Toshkent moliya instituti
12.7K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#AI

Otabek va Kumush. A.Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani qahramonlari MidJourney sunʼiy intellekt neyrotarmog‘i tasavvurida

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#AI

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

“Google Cloud” Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birgalikda ayollarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrgatish boʻyicha keng koʻlamli bepul “Elevate” taʼlim dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi — STEM sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida martaba qurish va davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Trening ingliz tilida, gibrid formatda, “Google Cloud” jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori boʻlgan ayollar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.

Trening ikki yoʻnalishda olib boriladi:

1.Texnik kompetensiyalar —
dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud Arxitekturasi, maʼlumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Processing).

2. Biznes kompetensiyalari — barcha uchun umumiy yoʻnalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 31-martgacha havola orqali qabul qilinadi.

Telegram: @moliyauz_official
#AI

Sunʼiy intellektning jamiyat uchun qanday xavfi bor?


     Sunʼiy intellektning jamiyat uchun asosiy xavf-xatarlaridan biri shundaki, neyron tarmoqlar tobora koʻproq sifatli kontentni, jumladan, yangiliklar hisobotlari, ilmiy maqolalarni yaratish imkoniyatiga ega boʻlib, soxta maʼlumotlarning tarqalish xavfini oshiradi. Bu haqda “Lenta.ru” kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis Vladimir Ulyanovga tayanib, maʼlum qildi.

     “Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib ketadi va buzgʻunchi harakatlar qila boshlaydi, degan qoʻrquv asossizdir, chunki unda bunday turdagi vakolat va imkoniyatlarga cheklov oʻrnatiladi. Men xavf sifatida koʻrayotgan yagona narsa va nima uchun undan foydalanishni cheklash kerak deb oʻylashimning sababi – endi neyron tarmoqlardan turli matnlar, ilmiy maqolalar, yangiliklar yaratish uchun foydalanish mumkin”, deydi Ulyanov.


     “Axborot qancha koʻp tarqalsa, uni kim yaratganini, qanchalik real ekanligini tushunish shunchalik murakkablashadi. Soxta yangiliklar paydo boʻlishi mumkin”, deydi mutaxassis.


     Oldinroq Italiyaning Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish idorasi dunyoda birinchi boʻlib “ChatGPT” chat-botidan foydalanishga vaqtinchalik cheklov joriy etgandi.

Bunga shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha qonun buzilishi sabab boʻlgan edi. Keyinchalik Germaniyada ham “ChatGPT”ini bloklash koʻrib chiqilayotgani aytilgandi.

 Telegram: @moliyauz_official
#AI

Bill Geytsning soʻzlariga koʻra, 18 oy ichida sunʼiy intellekt bolalarga oʻqish va yozishni oʻrgata boshlaydi va har qanday oʻqituvchidan yaxshiroq boʻlishi mumkin.

👉 @moliyauz_official