JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
- Telegramda endi kanallar orqali to'lovlar qilish yanada onsonlashdi. Foydalanuvchilar to'lov botini istalgan guruh va kanallardan biriga qo'shib, to'lov qabul qilishlari mumkin. Qiziq tomoni, CLICK hamda PAYME to'lov tizimlari orqali to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligidadir.
- Bundan tashqari yangi telegramda ovozli chatlarni avvaldan rejalashtirilgan vaqtga sozlash mumkin. Imkoniyat ovozli chat boshlanishiga qolgan vaqtni ko'rsatib turadi va foydalanuvchilarni o'ziga jalb qiladi.
- Telegramning ikki web versiyasi taqdim etildi. Imkoniyatlar huddi smartfondagidek.
Web K va Web Z
- Endi video va rasmlarni ularni ochmasdan turib kattalashtirish mumkin.
Darvoqe, orangizda o'zini yuqori darajada sinab ko'rishni istagan dasturchilar bo'lsa, Telegram ish o'rinlarini ham taklif qilmoqda: https://telegram.org/jobs

@jetmediauz
Bugun .UZ domeni 26 yoshni qarshi oldi.
Hozirda .UZ segmentida 92000 dan ziyod domen ro'yhatga olingan.
Darvoqe, bugundan .UZ segmentida ham DNSSEC imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.

@jetmediauz
📡 Bilasizmi?...
Hozirda O'zbekistonning tashqi internet kanali umumiy tezligi 1200Gb/s dan oshadi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu tezlikni 1800Gb/s gacha yetkazish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

@jetmediauz - Qiziqarli ma'lumotlarga obuna bo'ling...
Internetda bo'lg'usi Huawei P50 maketi suratlari tarqaldi. E'tiborlisi, dizaynerlar juda uzoq va mashaqqatli izlanish olib borishgan ko'rinadi 😁

@jetmediauz
⚡️Kaliforniyada xar beshinchi elektromobil egasi benzinda ishlovchi avtomobilga qaytayotgani bo'yicha statistik ma'lumotlar keltirildi. Unga ko'ra bunga sabab, quvvatlash jarayoni qiyin va uzoq vaqt talab qilinishi deya ko'rsatilgan.
Umuman oxirgi yillarda elektromobillar sifati, yurish masofasi bo'yicha ko'plab ijobiy natijalarga erishilmoqda. Afsuski quvvatlashga kelganda deyarli sezilarli o'zgarishlar amalga oshmayapti. Agar bu borada yangilik bo'lmasa, u holda elektromobillar bozorlarni egallash tendensiyasida pasayish kuzatilishi mumkin...

@jetmediauz
Bill Geyts xotini bilan ajrashayotganini eshitgandan so'ng... 😁

@jetmediauz
Forwarded from Shakhriyor Ergashev
Bugun, 7-may sanasida Aloqachilar kuni nishonlanadi.
Barcha aloqa va aloqalashtirish sohasiga oid insonlarni bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

@jetmediauz
90-yillarda kompyuterni ishlash tezligini oshirish uchun hozirgidek biosiga kirib, razgon qilish bo'yicha bir necha parametrlarni bittalab o'zgartirish shart emas edi. Bor yo'g'i sistemniy blokda birgina tugmani bosish kifoya edi... 😂

@jetmediauz
🌿Ma'lumotlarga ko'ra xorij supermarket tarmoqlaridagi 40%gacha maxsulotlar sotilmasdan, chiqitga chiqarilar ekan. Bu juda jiddiy muammo va isrofgarchilik. Ushbu masalaga Wasteless startapi o'ziga xos yechim taklif qilmoqda. Startap tomonidan maxsus intelektual aqlga ega dastur ishlab chqildi. O'z navbatida dastur xar bir maxsulot iste'mol muddati tugab borishiga qarab, uning narxini xam o'zgartirib boradi, arzonlashtiradi. Bundan esa nafaqat isrofgarchilikning oldi olinadi, balki xaridorlarga ham qulay taklif taqdim etiladi.

@jetmediauz
😳 bu boshlanishi shekili... O'tin yorish qadimda qogani aniq. Ishqilib Java senyor darajasini talab qimasa bo'gani... 😁

@jetmediauz
Clubhouse audio platformasi 1 yil davomida faqatgina IOS qurilmalaridagina ishlar edi. Endilikda Clubhouse ni siz Android qurilmalariga PlayMarket orqali beta versiyasini o'rnatib olishingiz mumkin.
O'ziga hos savol paydo bo'ladi: Kechga qolishdiyov. xar holda hayp o'tib ketdi... Yoki ikkinchi to'lqin bo'larmikin?

@jetmediauz
❤️Andrea Meza "Olam go'zali 2020" tanlovi g'olibi sifatida shoxsupaga ko'tarildi.
🗒Asosiysi, Meksikalik go'zal Andreaning asosiy faoliyati dasturchilik bo'lib, dasturiy ta'minot sohasida ilmiy darajaga ega.

@jetmediauz
Google 'Android 12'ni taqdim etdi.
Material Design bilan xayrlashmoqdamiz. Dizayn butunlay yangi Material You ko'rinishiga o'tdi.

@jetmediauz
👌#Lifehack Ba'zida turli qurilmalarni sozlash uchun qadimiy Internet Explorer (IE) brouzeridan foydalanishga to'g'ri keladi. Lekin har doim ham IE o'rnatilgan tizim qo'l ostimizda bo'lmasligi mumkin.
Chrome va Firefox brouzerlari uchun IE Tab kengaytmasini o'rnatib, bu muammoni tezkor xal qilsa bo'ladi.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😳Qo'lbola sichqoncha.
Narxi oddiydan anchagina qimmat bo'lishi aniq 😁

@jetmediauz
📡 Ma'lumotlarga ko'ra, 1-iyundan e'tiboran operator va provayderlar uchun 1Mb/s internet narxi 15%ga arzonlashishi kutilmoqda.
O'z navbatida operator va provayderlar oddiy internet foydalanuvchilari uchun internet narxini kamaytirishi mumkin.

https://tttttt.me/jetmediauz/41

@jetmediauz
📂 Ko'pincha yosh dasturchilar o'zlarining ilk ishlari yoki qandaydir vaqtincha loyihalar uchun bepul hosting izlashga to'g'ri keladi. Lekin har doim ham bepul hostinglar ishonchni oqlayvermaydi. Yo trafik tugashi yoki joy juda kichik berilishi, eng daxshati reklamaga to'ldirilgan saytga aylanib ketishi hech gap emas.
‼️ 0hi.me - bepul PHP hosting tizimiga duch keldim. 5Gb joy, 1Tb oylik trafik...
Boshqaruv paneli Cpanel hamda 0hi.me domenida subdomen taqdim etiladi. Ro'yhatdan o'tish uchun faqatgina elektron pochta zarur holos.
Bundan tashqari turli CMS tizimlarini ro'yhatdan tanlab, avtomatik tezda o'rnatish imkoniyati mavjud.
Xullas test uchun ajoyib imkoniyat!

@jetmediauz