JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
Facebook o'zining yangi Hotline xizmatini ochiq test qilishni boshladi. Clubhouse hamda Instagram Live xizmatlari imkoniyatlarini o'zida mujassam qilgan Hotline, ovozli, video hamda matnli savol-javob o'tkazishni tashkillashtirishda yordam beradi. Hozircha xizmat faqat sayt orqaligina faoliyat yuritmoqda. Tez orada mobil ilova hamda to'liq beta-test tashkillashtiriladi.

@jetmediauz
Samsung iPhone egalari uchun maxsus dastur taqdim etdi. iTest deb nomlanuvchi dastur sizga iPhone qurilmasini ONE UI ko'rinishiga o'tkazishda yordam beradi. Jumladan dastur qo'shimcha imkoniyatlar va qulayluklar haqida sizga xabar va ko'rsatmalar berib turadi. U orqali Samsung smartfonlariga o'tish birmuncha osonlashadi.

@jetmediauz
Xiaomi aqlli unitaz ishlab chiqarishni boshladi. 686$. Ortiqcha izohga xojat yo'q. 😂

@jetmediauz
JETmediaUZ
Xiaomi aqlli unitaz ishlab chiqarishni boshladi. 686$. Ortiqcha izohga xojat yo'q. 😂 @jetmediauz
"Xiaomi xojatxona uchun qog'oz ishlab chiqarmagani qoldi" deydiganlar uchun maxsus: Xiaomi allaqachon bu masalani xal qilib bo'lgan. Xiaomi Home Roll Paper 😁

@jetmediauz - IT olamiga boshqacha nazar. Ba'zida yumor bilan...
So'nggi yangiliklarni o'qib, bizning xasker yoshlar hozi metroda soat buzishni afzal ko'rarkan. Yana kim biladi buni ortida kim turganini 🙃

@jetmediauz
Nuro R2 avtonom elektrofurgonlari Xyuston (AQSH) shahri bo'ylab pitsa yetkazib berishni boshladi. Buyurtmachilar bemalol furgonni GPS orqali qayerda va qancha vaqtda yetib kelishini kuzatishlari mumkin.
https://youtu.be/yFYljZc968I

@jetmediauz
Mercedes-Benz to'liq elektrlashtirilgan EQS sedani taqdimotini o'tkazdi. Avto bir quvvatdan 770kmgacha yo'l bosa oladi.

@jetmediauz
O'zbekstonda birinchilardan bo'lib, MOBIUZ eSIM xizmatini taqdim etishni boshladi. Bir ozdan so'ng shu mavzuga doir maqolamizni saytimiz orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
Kecha Apple kompaniyasi yangi avlod iMac monobloklarini taqdim etdi. Avvalgi avlodga nisbatan birmuncha ixchamlanish, bir necha yorqin ranglardan birini tanlash imkoniyati, Wi-Fi 6 texnologiyasi, Thunderbolt 3 / USB 4... Xullas Apple fanatlari osmonlarda parvoz qilib, yangi monoblok olish orzusidalar. Darvoqe, AQSHda yangi iMac shu yilning may oyi ikkinchi yarmidan 1299$ narxda sotila boshlanadi.

@jetmediauz
Yangi AirPods piyoz edition. O'zimizning maxsulot 😁

@jetmediauz