Nuruddin Blogs
5.98K subscribers
3.25K photos
362 videos
10 files
1.26K links
Texnologiyalar, Startuplar va ba’zida offtop.

Kofe olib bermoqchimisiz? Marhamat:
https://www.tirikchilik.uz/nuruddin

Add me on other social media:
instagram.com/nuruddinblogs / instagram.com/imnuruddin
t.me/imnuruddin
Download Telegram
Saytlar ochilmayaptimi?

Siz yolg’iz emassiz, agar siz Uzonline/Uzmobile abonenti bo’lsangiz va/yoki Chrome brauzeridan foydalansangiz, sizda ko’p saytlar ochmayotgan yoki qaysidir qismlari qiyshiq ochayotgan bo’lishi mumkin.

Sabab:
Bir nechta blogerlar O’zbekistonda TLS 1.3 hamda QUIC protokollari blok bo’lganligini yozishmoqda.

Hozirda TLS 1.3 hamda QUIC protokollari butun dunyo bo’yicha saytlarning yarmidan ortig’ida ishlatilmoqda deb yozyapti internet.

Endi nima qilamiz?
Toza O’zbekistonlik sifatida kompyuter yoki telefoningizda bir nechta VPN ilovalari bo’lsa kk, yana har doimgidek VPN orqali websaytlarni ochishga yuzlanamiz.

Xavfsizlik tomondan olib qarasa albatta bepul VPNlar ishlatish axborot xavfsizligiga unchayan to’g’ri kelmaydi, lekin bugun bir nechta do’stlarimiz ularda ish uchun dasturlar va kommunikatsiyalar ishlamayotganini ham aytishdi. Nailoj, hozircha yechim bo’lib turadi.

Ha aytgancha, bugun Antarktikada ham tezligi baland Starlink interneti ishga tushibdi, biz ham stabil va tez, ochiq internetga umid qilib qolamiz :)

@nuruddinblogs
👍29🕊9🤯3🔥21
Time Complexity va 🧠 Space Complexity

Dasturlashda har bir algoritm uchun tezkorlik va xotira tejamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu ikki tushunchani sodda va qiziqarli usulda tushuntirish qiyin lekin men harakat qilib koʻrdim.

🔗 Erinmasdan oʻqib chiqish: Link

@akobirabduganiev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3
Forwarded from Khumoyun Codes
Qiziq holat, bozorda nima gap ekan deb kechadan vakansiyalarni qarashni boshladim 🤓. Tendensiyalar o'zgarib 📈, yana Full-stack dasturchilar qidirish avj olyaptimi bilmadim, menga ko'p shunday vakansiyalar uchradi. JS/React/Angular deganini oldida albatta Node.js va Nest deb yozilgan. Bugun ertalab 2 nafar EPAMga refer qilgan odamlarimdan ham xabar keldi, Nodejs bo'yicha savollar bilan ko'mishdi degan. Lekin frontend dasturchilikka harakat qilishayotgandi. Yana Cloud ☁️ bo'yicha ham savollar so'ramoqchi bo'lishipti. Qiziq juda qiziq, hozirgi Cloud va Nodejs bo'yicha bilimlarim bilan men o'zim ham frontendchi bo'lib ishga kira olmagan bo'lardim menimcha.

Talablar yuqorilab ketayotgani, universal "askar"lar ko'proq kerak bo'layotganimi, yoki bir ishchiga barcha ishlarni qilidirshmoqchiligidanmi tushunmadim tog'risi. Lekin shunday holatlarni ko'rib, backendni o'rganishga qaytib, suhbat uchun tayyorgarlikda bu holatlarni ham e'tiborga olib qo'yish kerakmikan deb o'ylab qoldim 🧐.

Yana bir qiziq holat, Vue chilarga ishlar ko'payib qolgandek, oldin nisbatan kam bo'lardi. Hozir Angulardan ham, Reactdan ham ko'proq negadir Vue ni ko'ryapman. Bu nimadan ekan bilmadim 🤷‍♂️.

Siz oxirgi vaqtda bozordagi o'zgarishlarda, nimalarni sezdingiz?

@khumoyun_codes
👍13💯21
Nuruddin Blogs
Be a software engineer. (AI Tarjima 👇) Siz dasturiy ta'minot muhandisi emassiz. Siz oddiy texnik xodim (blue-collar tech worker)siz. Siz boshqalar yaratgan vositalardan foydalanasiz. Siz vazifalarni bajarish uchun kerakli bo'lgan minimumni o'rganasiz. …
Hullas do’stlar software engineer bo’ling, frameworkchi bo’lmang, bu juniorlarni bo’yniga yetarlicha yana og’irlik qo’yishi mumkin, ommo lekin sizni competitive qiladi — bozorda o’ringa ega bo’lishiz uchun og’irlik qo’shadi
💯32👍31
2024 kanalimiz uchun omadli keldi, 2mln+ ko’rishlar soni, 14mingta share lar 🔥

Ommo lekin 5-5,500 foydalanuvchilar sonidan tepaga keta olmayapman, keyingi yilga 10,000 ga niyat qilamiz )

@nuruddinblogs
👍388🔥8💯4
Forwarded from AbdulBasit's blogs (bosit.xon)
Biz ishga tushdik! 🚀
Bugun ochiq manbali platformamizni ishga tushirganimizni e’lon qilamiz: www.portfoliosworld.com! 🎉

Ko‘plab mehnat va sa’y-harakatlardan so‘ng, bu muhim bosqichni sizlar bilan baham ko‘rayotganimizdan xursandmiz. Ushbu platforma dasturchilar va ijodkorlarga o‘z ishlarini oson va chiroyli tarzda namoyish qilish uchun yaratilgan.

Agar biror xato topsangiz yoki fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, iltimos, abdulbositsharipovv@gmail.com manziliga yozing. Bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan rahmat—upvote qiling va bo‘lishishni unutmang! ❤️

Birgalikda ajoyib narsalar yaratamiz! 🌟
👍28👌6🥰3🔥21💯1🏆1
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Agar men O’zbekistonda joylashgan 2-3 yillik tajribaga ega dasturchi bo’lganimda, hoziroq Googlening Varshavadagi ofisiga topshirgan bo’lar edim. 60ga yaqin ish o’rni bor ekan. Amalda undan ham ko’p bo’lsa hayron bo’lmagan edim.

https://www.google.com/about/careers/applications/jobs/results?location=Warsaw%2C%20Poland&q=%22Software%20Engineer%22
🔥36👍7💯5
Newwhitepaper_Agents2.pdf
4.1 MB
2025-yil AI Agentlar yili bo’ladi deb tahmin qilishayotgani uchun AI Agentlar va boshqa AIlar to’g’risida paperlarni yig’ib keldim:

https://www.latent.space/p/2025-papers

@nuruddinblogs
👍146🔥41🌚1
Nuruddin Blogs
Newwhitepaper_Agents2.pdf
Izohlardan:

AI агентлари — бу сунъий интеллект алгоритмларидан фойдаланиб, вазифаларни бажарадиган, муаммоларни ечадиган ёки атроф-муҳит билан ўзаро алоқада бўладиган дастурлар ёки тизимлардир. Уларнинг асосий мақсади — маълумотларга, мақсадларга ва ишлаш муҳитига асосланиб, мустақил равишда қарор қабул қилиш ва ҳаракатларни амалга ошириш.

AI агентларининг асосий хусусиятлари:

1. Мустақиллик: Улар инсоннинг доимий аралашувисиз ўз-ўзидан ишлайди.


2. Ўрганиш: Янги шароитларга мослашиш ва ҳаракатларини такомиллаштириш учун машинали ўрганиш ёки бошқа усуллардан фойдаланади.


3. Қабул қилиш: Ташқи муҳитдан маълумотларни сезгичлар ёки маълумотлар орқали қабул қилади (масалан, матн, тасвирлар, овоз).


4. Жавоб бериш: Кириш маълумотларига жавоб беради, қарор қабул қилади ва ҳаракатларни амалга оширади.


5. Мақсадга йўналтирилганлик: Улар маълум бир мақсадга эришишга ҳаракат қилади.



AI агентларига мисоллар:

1. Чат-ботлар (масалан, ChatGPT) — фойдаланувчилар билан мулоқот қилиб, саволларга жавоб беради.


2. Роботлар — сунъий интеллектдан фойдаланиб, физик вазифаларни бажаради, масалан, робот чангютгичлар.


3. Виртуал ёрдамчилар (масалан, Siri, Alexa) — кундалик вазифаларни бажаришда ёрдам беради.


4. Автоном транспорт воситалари — йўл ҳолатидан келиб чиқиб, қарор қабул қилади.


5. Савдо алгоритмлари — бозорларни таҳлил қилади ва битимларни амалга оширадиган AI агентлари.



AI агентлар ихтисослашган (фақат бир вазифани бажарадиган) ёки универсал (бир нечта вазифани бажарадиган) бўлиши мумкин, бу уларнинг дизайни ва мақсадига боғлиқ.

@nuruddinblogs
👍172👎1
Forwarded from wayd
😁22🌚14🔥1🕊1
Forwarded from Paiziev24
Sotsial tarmoqlar va email orqali yosh startuperlarimiz o‘z pitchlarini yuborishadi. Ko‘p hollarda fokus texnologiya va mahsulotga qaratilgan bo‘ladi.

Maslahatim: fokusni biznes qismiga va moliyaviy natijalarga qaratish kerak deb o‘ylayman. Asosiy savol: qanday qilib qisqa vaqt ichida oyiga $10,000 takrorlanuvchi daromad (MRR)ga erishsa bo‘ladi? Nega bu muhim? Chunki agar startup yaxshi daromad oqimini generatsiya qilmasa, bu oddiy bir hobbydan boshqa narsa emas.

O‘zbekistonda investor topish qiyin masala, startuplarga investitsiya kiritadigan investorlarni topish esa bundan ham qiyin. Shuning uchun, startupingiz boshidan daromad keltirishi haqida o‘ylash ancha maqbul.

Yaxshi asoschilar o‘z pitchlarida quyidagilarga e'tibor qaratadi:

Pul oqimi: Hozirda qanday daromad generatsiya qilinyapti?
Kanallar: Bu daromad qaysi kanallar orqali keladi?
Kelajak: Qanday qilib daromadni kengaytirish yoki oshirishni rejalashtiryapsiz?

Asoschilar uchun eng qiyin masala – pul oqimi va sotuv yo‘lini topishdir. Mahsulotni yaratish esa nisbatan osonroq vazifa.

@paiziev24
👍206
Forwarded from Pivot.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir startaper muvaffaqiyatga erishishi uchun muhim bo'lgan jihatlar qaysi?

Navbatdagi mehmonimiz – Azizbek Qurbonov, “Sug‘urta Bozor” startapining hammuassisi va boshqaruvchi direktori.

Ushbu suhbat davomida:
🔘Startap yaratishdagi dastlabki qadamlar
🔘Startaper va tadbirkorning farqi
🔘Startaplarning muvaffaqiyatsizlik sabablari
🔘O'zbekistonda qanday qilib investor topish sirlari haqida muhokama qilamiz


🌐 To'liq suhbatni ko'rish

Siz ham o‘z startapingizni boshlang va loyihamiz qahramoni bo'ling!

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥51
Metada ishlamoqchi bo’lgan Biznes/Politics sohasidagi mutaxassislar uchun imkoniyat:

https://www.metacareers.com/jobs/1261354631641670/

@nuruddinblogs
👍9
Forwarded from Paiziev24
«ИИ-агентлар — бу мульти-триллион долларлик имконият». — Женсен Хуанг, Nvidia раҳбари.

2025 йил 6 январь

https://www.youtube.com/live/k82RwXqZHY8?si=GXmDWh_nbI6UYyHi
👍1
Qiyin Ishlarni Qiling

Yaxshi va ajoyib o'rtasidagi farq faqat iste'dodda emas. Bu muntazam ravishda qiyin ishlarni qilishga bo'lgan xohishdir. Men buni qiyin yo'l bilan o'rgandim.

O'n yil oldin, men LinkedIndan katta lavozim va maoshni tashlab, 10 kishilik startapning birinchi mahsulot menejeri bo'ldim. Tuzilgan mahsulotni cheksiz tarqatishni mahsulot-bozor mosligi uchun tartibsiz qidiruv bilan almashtirish meni har kuni sinovdan o'tkazdi. Bu birinchi sakrash menga keyingi uchta startapni ketma-ket qilish uchun ishonch - yoki soddalik berdi.
Mushak tez so'nadi. Buni yirik texnologiya kompaniyalarida uzoq qolib ketgan do'stlarimda ko'raman. Yaxshi maosh, sekin sur'at, cheksiz ta'tillar. Uzoq soatlar qiyin qarorlar o'rnini egallaydi. Qulaylik mukammal tuyuladi, toki ular startapni sinab ko'rmaguncha. Sur'at imkonsiz, tartibsizlik chidab bo'lmas tuyuladi. Sun'iy intellekt odatiy ishlarni avtomatlashtirganida, faqat hal qilishga arzigulik muammolar qoladi - soatlar emas, e'tiqod ustidan qulaylikni talab qiladiganlari.

Bu qiyin ishlarda yaxshi bo'lish hayotni osonlashtirmaydi - u sizni yanada qiyinroq muammolar uchun mas'ul qiladi. Lekin maqsad ham shu. Har kim qiyin qarorlar bilan yuzlashadi. Farqi shundaki, bu mushakni erta rivojlantirganlar qaysi qiyin muammolarni hal qilishni xohlashlarini tanlash imkoniga ega bo'ladilar. Boshqalar hayot ularga qanday qiyin muammo tutsa, shuni oladi. Hayot murakkablashishidan oldin - har bir yangi mas'uliyat yanada og'irroq ko'rsatadigan paytdayoq boshlang.

Elite sportchilar kabi, qachon zo'riqish kerakligi zo'riqishning o'zi kabi muhimdir. Maqsadsiz qiyin ishlarni qilish sizni holdan toydiradi. Maqsadsiz dam olmasdan ishlash sizni sindradi. Nafaqat qaysi qiyinchiliklar muhimligini, balki ular qachon muhimligini tushunish uchun mushakni rivojlantiring.

Shiddat e'tiborni tortadi. Izchillik esa imperiyadek bo'lishga yordam beradi.

Manba

@nuruddinblogs
👍2451
Yangi Tesla Model Y

Qalay sizlarga?

@nuruddinblogs
👎85👍12🤔52🔥2😁1
Forwarded from Temurning PM Blogi
📢 Click kompaniyasida bo‘lg‘usi Produkt menejerlar uchun amaliyotga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!

Siz 4-kurs talabasisiz va Produkt menejment sohasiga ilk qadamni qo‘yishni orzu qilasizmi? Click eng iqtidorli va kreativ yoshlar uchun eshiklarini ochmoqda! 🚀

Sizni quyidagilar kutmoqda:
🌟 2 oylik amaliyot – tajribali ustozlar ko‘magida haqiqiy biznes jarayonlariga sho‘ng‘ish.
Moslashuvchan jadval – mashg‘ulotlaringiz va hayotingizga moslashamiz (haftasiga 20 soat).
💼 To‘lanadigan amaliyot – biz vaqtingiz va hissangizni qadrlaymiz.
💡 Karyerani boshlash imkoniyati – amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga mamlakatning yetakchi fintech kompaniyasida ishlash yo‘li ochiladi.

🗣 Rus tilini bilishingiz biz uchun muhim.

Biz yangi kashfiyotlar va qiyinchiliklarga tayyor iqtidorli talabalarni izlayapmiz. Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, shuning uchun o‘z qobiliyatingizni ko‘rsating!

Clickning bir qismi bo‘ling – kelajakka birinchi qadamingizni biz bilan qo‘ying! Hoziroq biz bilan bog‘laning: @feruzaclick.
👍101