Pul-kredit tizimi haqida
Normal faoliyat ko'rsatuvchi monetar tizim kamida ikkita zarur xususiyatga ega bo'lishi kerak:
1. Milliy valyuta o'zininig ikki - o'lchov birligi ( a unit of account) va ayirboshlash/to'lov vositasi funksiyasini bir paytda bajarishi kerak;
2. Ishonch. Pul tizimiga ishonch.
Afsuski, xuddi o'rta asrlarda bo'lgani kabi har ikki yuqoridagi zaruriy shart bizda bajarilmaydi.
So'm to'lov vositasi funksiyasini qisman bajarsada, o'lchov birligi funksiyasini yo'qotganiga ancha bo'lgan.
Ishonchning yo'qolishi ham aynan surunkali inflyatsiya va devalvatsiyaning hosilasi.
Umuman, "ishonch" bu fundamental xususiyat. Milliy valyuta shunchaki instrument emas, balki ijtimoiy institut, qurilma.
Milliy valyuta keng ishlatilishi, transaksiyalar amalga oshirilishi, shartnomalar bajarilishi va eng muhimi barcha iqtisodiy sub'ektlar shunga ishonishi uchun jamiyat uchun institutsional infrastruktura zarur.
Ishonchni yaratish esa eng murakkab vazifa va yolg'iz MBning bunga kuchi yetmaydi.
Yuqoridagi ikkita holatni tiklamay turib boshqa vazifalarni amalga oshirish xususan inflyatsiyani jilovlashni imkoni yo'q. Umuman, buni eplay olishimizga menda ham ishonch yo'q.

Markaziy bankning bugungi axboroti haqida 2 sentlik fikrlar:
Yaxshi tomoni, regulyator har holda kommunikatsiya degan juda kuchli quroli borligini eslab qoldi.
Shu o'rinda regulyatorlar uchun oltin qoida mavjud: 99 foiz kommunikatsiya, 1 foiz siyosat. Bizda teskarisi amal qilayotganday edi.
Bevosita qaror mazmuni haqida gap ketganda tabiiy savol tug'iladi: MB qabul qilgan chora to'g'ri bo'ldimi?
Tushunishimcha, MB tomonidan valyutani qo'yib yuborish so'nggi chora sifatida qabul qilingan.
Biroq, uzoq muddatda bu qaror maqbul emas (tepadagi postda tushuntirilgan).
Avvalambor, MB aniqlab olishi kerak: bugunda MB erishmoqchi bo'lgan asosiy target nima? Menimcha, inflyatsiya suratini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta'minlash bo'lishi kerak...
Negadur, valyuta kursi haqida gapirilganda juda ko'p bozor narxi, mexanizmi haqida bong uramiz. Aslida esa bozor mexanizmining eng muhim elementi bu narxlar barqarorligi. Narxlarning eng muhim funksiyasi bozorda qaysi tovarni ishlab chiqarish zarurligi haqida signal beradi, yuqori inflyatsiya sharoitida esa buni aniqlash mushkul. Ma'lum bir tovar narxi boshqa tovarga nisbatan o'zgarmoqdami yoki inflyatsiya tufaylimi?
Shuning uchun, hozir barcha iqtisodiy kompleks idoralari qilishi kerak bo'lgan eng muhim ish bu narxlarning barqarorligiga erishish, ya'ni inflyatsiyani birlik raqamga tushirish. Bunda ayni damda MB qilishi mumkin bo'lgan yagona ish - valyutani barqarorligini ta'minlash. Zero, qonun bilan MBka yuklatilgan bosh mandat bu milliy valyuta barqarorligini ta'minlash. Tochka!

Devalvatsiya va narx-navo haqida
Markaziy bank raisining kechagi nutqidan:
"1 foiz devalvatsiya inflyatsiya suratini 0.4 punktga oshiradi".
Nazarimda, bu bo'g'liqlik undan ham yuqoridek.
Nega devalvatsiya bilan inflyatsiya o'rtasidagi bunday yuqori bog'liqlik mavjud?
Birinchidan, bizdagi import tovarlarning katta qismini iste'mol tovarlari tashkil etadi.
Devalvatsiya narxlarning o'sishida yoki importyor sotuvchilarning foydasining kamayishida aks etishi kerak.
Nima deb o'ylaysiz bizda asosan qaysi biri sodir bo'ladi? Menimcha, ko'proq birinchisi.
Ikkinchidan, devalvatsiyaning narxlar o'sishiga ta'siri bilvosita ish haqi orqali ham sodir bo'lishi mumkin. Devalvatsiya va narx-navoning o'sishi ish haqining hozirgi holatiga bosim o'tkazmasdan qolmaydi. Natijada iqtisodiyot "vicious cycle" ga kirib qoladi. Narxlar oshishi, ish haqining ko'tarilishi va yana narxlarning oshishi.
Nima qilish kerak? Dollarga import uchun zarur bo'ladigan talabdan tashqari ehtiyojni pasaytirish zarur. Bu esa qayta-qayta aytganimizdek so'mni barqarorligini ta'minlashni taqozo etadi.