JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🍏Apple avtorizatsiya uchun Face ID tizimini barcha qurilmalarida asosiy tizimiga aylantirmoqchi.
Statistikaga ko'ra, Face ID bilan ishlash ko'pgina foydalanuvchilar uchun qulayligini ko'rsatmoqda. Shu sababli ham Apple ushbu tizimni barcha qurilmalar uchun joriy etish niyatida. Hattoki Macda ham.

@jetmediauz
🟢 WhatsApp iOSdan Androidga chat tarixini ko'chirish fuksiyasi ustida ish olib bormoqda. Teskari xolat, ya'ni Androiddan iOS qurilmalariga ham tez orada ushbu imkoniyat yaratiladi deyishmoqda ishlab chiqaruvchilar.
P.S.: Ma'lumotni o'qib turib, "nahotki Telegramdagi oddiy imkoniyatni WhatsApp dasturchilari bir necha yildan beri amalga oshirishlari qiyin bo'lsa?" kabi savollar paydo bo'ladi.

@jetmediauz
🚫 Tizimlardagi 12 asosiy teshiklar. Ular yordamida xakerlar doimiy ravishda xujum uyushtirib borishadi.
❗️Ba'zi teshiklar 2018-yildan beri ma'lum. Ularni bartaraf qilish uchun xattoki dasturiy yangilanishlar chiqarilgan. Lekin, ba'zi tashkilotlar doimiy ravishda dasturiy ta'minotni yangilashni o'zlariga ep ko'radilar va yakunda xakerlar xujumiga uchraydilar.

@jetmediauz
💻Xar yili, iyul oyining so'nggi juma kunida butun dunyoda Tizim administratorlari kuni nishonlanadi.
Barcha ushbu kasbga aloqador insonlarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz.
@jetmediauz
📲Huawei P50 va P50 Pro smartfonlarini taqdim etdi.
P seriya smartfonlari bir necha yildirki kamera bo'yicha yetakchilikni qo'ldan boy bermay kelmoqda. Parametrlarga ortiqcha to'xtalmadik. Zero internetda bu borada ma'lumot ko'p.
Bizni qiziqtirgan jihati, bu smartfonlarning narxi. P50 695$, P50 Pro esa 927$ dan boshlab sotilishi rejalashtirilgan. Bizda esa xar doimgidek 2 barobar qimmat bo'lishi aniq.
Darvoqe, ushbu smartfonlar Androidda emas, balki Huawei kompaniyasining shaxsiy ishlanmasi bo'lgan HarmonyOS da ishlaydi.

@jetmediauz
🍏M1 MakBooklari ekranida o'z-o'zidan dars-ketish paydo bo'lishi mumkin.
Bunga sabab qilib, mikro chang zarralari hamda ekran ramkasi zaifligi ko'rsatilgan. Apple bu borada hech qanday tavsiyalar bermagan. Lekin ommabop forumlarda foydalanuvchilar ekranni doimo artib, toza tutishni, hamda ohista ochib-yopishni tavsiya qilishgan.

@jetmediauz
🖥 Davlat tashkilotida boshlang'ich 3D loyihalarni renderi uchun maxsus PC.

shu va boshqa sborkalardan rasmlar @jetmediauz kanalida