JETmediaUZ
57 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🌐 Turkmaniston interneti markaziy osiyo davlatlari ichida eng sekin va qimmati

O'zbekiston, Tojikiston, hattoki Qozog'istonning eng sekin tariflari turgaydigan nuqtada, Turkmanistonning eng tez internet tezligi boshlanadi. Internet narxini shaxsan prezidentning o'zi tasdiqlaydi. Eng yuqori tezlik, 10Mbit/s bo'lib, narxi oyiga $4.6 ming AQSH dollariga teng.
Markaziy osiyo bo'yicha narxlarni fotosuratda ko'rishingiz mumkin.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐Dunyo okeanlari orqali o'tgan va bizni internet bilan ta'minlovchi optik tolalar xaritasi.

@jetmediauz
⚡️Fransiyada 2025-yildan 2G tarmog'idan voz kechishmoqchi.

Orange operatori kelasi yili, yana 2 mobil operator, Bouygues Telecom va Altice 2026-yildan 2G tarmog'ini nafaqaga chiqarishni reja qilishgan. 2029-yilga borib esa 3G tarmog'i ham nafaqaga chiqishi mumkin.
Lekin Fransiyaning Liftlar federatsiyasi 2 va 3G tarmoqlarini nafaqaga chiqarishni kechiktirishni so'ramoqda. Sababi, mamlakatning yarmidan ko'proq liftlari (323 ming) 2G tarmog'ida, 58 ming lift esa 3G tarmog'i orqali favqulodda xizmatlar bilan bog'lanishni amalga oshiradi. Liftlardan tashqari ko'plab aqlli hisoblagichlar ham 2G tarmog'i orqali faoliyat yuritadi.

@jetmediauz
🐧Ubuntu 20 yoshda
2004-yilning aynan 20-oktabr sanasida Ubuntuning ilk versiyasi, Ubuntu 4.10 "Warty Wathog" ommaga taqdim etilgan edi. Loyihaga Janubiy Afrikalik millioner Mark Shatlvort tomonidan asos solingan. Bundan tashqari Mark Debian OTni ishlab chiqilishida ham ishtirok etgan.

@jetmediauz
🔷 Endi Telegramda video sifatini ham tanlashingiz mumkin.

Bundan tashqari, yuborilgan xabarlarni taxrirlash jarayonida, ularga suratlarni ham biriktirishingiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
📡 O'zbekiston umumiy hisobda qancha IPv4 manziliga ega?

IPINFO.IO saytiga ko'ra, hozirda O'zbekistondagi tashkilotlar umumiy hisobda 328704ta IPv4 manziliga egalar. TOP 10talikni albatta O'zbektelecom (72704ta IP) boshlab beradi. Undan so'ng IST Telecom (50944ta IP), uchinchi o'rinni esa Sarkor Telecom (18944ta IP) egallab turipti.

@jetmediauz
📡 IPv4 bo'yicha Mobil operatorlar qancha manzilga ega ekan deya ko'plab savollarga javob ham tayyor.

@jetmediauz
🙃Yumortime: chiqindilarni saralang...

@jetmediauz
🔹Windows 11 ulushi o'sib bormoqda

Dunyo bo'ylab Windows 11 o'rnatilgan qurilmalar soni oshib bormoqda. Hozirda Windows tizimlari ro'yhatini Windows 10 61% bilan boshqarib bormoqda. Windows 11 esa 35.6% ko'rsatgichi bilan avvalgi oylar bo'yicha joylashuvini mustaxkamladi. 3talikni Windows 7 3% bilan yakunlagan.

@jetmediauz
⚡️Tarixga nazar: Internetning paydo bo'lishi

Internet tarmog'i paydo bo'lishiga asosiy qadam bo'lgan ARPA NET tarmog'ining 1973-yildagi logik sxemasi.

@jetmediauz
〽️Dasturlash tillarining noyabr oyi bo'yicha reytingi

Reytingga ko'ra, kuchli o'sishni GO dasturlash tili ko'rsatmoqda. Uzoq muddat 10likga kira olmagan ushbu til birdaniga 7-o'rinni egalladi.
Uchlik o'z o'rnida deyarlik: Python, C++ va Java. Ulardan so'ng esa C, C# va JavaScript.
Taxminga ko'ra, Go shu tempini saqlab qolsa, yaqin yillarda JavaScripti ham ortda qoldirishi mumkin.

@jetmediauz
🔐NordPass mutahassislari xar yili eng ishonchsiz parollar o'nligini taqdim etishadi.

2024-yilning eng ishonchsiz paroli sifatida 123456 deya topilgan. Bu turdagi parolni buzish uchun 1 soniya kifoya. Reyting bilan fotosurat orqali tanishishingiz mumkin.
Mutahassislar parollar ishonchliligini ta'minlash uchun unda o'nga yaqin simvollar, katta va kichik turli xarflar, son va belgilar ishtirok etgan bo'lishi kerak deya takidlashmoqda. Sizning parolingiz biz keltirgan ro'yhatda mavjudmi? Izohda yozib qoldiring.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖱Tarixga nazar: 1991-yilda ishlab chiqarilgan sichqoncha.
Logitech tomonidan birinchilardan bo'lib aynan bolalar uchun ishlab chiqarilgan.

@jetmediauz