JETmediaUZ
78 subscribers
508 photos
13 videos
3 files
69 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🔹MacBook 2008, 2010, 2012, 2014, 2016, 2018, 2021, 2024
Yillar osha portlarning kamayib borishi...

@jetmediauz
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Tarixga nazar: Infraqizil (IR) port yordamida ma'lumot almashish

2000-yillarda telefonlar o'zaro ma'lumotlarni IR port yordamida almashishgan. Qiziq tomoni, tezlik (90-115kbit/s) kamligi yetmaganiday, bu portlar bir-biriga yaqin joylashtirilishi va imkon qadar qimirlashlarsiz aloqani ta'minlab turish lozim edi.
Sizda ham bu kabi telefonlar bo'lganmi?

@jetmediauz
🔥1
🔹Windows OT versiyalarining ayni damdagi o'rni

@jetmediauz
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🔹Cloudflare tomonidan 2025-yilning birinchi choragi bo'yicha DDoS xujumlar borasidagi infografika.
E'tibor bergan bo'lsangiz, yildan-yilga xujumlar soni oshib bormoqda va bu o'z navbatida resurslarimiz ximoyasi borasida jiddiy o'ylanishimiz zarurligini ko'rsatadi.

@jetmediauz
🔹📱Smartfonlar bozorida faqatgina Samsungda o'sish...

TrendForce analitiklarining 2025-yilning birinchi choragi bo'yicha hisobotiga ko'ra, Samsung 64 million smartfon ishlab chiqargan. Bu esa o'tgan yil huddi shu davrga nisbatan 21%ga ko'p degani.
TOP oltilikdan faqatgina Samsungda o'sish kuzatilgan. Boshqa ishlab chiqaruvchilarda esa aksincha, pasayishni kuzatishimiz mumkin.

@jetmediauz
🔹Smartfonlar internet trafik bo'yicha personal kompyuterlardan oshib ketdi

Dunyo bo'ylab internet trafikdan foydalanish bo'yicha 64% trafik mobil qurilmalarga to'g'ri kelmoqda.

50% ko'rsatgichga mobil qurilmalar 2019-yildayoq erishgan va bu ko'rsatgichdan umuman tushmay kelmoqda.
Darvoqe, mobil trafikning 72.72% android qurilmalari hissasiga to'g'ri keladi.

@jetmediauz
🔹Windows 11 o'z o'rnini yo'qotishni boshladi

StatCounter tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, Windows 11 asta o'z o'rnini yo'qota boshlagan.
Aprel oyida Windows 11 foydalanuvchilari umumiy hisobdan 43.72% tashkil qilgan bo'lsa, may oyida esa ko'rsatgich pasayib, 43.22% tashkil qilgan.
Windows 10 esa aksincha, o'z pozitsiyasini yaxshilagan: 52.94%dan 53.19%.
Bu xolat Windows 11 ning so'nggi yangilanishlari muammoli bo'lgani asosiy sabablardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Siz ayni damda qaysi operatsion tizimdan foydalanmoqdasiz?

@jetmediauz
⚡️6G: 50Gb 1.4 soniyada...

6G standarti 2030-yilda tijoriy ishga tushishi kutilmoqda. O'z navbatida China Mobile 6G standartini ishlab chiqishga 4.4 milliard AQSH dollari sarfladi va hozirda o'nlab test zonalari tashkil qilingan. Ushbu test zonalarida 280 Gbit/s tezlikka erishilmoqda. Aniqki, real tarmoqda bu tezlik birmuncha sekinroq bo'ladi. Lekin soniyalarda gigabaytlarni ko'chirish imkoni aniq saqlanib qoladi.

@jetmediauz
🔥1
⚡️Tarmoqni shakllantirishda kabelni to'g'ri tanlash juda muhim!
Tarmoqga tushadigan kelajakdagi yuklamani ham oldindan reja qilishni ham unutmang.

@jetmediauz
👍1
🔹 Windows10 o'n yoshda...

2015-yilning 29-iyulida Microsoft o'zining yangi operatsion tizimini taqdim etgan edi.
StatCounter ma'lumotiga ko'ra, hozirda Windows10 dunyodagi personal kompyuterlarning deyarli yarmida o'rnatilgan. Lekin ushbu tizimning ham hayotiy sikli tugab bormoqda. Microsoft shu yilning 14-oktabrdan ushbu tizim uchun yangilanishlar chiqarishni to'xtatadi.

@jetmediauz
AOL kompaniyasi o'zining Dial-up xizmatini 30-sentabrda to'xtatadi.

Ushbu xizmat 1991-yilda ishga tushirilgan bo'lib, 2015-yilda AOLda 1500000 ga yaqin abonenti bo'lgan. 2021-yilga kelib esa bir necha mingga tushgan. Aynan shu minglab foydalanuvchi ushbu xizmatni 2025-yilgacha ishlashiga sababchilardan deyish mumkin. Darvoqe, AQSHda AOL so'nggi dial-up provayder emas. Shu sababli Dial-up xizmati hali mavjudligicha qoladi.
Solishtirish uchun, O'zbekistonda 2006-yillardan ADSL xizmati kirib kela boshlagan va Dial-up 2014-yilgacha ba'zor yashagan.

@jetmediauz
Suratni ko'rdimu, yuragim og'ridi... ruknidan 😁
#yumortime

@jetmediauz
😁1
🔹NVIDIAning choraklar bo'yicha foydasi.
Data Markazlari bo'yicha tushumning birdaniga o'sishiga e'tibor qiling...

@jetmediauz
📱Xar bahor kuz bo'lar takror...

Ommabop brendlar tomonidan turli qurilmalar taqdimotini o'tkazish urfga aylangan. Samsung, Xiaomi, Apple... Ushbu brendlarni yangi maxsulotlari borasida juda ko'pchilik e'tibor bilan kuzatib boradi. O'z navabatida xar bir taqdimotdan so'ng muhlis va heyterlar orasida turli shov-shuvlaru, janglar paydo bo'laveradi.
Shu o'rinda bir necha savol paydo bo'ladi.
- Siz o'zi smartfonlarning eng so'nggi texnologik yoki dasturiy imkoniyatlaridan qanchalik ko'p foydalanasiz?
- Xar yili eng so'nggi rusum chiqishi bilan smartfoningizni almashtirish sizga maqtanishdan boshqa yana nima beradi?
Savollar oddiy. Lekin, bir narsani anglashingizni so'ragan bo'lardim. Smartfon bu ish quroli. Ishingizni xal qilishda imkoniyatlari yetmoqdami, demak yangisiga almashtirishga, bu yo'lda qarz-kredit qilishga shoshilmang. Agar haqiqatda sizning imkoniyatingiz va talabingiz yuqori bo'lsa, sizga cheklov yo'q. Imkoniyatingizdan foydalaning!

@jetmediauz
👍2
📱2025-yilning ikkinchi choragida ommabop bo'lgan smartfonlar reytingi

CounterPoint Research analitik kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra.

@jetmediauz
🔹Markaziy osiyoda Internet texnologiyalarning rivojlanishi

O'zbekistonda jon boshiga 0.008 IPv4 manzili to'g'ri kelmoqda. Qo'shni Qozog'istonda esa 0.158 dona, ya'ni 20 baravar ko'p.
IPv6 bo'yicha Qozog'iston 461 dona /32 podsetiga ega, O'zbekistonda esa 251.
O'tgan yil bilan solishtirganda IPv6 bo'yicha o'sish 14% tashkil qiladi.

Izlanish bilan to'liq tanishish uchun yo'llanma bo'yicha o'ting.

@jetmediauz
🔥2
🔹Ko'plab yirik kompaniyalar (SI) Sun'iy Intelektga milliardlab mablag' sarflamoqdalar.

Financial Times nashri ma'lum qilishicha, ko'plab katta kompaniyalar aynan nima uchun bu narsa kerakligini to'liq anglamagan xolda SIga milliardlab pullarni sarf qilmoqdalar. Xolat pufak shishirishga tobora ko'proq o'xshab bormoqda. Qiziq tomoni, bu pufak qachon yorilishi va ungacha yana qancha milliardlab pullar sarflanishida...
Biz SI va yangi texnologiyalarga qarshi emasmiz. Faqat ko'r-ko'rona qaror qilishdan avval, "bu bizga nima beradi?" savolini yaxshilab ko'rib chiqish lozim!

@jetmediauz
💯1