JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📂 Ko'pincha yosh dasturchilar o'zlarining ilk ishlari yoki qandaydir vaqtincha loyihalar uchun bepul hosting izlashga to'g'ri keladi. Lekin har doim ham bepul hostinglar ishonchni oqlayvermaydi. Yo trafik tugashi yoki joy juda kichik berilishi, eng daxshati reklamaga to'ldirilgan saytga aylanib ketishi hech gap emas.
‼️ 0hi.me - bepul PHP hosting tizimiga duch keldim. 5Gb joy, 1Tb oylik trafik...
Boshqaruv paneli Cpanel hamda 0hi.me domenida subdomen taqdim etiladi. Ro'yhatdan o'tish uchun faqatgina elektron pochta zarur holos.
Bundan tashqari turli CMS tizimlarini ro'yhatdan tanlab, avtomatik tezda o'rnatish imkoniyati mavjud.
Xullas test uchun ajoyib imkoniyat!

@jetmediauz
Internet tarmog'ida yo'q narsaning o'zi yo'q. Ayniqsa kecha duch kelgan saytlarimdan biri shaxsan meni o'tmishga qaytargandek bo'ldi.
💾 Oldversion.com - saytida siz kim uchundir qadimiy, kim uchundir nostalgik onlarni taqdim etgan eski dasturlar ro'yhatiga duch kelasiz. Dasturlarni bemalol yuklab olishingiz hamda o'rnatishingiz mumkin.
Hatto ba'zi qadimiy o'yinlarni ham ro'yhatdan topish mumkin.

@jetmediauz
Oxirgi paytlada MySQL serverlada turgan bazala bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashga to'g'ri kelmoqda. Phpmyadmin xar doim ham yo'q. Uni o'rnatish va nastroyka qilish yoki 1 marttalik tezkor tekshiruv uchun alohida serverga panel o'rnatishga ishtiyoq va vaqt juda kam.
MySQL Workbench dasturini tavsiya qilishgandi. Lekin bir oz og'irroq ishlashi unga to'liq o'tishga imkon bermasdi.
💾 HeidiSQL dasturi esa turli bazalar bilan ish faoliyatingizni yurituvchi PC orqali barcha uzoq-yaqindagi serverlaringizdagi bazalarga ulanib, kerakli amallarni bajarishga yordam beradi. Eng muhimi birgina dastur nafaqat MySQL, balki Postgresql, MSSQL kabi DB ga ham ulanish imkonini beradi. Eng muhimi SSH tunnel yaratish anchagina qulay.
P.S.: SSH tunnel serveringizda MySQL bazalari yopiq, faqat lokal serverdagina ishlaganida, ularga tashqariga dostup ochmasdan, tog'ridan-to'g'ri serverga ulanib, ishlash imkoniyatini beradi.

@jetmediauz
⚡️USB-C 2.1 standarti taqdim etildi.
Hozirda mavjud USB-C standarti faqatgina 100 vattgacha bo'lgan energiyani uzata oladi. Yangi standart bilan bu ko'rsatgich 240 vatt, 5 amper hamda 50 voltga yetadi. Bu orqali deyarli barcha zamonaviy noutbuklar oddiy quvvatlash tizimidan voz kechib, to'liq USB-C 2.1 standartiga o'tishlari mumkin.
Yangi standart uchun kabellar EPR (Extended Power Range) markirovkaga ega bo'ladi.
Yangi kabel hamda standart asosida ommaviy ishlab chiqarish joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlanishi kutilmoqda.

@jetmediauz
😁 Google Translate ko'p foydalanadiganla yaxshi bilishadi bunaqa xolatti 🙃
#yumor

@jetmediauz
📡 Joriy yilning 1-iyun sanasidan provayderlar o'z tariflarida "gacha" qo'shimchasini olib tashlashlari hamda uning o'rniga aniq va tushunarli raqamlarni ko'rsatishni talab qilinadi. Bu borada O'zkomnazorat davlat inspeksiyasi nazoratni kuchaytiradi.
⚡️ Umuman oganda, agar provayderingiz sizga shartnomada ko'rsatilgan tezlikni taqdim etolmasa, yoki sifat achinarli xolatda bo'lsa, provayderingizga qilgan murojatlaringiz besamar va foydasiz bo'lsa, u holda aynan yuqorida tilga olingan O'zkomnazorat inspeksiyasiga murojat qilishingiz lozim. GIS.UZ yoki 1144 raqami orqali ko'pincha muammolar yechimi tezlashgan yoki aniq muammo xal qilingan shaxsan mening tajribamda.

@jetmediauz
🚗 Juda ixcham va arzon elektromobil tez orada yevropa yo'llarida paydo bo'ladi!
Microlino nomli ushbu kichik avtomobilcha bir to'liq quvvatdan 200 kmgacha yo'l yura oladi. Narxi taxminan 12000 yevro.
Sotib olgan bo'larmidingiz?

@jetmediauz
Channel photo updated
GIT nimaligini, qanday foydali imkoniyatlari borligini bilmoqchi bo'lganlar uchun juda qulay va yaxshi resurs mavjud ekan. Xar holda GIT oson tizim deb bo'lmaydi. Quyidagi resurs yordamida GITni osongina o'zlashtirib olasiz.
Servisni o'zingizning PCda ishga tushirishingiz (https://github.com/pcottle/learnGitBranching) yoki tayyor (https://learngitbranching.js.org ) platformadan foydalanishingiz mumkin.
Siz GITni qanday o'rgangansiz, yoki o'rganmoqchisiz?

@jetmediauz
🟦 Microsoft kompaniyasi 24-iyun sanasida Windows operatsion tizimining yangi versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Hozirda bu yangi Windows 11 bo'ladimi yoki Windows 10 uchun yangi katta Update bo'lishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Windows 10 2015-yilda taqdim etilgan edi. Bundan tashqari yaqindagina Microsoft kompaniyasi vakillari Windows 10X versiyasini taqdim etmasliklarini ma'lum qilishgan edi.

@jetmediauz
😳 Xitoy rasmiylari bir necha dasturlarni zararli dasturlar ro'yhatiga kiritdi.
Eng qizig'i, ushbu dasturlar ro'yhatida Microsoft kompaniyasining ommabop Word, Excel va PowerPoint dasturlari ham mavjud.
Bir yo'la operatsion tizimni ham virus dib e'lon qilishmaptide 😁

@jetmediauz
💻Noutbuklar olamida tushunarsiz xolat!
1) Dell kompaniyasiga tegishli Alienware m15 R5 noutbukida GeForce RTX 3070 video kartasi o'rnatilgan. Qiziq tomoni, ushbu noutbuk foydalanuvchilari video kartani to'liq imkoniyatda ishlamayotganidan nolishmoqda. Mustaqil ekspertlar tekshiruvidan keyin ma'lum bo'lishicha, Dell yuqorida tilga olingan noutbukda qizishni oldini olish maqsadida video karta yadrolari ishini cheklagan. Shu sababli ham video karta xar qanaqasiga urinmang, to'liq kuch bilan ishlay olmaydi.

2) Yana bir xolat Intel kompaniyasi bilan bog'liq.
Kompaniya bu yildan USB4 portini to'liq qo'llashni boshlashi zarur edi. Lekin mikrochiplar yetishmovchiligi ushbu kompaniyaga ham o'z ta'sirini ko'rsatishi oqibatida, Intel ishlab chiqaruvchilarga eskiroq chipdan foydalanishni tavsiya qilgan. Lekin eski chiplar USB4 standartini to'liq qo'llab-quvvatlamaydi. O'z-o'zidan siz yangi noutbuk sotib olganingizda, undagi USB4 qisman yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xullas bu yog'i lotoreya...

@jetmediauz
🔷Qarshi olamiz: Windows Server 2022 preview!
Ish jarayon serverlar bilan bog'liqligi sababli, Windows Server operatsion tizimlari bilan ham ishlashga to'g'ri keladi. Microsoft Serverlar uchun mo'ljallangan Windows Server 2022ni taqdim etdi. Hozircha tanishish uchun. Kuzga borib, to'liq versiya taqdim etilsa ajab emas.
Imkoniyatlari: https://cloudblogs.microsoft.com/windowsserver/2021/03/02/announcing-windows-server-2022-now-in-preview/

Tekshirish uchun yuklab olish: Windows Server 2022 LTSC in preview
- https://www.microsoft.com/en-us/evalcenter/evaluate-windows-server
- https://www.microsoft.com/en-us/software-download/windowsinsiderpreviewserver
- http://aka.ms/ws2022azurepreview

@jetmediauz
😁 Yaqin o'tmish...

@jetmediauz
⚡️Xiaomi kompaniyasi mutahassislari fikriga ko'ra, 2022 yildan boshlab, smartfon ishlab chiqaruvchilari USB kabel orqali quvvatlashdan simsiz quvvatlash turiga asta o'tishni taxmin qilishmoqda. Lekin bu yo'nalishni yanada tezlashtirish uchun barcha joyda simsiz quvvatlash tizimlarini rivojlantirish va kengaytirish lozimligi takidlangan.
Agar imkoniyat bo'lganida, qaysi quvvatlash turini tanlagan bo'lardingiz?

@jetmediauz
🔹Windows 11 ko'rinishi...
E'tiborga tushgani, Pusk joylashuvi o'zgarganida... Qolgani deyarli Windows 10...

@jetmediauz
Apple Watch uchun NightWatch lupa ishlab chiqildi.
Lupa soatingizni budilnikga aylantiribgina qolmay, balki qo'shimchasiga soatning quvvatlash tizimini o'z bag'riga olgan xolda, quvvatlash vazifasini, vakum qismi yordamida soat ovozini kuchaytirishga yordam beradi. Eng muhimi Tap Mode qo'llovi mavjud va lupaga tegingan xolda soat ekranini aktivlashtirishingiz mumkin.
💰NightWatch narxi 50$

@jetmediauz