Digital.uz
12.2K subscribers
19.6K photos
1.1K videos
1 file
6.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
☄️ Kadastr pasportini onlayn rasmiylashtiring!

👨‍💻 Hozirgi kunda kadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

💁🏻‍♂️ Buning uchun:

🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.

🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/spheres/2#132

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zTTBRM” DUK“ AI Alliance”ning rasmiy a’zosi bo‘ldi

➡️Mazkur a’zolik “O‘zTTBRM” DUKga Alyansning xalqaro tashabbuslari, dasturlari va loyihalarida ishtirok etish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishga hissa qo‘shish imkonini beradi.

🟡Alyans uchun hamkorlik quyidagi muhim imkoniyatlarni beradi:

➡️ "O‘zTTBRM" DUKning real vaqt monitoringi va avtomatlashtirilgan tizimlari sun'iy intellekt algoritmlari bilan integratsiya qilinishi natijasida tarmoq samaradorligini oshirish imkoniyati ishlab chiqish;
➡️sun'iy intellektning korxona faoliyatiga integratsiyalashishi, xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashi hamda ushbu sohadagi ilg'or AI startaplar bilan samarali hamkorlik o'rnatishni amalga oshirish;


Ushbu muhim qadam "O‘zTTBRM" DUKning innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va global standartlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda sun’iy intellekt sohasida yangi imkoniyatlar uchun mustahkam asos yaratadi.

Agar siz ham “AI Alliance” a’zoligiga qo‘shilish va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, https://www.ai-alliance.uz/ rasmiy sayti orqali yoki +998933853609 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz, shuningdek, https://xn--r1a.website/ai_alliance_uz telegram kanali orqali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatishda abonentlarga qulayliklar kengaytirildi

Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi tahriri davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjatda telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi bir qator yangiliklar belgilandi.

⏭️ Jumladan, mobil aloqa abonentlari shaxsiy hisobida mablag‘ xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmaganda mobil aloqa operatori va abonent o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilish (mavjud bo‘lmagan raqam holatiga o‘tkazish) muddati 2 oydan 1 yilga uzaytiriladi.

📑 Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boshqa tarif rejasi bilan bepul almashtirishi mumkin bo‘ladi (bundan muayyan guruh yoki ma’lum cheklangan hudud uchun ishlab chiqilgan alohida tarif rejalariga o‘tish mustasno).

⌛️Amaldagi tariflar shartlari o‘zgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.

🔗 Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, xizmat ko‘rsatish punktiga kelish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar uchun yashash joyiga borish, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠 Latviya tajribasi asosida O‘zbekistonda Yevropa bozoriga mos AT-mahsulotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Latviyaning “Corporate Solutions Group” kompaniyasi ta’sischisi va bosh direktori Aigars Seruss bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬Uchrashuv davomida AT-sohada hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini xalqaro bozorlarga olib chiqish, shuningdek, tayyor raqamli mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

🟢“Corporate Solutions Group” vakillari Yevropa va AQSh bozorlarida dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan talab kuchayib borayotgani haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining AT-sohadagi xarajatlarni optimallashtirishdagi roli, bu jarayonda yosh mutaxassislarni yetishtirish va ularning kasbiy o‘sishini ta’minlash muhimligi qayd etildi.


👨‍💻 Tomonlar yosh dasturchilarni AI, eski va yangi texnologiyalar uyg‘unligida tayyorlash, ularni real loyihalar orqali senior darajaga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini bildirdilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/125014

🇬🇧 English

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar

📆 2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universitetining 5-qavat zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkaziladi. Sizni mazkur yig‘ilishga taklif etamiz!

✔️ Bu yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan o‘z savollaringizga javob olishingiz mumkin:
🫥IT ta’lim va IT yo‘nalishidagi o‘quv markazlari faoliyati;
🫥IT-Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
🫥IT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
🫥Sun’iy intellekt.
🫥Internet xizmati;
🫥Mobil aloqa;
🫥Telekommunikatsiya;
🫥Pochta xizmati;

✔️ Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Yig‘ilish tafsilotlari:
📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universiteti binosi
📆 Vaqt: 2026-yil, 30-yanvar, soat 15:00

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilganining 34-yilligi munosabati bilan Sizlarni samimiy muborakbod etamiz!

O‘tgan 34 yil davomida Davlat feldyegerlik xizmati davlatimiz xavfsizligi va barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etib kelmoqda. Mazkur xizmat har bir topshiriqda aniqlik, maxfiylik va ishonchlilik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda, davlat boshqaruvi tizimining ajralmas bo‘g‘iniga aylangan.

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda ham Davlat feldyegerlik xizmati o‘ziga xos betakror o‘rni, yuqori mas’uliyat va sadoqatga asoslangan faoliyati bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz davlat manfaatlari yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyilik maktabidir.

Hurmatli xizmat xodimlari! Sizlarga mustahkam sog‘liq, xizmat faoliyatingizda yuksak natijalar, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Davlat feldyegerlik xizmati tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Global bozorga chiqmoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmaysizmi?

Ushbu Fireside Chat sizni oylar, hattoki yillar davomida qilinadigan xatolardan asraydi va vaqtingizni tejaydi.

12-fevral kuni biz startap asoschilarini MIT Sloan School of Management qoshidagi MIT Kuo Sharper Center ijrochi direktori Dina Sherif bilan eksklyuziv jonli suhbatga taklif qilamiz.

⚡️ Quyidagi startap asoschilari uchun:
— O‘zbekistonda IT mahsulotlar yaratayotganlar
— Xalqaro bozorlarga chiqishni rejalashtirayotganlar
— Allaqachon kengayib, o‘sishdagi to‘siqlarga duch kelayotganlar


💬 Slaydlar ham, pitch ham yo‘q. Faqat real tajribaga asoslangan ochiq va samimiy suhbat:
— global miqyosda kengayishda nima haqiqatan ishlaydi?
— startaplarga vaqt va mablag‘ yo‘qotishga sabab bo‘ladigan xatolar
— rivojlanayotgan bozorlardan chiqqan asoschilar global ekotizimga qanday kirib boradi


🟢 Ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi
🟢 Batafsil ma’lumot uchun:
it-park.uz

🚀 Agar maqsadingiz shunchaki sinab ko‘rish emas, balki barqaror global o‘sish bo‘lsa — shu yerdan boshlang.



🌐 Going global — but not sure where to start?
This Fireside Chat might save you months of trial and error.

On February 12 we invite startup founders to an exclusive, live conversation with Dina Sherif — Executive Director of the MIT Kuo Sharper Center at MIT Sloan School of Management.

⚡️For founders who are:
— building IT products in Uzbekistan
— thinking about international markets
— already scaling and hitting growth barriers


💬 No slides. No scripts. Just real talk about:
— what actually works in global scaling
— mistakes that cost startups time and money
— how founders from emerging markets enter the global ecosystem


🟢 Registration required
🟢 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz

🚀 If your goal is not just to try, but to achieve sustainable global growth, this is where you start.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Raqamli hukumat: davlat xizmatlarida yangi sifat va yangi sur’at – yangi bosqichda

O‘zbekistonda Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada ochiq, qulay va shaffof qilish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilda bu yo‘nalishda salmoqli natijalarga erishildi.

📈 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlari kengaymoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2025-yilda 100 ta yangi elektron xizmat joriy etilib, xizmatlarning umumiy soni 800 taga yetkazildi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilda bor yo‘g‘i 60 ta edi.


📊 Bugungi kunda Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 13 milliondan oshgani raqamli davlat xizmatlariga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi.

📈 Mobil ilovalar orqali xizmatlardan foydalanish jadal o‘smoqda

Yagona portalning mobil ilovasida 2025-yilda 75 ta yangi elektron xizmat joriy etilib, ularning umumiy soni 600 taga yetdi. Mobil ilova orqali foydalanuvchilar soni 9,5 million nafardan oshib, 2024-yil yakunidagi 4 million ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli o‘sish qayd etildi.


2025-yilning yanvar–sentabr oylarida Yagona portal orqali taqdim etilgan xizmatlar soni 39,4 milliondan oshdi.

📈 Elektron hukumatning bazaviy axborot tizimlari takomillashtirildi

Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi takomillashtirilib, foydalanuvchilar soni 2025-yil yakunida 13,1 millionga yetdi. Hozirda ushbu tizimga davlat idoralarining 1200 dan ortiq axborot tizimlari integratsiya qilingan (2025-yil 920 ta).


Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 2025-yilning to‘qqiz oyida 5,1 milliard marotaba so‘rovlar qayta ishlandi. Bu o‘tgan yil ko‘rsatkichiga nisbatan 182 foiz o‘sishni tashkil etdi. Platformadagi servislar soni yil yakunida 530 taga yetkazildi.

📊Ijro intizomi va infratuzilmada samaradorlik oshdi

Yagona idoralararo ijro intizomi tizimi asosida ishlayotgan Edo.ijro.uz platformasida foydalanuvchilar soni 150 mingdan oshdi. Tizim orqali 62 milliondan ortiq hujjatlar raqamli shaklda yaratildi, 32 milliondan ortiq topshiriqlar nazoratga olindi. Bu esa 853 tonna qog‘ozni tejash, shu bilan birga rahbar va xodimlar vaqtidan samarali foydalanish imkonini berdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/125520

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat taxtasida kuch sinashni istaysizmi? Digital.uz Chess Cup” sizni kutmoqda!

IT sohasida faoliyat yuritasizmi va strategik fikrlashni haqiqiy bellashuvda sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda Digital.uz Chess Cup” — aynan siz uchun. Ushbu turnir IT mutaxassislarini bir maydonga jamlab, aql, tezkorlik va aniqlikni sinovdan o‘tkazadi.

Musobaqa 9 raunddan iborat bo‘lib, "5+3" formatda o‘tkaziladi.

Turnirda kimlar ishtirok etishi mumkin?
• Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar vakillari;
• IT Park rezidentlari va ekotizimining boshqa vakillari;
• Kompaniyada kamida 3 oy faoliyat yuritgan 2 nafar xodimdan iborat jamoalar
;

Musobaqa qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

📆 Sana: 2026-yil 14-fevral
😀Manzil: Xalqaro shaxmat akademiyasi
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 9-fevralgacha

📎 Ro‘yxatdan o‘tish

📞Batafsil ma'lumot uchun: +998909573305 (Aziz Miralimov)

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

🟪So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Yetakchi davlatlar sun’iy intellektni innovatsion texnologiya bilan bir qatorda milliy raqobatbardoshlik va inson kapitalini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi sifatida ko‘rmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida sun’iy intellekt salohiyatidan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025-yil 28-noyabr kuni sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forum doirasida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilgan edi.

➡️Bugun, 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum talaba-yoshlarni loyiha doirasida keng qamrab olish, Prezident tashabbuslarini yoshlar orasida targ‘ib etish hamda “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining “talabalar karvoni”ga rasmiy start berish maqsadida tashkil etildi.

💬 Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov talaba-yoshlar yaratgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar hamda zamonaviy raqamli yechimlar bilan tanishdi. Vazir ishlanmalarni ko‘zdan kechirib, yoshlarning tashabbuskorligi, ilmiy-amaliy yondashuvi va innovatsion g‘oyalarini yuqori baholadi. Shuningdek, loyihalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/125831

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM