JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ“³ Xiaomi yoshlarbop Civi modelini taqdim etdi.
Civi Xiaomi smartfonlari orasida eng ingichkaligi bilan o'ziga e'tiborni tortadi. Smartfon qalinligi 7mm. Og'irligi esa 166 gramm. Processor Snapdragon 778G, stereo dinamiklar va 4500 mAh batareya.
Model xitoyda 400$ dan boshlab sotilmoqda. Global versiya haqida esa hozircha ma'lumotlar mavjud emas.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Samsung S22 seriya smartfonlarining taxminiy fotosuratlari paydo bo'ldi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Yaqin orada WhatsApp bir vaqtda bir necha qurilmalarda ishlay olishi mumkin bo'ladi. Bunday imkoniyat chat tarixi saqlanishi smartfonlardan serverlarga ko'chirilishi orqali paydo bo'ladi.
P.S.: Shu ketish bo'lsa, 2121-yilda WhatsApp da yuborilgan xabarlarni taxrirlash paydo bo'lsa ajab emas πŸ˜‚

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Intel oktabr oyi so'ngida yangi avlod Alder Lake protsessorlarini taqdim etish arafasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, yangi Core i9-12900K protsessori avvalgi avlod vakili Core i9-11900K dan 20%ga kuchliroq.
Yil oxirigacha faqat K markali protsessorlar bozorga chiqariladi. Qolgan modellar esa kelasi yildan boshlab foydalanuvchilarni xursand qilishi kutilmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Estoniyada Tallin-peyj peyjing* kompaniyasi uzoq yillik faoliyatdan so'ng bankrotlik e'lon qildi.
Gap shundaki, Estoniyada gaz va elektr energiyasi tarifi keskin oshganidan so'ng kompaniya bunday xarajatni ko'tara olmay qoldi. Shu sababli xam ular bankrotlik bo'yicha ariza berishgan. Hozirda 900 mingga yaqin abonent aloqasiz qolishi kutilmoqda. Mutahassislar fikriga ko'ra, agar kommunal tariflar oshishda davom etsa, bir xabar yuborish 1-3 yevroga yetishi hamda Estoniyada peyjing sohasi butunlay tugashi va odamlar avvalgidek maktublar orqali maktub almashish davriga qaytishlari mumkin ekan. Qiziq xolat, balki XXI asrning 21 yili ortda qolgan bir davrda, mobil telefonlar mavjudligi haqida Estoniyada hali ham xabarlari yo'q ko'rinadi.
* - Peyjing bu qisqa turdagi ma'lumotlarni operatorlar orqali abonentlarga yetkazish xizmati bo'lib, abonent peyjer qurilmasi yordamida o'ziga yuborilgan xabarlardan boxabar bo'lishi mumkin bo'ladi. O'zbekistonda peyjing xizmati 90 va 2000-yillarda mavjud bo'lgan.

βœ…@jetmediauz
πŸš— Norvegiya deyarli ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan voz kechdi.
Norvegiyada sentabr oyida sotilgan avtomobillarning 91.3% elektromobillarga to'g'ri keladi. Aniq sonlarda umumiy 17992 avtomobil sotilgan bo'lsa, shundan 13941 mashina elektromobil bo'lgan. Yana 2508 donasi gibrid matorli avtomobillarga to'g'ri keladi. Mamlakat 2025-yilgacha faqatgina elektromobillar sotuviga to'laligicha o'tishni reja qilgan.
Yuqoridagi suratda sotilgan elektromobillar Top10 jadvali.

βœ…@jetmediauz
‼️ Facebook guruhiga mansub deyarli barcha xizmatlar ishlamay qoldi.
Downdetector sayti bu borada xabar bermoqda. Muammo butun dunyo foydalanuvchilarini birdek qurshab olgan.

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Microsoft Windows 11 operatsion tizimini bugun taqdim etishi kerak edi. Lekin yuklash uchun obraz va yangilanishlar kechadanoq tarqalishni boshladi. Endilikda yangi PC yoki notebook sotib olsangiz, darxol Windows 10dan 11ga yangilanish imkoningiz mavjud. Boshqa Windows 10 foydalanuvchilariga to'liq yangilanish sekin astalik bilan yetib borishni boshlaydi.
Microsoftning taxminiga ko'ra, barcha Windows 10 foydalanuvchilari 2022-yilning so'ngiga qadar to'liq Windows 11ga o'tishi kutilmoqda.
Yuklab olish: Windows 11 Build 22471 (rs_prerelease)

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉWindows 11 rasmiy ko'chirish imkoniyati paydo bo'lishi bilan, ko'pchilik uni ishlatgisi kelgani aniq. Lekin ko'pchilikda PCga o'rnatishda TPM2.0 talabi o'rnatish imkoniyatini cheklamoqda. Shu sababli o'rnatishdan oldin SKIP_TPM toolsdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Arxivda 2ta fayl, birinchisi TPM tekshiruvini o'chiradi, ikkinchisi yana o'z xoliga qaytaradi.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉWindows 11da AMD protsessorlari 15% sekinroq ishlashi ma'lum bo'ldi. Muammoni hal qilish uchun hozirda Microsoft yangi Update tayyorlamoqda. AMD kompaniyasi ham o'z navbatida protsessorlari uchun yangi driver ustida ish olib bormoqda. Ushbu driver tayyor bo'lishi bilan, kelajakda shunga o'xshash xolatlar oldi olinadi.

βœ…@jetmediauz