Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
6.32K subscribers
22.7K photos
3.49K videos
12 files
18K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
http://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
Fuqarolar murojaatiga telegramdagi havola: @https://tttttt.me/ergashsaliyev
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
Baxmal tumanidagi zaʼfaron plantatsiyalarida sinov tariqasida AgroNanoGel Basic gidrogel mahsuloti qoʻllanilmoqda

Barchamizga maʼlumki, global iqlim oʻzgarishi, ob-havo haroratining koʻtarilishi, suv resurslarining taqchilligi, qurgʻoqchil hududlarning kengayib borishi mintaqamizni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq.

Prezidentimiz joriy yilning 25-sentyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi IX yillik yigʻilishining ochilish sessiyasida taʼkidlaganidek, ayni paytda Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari ayniqsa oʻtkir tus olmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surganligi ham bejiz emas.

Mazkur holat sohada xorij tajribasidagi nou-xaolarni qoʻllash, suv resurslaridan maksimal darajada samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

BMB HOLDING qishloq xoʻjaligida, xususan, Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi zaʼfaron plantatsiyalarida polshalik mutaxassislar bilan hamkorlikda sinov tariqasida AgroNanoGel Basic gidrogel mahsulotini qoʻllay boshladi.

AgroNanoGel Basic (gidrogel) mahsuloti oʻsimliklar uchun suv zahirasidir. Uning qoʻllanilishi butun vegetatsiya davrida oʻsimliklar uchun optimal suv sharoitlarini taʼminlaydi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjaligida gidrogelning qoʻllanilishi 40-45 % foizgacha suvni tejash imkoniyatini beradi.

Mahsulot sinov yakuniga koʻra ommalashtiriladi, qolaversa, zaʼfaron va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida suv sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda Butunjahon turizm kuni nishonlandi

Butunjahon turizm kuni tarixi 1925-yilda Gaagada Rasmiy sayyohlik tashkilotlari Xalqaro kongressi tashkil etilgan kunga borib taqaladi.

Hozirda u Jahon sayyohlik tashkiloti (United Nations World Tourism Organization – UNWTO) deb nomlanadi.

Aynan ushbu tashkilot tomonidan 1979-yilda Butunjahon turizm kuni taʼsis etildi. U sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishga yoʻnaltirilgan. Ayni paytda jahon yalpi milliy mahsulotining qariyb 6 foizi turizm sohasiga toʻgʻri kelmoqda, dunyo boʻyicha sayyohatlar soni esa taxminan 1,3 milliardni tashkil etadi.

Har yili millionlab insonlar yangi joylar, boshqa xalqlarning madaniyati, urf-odati va turmush tarzi bilan tanishish maqsadida dunyo boʻylab sayohatga chiqadi. Insonlar va hamjamiyatlar oʻrtasidagi bunday hamkorlik butun dunyoda tinchlik hukm surishi uchun zarur boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Jizzax viloyatining sulim gushasi Zomin tumanida soha faollari ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi oʻrinbosari Sardor Shukurullayev mazkur sohada faoliyat olib borayotganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, viloyatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakda qilinishi kerak boʻlgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida bir guruh soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax