JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ“² Samsung S22 seriya smartfonlarining taxminiy fotosuratlari paydo bo'ldi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Yaqin orada WhatsApp bir vaqtda bir necha qurilmalarda ishlay olishi mumkin bo'ladi. Bunday imkoniyat chat tarixi saqlanishi smartfonlardan serverlarga ko'chirilishi orqali paydo bo'ladi.
P.S.: Shu ketish bo'lsa, 2121-yilda WhatsApp da yuborilgan xabarlarni taxrirlash paydo bo'lsa ajab emas πŸ˜‚

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Intel oktabr oyi so'ngida yangi avlod Alder Lake protsessorlarini taqdim etish arafasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, yangi Core i9-12900K protsessori avvalgi avlod vakili Core i9-11900K dan 20%ga kuchliroq.
Yil oxirigacha faqat K markali protsessorlar bozorga chiqariladi. Qolgan modellar esa kelasi yildan boshlab foydalanuvchilarni xursand qilishi kutilmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Estoniyada Tallin-peyj peyjing* kompaniyasi uzoq yillik faoliyatdan so'ng bankrotlik e'lon qildi.
Gap shundaki, Estoniyada gaz va elektr energiyasi tarifi keskin oshganidan so'ng kompaniya bunday xarajatni ko'tara olmay qoldi. Shu sababli xam ular bankrotlik bo'yicha ariza berishgan. Hozirda 900 mingga yaqin abonent aloqasiz qolishi kutilmoqda. Mutahassislar fikriga ko'ra, agar kommunal tariflar oshishda davom etsa, bir xabar yuborish 1-3 yevroga yetishi hamda Estoniyada peyjing sohasi butunlay tugashi va odamlar avvalgidek maktublar orqali maktub almashish davriga qaytishlari mumkin ekan. Qiziq xolat, balki XXI asrning 21 yili ortda qolgan bir davrda, mobil telefonlar mavjudligi haqida Estoniyada hali ham xabarlari yo'q ko'rinadi.
* - Peyjing bu qisqa turdagi ma'lumotlarni operatorlar orqali abonentlarga yetkazish xizmati bo'lib, abonent peyjer qurilmasi yordamida o'ziga yuborilgan xabarlardan boxabar bo'lishi mumkin bo'ladi. O'zbekistonda peyjing xizmati 90 va 2000-yillarda mavjud bo'lgan.

βœ…@jetmediauz
πŸš— Norvegiya deyarli ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan voz kechdi.
Norvegiyada sentabr oyida sotilgan avtomobillarning 91.3% elektromobillarga to'g'ri keladi. Aniq sonlarda umumiy 17992 avtomobil sotilgan bo'lsa, shundan 13941 mashina elektromobil bo'lgan. Yana 2508 donasi gibrid matorli avtomobillarga to'g'ri keladi. Mamlakat 2025-yilgacha faqatgina elektromobillar sotuviga to'laligicha o'tishni reja qilgan.
Yuqoridagi suratda sotilgan elektromobillar Top10 jadvali.

βœ…@jetmediauz
‼️ Facebook guruhiga mansub deyarli barcha xizmatlar ishlamay qoldi.
Downdetector sayti bu borada xabar bermoqda. Muammo butun dunyo foydalanuvchilarini birdek qurshab olgan.

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Microsoft Windows 11 operatsion tizimini bugun taqdim etishi kerak edi. Lekin yuklash uchun obraz va yangilanishlar kechadanoq tarqalishni boshladi. Endilikda yangi PC yoki notebook sotib olsangiz, darxol Windows 10dan 11ga yangilanish imkoningiz mavjud. Boshqa Windows 10 foydalanuvchilariga to'liq yangilanish sekin astalik bilan yetib borishni boshlaydi.
Microsoftning taxminiga ko'ra, barcha Windows 10 foydalanuvchilari 2022-yilning so'ngiga qadar to'liq Windows 11ga o'tishi kutilmoqda.
Yuklab olish: Windows 11 Build 22471 (rs_prerelease)

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉWindows 11 rasmiy ko'chirish imkoniyati paydo bo'lishi bilan, ko'pchilik uni ishlatgisi kelgani aniq. Lekin ko'pchilikda PCga o'rnatishda TPM2.0 talabi o'rnatish imkoniyatini cheklamoqda. Shu sababli o'rnatishdan oldin SKIP_TPM toolsdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Arxivda 2ta fayl, birinchisi TPM tekshiruvini o'chiradi, ikkinchisi yana o'z xoliga qaytaradi.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉWindows 11da AMD protsessorlari 15% sekinroq ishlashi ma'lum bo'ldi. Muammoni hal qilish uchun hozirda Microsoft yangi Update tayyorlamoqda. AMD kompaniyasi ham o'z navbatida protsessorlari uchun yangi driver ustida ish olib bormoqda. Ushbu driver tayyor bo'lishi bilan, kelajakda shunga o'xshash xolatlar oldi olinadi.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉMAIL.RU katta xajmdagi rebrending ishlarini amalga oshirish niyatida.
Rejaga ko'ra, barcha loyihalar VK guruhiga kiritiladi. Ya'ni VK pochta, VK musiqa va shu kabi ko'rinishga keladi.
To'liq rebrending 2022-yil so'ngida yakuniga yetkazilishi mo'ljallangan...

βœ…@jetmediauz
#yumortime kanalda azgina yumor... 😁

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Entuziastlar 2006-yilda ishlab chiqarilgan Pentium 4 661 processoriga ega kompyuterga Windows 11 o'rnatishdi.
Ish jarayonida tezkorlikdan voz kechishga to'g'ri kelsa ham, lekin brouzerda youtube tomosha qilish va boshqa dasturlar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
P.S.: shu ketishda yaqinda qadimiy 486 protsessorlarida Windows 11 ni ishga turishirishmasa bo'ldigani... 😁

βœ…@jetmediauz
πŸŽ₯ Anchadan beri youtube kanalimizda yangiliklar ruknini yo'lga qoyish niyatida edik. Va nihoyat IT yangiliklarga bag'ishlangan ilk ko'rsatuvimizni bugun YouTube kanalimizga joylashtirdik. Marhamat, tomosha qiling, podpiska bo'ling va eng muhimi Like bosishni unutmang :)

βœ… https://www.youtube.com/watch?v=DVpcOqeHR-U
πŸ”ΉWindows 11 da Windows Subsystem for Android test tarzida ishga tushdi.
WSA yordamida android dasturlarini Windows Store orqali o'rnatib, kompyuteringizda oddiy dastur kabi ishlatish imkoniyati mavjud. Buning uchun tizimga Amazon AppStore o'rnatish lozim. o'z navbatida u WSAni o'rnatib oladi.
Hozirda imkoniyatlar faqat AQShlik foydalanuvchilar uchun ochiq. Keyinchalik boshqa foydalanuvchilar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Ma'lumotlarga ko'ra, Oppo hamda Vivo yaqin orada o'z bukiluvchan smartfonlarini taqdim etishlari kutilmoqda. Modellar haqida hozircha to'liq ma'lumot mavjud emas.
bundan tashqari Google ham o'z Pixel Fold deb nomlangan bukiluvchan smartfoni ustida ishlayotganligi ma'lum bo'lmoqda.
Xullas yaqin kelajakda endi bu turdagi smartfonlar premium sinfi sifatida bozorni egallashi aniq. Oddiy, bukilmaydigan smartfonlar esa o'z pozitsiasini sekin astalik bilan yo'qotmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉIntel i9-12900K (AlderLake Gen12) Germaniyada 610$ narx bilan sotuvga chiqti.
Go'zalligini qarang... 😁

βœ…@jetmediauz