JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📡 Avstraliyalik entuziast Xarald Merfi o'zining Tesla Model X avtomobiliga Starlink sputnik interneti laganini o'rnatib, 100km/soat tezlikda 200Mbit/s internet tezligidan foydalana oldi.

@jetmediauz
🍏 Ma'lumotlarga ko'ra, keyingi iPhone avlodida SIM karta sloti mavjud bo'lmasligi mumkin. Apple kompaniyasi to'liqligicha eSIM texnologiyasiga o'tishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mobil operatorlarga 2022-yil kuzigacha ushbu texnologiyani to'liq qo'llovni amalga oshirishni so'ragan.
P.S.: O'zbekistonda eng birinchilardan bo'lib MOBIUZ kompaniyasi eSIM texnologiyasi asosida abonentlarga virtual-raqamli sim karta taqdim etishni boshlagan edi. Yaqindan boshlab yana ikki operator, Uzmobile hamda Beeline ham ushbu texnologiya asosida eSIM taqdim etishni boshlashdi.

@jetmediauz
📡 TP-Link Archer AXE200 Omni wi-fi routeri taqdimotini o'tkazdi.
Ushbu yangi router 6 GHz da ishlashdan tashqari, antenalari xolatini foydalanuvchi bilan bo'lgan aloqa sifatini oshirish uchun avtomatik o'zgartira oladi.
Router dunyo bozoriga shu yilning ikkinchi yarmidan boshlab chiqarilishi rejalashtirilgan

@jetmediauz
🖥 Qiziq fakt: Kompyuter sichqonchasi ixtirochisi Duglas Engelbart o'z ixtirosidan hech qanday moddiy foyda ololmagan. Bundan tashqari ixtirochi nima sababdan o'z ixtirosini sichqoncha deb ataganini bilmaydi.

@jetmediauz
🔹Intel kompaniyasining o'tmishda ommabop bo'lgan protsessorlari.
Qaysi biri sizga tanish va eng birinchi ishlagan protsessoringizni eslaysizmi?

@jetmediauz
🍏 Apple kompaniyasining rasmiy sayti 1992-yildagi ko'rinishi.

@jetmediauz
Xar o'tayotgan daqiqada dunyodagi ommabop resurslarda nimalar sodir bo'ladi?

@jetmediauz
📱 Xitoyning deyarli barcha hududida endilikda 5G tarmog'i mavjud.

- 5G stansiyalari shahar va shahar tumanlariga o'rnatilgan, hamda 97% okrug va 50% poselkalarni egallagan.
- Baza stansiyalari soni 1.4 milliondan oshgan

@jetmediauz
💻 Bu Polshaliklarning AKAT-1 nomli analog kompyuteri. 1959-yilda o'z davrining innovatsion texnikasi hisoblangan.
Asosiy vazifasi yuqori darajadagi differensial tenglamalarni yechish bo'lgan. Eng muhim jihati, uning tranzistorli asosidir.
IT tarixchilarning fikriga ko'ra, AKAt-1 o'tgan asrning 50 yillar so'ngidagi eng revolyutsion ishlanmasidir.
Hozirda qurilma Varshavadagi texnika muzeziya saqlanmoqda.

@jetmediauz
📡 Internetga oid qiziq statistika:

- Deyarli 40% yer aholisi internet resurslaridan umuman foydalanmagan.
- 2.9 milliard inson umrida biron martta bo'lsada internetdan foydalanmagan. Aksincha, internetga kirib turuvchilar soni esa 4.9 milliardga yetgan
- 2018-yili internet foydalanuvchilari soni kamchilikni, 3.7 milliard, foydalanmaydiganlar soni 3.9 milliarddan oshgan
- dunyo bo'ylab 62% erkaklar va 57% ayollar internetdan foydalanadi
- Internetga chiqish imkoniyati faqatgina 71% axoli punktlaridagina mavjud.
- Shahar axolisi qishloq axolisiga nisbatan internetdan ikki karra ko'proq foydalanadi

@jetmediauz
🖥 O'tmishda geymerlar uchun mo'ljallangan PC ana shunday yig'ilgan (2001-yil) 😁

@jetmediauz
🔹16 yil avval hammaga mashhur Twitter o'z faoliyatini boshlagan.
Lekin 2006-yilda u hali Twttr deb nomlangan. Mashhurlik 2007-yilda keldi va o'sha paytda foydalanuvchilar kuniga 60 mingdan ziyod tvit yuborar edilar. Hozirda ushbu ko'rsatgich uchun 10 soniya kifoya.

@jetmediauz
🍏 Bundan 38 yil avval Stiv Jobs dunyoga Macintosh kompyuterini namoyish qilgan edi. Birinchi avlod kompyuteri texnik jihatdan u qadar qoyil qoldiradigan darajada emas edi. Birgina dasturni ishga tushirishga ba'zor yetadigan 128 KB RAM...
❗️Lekin ushbu kompyuter industriyani to'laligicha yangi yo'nalishga burib yubordi. Mac o'zini oddiy va qulayligi bilan iste'molchilarni sexrlab qo'ygandek edi. Hamma uni maqtardi. Lekin sotuvga kelganda bu o'z aksini ko'rsatmas edi. Faqat 512 KB RAM versiyali Mac sotuvga chiqganidan so'nggina, sotuvda jadallik kuzatila boshlandi.

@jetmediauz
🍏 Apple iPhone smartfonini to'lov terminaliga aylantirmoqchi!

Bloomberg xabariga ko'ra, Apple kompaniyasi bir necha yangi funksiya ustida ish olib bormoqda. Ushbu funksiyalardan biri iPhone smartfonlarini to'lov terminaliga aylantirishi mumkin. Imkoniyatdan kichik biznes vakillari to'lovlarni boshqa terminallarsiz qabul qilishni ko'zda tutadi. Hozirda to'lov terminali Apple Pay ekotizimida ishlash ishlamasligi mavhumligicha qolmoqda.

@jetmediauz
📡 Wi-Fi standartlarini ishlab chiquvchilar doim bir nimalarni o'ylab topishadi.
Jumladan, yaqin kelajakda Wi-Fi endi internet tarqatibgina qolmay, balki radar sifatida ham ishlashi mumkin. Bunda Wi-Fi zonasida tarqatilayotgan signal yordamida jonsiz hamda jonli predmetlar joyini, xarakatini aniqlash mumkin bo'ladi. Hozirda yangi imkoniyat 802.11bf kodi bilan belgilangan. Imkoniyatni amalga oshirish uchun ilk qadam 2020-yilda boshlangan bo'lib, shu yilning bahor oylarida sinov tariqasida ishga tushiriladi. Undan so'ng natijaga qarab yo ommaga taqdim etiladi, yoki kutilgan natijaga erishilguniga qadar qayta ishlashga o'tiladi.
Shu sababli extiyot bo'lamiz, radar-kamera yo'q joyda, endi Wi-Fi bizni tezligimizni sotib qo'yishi mumkin 😁

@jetmediauz
🍏 12 yil avval Apple ilk iPad taqdimotini o'tkazgan edi.
2010-yilda zamonaviy texnologiyalar bozorida NetBooklar anchagina ommabop edi. iPad ayni shu segmentni egallashi kerak edi. Shu sababli ham Stiv Jobs iPadni asosan foto, video, elektron pochta, internet serfing, musiqa va o'yinlar uchun maksimal darajada moslashtirishga urindi.
Innovatsion yechim avvaliga odamlar iPadga ishonishmadi. Lekin bir yil ichida 7.5 million qurilma sotildi. Ikkinchi yiliga kelib 32.4 va undan keyin esa 58.3 million qurilma sotildi.

@jetmediauz
🔹 Hootesuite bergan ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'ylab sotsial tarmoqlar foydalanuvchilari soni 4.62 milliardga yetdi.

@jetmediauz
🔹 Bundan 15 yil ilgari Microsoft kompaniyasi Windows Vista operatsion tizimini taqdim etgan edi.
Microsoftning asosiy maqsadi, 2001-yilda chiqqan XPni almashtirish edi. Vista ko'plab o'zgarishlarga ega edi. Shunga yarasha tizimda juda ham ko'p muammolar kuzatilardi. Foydalanuvchilar uning o'ta sekinligidan aziyat chekishardi. Vaqt o'tib borgan sari Vistani to'g'irlashga xarakat qilishardi va bunga deyarli erishdilar ham. Lekin 2 yil ichida Vistani haqiqiy yakson qilgan va hali ham ommabop Windows 7 paydo bo'ladi.
Siz Windows Vistada ishlaganmisiz?

@jetmediauz