JETmediaUZ
75 subscribers
457 photos
12 videos
2 files
61 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📡 IPv4 bo'yicha Mobil operatorlar qancha manzilga ega ekan deya ko'plab savollarga javob ham tayyor.

@jetmediauz
🙃Yumortime: chiqindilarni saralang...

@jetmediauz
🔹Windows 11 ulushi o'sib bormoqda

Dunyo bo'ylab Windows 11 o'rnatilgan qurilmalar soni oshib bormoqda. Hozirda Windows tizimlari ro'yhatini Windows 10 61% bilan boshqarib bormoqda. Windows 11 esa 35.6% ko'rsatgichi bilan avvalgi oylar bo'yicha joylashuvini mustaxkamladi. 3talikni Windows 7 3% bilan yakunlagan.

@jetmediauz
⚡️Tarixga nazar: Internetning paydo bo'lishi

Internet tarmog'i paydo bo'lishiga asosiy qadam bo'lgan ARPA NET tarmog'ining 1973-yildagi logik sxemasi.

@jetmediauz
〽️Dasturlash tillarining noyabr oyi bo'yicha reytingi

Reytingga ko'ra, kuchli o'sishni GO dasturlash tili ko'rsatmoqda. Uzoq muddat 10likga kira olmagan ushbu til birdaniga 7-o'rinni egalladi.
Uchlik o'z o'rnida deyarlik: Python, C++ va Java. Ulardan so'ng esa C, C# va JavaScript.
Taxminga ko'ra, Go shu tempini saqlab qolsa, yaqin yillarda JavaScripti ham ortda qoldirishi mumkin.

@jetmediauz
🔐NordPass mutahassislari xar yili eng ishonchsiz parollar o'nligini taqdim etishadi.

2024-yilning eng ishonchsiz paroli sifatida 123456 deya topilgan. Bu turdagi parolni buzish uchun 1 soniya kifoya. Reyting bilan fotosurat orqali tanishishingiz mumkin.
Mutahassislar parollar ishonchliligini ta'minlash uchun unda o'nga yaqin simvollar, katta va kichik turli xarflar, son va belgilar ishtirok etgan bo'lishi kerak deya takidlashmoqda. Sizning parolingiz biz keltirgan ro'yhatda mavjudmi? Izohda yozib qoldiring.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖱Tarixga nazar: 1991-yilda ishlab chiqarilgan sichqoncha.
Logitech tomonidan birinchilardan bo'lib aynan bolalar uchun ishlab chiqarilgan.

@jetmediauz
🔎Qidiruv tizimlari reytingi

Cloudflare qidiruv tizimlari reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, 88.5% bilan Google birinchi, 3.1% ko'rsatgich bilan Yandex va 2.7% ko'rsatgich bilan Baidu uchinchi o'rinni egallagan.
O'tgan 1 yil davomida internet trafik 17.2% ga o'sgan.

@jetmediauz
🔎O'zbekistonda egasiz qolgan domenlar bo'yicha auksion yo'lga qo'yildi.

.UZ domeni administratori hamda O'zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasi bilan birgalikda domain.uzex.uz egasiz qolgan domenlar bo'yicha auksion saytini ishga tushirishdi.
Platformada qayta tiklash vaqtidan o'tib ketgan domenlar sotuvga qo'yiladi. Jumladan ikki, uch va 4 belgili domenlar. Bundan tashqari maxsus, nomi esda qolar premium domenlar ham mavjud.
Auksion shaffofligini ta'minlash maqsadida barcha ma'lumotlar Token.uz blokcheyn tarmog'ida saqlanadi.
Auksiondan tushgan mablag'ning bir qismi hayriya ishlariga yo'naltiriladi.

@jetmediauz
🔹Hozirgi kunda eng ommabop bo'lgan DB reytingi e'lon qilindi.

DB-Engines tomonidan 423 DB turlari monitoringi natijasiga ko'ra, uchlikni Oracle, MySQL va Microsoft SQL egallab turipti. POstgreSQL va Mongo ularni ta'qib qilmoqda.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️CES 2025 ko'rgazmasida Autokeybo nomli klaviatura taqdimoti bo'lib o'tdi.
Unda kaftni ma'lum bir xolatda ushlash yordamida klaviaturani o'zgartirish mumkin. Klaviaturaga sun'iy intelekt biriktirilgan va uning narxi 700$ga baholanmoqda. Hozircha ushbu antiqa klaviatura qachon sotuvga chiqishi aniq emas.

@jetmediauz
😁 #Yumortime
Aytishlaricha, Windows 11 ning yangi versiyasi ayni shu (Copilot) ko'rinishda bo'lar emish...

@jetmediauz
🔹2024-yilda smartfonlar sotuvi bo'yicha ma'lumotlar

Birinchilikni Samsung qo'ldan chiqarmayotgan bo'lsa, uning ortidan Apple jiddiy ta'qib qilishda davom etmoqda. Xiaomi o'tgan yilda jiddiy o'sishga erishdi.
Umumiy olganda, smartfon bozoridagi sotuvlar avvalgi yillarga qaraganda 4%ga oshgan. Premium segment smartfonlari bozori ham ancha faollashgan.

@jetmediauz
🔹2.8 million IP manzil brutfors uchun ishlatilmoqda.

Eng ko'p IP Braziliyaga tegishli. Undan so'ng Turkiya, Rossiya, Argentina, Marokash va Meksika bormoqda. E'tiborli jihati, ushbu ro'yhatda O'zbekiston ham mavjud. Yurtimizga tegishli bo'lgan 22500 dan ziyod IP manzillaridan foydalanilgan xolda brutfors amalga oshirilmoqda.
Sizning tarmog'ingiz yoki qurilmangizdan brutfors uchun foydalanishlari sababi bir nechta bo'lishi mumkin. Jumladan: qurilmangizda virus mavjudligi, parollar o'ta soddaligi va qurilmalarning ko'plab teshiklari sababchi bo'lishi mumkin.
Ikkinchi infografikada eng ko'p buzilishlarga sabab bo'layotgan qurilma ishlab chiqaruvchilari keltirilgan.
Imkoni boricha qurilmalaringizni dasturiy ta'minotini yangilab boring. Agar qo'llab-quvvatlash tugagan qurilmadan foydalanayotgan bo'lsangiz, darhol uni almashtirish chorasini ko'ring.

@jetmediauz
JETmediaUZ
🎥Bugun YouTube platformasi 19 yoshga to'ldi. 2005-yilning 14-fevralida Paypal kompaniyasining 3 nafar sobiq xodimi zamonamizning birinchi raqamli video hostingini ishga tushirishgan edi. Ilk videoni YouTube platformasiga 2005-yilning aprel oyida joylashtirishgan.…
🔹Youtube avval boshdan tanishuvlar uchun mo'ljallangan sotsial tarmoq bo'lganidan xabaringiz bormi?
Youtube kutilgan ishonchni oqlamaganidan so'ng, uning yo'nalishi video hosting xizmati sifatida qayta shakllantiriladi.

@jetmediauz
🔹Linuxda CURL orqali ob-havo haqida ma'lumot olish mumkinligini bilarmidingiz?

Bu uchun Linux da curl wttr.in/Tashkent komandasini terishingiz kifoya.
Ayni damdagi temperaturani bilish uchun esa quyidagi komanda sizga yordam beradi:
curl "wttr.in/Tashkent?format=%t"

@jetmediauz
⚡️Anjana transatlantik kabeli rekord o'rnatdi.

Gap shundaki, Meta kompaniyasining Atlantika okeani tubidan o'tgan shu nomdagi kabeli 500Tbit/s tezlikdagi ma'lumotni o'tkaza olish imkoniga ega. Kabel ichida 24 optik tola bor va xar biri 20Tbit/s tezlikda ma'lumot o'tkazish imkoniga ega.
Yuqori tezlikga SDM multiplekslash texnologiyasi yordamida erishiladi.
Ma'lumot o'rnida: 2000-yillarda barcha transatlantik kabellar London va Nyu-Yorkni bog'lagan va Yevropa trafigi to'liq London orqali o'tgan bo'lsa, Anjana esa Janubiy Karolina va Ispaniyaning Santander shaharlarini bog'laydi.

@jetmediauz
📡 70 yoshga yaqinlashgan Toshkentning ilk teleminorasi.

Toshkentning ilk teleminorasi qurilishi 1954-yildan boshlagan. 1956-yil 5-noyabr kuni teleminora va yondosh hududdagi telemarkaz ishga tushgan. Teleminora murakkab temir konstruksiya asosida qurilgan. Mustahkam konstruksiya turli bo'ron, hattoki epimarkazi o'ta yaqin bo'lgan 1966-yildagi yer qimirlashiga ham bardosh bergan va omon qolgan.
1985-yili Hozirgi asosiy teleminora qurib bitqizilganidan so'ng, barcha tele translyatsiyalar yangi binoga ko'chib o'tadi.
Hozirda eski teleminoradan faqat radioeshittirish va turli tashkilotlar aloqasini ta'minlashda foydalaniladi. 2016-yilda teleminora tungi chiroqlar bilan, 2017-yilda esa shahar bo'ylab yong'inni aniqlash uchun maxsus kameralar bilan jihozlanadi.

@jetmediauz
📱AnTuTu fevral oyi uchun eng yaxshi smartfonlar reytingini tuzib chiqdi.

O'z smartfonidan mamnunlik bo'yicha reytingni Huawei Mate 70 Pro+ boshqarib bormoqda. Ushbu smartfon egalari 99.52% ga mamnunliklarini bildirganlar. Uchlikda Huawei Pura 70 Pro+ va Honor Magic6 Ultimate smartfonlari boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng esa Honor GT, Oppo Find N3, Oppo Find X7 Ultra, Samsung Galaxy Z Fold5, Xiaomi 15, Samsung Galaxy S24+ smartfonlari bormoqda.
Izohda o'zingizning hozirda ishlatayotgan smartfoningiz modeli va undan qanchalik qoniqishingizni yozib qoldiring.

@jetmediauz