JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
⚡️GitHub nihoyat Codespacesni ishga tushirdi.
Codespaces - bu bulutdagi Visual Studio bo'lib, uni brouzeringiz orqali ishlatishingiz mumkin. Unda taxrirlash, terminal, otladchik, GitHub Copilot, versiyalar kontroli, kengaytmalar ekosistemasi va boshqa ko'plab imkoniyatlar mavjud. Codespaces yordamida jamoa bo'lib ishlash ancha osonlashadi. GitHubning takidlashicha, ular dasturlash bo'yicha asosiy ish jarayonini aynan Codespaces ga o'tkazishgan. Darvoqe, 10-sentabrgacha Codespaces bepul.
Codespacesda ish boshlash.

@jetmediauz
🍏Rossiyalik dasturchilar PlayCover deb nomlangan dastur ishlab chiqishdi.
Dasturning asosiy imkoniyati - bu uning Mac M1 da iOS ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi.
Agar dastur qiziq bo'lsa, GitHubdan ko'chirib olishingiz mumkin!

@jetmediauz
📡 Navbatdagi WiFi tarmog'i qurish arafasida...
UniFi qurilmalari bu borada bizga yordam beradi.
- Ikki shoxli tashqi qurilma
- Likopchasimon
Qurilmalar 2.4 hamda 5GHz chastotada ishlaydi. Eng muhimi, bir vaqtda yuzga yaqin foydalanuvchi muammosiz internet tarmog'idan foydalanishi mumkin.

@jetmediauz
🔹O'tmishga sayr...
O'z vaqtida ushbu operatsion tizim juda mashhur bo'lgan va zamonasining yetuk va eng qulay tizimi sifatida baholangan.
Windows 95 ni ko'rganmisiz?

@jetmediauz
📲Mi endi yo'q. Xiaomi Mi brend nomidan voz kechmoqda.
Mi nomi kompaniyaning ilk smartfonidan beri qo'llanilib kelinar edi. Endilikda yangi smartfon va planshetlarda faqatgina Xiaomi nomini qo'llashni rejalashtirgan.
Darvoqe, kompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, Mi ikki manoni anglatgan. Birinchisi - Mobil internet hamda ikkinchisi uddalab bo'lmas manosida...

@jetmediauz
😡Saytlardagi ba'zi imkoniyatlar insonlarni o'ziga jalb qilish uchun emas, balki uzoqlashtirishini nega dasturchilar o'ylamas ekan...???
➡️https://how-i-experience-web-today.com/detail.html

@jetmediauz
⚡️Turkiyada avtomobil yo'llari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlandi.
Istanbul shahrining tezkor avtobuslar qatnovchi yo'llar chetida shamol turbinalari o'rnatilmoqda. Avtomobillar tomonidan keltirib chiqarilayotgan shamol turbinalarni xarakatga keltirib, o'z o'rnida elektr energiyasi ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari ushbu turbina yuqori qismida kichik quyosh paneli mavjud va o'z o'rnida energiya ishlab chiqarish samaradorligi yanada oshirilgan.

@jetmediauz
🔹Windows 11 5-oktabrdan foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.
Yangi qurilmalarda o'rnatilgan xolda va Windows 10 tizimiga esa yangilanish sifatida shu kundan yuklab olishingiz mumkin.

@jetmediauz
📲 Grid Studio kompaniyasi eski smartfon va gadjetlardan san'at asari yaratish bilan shug'ullanadi.
Jumladan ijodkorlar tomonidan ilk Google Pixel smartfonidan art asar yaratishdi. Yani, eski qurilmani qismlarga ajratib, uni ramkaga joylashtirishdi. Gadjetlarga qiziquvchilar uchun ajoyib sovg'a. Darvoqe, ushbu ijod maxsuli 229$ narxiga baholanmoqda.
Siz agar imkon bo'lsa, ana shunday art asarini sotib olgan bo'larmidingiz?

@jetmediauz
❗️Katta kompaniyalarda ham kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi.
Jumladan Microsoft o'zining asosiy saytlaridan birida sertifikatni yangilash esidan chiqgan ko'rinadi.

@jetmediauz
🔹#yumor
Qo'rqinchili tush...

@jetmediauz
🔹Va nihoyat Google PC uchun mo'ljallangan izlash tizimida tungi rejimni yo'lga qo'ymoqda. Sozlovlarda kerakli o'zgarishni amalga oshirsangiz kifoya.
P.S.: Endi tun zulmatida Googledan nimadur izlash ko'zlarni qiynashiga olib kelmaydi 😁

@jetmediauz
🕹Bir necha kun avval PS5 (Play Station 5) uchun yangi katta update chiqgan edi. Ushbu update ichki M2 slotini blokdan chiqaradi. Demakki PS5 foydalanuvchilari bemalol 250Gb dan 4Tbgacha bo'lgan qo'shimcha M2 xotirasini o'rnatishlari va foydalanishlari mumkin.

@jetmediauz
🚗Mutahasislar fikriga ko'ra, Teslaning shturval ko'rinishidagi ruli oddiy rulga nisbatan ancha noqulay deb topildi. Bundan tashqari, ushbu rul kutilmagan xolatlarda formasi noqulayligi sababli xavfli xolat kelib chiqish foizini oshirib yuborar ekan.

@jetmediauz