Lazizbek Ergashev | IT Blog
608 subscribers
249 photos
99 videos
11 files
142 links
🇸🇪 Software Engineer @ danads.com
🤖 Co-founder at @robocontest
🎮 Loves Gaming and Anime
🧑 23 y.o
🇺🇿 Bukhara
✍️ @lazizbek_ergashev

solo.to/lazerg
Download Telegram
Assalomu alaykum do‘stlar!

Laravel + Vue.js stackda ishlaydiganlar bormi?


Bizning kompaniyada shu yo‘nalishda vacancy ochildi. Agar o‘zingizga to‘g‘ri kelsa yoki tanishlaringiz bo‘lsa ulashib qo‘ying!

❗️Referal sifatida mani aytishni unutmang 😁


▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Lazizbek Ergashev | IT Blog
Singapurda qoyil qoldirgan eng zo’r jihatlardan biri — (tozaligi, yam-yashilligi va eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligidan tashqari) — boshqa joylarda ‘Iltimos, naqd to’lang, karta yo’q’ deyishsa, bu yerda esa: ‘Iltimos, karta bilan to’lang, biz naqd pulsiz…
Yana bir qoyil qoldiradigan jihati shuki, Singapurda butun shahar deyarli sezdirmay ishlaydigan sensorlar va real vaqt ma’lumotlari bilan ishlaydigan AI bilan boshqariladi. Kameralar va aqlli sensorlar harakatni, odamlar sonini, ob-havoni, hattoki axlat darajasini ham kuzatib turadi.

Ko‘p joylarda “Ehtimol tirbandlik bo‘ladi, sabr qiling” deyishadi. Singapurda esa bu muammolar chiqmasligi uchun tizim o‘zi ishlaydi. Svetoforlar real holatga qarab o‘zini sozlaydi, tozalovchilar aynan kerakli joyga yuboriladi, odam ko‘p bo‘lgan hududlar tartibli boshqariladi.

Eng qiziq tomoni — bu texnologiyalar faqat markazda emas, balki oddiy xalq yashaydigan HDB uylarida ham bor. U yerda xavfsizlikni ta’minlash, nosozliklarni oldindan sezish va xizmat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi.

Shuni ko‘rib, bitta narsa ayon bo‘ladi: texnologiya va sun’iy intellektni to‘g‘ri ishlata olgan davlat yutadi. Bu xarajatni kamaytiradi, ishlarni tezlashtiradi, odamlarni esa ko‘proq mamnun qiladi. Singapur esa bu borada allaqachon bir necha qadam oldinda ketmoqda.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤯2
▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21🤯3
Ikki yoshli bola smartfondan foydalana olishi bolaning dono ekanligini anglatmaydi; balki: smartfon UI shunchalik sodda qilib yaratgan IT dizaynerning dono ekanligini anglatadi.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁23👍3
Forwarded from DanAds CA
Biz uddaladik! 🤩🤩🤩

DanAds CA jamoasi faqat ishda katta maqsadlarga erishishda emas - tog‘larni zabt etishda ham zo‘r! 🏕

📍Yaqinda biz Toshkent yaqinida joylashgan go‘zal Qoraqiyasoy sharsharalariga sayr qildik va bu haqiqatan ham unutilmas tajriba bo‘ldi.

Adrenalinni yaxshi ko‘ruvchilar va sarguzasht ishqibozlari uchun ideal sayohat: go‘zal manzaralar, toza tog‘ havosi va butun umrga yetarli xotiralarni taqdim etdi.

Bunday lahzalar bizga qayta kuch olish, jamoadoshlar bilan yanada yaqinlashish va ishga yangi ruh va motivatsiya bilan qaytish qanchalik muhim ekanini eslatadi. Chunki har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida birlashgan va ilhomlangan jamoa turadi. 💼🏔

Ofisda bo‘lsak ham, tabiat qo‘ynida bo‘lsak ham - biz doim birgalikda qiziqarli va kuch beruvchi tajribalarga tayyormiz! 🤝

-

We did it! 🤩🤩🤩

DanAds CA team isn’t just great at achieving big goals at work - we conquer mountains too! 🏕

📍Just recently, we hiked to the breathtaking Karakiyasay waterfalls near Tashkent, and it was nothing short of unforgettable.

Perfect for our adrenaline lovers and adventure seekers, this trip gave us stunning landscapes, fresh mountain air, and memories that will last a lifetime.

These moments remind us how important it is to recharge, reconnect, and return to work with fresh energy and even stronger bonds. Because behind every successful project - there’s a united, inspired team. 💼🏔

Whether we’re in the office or out in nature we’re always up for meaningful, energizing experiences together 🤝

#TeamBonding #DanAdsCA #Hiking
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar «Google Xaritalar» 1999-yilda chiqqanida

Dizayner-entuziast Google Maps interfeysi eski tugmali Nokia telefonlarida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini namoyish etdi. Xususan, muallif misol sifatida “o‘lmas” Nokia 3310’ning avlodi bo‘lgan Nokia 3210 modelini olgan.

Nokia’ning monoxrom ekraniga moslangan bunday versiyadagi navigator interfeysi to‘liq oddiy elementlardan — qora nuqtalar va matndan — iborat bo‘ladi.

Haqiqiy «Google Maps» 2005-yilda ishga tushirilgan. Avval xizmat kompyuterlar uchun chiqqan, keyin esa ommalashgani sari smartfonlarda ham paydo bo‘lgan.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Eslatma: Internet vaqtni tejash uchun yaratilgan, sarflash uchun emas.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
👧 Farzand o‘stirar ekanman, ularning ulg‘ayganida eng zarur skill nima bo‘ladi, deb tez-tez o‘ylayman...

Menimcha, bu: to‘g‘ri savol bera olish qobiliyati bo‘ladi.

Endi boshingizda har bir ma’lumotni yodlab yurishingiz shart emas. ChatGPT, Perplexity, Claude, Gemini... AI vositalari siz so‘rasangiz — topib beradi.

Lekin natija qanday bo‘lishi: sizning savolingiz (prompt) qanchalik aniq va to‘g‘ri berilganiga bog‘liq.
To‘g‘ri so‘ralsa, to‘g‘ri javob keladi.

Shunchaki "bilimli" bo‘lish emas, to‘g‘ri savol bera olish — bu zamonaviy davrning eng zarur skilli.

Farzandingiz sizga "ahmoqona" tuyulgan savol bersa, "Voy bo‘ldi, jonga tegding bu savollaring bilan!" deb o‘shqirmang.

Buning o‘rniga:
"Savoling juda yaxshi. Men xursandman, sen bunga e’tibor bergansan." — deb ayting.

Chunki shu oddiy savollardan boshlab, u dunyoni kuzata boshlaydi. Fikr yuritadi. Izlaydi. Va eng muhimi — to‘g‘ri savollar bera oladigan odamga aylanadi.

0️⃣ Tarixdagi eng katta kashfiyotlar shunchaki javoblardan emas, savollardan boshlangan:

"Nega olma yerga tushdi?" — Nyutonga tortishish qonunini kashf qilishga sabab bo‘ldi.

"Nega ba’zi mikroblar kasallik chaqiradi?" — bu savol antibiotiklarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

"Koinot cheksizmi?" — bu savol teleskoplar, koinot missiyalari va ilm-fan inqilobini boshlab berdi.

🎯 O‘ylab ko‘ring: farzandingiz bergan har bir oddiy savol — ichida olamlar yashiringan imkoniyatdir.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
❗️ O‘rganayotgan paytingizda kodni yozish uchun AI’dan foydalanmang.

Men yillar davomida dasturlash bilan shug‘ullanib kelaman, va quyidagilar orasida katta farq borligini tushunyapman:

- "Fundament"i bor dasturchi ishini tezlashtirishi uchun AI dan foydalanmoqda

- Kod qanday ishlashini bilmaydigan, tushunmaydigan dasturchi kodini to'g'irlash uchun AI ishlatmoqda.

Birinchisi AI noto‘g‘ri kod yozganini ko‘ra oladi, muammoni topadi va tuzatadi. Ikkinchisi takror-takror so‘rayveradi va qaramlikka aylanadi... muammoni qanday hal qilishni hech qachon o‘rganmaydi.

Sizning kelajagingiz AI’dan qancha kod olishingizga emas, balki kod nega buzilganini aniqlash qobiliyatingizga bog‘liq.

Asoslarni o‘rganing. Debug qilishni o‘rganing. O‘ylashni o‘rganing. AI siz mahoratni shakllantirgach yordamchi bo‘lishi kerak... o‘rganayotgan paytingizda tayanch emas.

▶️ @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
Forwarded from Adizbek Ergashev's blog
🧠 AI dunyosidagi eng 🔥 xabarlardan.

Bugun Toshkent vaqti bo’yicha 22:00 da OpenAI kompaniyasi o’zining GPT-5 AI modelini taqdim qiladi.
https://openai.com/live/

Kecha OpenAI foydalanishga bepul bo’lgan open source GPT OSS 20B va 120B modellarini taqdim qildi.

Keyingi haftada Grok 2 ham open source shaklda taqdim qilinishi reja qilingan

@adizbek_ergashev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
35 yoshdan keyin dasturchi sifatida ish topish ehtimoli juda ham pasayib ketar ekan.
45 dan keyin orzu qilmasangiz ham bo'larkan.

Korxonalar 'qari'lardan ko'ra yoshlarni yollashni afzal ko'rar ekan. Ular - kreativ, moslashuvchan, arzon va uzoq vaqtlab ishlashga tayyor.

'Qari' dasturchilar texnik-bo'lmagan ro'llarga surilar ekan.

Shuning uchun 40 gacha soqqani bosvolin yoki menegerlikka tayyorlaning.

Dasturlashda an'anaviy, jim 65 ga kirib nafaqaga chiqaman degan narsa yo'q.
Manimcha shundog'am hozirgi hech qaysi yoshla 65 gacha ishlashni hohlashmaydi.

@suxrobnurali
👍10