JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ”Ή Bundan 15 yil ilgari Microsoft kompaniyasi Windows Vista operatsion tizimini taqdim etgan edi.
Microsoftning asosiy maqsadi, 2001-yilda chiqqan XPni almashtirish edi. Vista ko'plab o'zgarishlarga ega edi. Shunga yarasha tizimda juda ham ko'p muammolar kuzatilardi. Foydalanuvchilar uning o'ta sekinligidan aziyat chekishardi. Vaqt o'tib borgan sari Vistani to'g'irlashga xarakat qilishardi va bunga deyarli erishdilar ham. Lekin 2 yil ichida Vistani haqiqiy yakson qilgan va hali ham ommabop Windows 7 paydo bo'ladi.
Siz Windows Vistada ishlaganmisiz?

βœ…@jetmediauz
πŸŽ‚Bugun dunyoning eng mashhur "ilon"chisi, aniqrog'i Python dasturlash tili paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan inson, Gvido van Rossum tavallud topgan kun.
Dasturchi 1956-yil Gollandiyada tavallud topgan. 26 yoshida oliy ma'lumotli bo'lgan va o'shandayoq yuqori talabga ega mutahassis edi. 80-yillarda ABC tilini paydo bo'lishida o'z hissasini qo'shgan. 2000-yillarda esa Google'da faoliyat yuritgan.
1989-yildan boshlab Python ustida ish boshlagan. Avvaliga bu hobbi sifatida boshlangan bo'lsa, keyinchalik "Hamma uchun dasturlash" shiori ostida 1999-yilda jiddiy e'tibor bera boshlagan. Dasturlash tilida 4 postulat bo'lgan: intuitivlik, open source, oddiy va qulaylik.
Loyiha boshida ko'pchilik loyihaga ishonchsizlik bilan qaragan. Lekin hozirgi kunda Python JavaScriptdan so'ng ikkinchi o'rinda turadigan dasturlash tiliga aylangan.
Darvoqe, Python nomi Gvido shunchaki xolati "yaxshi" bo'lmagan paytda o'ylab topgan.

βœ…@jetmediauz
❕6 soat va 58 daqiqa. Kuniga o'rtacha shuncha vaqt zamonaviy internet foydalanuvchilari internetga sarflashar ekan.
Shu vaqtdan o'rtacha 2 soat va 27 daqiqasi esa sotsial tarmoqlarga sarflanishi oddiy xolga aylanib ulgurgan.

βœ…@jetmediauz
❕Xalqaro elektraloqa ittifoqi maΚΌlumotlariga koΚ»ra, hozirda dunyoda 2,9 milliarddan ortiq odam internetga kirish imkoniga ega emas. Davlatlar kesimida 900 milliondan ortiq fuqarosi internet ishlatmaydigan Hindiston bu borada yetakchilik qiladi.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉBugun Facebook o'zining balog'at yoshini nishonlamoqda.
2004-yilda tashkil topgan sotsial tarmoq, avvalo 500ga yaqin talabalarni o'zida jamlashi lozim edi. Lekin Mark uni boshqacha tizim sifatida ko'rardi. Hozirda Facebookdan 3 milliardga yaqin foydalanuvchi foydalanadi.

Siz qachon Facebookga ilk bora tashrif buyurgansiz?

βœ…@jetmediauz
πŸŽ₯ Bugun YouTube videohostingi o'zining 17 yoshini nishonlamoqda.
2005-yilning 14-fevral kuni PayPal kompaniyasining 3 nafar sobiq xodimi youtube.com domenini ro'yhatdan o'tkazishadi. O'sha yilning may oyidayoq dasturchilar o'z servislarining test variantini ommaga taqdim etishadi.
2005-yil noyabr oyidayoq YouTube 3.5 million investitsiya egasiga aylanadi.
2005-yilda kunlik ko'rishlar 8 milliondan oshmas edi. Lekin 2006-yil iyul oyiga borib esa, kunlik ko'rishlar 100 millionga yetadi.
2006-yil oktabr oyida YouTube Google qaramog'iga o'tadi. Aniqrog'i uni sotib oladi. O'shanda YouTube videohostingini 1.65 milliard dollariga baholashgan.
Qiziq tomoni, YouTube Python dasturlash tilida yozilgan.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Entuziast Anrdoid 13da Windows 11 hamda Linux operatsion tizimlarini ishga tushirdi.
O'tgan haftada Android 13ning tanishuv versiyasini taqdim etishgan edi. Unda KVM gipervizori mavjudligi smartfonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi aniq edi. Shunga ko'ra entuziastlardan biri o'zining Google Pixel 6 smartfonida bir nechta Linux distributivlarini ishga tushirib ko'rdi. Shundan so'ng Windows 11ning ARM versiyasini ham sinovdan o'tkazgan. Ish jarayonida operatsion tizimlar yaxshi ish ko'rsatgichini ko'rsatgan.
Hozircha Androidning final versiyasida ushbu imkoniyat saqlanib qolishi mavhum.

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Windows 11 uchun Android dasturlari kerakmi? Unda ko'proq RAM hozirlab qo'ying.

Kuni kecha Microsoft kompaniyasi Windows 11 uchun katta Update taqdim etishni boshladi. Ushbu Update ichida Amazon AppStore mavjud. U orqali esa bemalol kerakli Android dasturlarini o'rnatishingiz mumkin bo'ladi. Lekin bu imkoniyatdan barcha ham foydalana olmasligi aniqlashdi. Gap shundaki, Microsoft kamida 8Gb RAM (tezkor xotira)ga ega kompyuterlargina bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin demoqda. Bu ham bo'lsa minimal xolatda. Tavsiya sifatida 16Gb RAM bo'lishi kerak ekan.
Bundan tashqari tizim doimiy xotira SSD diskda bo'lishi lozim. CPU tomondan ham kamida Core i3 ko'rsatilgan. Lekin qaysi avlodligi borasida ma'lumot yo'q. Taxminimizcha, kamida 8 yoki 9-avlod bo'lishi mumkin.

βœ…@jetmediauz
πŸ“± 2021-yilda Samsung eng ko'p sotilgan smartfonlar bo'yicha birinchilikni oldi.
Ma'lumotga ko'ra, kompaniya 270 700 000 dona smartfon sotgan.
Undan keyingi o'rinlarda esa 237 900 000 dona smartfon bilan Apple va 190 400 000 mobil qurilmalar bilan Xiaomi kompaniyalari turipti.
Hozirda Siz qaysi kompaniya mobil qurilmasidan foydalanasiz?

βœ… @jetmediauz
πŸ”ΉDaxshatli statistika: 2021-yilda mobil dastur foydalanuvchilari App Store hamda Google Play da 135 000 000 000 dollar miqdorida mablag' sarflashgan.

βœ…@jetmediauz
😁#yumor
Hayotda ko'p kompyuterlarni ko'rganmanu, lekin bunaqasini.....
Aytishlaricha, deyarli barcha o'yinlarni "ko'tarar" ekan 😁

βœ…@jetmediauz
❗️Bugun xalqaro Backup kuni.

Tizim administratorlari va umuman o'z ma'lumotlariga befarq bo'lmaganlar uchun yana bir karra ma'lumotlaringizni backup qilishni unutmang.
Bundan tashqari, backup qilingan ma'lumotlarni test sifatida tiklab, tekshirib ko'rishni ham tavsiya qilamiz. Zero, muammoli holatda tezkor chora ko'rish imkoniyatingiz bo'ladi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“‘ Qiziq ma'lumot:
Inglizlar internet foydalanuvchilarini ikki so'z bilan tariflashadi. Ya'ni Internet user.
Tinib-tinchimas fransuzlar esa qisqa qilib bir so'z bilan, internaute deya atashadi. Huddi kosmonavt degandek.
Xurmatli internavtlar, internetga o'ta sho'ng'ib ketmang. Aks holda koinotda adashib qolishingiz mumkin... 😁

βœ…@jetmediauz
πŸ’» Dasturchilarning orzusi...

O'z ish joyingiz suratini izohda qoldiring...

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή#yumor
Yaqin orada shunga o'xshash video kartalar sotuvga chiqsa, ajablanmaymiz 😁

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Microsoft Windows 11 bilan bog'lanish uchun Android dastur ishlab chiqdi.
Windows 10 tizimida smartfon bilan bog'lanish uchun Your Phone dasturidan foydalanilar edi. Windows 11 uchun esa ushbu dastur nomi Phone Link nomiga o'zgardi. Dastur smartfondagi bildirishlarni ko'rish va xabarlarga javob berish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari Windows 11 smartfonlarni bog'lash uchun QR kod ishlatishni boshladi. QR kod yordamida maxsus dastur yuklanadi, hamda tezkor aloqa o'rnatadi.

βœ…@jetmediauz
⚑️ Bugun rasmiy bo'lmagan bayram, web-masterlar kuni.
Barcha web sayt yaratish va web texnologiyalariga yaqin insonlarni bayram bilan tabriklaymiz.

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Avvalgi postlarimizdan birida, o'z ish joyingiz suratlari bilan bo'lishishni so'ragan edik.
Endigi navbat esa PC ichidagi virtual ish joyingiz suratlari bilan bo'lishishni so'ragan bo'lardik. Faqat o'zgartirish qilmasdan. Fotosurat esa ideallik uchun bir misol...

βœ…@jetmediauz
πŸ’ΎAppStorening rus segmentida fevral va mart oylaridagi eng ommabop dasturlar reytingi.

βœ…@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”ΉPC bilan juda yaqin bo'gan insonlar orzusi...

βœ…@jetmediauz