JETmediaUZ
64 subscribers
450 photos
12 videos
2 files
60 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐Dunyo okeanlari orqali o'tgan va bizni internet bilan ta'minlovchi optik tolalar xaritasi.

@jetmediauz
⚡️Fransiyada 2025-yildan 2G tarmog'idan voz kechishmoqchi.

Orange operatori kelasi yili, yana 2 mobil operator, Bouygues Telecom va Altice 2026-yildan 2G tarmog'ini nafaqaga chiqarishni reja qilishgan. 2029-yilga borib esa 3G tarmog'i ham nafaqaga chiqishi mumkin.
Lekin Fransiyaning Liftlar federatsiyasi 2 va 3G tarmoqlarini nafaqaga chiqarishni kechiktirishni so'ramoqda. Sababi, mamlakatning yarmidan ko'proq liftlari (323 ming) 2G tarmog'ida, 58 ming lift esa 3G tarmog'i orqali favqulodda xizmatlar bilan bog'lanishni amalga oshiradi. Liftlardan tashqari ko'plab aqlli hisoblagichlar ham 2G tarmog'i orqali faoliyat yuritadi.

@jetmediauz
🐧Ubuntu 20 yoshda
2004-yilning aynan 20-oktabr sanasida Ubuntuning ilk versiyasi, Ubuntu 4.10 "Warty Wathog" ommaga taqdim etilgan edi. Loyihaga Janubiy Afrikalik millioner Mark Shatlvort tomonidan asos solingan. Bundan tashqari Mark Debian OTni ishlab chiqilishida ham ishtirok etgan.

@jetmediauz
🔷 Endi Telegramda video sifatini ham tanlashingiz mumkin.

Bundan tashqari, yuborilgan xabarlarni taxrirlash jarayonida, ularga suratlarni ham biriktirishingiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
📡 O'zbekiston umumiy hisobda qancha IPv4 manziliga ega?

IPINFO.IO saytiga ko'ra, hozirda O'zbekistondagi tashkilotlar umumiy hisobda 328704ta IPv4 manziliga egalar. TOP 10talikni albatta O'zbektelecom (72704ta IP) boshlab beradi. Undan so'ng IST Telecom (50944ta IP), uchinchi o'rinni esa Sarkor Telecom (18944ta IP) egallab turipti.

@jetmediauz
📡 IPv4 bo'yicha Mobil operatorlar qancha manzilga ega ekan deya ko'plab savollarga javob ham tayyor.

@jetmediauz
🙃Yumortime: chiqindilarni saralang...

@jetmediauz
🔹Windows 11 ulushi o'sib bormoqda

Dunyo bo'ylab Windows 11 o'rnatilgan qurilmalar soni oshib bormoqda. Hozirda Windows tizimlari ro'yhatini Windows 10 61% bilan boshqarib bormoqda. Windows 11 esa 35.6% ko'rsatgichi bilan avvalgi oylar bo'yicha joylashuvini mustaxkamladi. 3talikni Windows 7 3% bilan yakunlagan.

@jetmediauz
⚡️Tarixga nazar: Internetning paydo bo'lishi

Internet tarmog'i paydo bo'lishiga asosiy qadam bo'lgan ARPA NET tarmog'ining 1973-yildagi logik sxemasi.

@jetmediauz
〽️Dasturlash tillarining noyabr oyi bo'yicha reytingi

Reytingga ko'ra, kuchli o'sishni GO dasturlash tili ko'rsatmoqda. Uzoq muddat 10likga kira olmagan ushbu til birdaniga 7-o'rinni egalladi.
Uchlik o'z o'rnida deyarlik: Python, C++ va Java. Ulardan so'ng esa C, C# va JavaScript.
Taxminga ko'ra, Go shu tempini saqlab qolsa, yaqin yillarda JavaScripti ham ortda qoldirishi mumkin.

@jetmediauz
🔐NordPass mutahassislari xar yili eng ishonchsiz parollar o'nligini taqdim etishadi.

2024-yilning eng ishonchsiz paroli sifatida 123456 deya topilgan. Bu turdagi parolni buzish uchun 1 soniya kifoya. Reyting bilan fotosurat orqali tanishishingiz mumkin.
Mutahassislar parollar ishonchliligini ta'minlash uchun unda o'nga yaqin simvollar, katta va kichik turli xarflar, son va belgilar ishtirok etgan bo'lishi kerak deya takidlashmoqda. Sizning parolingiz biz keltirgan ro'yhatda mavjudmi? Izohda yozib qoldiring.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖱Tarixga nazar: 1991-yilda ishlab chiqarilgan sichqoncha.
Logitech tomonidan birinchilardan bo'lib aynan bolalar uchun ishlab chiqarilgan.

@jetmediauz
🔎Qidiruv tizimlari reytingi

Cloudflare qidiruv tizimlari reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, 88.5% bilan Google birinchi, 3.1% ko'rsatgich bilan Yandex va 2.7% ko'rsatgich bilan Baidu uchinchi o'rinni egallagan.
O'tgan 1 yil davomida internet trafik 17.2% ga o'sgan.

@jetmediauz
🔎O'zbekistonda egasiz qolgan domenlar bo'yicha auksion yo'lga qo'yildi.

.UZ domeni administratori hamda O'zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasi bilan birgalikda domain.uzex.uz egasiz qolgan domenlar bo'yicha auksion saytini ishga tushirishdi.
Platformada qayta tiklash vaqtidan o'tib ketgan domenlar sotuvga qo'yiladi. Jumladan ikki, uch va 4 belgili domenlar. Bundan tashqari maxsus, nomi esda qolar premium domenlar ham mavjud.
Auksion shaffofligini ta'minlash maqsadida barcha ma'lumotlar Token.uz blokcheyn tarmog'ida saqlanadi.
Auksiondan tushgan mablag'ning bir qismi hayriya ishlariga yo'naltiriladi.

@jetmediauz
🔹Hozirgi kunda eng ommabop bo'lgan DB reytingi e'lon qilindi.

DB-Engines tomonidan 423 DB turlari monitoringi natijasiga ko'ra, uchlikni Oracle, MySQL va Microsoft SQL egallab turipti. POstgreSQL va Mongo ularni ta'qib qilmoqda.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️CES 2025 ko'rgazmasida Autokeybo nomli klaviatura taqdimoti bo'lib o'tdi.
Unda kaftni ma'lum bir xolatda ushlash yordamida klaviaturani o'zgartirish mumkin. Klaviaturaga sun'iy intelekt biriktirilgan va uning narxi 700$ga baholanmoqda. Hozircha ushbu antiqa klaviatura qachon sotuvga chiqishi aniq emas.

@jetmediauz
😁 #Yumortime
Aytishlaricha, Windows 11 ning yangi versiyasi ayni shu (Copilot) ko'rinishda bo'lar emish...

@jetmediauz
🔹2024-yilda smartfonlar sotuvi bo'yicha ma'lumotlar

Birinchilikni Samsung qo'ldan chiqarmayotgan bo'lsa, uning ortidan Apple jiddiy ta'qib qilishda davom etmoqda. Xiaomi o'tgan yilda jiddiy o'sishga erishdi.
Umumiy olganda, smartfon bozoridagi sotuvlar avvalgi yillarga qaraganda 4%ga oshgan. Premium segment smartfonlari bozori ham ancha faollashgan.

@jetmediauz