Jamoatchilik va tashkiliy ishlarda juda ham faolman.
✅ Faoliyatim mobaynida maktab ta’limi tizimi ekspertlari, mutaxassis hamda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ishlashimga to‘g'ri keldi. “Xalq ta’limi Info” loyihasini boshlaganimdan so‘ng meni ham ta’lim eksperti sifatida ko‘plab loyihalarga taklif qila boshladilar.
———————
Shuni ham unutmaslik kerakki, faoliyatingiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz. Shuning uchun turli xil loyihalarda qatnashib, faol bo'lishingiz ham kerak.
Mavzuga oid postlar:
Rezyume nima?
1-qism (Rezyume shabloni)
2-qism (Suratlar bo‘limi)
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
3-qism ("Qisqacha ma'lumotlar" bo‘limi)
"Qisqacha ma'lumotlar" bo'limi rezyumening kirish qismi bo'lib, u yerda siz o'zingizni qanchalik yaxshi kadr ekanligingizni isbotlab, bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishingiz kerak bo'ladi.
Ko'pchilik rezyumening mana shu qismiga "Men juda tirishqoq, talabchan, intiluvchan, zukkoman. Har qanday ishga mas'uliyat bilan yondashaman va h/k" deb o'zini orticha maqtab ketadi.
Lekin bu xato. Rezyume to'ldirishda hech qachon "quruq gaplar" bilan o'zingizni maqtamang. Yaxshisi bu bo'limda siz amalga oshirgan ishlaringiz, loyihalaringiz haqida gapirganingiz foydaliroq bo'ladi.
To'g'ri, rezyume to'ldirishda ozroq maqtanchoqlik qilish zarar qilmaydi. Lekin siz buni to'g'ridan-to'g'ri emas, so'z o'yini orqali isbotlashga harakat qiling.
Hozir sizga misol keltirib berishga harakat qilamiz
———————
Shuni ham unutmaslik kerakki, faoliyatingiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz. Shuning uchun turli xil loyihalarda qatnashib, faol bo'lishingiz ham kerak.
Mavzuga oid postlar:
Rezyume nima?
1-qism (Rezyume shabloni)
2-qism (Suratlar bo‘limi)
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👌1
Hech qaysi ishga vaqtinchalik ish sifatida qaramaslik kerak
Hayotimiz mobaynida ba’zan o‘zimiz xohlamagan lavozimda ham ishlashimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kimdir pulga muhtojligidan, yana kimlardir boshqa sabablarga ko‘ra o‘zi xohlamagan lavozimda ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli, bu toifadagi xodimlar vaqtinchalik deb hisoblagan ishga mehr qo‘ymaydi. Ular soat 9:00 da ishga kelib, 18:00 ga qadar boshliq buyurgan ishlarni qilib qo‘yishning o‘zi yetarli deb hisoblaydi.
Lekin bu toifadagi xodimlar o‘z ishini mukammal darajada bajaradigan, intiluvchan xodimlarga qaraganda ancha sekinroq o‘sadilar. Chunki ular doim oddiy xodimligicha qolaveradilar.
Shu sabali, qanday lavozim bo‘lishidan qat’i nazar bu ishga siz professional tarzda yondashishingiz kerak. Bu lavozimda atigi 1 oy ishlash uchun kelgan bo‘lsangiz ham kompaniyada o‘z izingizni qoldirib ketishga intiling.
Juda ko‘pchilik bir necha yillik ish stajiga ega bo‘lishiga qaramay rezyume to‘ldirishda "Ish tajribasi" degan bo‘limga nima yozishni bilmaydi. Odatda ular bu "Ish tajribasi" bo‘limiga kompaniyada qaysi yildan, qaysi yilgacha ishlagan vaqtini yozishdan nariga o‘tolmaydi.
Sababi ular har kuni 9:00 da ishga kelib, faqat buyurilgan ishlarni bajarib, 18:00 da uyiga ketishdan boshqa, kompaniya o‘sishi uchun xizmat qiladigan bironta ham loyihani amalga oshirmagan.
Shuning uchun bu kabi xodimlarga yaxshi maosh to‘laydigan kompaniyalardan hech qachon ish taklifi tushmaydi. O'zining ish joyida ham qadr topmaydi. Chunki ularning eng katta xatosi barcha ishga vaqtinchalik ish sifatida qarashidadir.
Karyera qilmoqchimisiz? O'smoqchimisiz? Unda ishingizga albatta mehr bering, garchi bu sizning vaqtinchalik ish joyingiz bo'lsa ham.

Bunday vaziyatlarda ko‘pchilik "bu vaqtinchalik ish, hali ishlarim zo‘r bo‘lib ketadi, hozircha shu lavozimda bo‘lsa ham ishlab turaqolay" degan o‘y bilan ishlaydi.
Shu sababli, bu toifadagi xodimlar vaqtinchalik deb hisoblagan ishga mehr qo‘ymaydi. Ular soat 9:00 da ishga kelib, 18:00 ga qadar boshliq buyurgan ishlarni qilib qo‘yishning o‘zi yetarli deb hisoblaydi.
Lekin bu toifadagi xodimlar o‘z ishini mukammal darajada bajaradigan, intiluvchan xodimlarga qaraganda ancha sekinroq o‘sadilar. Chunki ular doim oddiy xodimligicha qolaveradilar.
Shu sabali, qanday lavozim bo‘lishidan qat’i nazar bu ishga siz professional tarzda yondashishingiz kerak. Bu lavozimda atigi 1 oy ishlash uchun kelgan bo‘lsangiz ham kompaniyada o‘z izingizni qoldirib ketishga intiling.
Juda ko‘pchilik bir necha yillik ish stajiga ega bo‘lishiga qaramay rezyume to‘ldirishda "Ish tajribasi" degan bo‘limga nima yozishni bilmaydi. Odatda ular bu "Ish tajribasi" bo‘limiga kompaniyada qaysi yildan, qaysi yilgacha ishlagan vaqtini yozishdan nariga o‘tolmaydi.
Sababi ular har kuni 9:00 da ishga kelib, faqat buyurilgan ishlarni bajarib, 18:00 da uyiga ketishdan boshqa, kompaniya o‘sishi uchun xizmat qiladigan bironta ham loyihani amalga oshirmagan.
Shuning uchun bu kabi xodimlarga yaxshi maosh to‘laydigan kompaniyalardan hech qachon ish taklifi tushmaydi. O'zining ish joyida ham qadr topmaydi. Chunki ularning eng katta xatosi barcha ishga vaqtinchalik ish sifatida qarashidadir.
Karyera qilmoqchimisiz? O'smoqchimisiz? Unda ishingizga albatta mehr bering, garchi bu sizning vaqtinchalik ish joyingiz bo'lsa ham.
👉@profikaryera
👍7🔥1💯1
🇯🇵 Yaponiyaga borishni istaysizmi?
Ushbu Intensiv Yapon tili kursi niyatingiz amalga oshishiga xizmat qiladi.
👨🏫 Tajribali O’qituvchilar
🏆 Yaponiya universitetlari va kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri topshirish eksklyuziv imkoniyati
🚀 Kursga yoziling va hayotingizni o’zgartiruvchi ilk qadamni tashlang!
Eslatma: Shoshilib qoling, joylar soni cheklangan.
Kurs davomiyli: 5 oy (Boshlang'ich ~ Yuqori daraja)
Boshlanish kuni: 17-iyun
📱 Profi University Beruniy Kampusi, Tashkent
Beruniy Metrosidan 5 min.
🕸 Ro’yhatdan o’tish : Meni ustimga bosing
Oxirgi muddat: 15-iyun, 18:00
📱 @globaleduexchange
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Endi sizda barcha imkonlar bor!🎉
Yaponiya universitetlari, kompaniyalari va maktablariga biz bilan to’g’ridan-to’g’ri topshiring.
Ushbu Intensiv Yapon tili kursi niyatingiz amalga oshishiga xizmat qiladi.
👨🏫 Tajribali O’qituvchilar
🏆 Yaponiya universitetlari va kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri topshirish eksklyuziv imkoniyati
🚀 Kursga yoziling va hayotingizni o’zgartiruvchi ilk qadamni tashlang!
Kurs davomiyli: 5 oy (Boshlang'ich ~ Yuqori daraja)
Boshlanish kuni: 17-iyun
Beruniy Metrosidan 5 min.
Oxirgi muddat: 15-iyun, 18:00
"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥2👏1
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
4-qism ("Ish tajribasi" bo‘limi)
Rezyumedagi kompaniya va ish beruvchilarning e'tiborini jalb qiluvchi eng asosiy bo'lim — bu "Ish tajribasi" qismidir.
Ko'pchilik, ayniqsa talabalar yoki oliygohni endigina tamomlaganlar ish tajribasi bo'limini ko'pincha bo'sh qoldiradilar. Bunga sabab qilib esa hali hech qayerda ishlamaganliklarini ko'rsatadilar.
Lekin bu ham rezyume to'ldirishdagi eng katta xatolardan biridir. Chunki ish beruvchilar tajribasizlarni ishga qabul qilmaydilar. Agar rezyumening ish tajribasi bo'limida hech nima yozilmagan bo'lsa, talabgorni hatto suhbatga chaqirmasliklari ham mumkin.
❕ Xo'sh, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?
Birinchi navbatda, (agar siz qayerdadir ishlagan bo'lsangiz) kompaniya nomi va ishlagan davringiz yozilishi, uning ketidan esa kompaniyada qanday loyihalarni amalga oshirganingiz haqida qisqacha to'xtalib o'tishingiz kerak.
Shuning uchun qayerda ishlashingizdan qat'i nazar doim (ish faoliyatingizdan tashqari) qo'shimcha loyihalarni amalga oshirishingiz lozim. Ish davringiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz.
❕ Hech qayerda ishlamay turib, "Ish tajribasi" bo'limiga nimalar yozish mumkin?
Misol uchun, talaba o'qish davri mobaynida diplom ishi yoki turli xil yo'nalishlarda oliygohda tashkil qilingan loyihalarda ishtirok etadi. Aslida shular ham uning ish tajribasiga misol bo'la oladi. (Bu videoni ko'ring)
Ya'ni, siz hech qayerda ishlamagan bo'lsangiz ham o'qish davrida amalga oshirgan ishlaringizni ish tajribasi bo'limiga yozishingiz mumkin. Masalan, siz qayerdadir amaliyot o'taysiz, to'g'rimi?
Mana shu amaliyot davrida qilgan ishlaringizni ham aslida ish tajribasi bo'limiga kiritishingiz mumkin.
Xulosa shuki, rezyume to'ldirishda hech qachon "Ish tajribasi" bo'limini bo'sh qoldirmang. Chunki bu sizning zararingizga ishlaydi.
Mavzuga oid postlar:
Rezyume nima?
Talabaning rezyume to'ldirishdagi xatosi

👍3👏2🔥1
AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi
Talablar
Dasturda 30 yoshdan oshmagan va demokratik faollikka chuqur qiziqish bildiruvchi barcha qatnashishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.
Foydali tomonlari:
— Yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya;
— Vashingtongga borish-kelish xarajatlari;
— Tibbiy sug'urta va boshqalar qoplanadi.
Oxirgi muddat
31.07.2024
Batafsil — https://grantgo.uz/go/08742

Karyera portfoliosi nima?
Portfolio — so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “muhim hujjatlar papkasi” degan ma’nonini anglatadi. Shuningdek, portfolio mutaxassisning o‘ziga xos yutuqlari jamlanmasi vazifasini ham bajaradi.
Karyera portfoliolari asosan ta'lim, ish namunalari va ko'nikmalarni ko'rsatib berishga yordam beradi. Odatda ko'pchilik ishga joylashish, ish beruvchi yoki kompaniyalarga murojaat qilish uchun karyera portfoliolaridan foydalanadilar.
Bu bo'lajak xodim haqidagi bir yoki ikki sahifada umumlashtirishda foydalaniladigan rezyumega qaraganda ancha chuqurroqdir. Karyera portfoliosi insonning qobiliyatlari, tajribasi va salohiyatining isboti bo'lib xizmat qiladi.
Karyera portfoliosi bo'lajak xodimlarni ishga qabul qilishda yordam beradi. Portfolio muhim ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Qo'shilishi kerak bo'lgan narsalarga shaxsiy ma'lumotlar, karyera yo'li, erishilgan yutuqlar, xodim haqida umumiy portret, mukofotlar va boshqalar kiradi (lekin ular bilan cheklanmaydi).
Karyera portfoliolari ko'pincha qog'ozda yoki elektron portfel sifatida onlayn saqlanadi va tez-tez yangilanib turadi. Karyera portfoliosi shaxsiy rivojlanish uchun o'zini sotishda marketing vositasi sifatida ishlatiladi.
Ba'zi sohalarda ish beruvchilar yoki kompaniyalar odatda karyeraa portfoliosini so'rashadi, shuning uchun portfolio doimo yangilangan bo'lishi lozim.
Xo'sh, siz-chi? O'z portfoliongizni yaratganmisiz?
Agar bu sizga qiziq bo'lsa, unda Profi University "Karyera xizmati" tomonidan yo'lga qo'yilgan platformada hoziroq o'z portfolioingizni yaratishni boshlang...
Portfolio namunasi — https://profiuniversity.uz/students

👍2🔥2👏1
Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz
5-qism ("Ta’lim" bo‘limi)
Rezyumening ushbu qismini to‘ldirish mutlaqo qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ya’ni, bu bo‘limda siz aynan qayerda ta’lim olganligingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritishingizning o‘zi kifoya.
Agar siz oliy ta’limning keyingi bosqichlarida ham tahsil olgan bo‘lsangiz, unda rezyumeda bakalavr darajasidan boshlab ma’lumotlarni kiritishingiz maqsadga muvofiq.
Agar siz faqat bakalavr darajasiga ega bo‘lsangiz, unda kollej (texnikum yoki maktab)da tahsil olgan davringizni ham kiritishingiz mumkin.
Rezyumingizdagi "Ta'lim" bo'limi – bu sizning akademik ma'lumotingizni namoyish etadigan eng muhim qismidir. Bu bo'lim ish beruvchilarga sizning bilim va malakangiz haqida tasavvur beradi.
Quyida "Ta'lim" bo'limini qanday tartibda va qanday ma'lumotlar bilan to'ldirish kerakligi haqida batafsil ko'rsatmalar beramiz.
✅ O'quv muassasasi nomi
Birlamchi va eng muhim ma'lumot – bu siz ta'lim olgan yoki hozirda ta'lim olayotgan o'quv muassasasining nomi. To'liq va aniq yozilganiga ishonch hosil qiling.
Misol: Profi University
✅ Daraja yoki mutaxassislik
O'quv muassasasida olgan yoki olishni rejalashtirayotgan darajangizni va mutaxassisligingizni ko'rsating. Bu ma'lumot ish beruvchiga sizning qaysi sohada bilimga ega ekanligingizni aniq ko'rsatadi.
Misol: Bakalavr darajasi, Biznes boshqaruvi
Magistr darajasi, Moliya.
Boshlanish va tugash sanalari
O'qish boshlanish va tugash sanalarini ko'rsating. Agar hozirda o'qish davom etayotgan bo'lsa, tugash sanasi o'rniga "o'qimoqda" yoki "davom etmoqda" deb yozing.
Misol:
Sentabr 2020 - Iyun 2024
Sentabr 2021 - davom etmoqda...
✅ Akademik yutuqlar
Agar ta'lim davomida yutuqlarga erishgan bo'lsangiz, ular haqida ham qisqacha ma'lumot bering. Bu yutuqlar sizning akademik qobiliyatingizni ko'rsatadi.
Misol:
REktor stipendiati
"Eng yaxshi talaba" mukofoti
✅ Kurslar va loyihalar
Sizning mutaxassisligingiz yoki kasbiy yo'nalishingizga tegishli muhim kurslar yoki loyihalarni ko'rsatish ham muhim. Bu ma'lumotlar ish beruvchiga sizning qaysi mavzularda bilim va tajribaga ega ekanligingizni ko'rsatadi.
Misol:
"Strategik boshqaruv" kursi
"Moliyaviy tahlil" bo'yicha loyiha
Sertifikatlar va diplomlar
Agar ta'lim davomida qo'shimcha sertifikatlar yoki diplomlarga ega bo'lgan bo'lsangiz, ularni ham kiritishingiz mumkin. Bu sizning qo'shimcha bilim va ko'nikmalaringizni ko'rsatadi.
Misol:
"Xalqaro biznes" sertifikati
"Liderlik" bo'yicha diplom.
Shunday qilib, hurmatli talabalar, "Ta'lim" bo'limini aniq va batafsil to'ldirishingiz ish beruvchining e'tiborini jalb qiladi va sizning akademik yutuqlaringizni to'liq ko'rsatadi.

👍2🔥2🤝1
Bilmayman, bilmayman, bilmayman...
Odatda juda ko‘pchilik menga ish kerak deydi. Qaysidir kollej, oliygoh yoki maxsus kurslarda tahsil olganligini isbotlovchi hujjatlarni ham taqdim etadi.
Ammo ana shu mutaxassislik bo‘yicha tajribaga ega ekanligini bilish uchun savollar berilsa, "bilmayman, bilmayman, bilmayman..." degan mazmundagi javob olinadi.
Talabgor bu kamchiliklarini yashirish uchun "siz so‘rayotgan dasturlar bilan ishlashni albatta o‘rganib olaman" degan mazmunda ish beruvchiga ketma-ket javoblar qaytaradi.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchilar talabgorni ishga olmaslik ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Ish qidirayotgan talabgorning xatosi esa suhbatga puxta tayyorlanmaslikdir.
Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom yoki qandaydir sertifikat bilan xodimlarni ishga olishmay qo‘yishganiga ancha yillar bo‘ldi. Hozir tajriba eng muhimi!
Masalan, siz qaysidir oliygohga tyutor yoki koordinator lavozimiga ishga kirmoqchisiz. Suhbatga borganingizda ish beruvchi sizga HEMIS dasturi bilan ishlay olasizmi, deb savol berdi.
Shunda siz "yo‘q, bilmayman, lekin o‘rganib olaman" deb javob qaytarsangiz katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz.
Aslida siz suhbatga kelishdan avval ishga kirayotgan oliygoh, tyutor yoki koordinatorning lavozim vazifalari, ular qaysi dasturlar bilan ko‘proq ishlashi haqidagi ma’lumotlarni bilib olishingiz kerak edi.
Bularni o‘rgandingiz ham deylik. Shundan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, siz ishga kirmoqchi bo‘lgan lavozimda HEMIS dasturi bilan ishlashni bilish o'ta muhim ekan.
Demak, endi siz HEMIS dasturi haqida shunchaki Google qidiruv tizimi orqali bir qancha ma’lumotlarni o‘rganib olishingiz kerak bo‘ladi.
Ishga kirib olish uchun yuqorida sanab o'tilgan ma'lumotlar haqida boshlang‘ich bilimlarning o‘zi yetarli bo‘ladi. Qolganini esa ish jarayonida bemalol o‘rganib olsa ham bo‘ladi.
Sizga rostdan ham ish kerakmi? Unda "bilmayman, bilmayman, bilmayman..." degan javobdan maksimal darajada qochishga harakat qiling.
O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari juda ham ko‘p, faqat shunga munosib kadrlar kam.

👍7🔥3💯2