Karyera markazi | Profi University
868 subscribers
197 photos
62 videos
10 files
271 links
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rezyume

Talabaning rezyume to'ldirishdagi xatosi


Ushbu videoda rezyume to'ldirishda ko'pchilik yo'l qo'yadigan xato haqida so'z borgan.

Rezyume to'ldirishda hech qachon "Ish tajribasi" bo'limini bo'sh qoldirmaslik lozim. Hatto siz talaba bo'lsangiz ham nimadir yozish mumkin aslida...

Motivatsiya yetishmayotgan bo‘lsa, albatta bu ko'rsatuvni to'liq ko'ring:👉 https://www.youtube.com/watch?v=aitLkJ_VYMw

👉@profikaryera
👍1
Suhbatga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?

Nufuzli kompaniyalarga ishga kirishda suhbat jarayoni eng muhim jarayon hisoblanadi. Agar siz suhbatga tayyorgarliksiz borgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni ishga qabul qilinmaganlar ro‘yxatida ko‘rishingiz aniq.

Xo‘sh, tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?

Birinchi navbatda siz kompaniya haqida yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishingiz lozim. Kompaniya tarixi, uning missiyasi va vazifalari shular jumlasidandir.

Kerakli ma’lumotlarni qayerdan topishingiz mumkin?

kompaniya sayti;

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi;

kompaniyaning rasmiy sayti mavjudligi * (umuman olganda u mavjud yoki yo‘qligini tekshiring va agar mavjud bo‘lsa, kompaniya o‘zi haqida nimalar yozganiga e’tibor qaratishni unutmang)

yangiliklar tasmalari va ixtisoslashgan portallarda kompaniya haqidagi maqolalar;

kompaniyaning sobiq yoki hozirgi xodimlarining fikrlari;

siz bilan bog‘langan rekruting kompaniyasining maslahatchisidan olingan ma’lumotlar.

Suhbatga boradigan kompaniyangiz haqida nimalarni bilishingiz kerak?

Kompaniya qanday mahsulotlar/xizmatlarni taklif qiladi?

Kompaniya mahsulotlari/xizmatlarining yakuniy iste’molchisi kim?

Kompaniyaning asosiy raqobatchilari kimlar?

Kompaniya biron bir katta birlashma tarkibiga kiradimi?

Kompaniyaning tarixi, maqsadi va vazifalari qanday?

Uning kelajakdagi istiqbollari qanday?

Rahbariyat tarkibi barqarormi yoki u tez-tez o‘zgarib turadimi?

Ushbu kompaniyada ishchilarga munosabat qanday?

Kompaniyaga ommaviy axborot vositalarining e’tibori qanchalik katta?

Xodimlar nima deydilar?

Ushbu ma’lumotlar nafaqat kompaniya ish beruvchisi sifatida qiziqtirishi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi, balki rekruterning nima uchun ushbu kompaniya siz uchun qiziqarli degan savoliga ham javob beradi.

Suhbat jarayonida jiddiy asoslar keltiring

Professional o‘sish uchun imkoniyatlar, foydali tajriba orttirish, yangi, qiziqarli vazifalarni hal qilish, rivojlanish istiqbollari va boshqalar shular jumlasidandir.

Rekruterga ish beruvchiga qiziqishingizni ko‘rsating va u shundagina sizning niyatlaringiz jiddiyligini tushunadi!

👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🥰2🔥1👏1🍓1
BARCHA talabalar uchun SPRING JOBFEST-2024

Eng yaxshi mahalliy va xorijiy kompaniyalardan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga tashrif buyuring!

Sana: 8-may
Vaqt: 10:00-13:00
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B binosi zali

Yarmarkada barcha ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

📲Batafsil maʼlumot uchun: 71-289-99-99 (0-191 yoki 0-193)

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
Ajoyib xushxabar bor

Juda ko'pchilik ilmiy maqola yozishga qiziqadi. Albatta, ilmiy maqolalar yozib, uni nufuzli jurnallarda chop qilib borish talaba karyerasi uchun ham yaxshi ko'rsatgichlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli biz ilm-fanni yanada qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarning ilmiy izlanish olib borishlari uchun oz bo'lsa-da ko'makchi bo'lish maqsadida yaxshi bir ishga qo'l urgandik.

O'ylaymizki, bizning bu loyihamiz professor-o‘qituvchilar, yosh olim, magistrant, doktorant, tadqiqotchi va izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari uchun yaxshi "tramplin" vaziifasini bajaradi.

Tez orada bu yangilik haqida Profi Universityning rasmiy sahifalarida ma'lumot beradi.

👉@profikaryera
👍14🔥3
Profi Universityning ilmiy jurnali ta'sis etildi

Endilikda Profi University O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 266122 raqamli Guvohnomasi asosida "PULSE" ilmiy jurnalini nashr etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

"PULSE" ilmiy jurnali ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Endilikda jurnalda o'zbek, rus, ingliz, turk va boshqa tillarda maqolalar chop etib boriladi.

Jurnaldan professor-o‘qituvchilar hamda yosh olim, magistrant, doktorant, tadqiqotchi va izlanuvchilarning, iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari, fanda erishilgan yutuqlar va kashfiyotlar haqidagi maqolalari joy oladi.

Nima uchun "PULSE"?

“PULSE” – ingliz tilidan olingan qisqartirma so‘z bo‘lib, uning kengaytmasi Profi University: Language (or Lаw), Science, Education” ya'ni, "Profi Universiteti: til (yoki huquq), fan, taʼlim" degan ma'nolarni anglatadi

0️⃣ Profi University - Think out of the box

@profiuniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2😇1
Profi University talabalari "UZCARD" kompaniyasida stajirovka o'tashi mumkin

Kecha, 15-may kuni Profi University Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Z.Narzikulov hamda Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi U.Po'latov "UZCARD" kompaniyasi "Karyera" bo'limi taklifiga ko'ra talabalarning stajirovka o'tash mavzusiga bag'ishlangan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Uchrashuvda UZCARD – “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ tomonidan oliygoh talabalarining kompaniyada stajirovka o'tash masalasi muhokama qilindi.

Endilikda Profi University talabalari "UZCARD" kompaniyasining quyidagi bo'limlarida stajirovka o'tashi mumkin:

Axborot xavfsizligini ta'minlash departamenti. Bu departamentda talabalar quyidagilarni o'rganadi:

Axborot xavfsizligi hujjatlari bilan ishlash, axborot xavfsizligi standartlari (ISO27001 va PCI DSS) talablari bilan tanishish;

Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish va audit jarayonlari bilan tanishish;

Yig'ma jadvallar bilan ishlash (xavfsizlik tizimlarining KPI tahlili);

Axborot xavfsizligi sohasini tartibga soluvchi buyruqni muvofiqlashtirish jarayonida ishtirok etish.

Marketing, kommunikatsiyalar va PR bo'limi. Bu bo'limda talabalar quyidagilarni o'rganadi:

Reklama, marketing, xabardorlik, ta'lim va boshqalar kabi turli maqsadlar uchun noyob va yuqori sifatli kontent yaratish;

Qaysi kontent eng samarali bo'lishini tushunish uchun mavzular va auditoriyalarni o'rganish;

O'quvchi e'tiborini tortadigan sarlavhalar yaratish;

Bloglar, maqolalar, press-relizlar, videolar va radio lavhalar, voqea skriptlari va boshqalar kabi turli xil kontent formatlari uchun matnlar yozish;

Kontent yaratishda mualliflik huquqi va axloqiy me'yorlarga rioya qilish;

IT bo'limi. Bu bo'limda talabalar quyidagilarni o'rganadi:

server uskunasini tushunish;

server boshqaruvi asoslarini o'rganish;

tarmoq texnologiyalari asoslarini o'rganish;

texnologiya kompaniyasida ishlash tajribasi va boshqalar.

Stajirovka o'tash uchun qanday talablar mavjud?

3 yoki 4-kurs talabasi bo'lish;

Rus va o'zbek tillarini, ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada yaxshi bilishi;

Microsoft Office dasturida ishlay olish;

Stajirovka yo'nalishiga mos fakultetda tahsil olish.

Stajirovka davri - 3 oy (iyun-iyul-avgust oylari) ni tashkil etadi. Bunda moslashuvchan ish jadvalini tashkillash mumkin.

❗️ Eng asosiysi stajirovka yakunida eng yaxshi nomzodlar UZCARD kompaniyasida ishlash uchun taklif oladilar.

Stajirovka o'tash istagida bo'lgan talabalar Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi Ulug'bek Po'latovga murojaat qilishlari so'raladi.

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥52👎1
📌 Diqqat, KASTING!

"Profi University" talabalari diqqatiga!

Siz bizga keraksiz!

📺 Universitet Media bo‘limi "Profi" haqidagi videroliklarga suratga tushish uchun talabalarni izlayapti. Sizdan asosiy talab qilinadigan vazifa "Profi University" talabasi bo‘lishingiz va o‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni biz bilan bo‘lishishdir.

Darvoqe, bizda umumiy yutuq midori 4 million so'm, omadingizni sinab ko'rishni unutmang!

Murojaat uchun: @forprofiuniversity

"Profi University"ga yordam berasiz, degan umiddamiz!

@profiuniversity
👍54
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'z karyerangizni bosh qahramoniga aylaning!

Osnova – bu O'zbekiston yoshlari uchun karyera platformasi. Uzum, Payme, Korzinka, Beeline kabi yetakchi xalqaro va O'zbekiston kompaniyalari ekspertlari sizga o'z karyerangizni boshlashda yordam beradi.

Saytda allaqachon blogerlar Texnoplov va Teacher Azam ishtirokidagi «Karyeraga birinchi qadam» bepul kursi mavjud: osnovaedu.uz

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
#Rezyume

Rezyume nima?


Rezyume — o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot. Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat.

Rezyumeda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering.

Davlat idoralari haqida bilmadik-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar qiziq emas.

Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering.

👉@profikaryera
👍4🔥2😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z ishingizni ko‘rsatishni o‘rganing yoki oylikka ishlaydigan oddiy xodim bo‘lib qolavering

Siz videoda ko‘rib turgan bu qiz Mfaktor loyihasining sotuv bo‘yicha menejeri Durdona.

U Mfaktorning shunchaki bir oddiy ishchisi emas, balki o‘z ishini yaxshi ko‘radigan jamoaning bir bo‘lagiga aylangan xodimdir.

U boshqalarga nimadir o'rgatish uchun shunchaki blog yuritadi va ish jarayonidagi qiziq lavhalarni ham ulashib turadi.

Bu orqali u sotuv menejerlari qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligini boshqalarga ko‘rsatishga harakat qiladi.

To‘g‘ri, bu sizga juda oddiy ishdek ko‘rinishi mumkin. Lekin aynan shunday xodimlarni kompaniyalar hech qachon qo‘yib yubormaydi. Boshqa kompaniyalardan ish takliflari tushib turishi esa uning mavqeyi va maoshi ortib borishiga sababchi bo‘ladi.

"Call-centre"da shunchaki ishlab kun o‘tkazish ham mumkin. Bunda ham siz oylik olaverasiz. Lekin o‘zingizni boshqalarga ko‘rsatolmasangiz yillar o‘tib ham oddiy xodim bo‘lib qolaverasiz.

Shunday ekan, hech bir ishga vaqtinchalik ish sifatida qarashni to‘xtating va shu sohaning professionaliga aylanishga harakat qiling.

👉@profikaryera
👍17🔥2😇1
#Rezyume

Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz


1-qism

Rezyume — bu ish beruvchida siz haqingizdagi ilk taassurotni qoldiruvchi vositadir. Agar mana shu birinchi qadam noto‘g‘ri tashlangan bo‘lsa, siz katta ehtimol bilan rad javobini olasiz.

Endilikda sizlarga to‘g‘ri rezyume tayyorlash bo‘yicha kichik tavsiyalarimizni berib borishga harakat qilamiz.

Yaxshi rezyume tayyorlash uchun birinchi navbatda biz namuna uchun rezyume shabloni tanlab olishimiz kerak bo‘ladi. Rezyume dizayni qanchalik chiroyli bo‘lsa, sizning ma’lumotlaringiz shuncha yaxshi joylashadi.

📄 Xo‘sh, rezyume namunalarini qayerdan topish mumkin?

Bu unchalik qiyin ish emas, chunki Google qidiruv tizimiga "rezyume" deb qidiruv berilsa, juda ko‘plab namunalar topiladi. Undan tashqari rezyume shablonlari Microsoft Word dasturida, canva.com va hh.uz saytlarida ham mavjud.

To‘g‘ri, rezyume shablonlari ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo siz qiladigan ish ular orasidan eng sifatli, nozik did bilan tayyorlanganini tanlab olishdir. Shuning uchun eng yaxshi rezyume namunasini tanlab, hoziroq o'z rezyumengizni yarating!

P.S: Ha aytgancha, Profi University talabalari uchun "Karyera" platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, u yerda dizaynerlarimiz tomonidan tayyorlangan maxsus rezyume namunasi ham mavjud.

Hozirgi kunda bir qancha talabalarimiz bizning platformada o‘z rezyumelarini tayyorlashga ham ulgurishdi.

Mavzular:

1. Rezyume nima?

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
🔥21👍1💯1
Yaqin kelajakdagi mehnat bozori

Profi University doimo zamonga hamohang bo'lishga intiladi. Hozir mehnat bozori tez sur'atlarda rivojlanib, o'zgarib boryapti. Bu o'zgarishlarga tayyor va raqobatbardosh bo'lish uchun biz allaqachon harakatni boshlaganmiz.

Shu sababli, biz “Karyera xizmati” loyihasi doirasida “Karyera platformasi” faoliyatini yo’lga qo’ydik. Bu orqali talabalarimiz elektron portfoliolarini yaratish va ish beruvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Bizning karyera platformamiz orqali talabalar nafaqat o‘zlarining rezyume namunalarini tayyorlashi, balki u yerda turli xil kompaniyalardan ish takliflari ham olishi mumkin.

Bunda talabalar o'qish va amaliyot davomida barcha erishgan yutuqlarini platformaga joylab borishadi. Platformada "Yutuqlar", "Mahorat darslari" (videolar), "Ilmiy maqolalar", "Bloglar" hamda "Fotogalereya" bo‘limlari mavjud.

U yerda layk va izohlar ham qoldirish mumkin. Bu platforma yaqin kelajakda juda katta onlayn mehnat bozoriga aylanadi.

Tez orada bizning mazkur platformamizda talabalarimizni zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash uchun mo'ljallangan "Shaxsiy rivojlanish" kurslari ham yo'lga qo'yiladi.

Mazkur onlayn kurslarda esa talabalarimiz rezyume tayyorlashdan tortib, vakant saytlar bilan ishlash, ish intervyusi ko'nikmalari, networking va shunga o'xshash bir qancha muhim bo'lgan narsalarni o'rganadilar.

Biz esa “Karyera platformasi”ni zamonga hamohang ravishda takomillashtirib borishda davom etamiz.

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
🔥2👏2👍1🥰1
Banklarda amaliyot o’tashni istaysizmi?

Kapitalbank, Aloqabank va Garant bank iqtisodiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni ish o‘rganishi uchun stajyorlikka ishga taklif qilmoqda.

🏦 Kapitalbank – Batafsil

🏦 Aloqabank – Batafsil

🏦 Garant bank – Batafsil

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rezyume

Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz

2-qism (suratlar bo‘limi)


Rezyume qanchalik sifatli to‘ldirilgan bo‘lsa, siz haqingizda kompaniya va ish beruvchida eng boshidanoq yaxshi tasavvur hosil bo‘ladi.

Ish beruvchi dastlab sizni ko‘rmaydi, shu sababli u sizning rezyumengizga qarab birinchi xulosalarni chiqaradi. Rezyume shunchalik yaxshi bo‘lishi kerakki, u sizni boshqa nomzodlardan ajralib turishingizga xizmat qilmog‘i lozim.

📸 Rezyumening eng asosiy bo‘limlaridan biri — bu suratdir

Rezyumega joylanayotgan suratga alohida ahamiyat berish lozim. Fotosurat sifatli, eng muhimi vaqtga mos bo‘lishi ahamiyatli. Ya’ni, rezyumega 5-10 yil avval tushilgan fotoni joylash katta xatodir.

Rezyumega joylashtirilgan surat belgilangan joyga aniq o‘lchamlar asosida joylashtirilishi kerak. Ya’ni, surat belgilangan chegaralardan chiqib ketmasligi lozim.

Ba’zilar rezyumega o‘ta rasmiy ko‘rinishdagi suratlarni joylashadi. Suratda qanchalik samimiy ko‘rinsangiz, siz haqingizda shuncha iliq taassurot qoldirishi mumkin. (Albatta, bu har kimning shaxsiy masalasi)

Imkoni bo‘lsa, rezyume uchun alohida suratga tushing. Qaysidir tadbir, tug‘ilgan kun, bayramlar, dam olish maskani yoki bog‘da tushilgan "selfi" suratlarni shunchaki joylab qo‘yish yaramaydi.

Mavzular:

1. Rezyume nima?

2. 1-qism

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉
@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#karyera

Talaba karyerasi


Profi University Navoiy filiali Pedagogika-psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi Rustamova Nargiza O'lmasovna amaliyot jarayonlarida ko'rsatgan bir qancha yutuqlari yuzasidan Samarqand viloyati "Mahorat maktabi", Profi University ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.

Jumladan Nargiza O'lmasovnaning bir qancha gazeta, jurnallarda maqola va ijodiy namunalari chop etib kelinmoqda. Ayniqsa, "Nutqida kamchiligi bor bolalarni davolash" yuzasidan olib borgan mahorat darslari Samarqand viloyati "Mahorat maktabi" da namuna sifatida olib borilmoqda.

Nargiza O'lmasovna 3-boqish talabasi bo'lishiga qaramasdan namunali faoliyati uchun 26-DMTTda "Psixolog" sifatida o'z ish faoliyatini boshladi.

👉@profikaryera
👍62🔥1🥰1
#Rezyume

Rezyume tayyorlashni o‘rganamiz

3-qism ("Qisqacha ma'lumotlar" bo‘limi)


"Qisqacha ma'lumotlar" bo'limi rezyumening kirish qismi bo'lib, u yerda siz o'zingizni qanchalik yaxshi kadr ekanligingizni isbotlab, bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishingiz kerak bo'ladi.

Ko'pchilik rezyumening mana shu qismiga "Men juda tirishqoq, talabchan, intiluvchan, zukkoman. Har qanday ishga mas'uliyat bilan yondashaman va h/k" deb o'zini orticha maqtab ketadi.

Lekin bu xato. Rezyume to'ldirishda hech qachon "quruq gaplar" bilan o'zingizni maqtamang. Yaxshisi bu bo'limda siz amalga oshirgan ishlaringiz, loyihalaringiz haqida gapirganingiz foydaliroq bo'ladi.

To'g'ri, rezyume to'ldirishda ozroq maqtanchoqlik qilish zarar qilmaydi. Lekin siz buni to'g'ridan-to'g'ri emas, so'z o'yini orqali isbotlashga harakat qiling.

Hozir sizga misol keltirib berishga harakat qilamiz

Men o'z ustimda juda ko'p ishlaydigan, talabchan, kreativ fikrlaydigan kadrman. Barcha ishlarga o'ta mas'uliyat bilan yondashaman. Ko'plab loyihalarni amalga oshirganman. Jamoatchilik va tashkiliy ishlarda juda ham faolman.

Faoliyatim mobaynida maktab ta’limi tizimi ekspertlari, mutaxassis hamda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ishlashimga to‘g'ri keldi. “Xalq ta’limi Info” loyihasini boshlaganimdan so‘ng meni ham ta’lim eksperti sifatida ko‘plab loyihalarga taklif qila boshladilar.

———————
Shuni ham unutmaslik kerakki, faoliyatingiz mobaynida hech nima qilmay turib, yaxshi rezyume tayyorlay olmaysiz. Shuning uchun turli xil loyihalarda qatnashib, faol bo'lishingiz ham kerak.

Mavzuga oid postlar:

Rezyume nima?

1-qism (Rezyume shabloni)

2-qism (Suratlar bo‘limi)

"Career Service" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi

👉
@profikaryera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👌1