JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
SAMSUNG 980 PRO - PCIE 4.0 ni qo'llovchi yangi NVME saqlash qurilmasi. Samsung ushbu qurilmaga 5 yillik ish faoliyati yoki 600Tb ma'lumot almashishiga kafolat bermoqda. Yozish va o'qish tezligi 5000-7000 MB/soniyasiga.
Eksperemental Telegram X bir yillik tanaffusdan so'ng yangilandi.

@jetmediauz
Bugun, 3-aprel mobil telefonning tug'ilgan kuni.
1973-yilning ayni shu sanasida Motorola kompaniyasida faoliyat yurituvchi Martin Kuper o'z ixtirosidan ilk mobil qo'ng'iroqni amalga oshiradi.

@jetmediauz
JETmediaUZ
Bugun, 3-aprel mobil telefonning tug'ilgan kuni. 1973-yilning ayni shu sanasida Motorola kompaniyasida faoliyat yurituvchi Martin Kuper o'z ixtirosidan ilk mobil qo'ng'iroqni amalga oshiradi. @jetmediauz
P.S.: qiziq tomoni, oradan 10 yil o'tibgina mobil telefonlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangan. O'shanda bir dona mobil telefon narxi 3500$ dan sotilgan.

@jetmediauz
LG kompaniyasi smartfon bozorini tark etishini e'lon qildi. Bunga sabab, ishlab chiqarish o'zini oqlamayotgani ekanligi ko'rsatilgan.

@jetmediauz
ASUS o'z portativ monitori taqdimotini o'tkazdi.
Monitorni USB-C orqali deyarli barcha qurilmalarga ulashingiz mumkin.
Antiqa monitorning eng asosiy jihati, unda maxsus kumush ionli qoplama mavjudligidir. Ushbu qoplama 99.9% bakteriya ko'payishiga qarshilik qiladi.
Hozircha monitor narxi no'malum.

@jetmediauz
Google an'anaviy I/O konferensiysi bo'lib o'tish sanasini e'lon qildi. Unga ko'ra 2021-yilning 18-20 may kunlari Google Android 12, Pixelning navbatdagi versiyasi hamda Pixel Buds quloqliklarini taqdim etishi kutilmoqda.
Konferensiya OnLine ko'rinishda o'tadi va ishtirok etish uchun xech qanday to'lov qilish shart emas.

@jetmediauz
Facebook o'zining yangi Hotline xizmatini ochiq test qilishni boshladi. Clubhouse hamda Instagram Live xizmatlari imkoniyatlarini o'zida mujassam qilgan Hotline, ovozli, video hamda matnli savol-javob o'tkazishni tashkillashtirishda yordam beradi. Hozircha xizmat faqat sayt orqaligina faoliyat yuritmoqda. Tez orada mobil ilova hamda to'liq beta-test tashkillashtiriladi.

@jetmediauz
Samsung iPhone egalari uchun maxsus dastur taqdim etdi. iTest deb nomlanuvchi dastur sizga iPhone qurilmasini ONE UI ko'rinishiga o'tkazishda yordam beradi. Jumladan dastur qo'shimcha imkoniyatlar va qulayluklar haqida sizga xabar va ko'rsatmalar berib turadi. U orqali Samsung smartfonlariga o'tish birmuncha osonlashadi.

@jetmediauz
Xiaomi aqlli unitaz ishlab chiqarishni boshladi. 686$. Ortiqcha izohga xojat yo'q. 😂

@jetmediauz
JETmediaUZ
Xiaomi aqlli unitaz ishlab chiqarishni boshladi. 686$. Ortiqcha izohga xojat yo'q. 😂 @jetmediauz
"Xiaomi xojatxona uchun qog'oz ishlab chiqarmagani qoldi" deydiganlar uchun maxsus: Xiaomi allaqachon bu masalani xal qilib bo'lgan. Xiaomi Home Roll Paper 😁

@jetmediauz - IT olamiga boshqacha nazar. Ba'zida yumor bilan...
So'nggi yangiliklarni o'qib, bizning xasker yoshlar hozi metroda soat buzishni afzal ko'rarkan. Yana kim biladi buni ortida kim turganini 🙃

@jetmediauz
Nuro R2 avtonom elektrofurgonlari Xyuston (AQSH) shahri bo'ylab pitsa yetkazib berishni boshladi. Buyurtmachilar bemalol furgonni GPS orqali qayerda va qancha vaqtda yetib kelishini kuzatishlari mumkin.
https://youtu.be/yFYljZc968I

@jetmediauz
Mercedes-Benz to'liq elektrlashtirilgan EQS sedani taqdimotini o'tkazdi. Avto bir quvvatdan 770kmgacha yo'l bosa oladi.

@jetmediauz
O'zbekstonda birinchilardan bo'lib, MOBIUZ eSIM xizmatini taqdim etishni boshladi. Bir ozdan so'ng shu mavzuga doir maqolamizni saytimiz orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz