JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📈Statcounter dekabr oyi uchun brouzerlar statistikasi bilan o'rtoqlashdi.

👩‍💻 Unga ko'ra, Microsoft Edge ilk bor 12% ko'rsatgichga yaqinlashdi.
👩‍💻 Apple Safari esa pasayishni ko'rsatmoqda. 13.3% dan 8.96%gacha
Uning yonida esa Firefox 7.62% bilan turipti.
Google Chrome ro'yhatni boshqarishda davom etmoqda. Uning PC olamidagi o'rni 65.23% (+3.17%) ega.
Beshlikni Opera 3.78% bilan yakunlab bermoqda.

Quyida esa brouzerlarning mobil qurilmalar bo'yicha statistikasini keltirib o'tamiz:
• Google Chrome: 64,93% (+0,39%).
• Apple Safari: 24,71% (-0,45%).
• Samsung Internet: 4,48% (-0,1%).
• Opera: 2,28% (+0,18%).
• UC Browser: 1,48% (+0,03%).

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Microsoft klaviaturalardan Windows tugmasini olib tashlamoqchi.

Windows tugmasi klaviaturalarda paydo bo'lganiga 30 yilcha bo'ldi.
Ushbu tugma o'rniga o'ng Alt tugmasi yonida Copilot aqlli yordamchisini ishga tushiruvchi tugma paydo bo'ladi. Ushbu yordamchi GPT-4da ishlaydi.
Yangilangan klaviaturani CES 2024 ko'rgazmasida ommaga taqdim etilishi kutilmoqda.

@jetmediauz
🔹Buyuk Britaniya mobil operatorlari shu yildan 3G tarmog'ini o'chirishni boshlaydi.
Jumladan Vodafone operatori allaqachon bu ishni ba'zi hududlarda amalga oshirgan. To'liq 3Gdan voz kechish esa yil yakuniga qadar yakunlanadi.
EE hamda Three ham shu yildan 3G tarmog'ini o'chirish niyatidalar.
Faqat Virgin Media O2 esa 3G tarmog'ini 2025-yildan butunlay voz kechadi.

@jetmediauz
📱Apple Samsungni ortda qoldirdi...

JohnsPhones smartfonlarning 65 mamlakatdagi sotuvlari borasida o'rganishlar olib bordi va unga ko'ra sotuvlar bo'yicha birinchilikni Apple qo'lga kiritgani ma'lum bo'ldi.
Bozorning 28.4% bilan Apple, 28.2% bilan Samsung, Xiaomi 12.7% bilan reytingni boshqarishmoqda. Qolgan ishlab chiqaruvchilar xar biri hissasiga 6% dan kamroq umumiy sotuvlar to'ri kelmoqda.
Mamlakatlar bo'yicha esa statistika bir muncha farq qiladi. Jumladan ba'zi davlatlarda Apple maxsulotlari ommabop bo'lsa, boshqa birlarida esa Samsung. Indoneziya, Filippin hamda Afrika davlatlarida esa Oppo hamda Tecno smartfonlari ommabop.
P.S.: Infografika bo'yicha qaralsa, O'zbekistonda Samsung smartfonlari boshqalarga qaraganda ommabop ekan.

@jetmediauz
⚡️Windows 11ning beta versiyasida yangi USB4 2.0 sinovdan o'tkazilmoqda.

Avvalgi USB standartlaridan farqi, USB4 2.0 80Gbit/s tezlikda ma'lumot o'tkaza oladi. Bundan tashqari yangi standart avvalgi standartlar bilan ham ishlay oladi. Faqat tezlik shunga yarasha pasayadi.

@jetmediauz
⚡️Davolinkdan antiqa routerlar

Davolink kompaniyasi o'ziga xos antiqa routerlarni ishlab chiqarmoqda. Jumladan Minionlar ko'rinishidagi 2 xil routerlarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.
Routerlar Wi-Fi 6 texnologiyasini qo'llaydi.
Kimga shu turdagi routerlar qiziq bo'lsa, Amazon platformasidan sotib olishingiz mumkin.

@jetmediauz
🖥 Ilk Macintosh (Mac) sotuvga chiqqaniga 40 yil bo'ldi.

1984-yilning 24-yanvar sanasida sotuvga chiqqan Macintosh, o'sha davrda 2495$ga baholangan.
3 oy davomida 70000 dan ziyod Macintosh sotilgan. O'z davri uchun bu juda katta ko'rsatgich hisoblanardi.

@jetmediauz
🔝Mobil telefon olamining afsonaviy maqomiga ega telefonlari reytingi

Visual Capitalist resursi ommabop telefon va smartfonlar reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra TOP-10 talikni turli modelar bilan Nokia hamda Apple brendlari to'liq egallab olishgan. Qiziq tomoni, 11-o'rindan boshlab Samsung E1100 modeli bilan ikki gigant gegemoniyasiga chek qo'ygan.

@jetmediauz
🔷 Microsoft PC Manager nomli yangi dastur ishlab chiqdi.

PC Manager dasturi kompyuteringizni optimizatsiya qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, tizim tezligini oz miqdorda oshirishga mo'ljallangan. Boshqa shu kabi (CCleaner) dasturlardan farqli o'laroq, ushbu dastur ancha xavfsiz hisoblanadi. Chunki PC Manager muhim tizim fayllariga umuman tegmaydi.

Dastur bepul bo'lib, uni Microsoftning rasmiy internet do'konidan Windows 10 va 11 uchun yuklab olishingiz mumkin.

@jetmediauz
🎥Bugun YouTube platformasi 19 yoshga to'ldi.

2005-yilning 14-fevralida Paypal kompaniyasining 3 nafar sobiq xodimi zamonamizning birinchi raqamli video hostingini ishga tushirishgan edi.
Ilk videoni YouTube platformasiga 2005-yilning aprel oyida joylashtirishgan. Oradan 6 oy o'tib, sayt auditoriyasi 2 milliondan oshib ketadi. 2006-yilning noyabrida esa Google ushbu startapni o'sha payt uchun juda katta bo'lgan 1.65 milliard $ga sotib oladi.
Hozirgi kunda YouTube 1 oyda 2.5 milliard aktiv foydalanuvchilar tashrif buyuradi.
Undagi eng ommabop videoni 14.1 milliard marotaba tomosha qilishgan.

@jetmediauz